Sevgi She'rlari
前往频道在 Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
显示更多12 895
订阅者
-2124 小时
-1147 天
-22330 天
帖子存档
Yomgʻir.
Ayriliqqa yuragim kunmay,
Sogʻinmoq bu naqadar ogʻir.
Koʻzyoshimga qoʻshilib tinmay,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Tuyilmoqda nimadir kamga.
Qaytgim kelar oʻtmish u damga.
Toʻlib ketdi yuragim gʻamga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Yolgʻizlikdan ezilar dilim.
Sen yoʻqliging sezilar gulim.
Eslatar bu yurgan har yoʻlim,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Kelishingni kutaman hamon.
Ishq azobin yutaman har on.
Sogʻinganman ishonsang yomon,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Alamlarni yuvsin mayliga.
Gʻam lashkarin quvsin mayliga.
Qayta chorlab ishqning sayliga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Eng yoqimli navosan bilsang.
Bitta oʻzing davosan bilsang.
Oshiqlarni baxtiyor qilsang,
Yogʻavergin toʻxtamay yomgʻir.
Tomchi-tomchi, chak- chak bu yomgʻir.
Dardlarimga davo-ku yomgʻir.
Oshiqlarning dardiga malham,
Eng yoqimli navo-ku yomgʻir.
✍ Sobitjon Eshtemirov.13.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 17👍 6🥰 5😍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
She'riyat shaydolari uchun🫴
Eng sara mavzularda qalam tebratgan shoir
Ulugʻbek Ergash ning she'rlari va qoʻshiq matnlari jamlangan kanal👇
https://t.me/+xxCKPZ-klXthY2Qy
She'rlar sizga yoqsa, xursand boʻlamiz😊
❤ 8👍 6🥰 1😍 1
Obuna bo‘lish
00:37
视频不可用在 Telegram 中显示
❤️❄️ASSALOMU ALAYKUM!
❄️❤️Dushanba tongi muborak bo‘lsin
❤️❄️Yangi xafta davomida sizlarni xursandchilik, baxtiyorlik aslo tark etmasin
❄️❤️Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin!
❤️❄️Sizga oilaviy xotirjamlik, tani sog‘lik, xayrli amallarga to‘la va duolar mustajob bo‘luvchi lahzalarga boy yana juda ko‘p subhi sodiqlar tilaymiz.
https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.94 MB
👍 10❤ 6🥰 4😍 1
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
15 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.84 MB
❤ 8🥰 5😍 4👍 2
00:16
视频不可用在 Telegram 中显示
❄️🌙XAYRLI TUN🌙❄️
🌙Robbim, bugunimizga taqsim qilganing yaxshilik, rizq, ofiyat, tavfiq, saodat, najot va qalb ochilishidan bizga ertamiz uchun xam to‘liq hissa va nasiba ato qilgin! Amin!🤲
🌙Yaqinlarim, yaxshi ko‘rganlarim O‘zingga omonat, Robbim...
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2.02 MB
❤ 11👍 5😍 5🥰 1
SOG'INGANING TAN OL...
Behuda so'zlama,barchasi bekor,
Sira eplolmaysan yolg'onni, bilsang.
Qalbingni qiynama,ayblab "beqaror"...
Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang.
Suratimga boqib,pana-panada,
Yuragingni yoqib,otash tanada.
Xarob bo'lmasidan,holing yanada...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Bahonalar topma,qilmagin inkor,
Bor gapni,shart aytib,bo'la qol,iqror.
Nahot,shuncha qiyin,etmoqlik izhor...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang!
Rahm et,siringni bilar,sabringga.
Quloq tut,qalbingga,yurak amringga.
Xumoring aylanib qolmay jabringga...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Aytgin,hech bo'lmasa,bor yo'g'i, bir bor,
Hislaring hukmini,aylabon nisor.
Axir,aytishingni kutayapman zor,
Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang.
Qancha kutish kerak,kutaman,mayli
Faqat,aytsang bo'ldi,
dilim quvnaydi.
Rozingni bilolmay,xayolim daydi...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Men ham sog'inyapman,sog'inganim chin,
Quvonchim quchadi,qo'ng'iroq qilsang.
Birgina so'zingdan topaman taskin,
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13😍 12👍 5🥰 5👏 1
00:36
视频不可用在 Telegram 中显示
Qaldirg‘och qosh, yuzi hilol,
Berar tinmay ming bir savol,
Ishqim unga kelmas malol,
U men uchun yaralgandir..
