"El-yurt umidi" Foundation
Kanalga Telegram’da o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish33 652
Obunachilar
-1224 soatlar
-67 kunlar
+5230 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim
⚡️Tanlov komissiyasi ayrim nomzodlarga suhbat bosqichida ishtirok etish sanasi va shaklini oʻzgartirishga ruxsat berdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida suhbat bosqichida ishtirok etish sanasi va shaklini oʻzgartirish boʻyicha nomzodlarning murojaatlari (7-dekabr 18:00 ga qadar kelib tushgan) belgilangan tartibda Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi va asoslantirilgan murojaatlar qanoatlantirildi.
Suhbat bosqichida ishtirok etish sanasi va formati oʻzgartirilgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi 📎HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
⚠️ Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.
📍Suhbat jarayonlari OFLAYN shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 15⚡ 2👏 2👌 2🔥 1
03:35
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5166.MOV78.68 MB
👏 21❤ 14😍 8🔥 4⚡ 2🎉 1🤓 1😇 1🤗 1
01:06
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5170.MOV23.97 MB
❤ 21👏 8🎉 4🤩 2👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bayram_muborak
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasi yurtdoshlarimizni va xorijdagi vatandoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!
Konstitutsiyada Oʻzbekiston demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qatʼiy belgilanib, inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat deb eʼlon qilindi.
Bosh Qomusning meʼyor va qadriyatlarini toʻliq hayotga tatbiq etish uchun davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, akademik doiralar, biznes vakillari, keng jamoatchilik, har birimiz harakat qilishimiz kerak.
Bilim va tajribamizni, kuch-gʻayrat va imkoniyatlarimizni birlashtirib, ulkan maqsadlarga erishimiz mumkin!
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
⚡ 13❤ 11🔥 6🎉 3👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 21🔥 8👏 7👍 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh
—
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👍 9❤ 2⚡ 1👏 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Lusayl universiteti va IBM xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda oʻzbekistonlik davlat xizmatchilari uchun sunʼiy intellekt sohasida stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi
Qatarga xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Lusayl universiteti prezidenti Nitam Muxammad Hindi bilan uchrashdi.
Tomonlar hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi dasturlar va qoʻshma ilmiy-akademik tashabbuslarni, universitetda oʻzbek tilini oʻrganish dasturini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Xususan, jamgʻarma tomonidan tayinlangan bir nafar mutaxassis ikki hafta davomida oʻzbek tili va adabiyotiga oid interaktiv darslarni oʻtishi hamda Lusayl universiteti talabalarining qiziqishlaridan kelib chiqib, oʻzbek tili va adabiyotini modul sifatida kiritish taklifi maʼqullandi. Universitet va IBM xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda oʻzbekistonlik davlat xizmatchilari uchun sunʼiy intellekt sohasida stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, ijrochi direktor tomonidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasini Lusayl va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasidagi hamkorlik doirasida moliyalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida rasman jalb etilishi taklifi bildirildi va oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun Lusayl universitetida ilmiy izlanish bilan shugʻullanishlari uchun grantlar ajratilishi maʼlum qilindi. Uchrashuv yakunida muhokama qilingan takliflar va kelishuvlarga oid hamkorlik bitimini tayyorlab, tasdiqlashga kelishildi. Maʼlumot uchun: Lusayl universiteti – Fransiyaning Sarbon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Qatardagi eng yirik xususiy universitet hisoblanadi. Hozirda universitetda 6 nafar oʻzbekistonlik talaba tahsil olmoqda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_5122.MOV8.99 MB
❤ 17👍 10🔥 5💯 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Yoshlar_uchun_imkoniyatlar
📣 University of Warwick vakillari ishtirokida vebinar boʻlib oʻtadi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Buyuk Britaniyadagi hamkor OTMlardan biri boʻlgan University of Warwick xorijda taʼlim olish imkoniyatlari haqida vebinar oʻtkazadi.
Onlayn sessiyada ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
University of Warwick vakillari taʼlim va til sohasidagi eng talab yuqori boʻlgan magistratura dasturlari haqida maʼlumot berishadi:
➖MA TESOL;
➖MA Education;
➖MA Educational Leadership & Management;
➖Intercultural Communication for Business & Professions (MSc).
