en
Feedback
Sevgi She'rlari

Sevgi She'rlari

Open in Telegram

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Show more
12 895
Subscribers
-2124 hours
-1147 days
-22330 days
Posts Archive
Yomgʻir. Ayriliqqa yuragim kunmay, Sogʻinmoq bu naqadar ogʻir. Koʻzyoshimga qoʻshilib tinmay, Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir. Tuyilmoqda nimadir kamga. Qaytgim kelar oʻtmish u damga. Toʻlib ketdi yuragim gʻamga, Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir. Yolgʻizlikdan ezilar dilim. Sen yoʻqliging sezilar gulim. Eslatar bu yurgan har yoʻlim, Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir. Kelishingni kutaman hamon. Ishq azobin yutaman har on. Sogʻinganman ishonsang yomon, Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir. Alamlarni yuvsin mayliga. Gʻam lashkarin quvsin mayliga. Qayta chorlab ishqning sayliga, Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir. Eng yoqimli navosan bilsang. Bitta oʻzing davosan bilsang. Oshiqlarni baxtiyor qilsang, Yogʻavergin toʻxtamay yomgʻir. Tomchi-tomchi, chak- chak bu yomgʻir. Dardlarimga davo-ku yomgʻir. Oshiqlarning dardiga malham, Eng yoqimli navo-ku yomgʻir. ✍ Sobitjon Eshtemirov.13.12.2025. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
17👍 6🥰 5😍 4
Ajoyib kanal obuna bo‘lib olinglar!
Show all...
8🥰 6👍 3😍 3
Photo unavailableShow in Telegram
She'riyat shaydolari uchun🫴 Eng sara mavzularda qalam tebratgan shoir Ulugʻbek Ergash ning she'rlari va qoʻshiq matnlari jamlangan kanal👇 https://t.me/+xxCKPZ-klXthY2Qy She'rlar sizga yoqsa, xursand boʻlamiz😊
Show all...
8👍 6🥰 1😍 1
Obuna bo‘lish
00:37
Video unavailableShow in Telegram
❤️❄️ASSALOMU ALAYKUM! ❄️❤️Dushanba tongi muborak bo‘lsin ❤️❄️Yangi xafta davomida sizlarni xursandchilik, baxtiyorlik aslo tark etmasin ❄️❤️Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin! ❤️❄️Sizga oilaviy xotirjamlik, tani sog‘lik, xayrli amallarga to‘la va duolar mustajob bo‘luvchi lahzalarga boy yana juda ko‘p subhi sodiqlar tilaymiz. https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Show all...
5.94 MB
👍 10 6🥰 4😍 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 15 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Show all...
11.84 MB
8🥰 5😍 4👍 2
00:16
Video unavailableShow in Telegram
❄️🌙XAYRLI TUN🌙❄️ 🌙Robbim, bugunimizga taqsim qilganing yaxshilik, rizq, ofiyat, tavfiq, saodat, najot va qalb ochilishidan bizga ertamiz uchun xam to‘liq hissa va nasiba ato qilgin! Amin!🤲 🌙Yaqinlarim, yaxshi ko‘rganlarim O‘zingga omonat, Robbim... T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Show all...
2.02 MB
11👍 5😍 5🥰 1
SOG'INGANING TAN OL... Behuda so'zlama,barchasi bekor, Sira eplolmaysan yolg'onni, bilsang. Qalbingni qiynama,ayblab "beqaror"... Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang. Suratimga boqib,pana-panada, Yuragingni yoqib,otash tanada. Xarob bo'lmasidan,holing yanada... Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang. Bahonalar topma,qilmagin inkor, Bor gapni,shart aytib,bo'la qol,iqror. Nahot,shuncha qiyin,etmoqlik izhor... Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang! Rahm et,siringni bilar,sabringga. Quloq tut,qalbingga,yurak amringga. Xumoring aylanib qolmay jabringga... Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang. Aytgin,hech bo'lmasa,bor yo'g'i, bir bor, Hislaring hukmini,aylabon nisor. Axir,aytishingni kutayapman zor, Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang. Qancha kutish kerak,kutaman,mayli Faqat,aytsang bo'ldi, dilim quvnaydi. Rozingni bilolmay,xayolim daydi... Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang. Men ham sog'inyapman,sog'inganim chin, Quvonchim quchadi,qo'ng'iroq qilsang. Birgina so'zingdan topaman taskin, Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang. ✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
13😍 12👍 5🥰 5👏 1
Ajoyib kanal obuna bo‘lila!