Har onimda, u yonimda,
Tun, tongimda, u jonimda,
Jo‘shib oqar, jim qonimda,
U men uchun yaralgandir..
Kulib olar dardimni ham,
Hijron to‘la arzimni ham,
Eslatadi farzimni ham,
U men uchun yaralgandir..
Mening mangu mohitobim,
O‘qilmagan dil kitobim,
Yo‘q, e’tiroz yo‘q xitobim,
U men uchun yaralgandir!
Har soniya jonim fido,
Ishqida men bo‘ldim ado,
Ranjitsam gar bo‘lar xato,
U men uchun yaralgandir!
✍DIL🌹🌹AFRO‘Z
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SaveVid_Net_AQO354aitgreMXNNtW47_yXV8Jnp5MUYV1ApOVD4YFtleuJwUyZ.mp43.49 MB
👍 13❤ 5😍 5🥰 4
QALBI UMMONLAR!
Mehribonlar ko‘pdir dunyoda,
Yaxshilar ham ko‘pdir, ziyoda.
Odamlar bor, elga omonlik,
Yurtga tinchlik tilab, duoda.
O‘zlariga birni so‘rashsa,
O‘zgalarga mingni so‘rarlar.
O‘zlariga birni o‘rashsa,
O‘zgalarni zarga o‘rarlar.
Mehri daryo, qalbi ummonlar,
Omon bo‘lsin shunday insonlar!
O‘tar yillar, o‘tar zamonlar,
Mudom bo‘lsin shunday insonlar!
Begi Do‘st
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 16👍 6😍 4🥰 2
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Sevgi qasringni qur mening ko‘nglimda,
Tayanchsan doimo o‘ngu so‘limda,
Yonma yon kelyabsan umr yo‘limda,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Boshimga qulagan kabidir samo,
Faqat sen bo‘lasan dardimga davo,
O‘zgalar qandaydir, bilmayman ammo,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Armonim hukumron, orzularim puch
Hayot imtixonidan olgandayman uch.
To‘rt tomon huvullar qaydan topay kuch,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Qarisang o‘ylaysan hamma tomonni,
Ko‘rib umring o‘tar yaxshi yomonni,
Birga sursam deyman davru davronni,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Zorlansam yoradi toshlarni zorim,
Sen o‘zing dardimga malxamim korim.
Qalbimda borimsan tanxosan yorim,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
✍Baxtiyorjon Xasanov
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 15👍 8😍 4🔥 1
00:31
视频不可用在 Telegram 中显示
🎂 𝑻𝒖𝒈‘𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊✨
📌 𝑅𝑎𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟
📌 🇻🇮🇩🇪🇴 tabrik
📌 𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑥𝑢𝑟𝑠𝑎𝑛𝑑 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑖𝑧
Tez, arzon, sifatli!
👉 Buyurtma uchun yozing.
+998996226995
+998996226995
Ayollar uchun telegram 👉
✍🏻 @Elshod6995
Erkaklar uchun 👉
📍 @Tabrikadmini01
@Tabrikadmini01
@Tabrikadmini01
𝑻𝑼𝑮‘𝑰𝑳𝑮𝑨𝑵 𝑲𝒖𝒏 𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊 🌹
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
8.55 MB
❤ 8👍 5🥰 4😍 2
#iqtibos
Qoʻllaringni tutgin koʻzyoshlarimga,
Bagʻrimga toʻkilib ezmasin meni.
Qalbingga berikitib qoʻysin Xudoyim,
Hijronlar borligim sezmasin meni.
Qoʻllarimni tutgin, qoʻllarimni tut,
Men qulab ketyapman gʻamning jariga.
Har nega chap berib keldim-u lekin,
Oʻtib ketolmadim ishqdan nariga.
Yorijon, sen menga atalgan baxtsan,
Men senga yozilgan qismatman axir.
Taqdirning qoʻlimga tutgan oshi ham,
Xuddi peshonamning shoʻridek taxir.
Meni yomonlarga yoʻliqtirmagin,
Qoʻrqitma koʻksimga tushmasin gʻuluv.
Aslida oʻlmoqlik daxshatli emas,
Seningsiz yashamoq haqiqiy qoʻrquv.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 11🥰 8👍 7😍 2🔥 1
00:11
视频不可用在 Telegram 中显示
🍃❄️XAYRLI TONG ❄️🍃
QADRLIKLARIM!.
