ch
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

前往频道在 Telegram
55 690
订阅者
+9224 小时
+1087
+1 51230
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar 💻 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Vakolat.uz” platformasini ishga tushiriladi. ✅ Platforma orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin bo'ladi: 💠 davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish; 💠 yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish; 💠 barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish. 💰Platformadan foydalanish — bepul. Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
37👍 7🔥 3
Ochiqlik sari yana bir qadam! 🔸20 dan ortiq jurnalist va blogerlar Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik treningda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida qanday qilib xolis va jozibali tarzda axborot berishni o‘rgandilar. 🔹Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar: ✨ Davlat xizmatlari islohotlarini xolis va ijodiy yoritish; 🤖 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli vositalardan foydalanish; 💬 Ishonch va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar yaratishni o‘rgandilar.
🤝 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish hamda shaffoflikni mustahkamlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi! #EUinUzbekistan #UNDP #DavlatXizmatlari #MediaTrening #Shaffoflik #AI Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
34👍 7
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar 🗓 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda quyidagi toifadagi shaxslarga xizmatlardan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi: ✅ pensionerlarga; ✅ homilador ayollarga; ✅ 3 yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqarolarga. Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
👍 31 26🔥 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#qulaylik 🧰 Endilikda yuridik shaxslarni - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonlari yanada xavfsiz: ✅ tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda shaxsni tasdiqlanishning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID orqali muasssislar roziligini olish imkoniyati yaratildi.
❗️Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.
🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
25👍 6🔥 3
Repost from TgId: 1447170635
✨ Davlat xizmatlarini qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq qilamiz? 🔸Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin. 🔹O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.
💡 Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi: 🔹 Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish 🔹 Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish 🔹 AI vositalaridan samarali foydalanish 🔹 OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
44👍 5🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Diqqat_so'rovnoma 📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting! 📝 So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. ✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
13👍 6🔥 1
Repost from TgId: 1447170635
照片不可用在 Telegram 中显示
#ogoh_bo'ling! ‼️Adliya vazirligiga ushbu mazmundagi xatlarni tadbirkorlar elektron pochtasiga yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda. ❌Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi. ❌Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin. ❗️Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz. Adliya vazirligi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
15👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
🏡 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!
💥Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! 🗓2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi! Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 📜 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi. ⚠️ Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
27👍 5🔥 4
照片不可用在 Telegram 中显示
#Bilasizmi ✈️ Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat olish tartibidan xabardormisiz? ✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik yoki jismoniy shaxslar. 🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi. 🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. ⏳Sertifikatning amal qilish muddati: cheklanmagan. ❗️Amaldagi radiojihozlar sertifikati bo‘lmagan hollarda, havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
26👍 2🔥 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#qulaylik 🧰 Endilikda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tish jarayonlari yanada xavfsiz: ✅ yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tishda shaxsni tasdiqlashning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID joriy etildi.
❗️Eslatma: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.
🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
27👍 6🔥 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#yangi_xizmat ❗️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda xo‘jalikka xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi. 🔸Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar: chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxona, muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, dala shiyponi, texnika parki va boshqalar. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: fermer xo‘jaligi, agroklaster, dehqon xo‘jaligi va boshqalar. 🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari. 💰Arizani ko'rib chiqqanlik uchun yer uchastkasining maydoniga qarab BHMning 1-6 baravari miqdorida yig'im undiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
22👍 5🔥 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#So'rovnoma Adliya organlari va muassasalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini baholash yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting! So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing! Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
19👍 5🔥 2
00:34
视频不可用在 Telegram 中显示
video.mp44.34 MB
👍 49 19🔥 15
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar 🗓 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi: ❌ nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish; ❌ FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish; ❌ tegishli mudofaa organlariga — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish; ❌ avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi. ✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi. Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
24👍 9🔥 6
Repost from TgId: 1466979055
照片不可用在 Telegram 中显示
📣 Jurnalistlar va blogerlar uchun ikki kunlik trening: Davlat xizmatlarini yoritishda nimalarga e’tibor qaratish kerak? O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi jadal sur’atlar bilan takomillashmoqda: interaktiv platformalar, hududlararo xizmatlar va uzluksiz ish tartibi fuqarolar hayotini yanada qulaylashtirmoqda hamda davlat faoliyatining ochiqligini ta’minlamoqda. Bu o‘zgarishlarni jamiyatga yetkazishda jurnalistlar va blogerlar muhim rol o‘ynaydi. 🎯 Trening maqsadi: Ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va yangiliklarni yoritishda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam berish, shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgatish. 📌 Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda: ➡️ Davlat xizmatlari va ommaviy axborot vositalari sohasidagi tendensiyalar va standartlar haqida bilimlar ➡️ Faktlarni tekshirish va manbalar bilan ishlash amaliyoti ➡️ Kontent va vizual kommunikatsiyaning yangi shakllarini o‘zlashtirish 🗓 Sanalar: 2025-yil 9–10-oktyabr 📍 Manzil: "Olmos" mehmonxonasi, Toshkent viloyati ⚠️ Viloyatlardan kelgan ishtirokchilar mamnuniyat bilan kutib olinadi. Trening o‘tkaziladigan joyga transfer tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi, biroq Toshkentgacha bo‘lgan yo‘l xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.Ariza topshirish uchun so‘nggi muddat: 2025 yil, 30-sentabr ➡️ Treningga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/qasu7tpFnWuJUH9d6
显示全部...
21👍 3🔥 1
Repost from TgId: 1480452691
照片不可用在 Telegram 中显示
#tezkor ⚡️Diqqat e’lon ‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli, fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 👉 Davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan. 📍Shu sababli, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
显示全部...
21
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar 🌾Qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlarni konservatsiya qilish davlat xizmatidan qulay tarzda foydalaning! Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar hamda tuman (shahar) hokimliklari. 🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi. 💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
18🔥 5👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Diqqat_muhim 📣 Hurmatli hamyurtlar! Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda. Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda. Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
14👍 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar 🌱 Yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiylalarni davlat hisobiga olish xizmatidan foydalanish yanada oson! Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar. 🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari. 💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
16👍 3🔥 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar ✅Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yana 20 turdagi davlat xizmatlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, 🔸Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikat berish; 🔹Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o'tkazish; 🔸Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash; 🔹Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olish; 🔸Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reestriga kiritish; 🔹O'lchash vositalarini davlat sinovidan o'tkazish. Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
显示全部...
13🔥 5