Show all...
9👍 6🥰 4😍 2
Show all...
10👍 5🥰 3😍 3
00:36
Video unavailableShow in Telegram
Qaldirg‘och qosh, yuzi hilol, Berar tinmay ming bir savol, Ishqim unga kelmas malol, U men uchun yaralgandir.. Har onimda, u yonimda, Tun, tongimda, u jonimda, Jo‘shib oqar, jim qonimda, U men uchun yaralgandir.. Kulib olar dardimni ham, Hijron to‘la arzimni ham, Eslatadi farzimni ham, U men uchun yaralgandir.. Mening mangu mohitobim, O‘qilmagan dil kitobim, Yo‘q, e’tiroz yo‘q xitobim, U men uchun yaralgandir! Har soniya jonim fido, Ishqida men bo‘ldim ado, Ranjitsam gar bo‘lar xato, U men uchun yaralgandir! ✍DIL🌹🌹AFRO‘Z Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
SaveVid_Net_AQO354aitgreMXNNtW47_yXV8Jnp5MUYV1ApOVD4YFtleuJwUyZ.mp43.49 MB
👍 13 5😍 5🥰 4
QALBI UMMONLAR! Mehribonlar ko‘pdir dunyoda, Yaxshilar ham ko‘pdir, ziyoda. Odamlar bor, elga omonlik, Yurtga tinchlik tilab, duoda. O‘zlariga birni so‘rashsa, O‘zgalarga mingni so‘rarlar. O‘zlariga birni o‘rashsa, O‘zgalarni zarga o‘rarlar. Mehri daryo, qalbi ummonlar, Omon bo‘lsin shunday insonlar! O‘tar yillar, o‘tar zamonlar, Mudom bo‘lsin shunday insonlar! Begi Do‘st Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Show all...
16👍 6😍 4🥰 2
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Sevgi qasringni qur mening ko‘nglimda, Tayanchsan doimo o‘ngu so‘limda, Yonma yon kelyabsan umr yo‘limda, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Boshimga qulagan kabidir samo, Faqat sen bo‘lasan dardimga davo, O‘zgalar qandaydir, bilmayman ammo, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Armonim hukumron, orzularim puch Hayot imtixonidan olgandayman uch. To‘rt tomon huvullar qaydan topay kuch, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Qarisang o‘ylaysan hamma tomonni, Ko‘rib umring o‘tar yaxshi yomonni, Birga sursam deyman davru davronni, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Zorlansam yoradi toshlarni zorim, Sen o‘zing dardimga malxamim korim. Qalbimda borimsan tanxosan yorim, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! ✍Baxtiyorjon Xasanov Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Show all...
15👍 8😍 4🔥 1
00:31
Video unavailableShow in Telegram
🎂 𝑻𝒖𝒈‘𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊✨ 📌 𝑅𝑎𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟 📌 ‌🇻‌🇮‌🇩‌🇪‌🇴 tabrik 📌 𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘 𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑥𝑢𝑟𝑠𝑎𝑛𝑑 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑖𝑧 Tez, arzon, sifatli! 👉 Buyurtma uchun yozing. +998996226995 +998996226995 Ayollar uchun telegram 👉 ✍🏻 @Elshod6995 Erkaklar uchun 👉 📍 @Tabrikadmini01 @Tabrikadmini01 @Tabrikadmini01 𝑻𝑼𝑮‘𝑰𝑳𝑮𝑨𝑵 𝑲𝒖𝒏 𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊 🌹 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
Show all...