Tong nafasi urilib yuzga,
Ajib hislar uyg‘otdi dilga.
Mehr qo‘shib baytimni bitdim,
Aziz do‘stlar Salom Assalom!.
🍃❄️Assalomu aleykum ❄️🕊
🍃❄️Va rahmatullohi ❄️🕊
🍃❄️ Va barokatux!. ❄️🕊
❄️Yakshanba tongi muborak
bo‘lsin!.
Munavvar tongga yetkazgan
Ollohga hamd-sanolar,
o‘tgan payg‘ambarlariga
durud-salovatlar bo‘lsin!.
Yo‘lingizni qur’on nuri,
qalbingizni iymon yoritsin!.
Yangi kun, yangi tong barchamizga muborak бўлсин!!!.🤲 💞
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
2.35 MB
❤ 9🥰 9👍 3😍 3💋 1
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
14 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.84 MB
🥰 9❤ 5👍 5😍 2
00:07
视频不可用在 Telegram 中显示
🌙✨X A Y R L I T U N
✨🌹Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲
Alloxim barchamizni
Jannatlarida
jam qilsin...!🤲
Xayrli tun AZIZLARIM
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
1.26 KB
❤ 10👍 7🥰 4😍 2🔥 1
Farg'onalik!
Yosh edimda olov edim yonib turgan
Devonalik qilgandim ko'p devonalik
Ming bir kecha meni o'ylab hayol surgan
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Sog'inchlari qiynar meni hali hamon
Borgim kelar o'shal tanish ko'cha tomon
Ko'rgan kunim bo'ldi faqat sarsonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Sevar edi men ham jondan sevganim bor
Ko'ziga boqib aytar edim takror takror
Lablariga labim bosib mastonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Taqdir tig'i yo'llarimiz kesib qo'ydi
O'rtadagi rishtalarni uzib qo'ydi
Naf bermadi shuncha bo'ldim parvonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Ota rozi Xudo rozi bo'lib ketdi
Taqdiriga tan bergancha ko'nib ketdi
Ko'zlarimdan yoshlar oqdi marjonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Meni yesa yeb bitirdi sevgi dardim
Qayoqlarda qolib ketdi yigit qadrim
To'rt tomonim zulmat bo'ldi tor xonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Oldirganim bor og'zimdan oshginamni
Nasib degan go'zal qalam qoshginamni
Bo'larmanmi shuncha ham sho'r peshonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Yillar o'tib dilda cho'g' ham so'nar balki
Telba Mo'min taqdirga ham ko'nar balki
O'g'il qizga qilsin endi zo'r onalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 09.03.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14👍 11🥰 7😍 4
***
Sog‘inganman bugun so‘zing jarangin
Qulog‘im ostidan ketmaydi nari
Eslatmasin deya ko‘zlaring rangin
Qahva ichmay qo‘ydim anchadan beri
Hech kimsa emasku dunyoda bekam
Shu bugun men chindan ichimni yedim
Tan olishim kerak aslida men ham
Seni sevgan paytim chiroyli edim
Qaydadir bir necha yillardan keyin
Tasodifan bo‘lar go‘zal to‘qnashuv
Bag‘ringga otilib bormog‘im tayin
Duo qil bo‘lmasin bunday uchrashuv
Tuxtadi, tugagan deyman-u ammo
Qalbimga sensizlik keladi malol
Lekin-chi, Yaratgan ushshoqni hatto
Nasibang bo‘lmasa qildirmas xayol
✍Sadoqat Muhammadova
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 12😍 7👍 5🥰 4
照片不可用在 Telegram 中显示
SHUNCHAKI YASHANG🙂
Balki yetar,tugatarmiz soxta dardlarni
Bekorga hayolga dard yukin ortdik
Asli muhtojmasmiz,bu hasratlarni
Kimlardan oldig-u yurakka sotdik
Hayot qurilmagan siqilmoq uchun
Nahot yashash qiyin,baxtlarga toʻlib
Koʻp narsa kerakmas asli kulmoq-chun
Shunchaki yashang,bas,gʻamni unitib
Bu dardlar bir kuni oʻtib ham ketar
Gar oʻlsak, ishlari bizsiz ham bitar
Boʻldi yuraklarni qiynamang yetar
Shunchaki yashang bas,gʻamni unitib
Izzatoy✍ 12.12.2025
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 12👍 10🥰 7😍 2🔥 1
