55 690
Підписники
+9224 години
+1087 днів
+1 51230 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
💻 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Vakolat.uz” platformasini ishga tushiriladi.
✅ Platforma orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin bo'ladi:
💠 davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
💠 yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish;
💠 barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish.
💰Platformadan foydalanish — bepul.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 37👍 7🔥 3
✅Ochiqlik sari yana bir qadam!
🔸20 dan ortiq jurnalist va blogerlar Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik treningda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida qanday qilib xolis va jozibali tarzda axborot berishni o‘rgandilar.
🔹Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar: ✨ Davlat xizmatlari islohotlarini xolis va ijodiy yoritish; 🤖 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli vositalardan foydalanish; 💬 Ishonch va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar yaratishni o‘rgandilar.🤝 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish hamda shaffoflikni mustahkamlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi! #EUinUzbekistan #UNDP #DavlatXizmatlari #MediaTrening #Shaffoflik #AI Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 34👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda quyidagi toifadagi shaxslarga xizmatlardan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi:
✅ pensionerlarga;
✅ homilador ayollarga;
✅ 3 yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqarolarga.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 31❤ 26🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik
🧰 Endilikda yuridik shaxslarni - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonlari yanada xavfsiz:
✅ tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda shaxsni tasdiqlanishning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID orqali muasssislar roziligini olish imkoniyati yaratildi.
❗️Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 25👍 6🔥 3
Repost from TgId: 1447170635
✨ Davlat xizmatlarini qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq qilamiz?
🔸Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.
🔹O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.
💡 Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi: 🔹 Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish 🔹 Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish 🔹 AI vositalaridan samarali foydalanish 🔹 OAV bilan hamkorlikni kuchaytirishTadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 44👍 5🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Diqqat_so'rovnoma
📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting!
📝 So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 13👍 6🔥 1
Repost from TgId: 1447170635
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#ogoh_bo'ling!
‼️Adliya vazirligiga ushbu mazmundagi xatlarni tadbirkorlar elektron pochtasiga yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda.
❌Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.
❌Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin.
❗️Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.
Adliya vazirligi Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🏡 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!💥Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! 🗓2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi! ✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 📜 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi. ⚠️ Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 5🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
✈️ Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik yoki jismoniy shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
⏳Sertifikatning amal qilish muddati: cheklanmagan.
❗️Amaldagi radiojihozlar sertifikati bo‘lmagan hollarda, havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 26👍 2🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik
🧰 Endilikda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tish jarayonlari yanada xavfsiz:
✅ yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tishda shaxsni tasdiqlashning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID joriy etildi.
❗️Eslatma: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 6🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yangi_xizmat
❗️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda xo‘jalikka xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.
🔸Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar: chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxona, muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, dala shiyponi, texnika parki va boshqalar.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: fermer xo‘jaligi, agroklaster, dehqon xo‘jaligi va boshqalar.
🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari.
💰Arizani ko'rib chiqqanlik uchun yer uchastkasining maydoniga qarab BHMning 1-6 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 22👍 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#So'rovnoma
Adliya organlari va muassasalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini baholash yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:
❌ nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish;
❌ FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish;
❌ tegishli mudofaa organlariga — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;
❌ avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.
✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 24👍 9🔥 6
Repost from TgId: 1466979055
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📣 Jurnalistlar va blogerlar uchun ikki kunlik trening: Davlat xizmatlarini yoritishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi jadal sur’atlar bilan takomillashmoqda: interaktiv platformalar, hududlararo xizmatlar va uzluksiz ish tartibi fuqarolar hayotini yanada qulaylashtirmoqda hamda davlat faoliyatining ochiqligini ta’minlamoqda. Bu o‘zgarishlarni jamiyatga yetkazishda jurnalistlar va blogerlar muhim rol o‘ynaydi.
🎯 Trening maqsadi:
Ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va yangiliklarni yoritishda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam berish, shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgatish.
📌 Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
➡️ Davlat xizmatlari va ommaviy axborot vositalari sohasidagi tendensiyalar va standartlar haqida bilimlar
➡️ Faktlarni tekshirish va manbalar bilan ishlash amaliyoti
➡️ Kontent va vizual kommunikatsiyaning yangi shakllarini o‘zlashtirish
🗓 Sanalar: 2025-yil 9–10-oktyabr
📍 Manzil: "Olmos" mehmonxonasi, Toshkent viloyati
⚠️ Viloyatlardan kelgan ishtirokchilar mamnuniyat bilan kutib olinadi. Trening o‘tkaziladigan joyga transfer tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi, biroq Toshkentgacha bo‘lgan yo‘l xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
⏳ Ariza topshirish uchun so‘nggi muddat: 2025 yil, 30-sentabr
➡️ Treningga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/qasu7tpFnWuJUH9d6
❤ 21👍 3🔥 1
Repost from TgId: 1480452691
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tezkor
⚡️Diqqat e’lon
‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli, fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.
👉 Davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.
📍Shu sababli, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
❤ 21
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌾Qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlarni konservatsiya qilish davlat xizmatidan qulay tarzda foydalaning!
✅ Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar hamda tuman (shahar) hokimliklari.
🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi.
💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18🔥 5👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Diqqat_muhim
📣 Hurmatli hamyurtlar!
Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.
Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 14👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱 Yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiylalarni davlat hisobiga olish xizmatidan foydalanish yanada oson!
✅ Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 3🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
✅Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yana 20 turdagi davlat xizmatlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan,
🔸Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikat berish;
🔹Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o'tkazish;
🔸Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash;
🔹Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olish;
🔸Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reestriga kiritish;
🔹O'lchash vositalarini davlat sinovidan o'tkazish.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 13🔥 5