8.55 MB
8👍 5🥰 4😍 2
#iqtibos Qoʻllaringni tutgin koʻzyoshlarimga, Bagʻrimga toʻkilib ezmasin meni. Qalbingga berikitib qoʻysin Xudoyim, Hijronlar borligim sezmasin meni. Qoʻllarimni tutgin, qoʻllarimni tut, Men qulab ketyapman gʻamning jariga. Har nega chap berib keldim-u lekin, Oʻtib ketolmadim ishqdan nariga. Yorijon, sen menga atalgan baxtsan, Men senga yozilgan qismatman axir. Taqdirning qoʻlimga tutgan oshi ham, Xuddi peshonamning shoʻridek taxir. Meni yomonlarga yoʻliqtirmagin, Qoʻrqitma koʻksimga tushmasin gʻuluv. Aslida oʻlmoqlik daxshatli emas, Seningsiz yashamoq haqiqiy qoʻrquv. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
11🥰 8👍 7😍 2🔥 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
🍃❄️XAYRLI  TONG ❄️🍃            QADRLIKLARIM!. Tong nafasi urilib  yuzga, Ajib hislar uyg‘otdi dilga. Mehr qo‘shib baytimni bitdim, Aziz do‘stlar Salom Assalom!. 🍃❄️Assalomu aleykum ❄️🕊     🍃❄️Va rahmatullohi ❄️🕊         🍃❄️ Va barokatux!. ❄️🕊 ❄️Yakshanba tongi  muborak          bo‘lsin!. Munavvar tongga yetkazgan Ollohga hamd-sanolar, o‘tgan payg‘ambarlariga durud-salovatlar bo‘lsin!. Yo‘lingizni  qur’on nuri, qalbingizni  iymon yoritsin!. Yangi kun, yangi tong barchamizga muborak бўлсин!!!.🤲 💞 Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Show all...
2.35 MB
9🥰 9👍 3😍 3💋 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 14 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Show all...
11.84 MB
🥰 9 5👍 5😍 2
00:07
Video unavailableShow in Telegram
🌙✨X A Y R L I T U N ✨🌹Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲 Alloxim barchamizni Jannatlarida jam qilsin...!🤲 Xayrli tun AZIZLARIM T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Show all...
1.26 KB
10👍 7🥰 4😍 2🔥 1
Farg'onalik! Yosh edimda olov edim yonib turgan Devonalik qilgandim ko'p devonalik Ming bir kecha meni o'ylab hayol surgan Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Sog'inchlari qiynar meni hali hamon Borgim kelar o'shal tanish ko'cha tomon Ko'rgan kunim bo'ldi faqat sarsonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Sevar edi men ham jondan sevganim bor Ko'ziga boqib aytar edim takror takror Lablariga labim bosib mastonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Taqdir tig'i yo'llarimiz kesib qo'ydi O'rtadagi rishtalarni uzib qo'ydi Naf bermadi shuncha bo'ldim parvonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Ota rozi Xudo rozi bo'lib ketdi Taqdiriga tan bergancha ko'nib ketdi Ko'zlarimdan yoshlar oqdi marjonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Meni yesa yeb bitirdi sevgi dardim Qayoqlarda qolib ketdi yigit qadrim To'rt tomonim zulmat bo'ldi tor xonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Oldirganim bor og'zimdan oshginamni Nasib degan go'zal qalam qoshginamni Bo'larmanmi shuncha ham sho'r peshonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Yillar o'tib dilda cho'g' ham so'nar balki Telba Mo'min taqdirga ham ko'nar balki O'g'il qizga qilsin endi zo'r onalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Mo'min. 09.03.2025 yil. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
14👍 11🥰 7😍 4
*** Sog‘inganman bugun so‘zing jarangin Qulog‘im ostidan ketmaydi nari Eslatmasin deya ko‘zlaring rangin Qahva ichmay qo‘ydim anchadan beri Hech kimsa emasku dunyoda bekam Shu bugun men chindan ichimni yedim Tan olishim kerak aslida men ham Seni sevgan paytim chiroyli edim Qaydadir bir necha yillardan keyin Tasodifan bo‘lar go‘zal to‘qnashuv Bag‘ringga otilib bormog‘im tayin Duo qil bo‘lmasin bunday uchrashuv Tuxtadi, tugagan deyman-u ammo Qalbimga sensizlik keladi malol Lekin-chi, Yaratgan ushshoqni hatto Nasibang bo‘lmasa qildirmas xayol ✍Sadoqat Muhammadova Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
12😍 7👍 5🥰 4
Photo unavailableShow in Telegram
SHUNCHAKI YASHANG🙂 Balki yetar,tugatarmiz soxta dardlarni Bekorga hayolga dard yukin ortdik Asli muhtojmasmiz,bu hasratlarni Kimlardan oldig-u yurakka sotdik Hayot qurilmagan siqilmoq uchun Nahot yashash qiyin,baxtlarga toʻlib Koʻp narsa kerakmas asli kulmoq-chun Shunchaki yashang,bas,gʻamni unitib Bu dardlar bir kuni oʻtib ham ketar Gar oʻlsak, ishlari bizsiz ham bitar Boʻldi yuraklarni qiynamang yetar Shunchaki yashang bas,gʻamni unitib Izzatoy✍ 12.12.2025 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Show all...
12👍 10🥰 7😍 2🔥 1