Shuningdek, amaliy tilshunoslik va ingliz tili o'qitish yo'nalisharida bakalavr ba PhD dasturlari haqida ma'lumot beriladi.
Ishtirokchilar kirish talablari, arizalarni toʻldirish xususiyatlari va oʻquv dasturlarini tanlash boʻyicha savollariga bevosita universitet vakillaridan javob olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
🗓 Sanasi: 11-dekabr
⌛ Vaqti: 11:00-12:30 (Buyuk Britaniya vaqti bilan) / 16:00-17:30 (Oʻzbekiston vaqti bilan)
📎ULANISH UCHUN HAVOLA
Meeting ID: 514 919 3330
Passcode: 2025ab2026
⚠️ Eksklyuziv maʼlumot olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang, onlayn sessiyaga qoʻshiling.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 18🔥 11🤩 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi joriy yilning 9–17-dekabr kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari ro‘yxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlardan suhbat jarayoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.
Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular F.I.Sh. va xorijda ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, @eyufadmissionbot Telegram botiga 7-dekabr soat 18:00 ga qadar murojaat yuborishlari lozim.
O‘zbekiston hududida bo‘lgan nomzodlar suhbatda faqat OFLAYN shaklda ishtirok etishlari shart.
Suhbat “El-yurt umidi” jamg‘armasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq o'tkaziladi.
Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.
📍Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.
⚠️ Suhbat vaqti o‘zgarishi ehtimolini inobatga olgan holda, belgilangan kunning to‘liq qismini suhbat jarayoniga ajratishingiz tavsiya etiladi.
👉Batafsil
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 23🔥 8⚡ 3🤓 1🤗 1
03:49
Video unavailableShow in Telegram
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
—
Благодаря стратегически выверенным реформам и созданию широких возможностей для инвесторов в энергетике Нового Узбекистана произошли поистине революционные изменения.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_5120.MP445.79 MB
❤ 4👏 3💯 2🤩 1
00:33
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” stipendiatlari uchun nufuzli Qatar universitetlarida alohida kvotalar ajratish masalasi muhokama qilindi
Qatarga xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Qatar fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Ibrohim bin Soleh Al-Nuaimiy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida jamgʻarma faoliyati hamda Oʻzbekiston taʼlim strategiyasidagi ustuvor sohalar, tashkil etilgan koʻp funksional klaster va tizimlar taqdimot qilindi. Al-Nuaimiy Oʻzbekistonda taʼlim yoʻnalishidagi islohotlarni muntazam kuzatib, tahlil qilib borishini, jamgʻarmaning qayta tashkil etilganligi mintaqaning taʼlim sohasidagi katta yutugʻi ekanligini taʼkidladi. U “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan taʼlim, ilm-fan va tadqiqot sohalarida hamkorlik yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Tomonlar qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish, jamgʻarma stipendiatlari uchun Qatar universitetlarining bakalavr, magistratura va doktorantura taʼlim bosqichlarida alohida kvotalar ajratish masalalarini muhokama qildi. 2026-yilda Samarqandda “Oʻzbekiston – Qatar rektorlar forumi”ni oʻtkazish, shuningdek, sunʼiy intellekt sohasida davlat xizmatchilari va tadqiqotchilar uchun maqsadli stajirovkalarni tashkil etish taklifi ilgari surildi. Uchrashuv yakunida vazir oʻrinbosari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Qatarning nufuzli universitetlari oʻrtasidagi hamkorlikni ijobiy baholab, ushbu aloqalarni yanada rivojlantirish uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4898.MOV11.66 MB
❤ 8👏 4🤩 2😇 1
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi: Barcha sa’y-harakatlar zamirida insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, odamlarning islohotlarga va yorug‘ kelajakka ishonchini mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish maqsadi mujassam.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Сырдарью: В основе всех усилий – внимание и забота о человеке, укрепление доверия людей к реформам и светлому будущему, повышение социально-экономического потенциала нашей страны.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
sirdaruyo.mp418.74 MB
❤ 18👍 5⚡ 2🔥 2👏 1🤗 1
00:59
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | “Zakovat karvoni” intellektual musobaqasi
Italiyaning Turin Universitetida oʻqiyotgan talabalar tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual turniri Milan, Turin, Turin politexnika va Rim Sapienza universitetlarida tahsil olayotgan 50 nafardan ortiq oʻzbekistonlik talabalarni bir maydonda jamladi. Intellektual turnirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari ham ishtirok etdi.
Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi tomonidan berilgan maxsus sovgʻalar bilan taqdirlandi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Турин.mp416.22 MB
❤ 14👍 5🔥 4👨💻 2👏 1🤩 1
00:22
Video unavailableShow in Telegram
#Anons
📣 San-Fransiskoda “El-yurt umidi” stipendiatining konserti boʻlib oʻtadi
6-dekabr kuni San-Fransisko musiqa konservatoriyasida taʼlim olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Mumtozbegim Ochilovaning “Soul” nomli yakkaxon konserti boʻlib oʻtadi.
Konsert barcha uchun ochiq boʻlib, San-Fransiskodagi Bowes Center for Performing Arts binosining Barbro Osher Recital zalida oʻtkaziladi.
🗓 Sanasi va vaqti: 6-dekabr, 17:00 (mahalliy vaqt bilan).
📍Manzil: AQSh, San-Fransisko sh., Bowes Center for Performing Arts, Barbro Osher Recital zali.
AQShdagi vatandoshlar, oʻzbekistonlik isteʼdodli stipendiatning San-Fransiskoning nufuzli sahnalaridan birida chiqishini tinglash imkoniyatini qoʻldan boy bermang.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
I_am_very_excited_to_announce_that_I_will_be_presenting_my_Junior.mp410.03 KB
👏 28❤ 14🔥 5🥰 2🎉 2🤩 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Venadagi xalqaro dasturda ishtirok etdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Aberdeen universitetida tahsil olayotgan Farzona Rahimova Venada oʻtkazilgan “Tinchlik va xavfsizlik sohasidagi kasbiy kompetensiyalar” xalqaro dasturida Oʻzbekistondan yagona vakil sifatida qatnashdi.
Dastur YXHT tomonidan Fridrix Ebert jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, har yili 57 mamlakatdan yosh mutaxassislarni tinchlik, diplomatiya va xalqaro xavfsizlik sohasidagi zamonaviy muammolarni oʻrganish uchun birlashtiradi. Asosiy voqealardan biri tarixiy Hofburg saroyida oʻtkazilgan YXHT Doimiy kengashi majlisida ishtirok etish boʻldi. Ishtirokchilar davlatlarning muzokaralar olib borishi, mojarolarni muhokama qilishi va butun mintaqa xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan qarorlar qabul qilishini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar. “Oʻnlab mamlakatlardan kelgan yosh mutaxassislar qatorida turib, Oʻzbekistonni taqdim etish — katta sharaf. Ushbu dastur mening kasbiy koʻnikmalarimni mustahkamladi va yoshlarning global jarayonlarga taʼsir koʻrsata olishiga boʻlgan ishonchimni oshirdi“, — dedi Farzona Rahimova. Ushbu tashabbus BMT Xavfsizlik Kengashining “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” nomli 2250-sonli rezolyutsiyasi ruhida oʻtkazildi. Mazkur rezolyutsiya nizolarning oldini olish va barqaror tinchlikni oʻrnatishda yoshlarning rolini taʼkidlaydi. Farzona uchun bu dasturda ishtirok etish nafaqat kasbiy rivojlanishning yangi bosqichi, balki xalqaro hamkorlikning muhim tajribasi ham boʻldi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 22👏 13🤩 6🔥 3👍 2🥰 2⚡ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim
2025-yil 3-dekabr kuni test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mamlakatning barcha hududlarida hamda onlayn formatida o‘tkazildi.
Jarayon ochiqlik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida tashkil etilib, testlar nomzodlarning intellektual salohiyati, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorligini baholashga qaratildi.
Test natijalaridan norozi nomzodlar 3 ish kuni ichida (9-iyul soat 18:00 ga qadar) yozma yoki elektron tarzda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 19👨💻 6✍ 4👌 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlari natijalari e’lon qilinadi.
Test sinovlarida jami 315 nafar nomzod ishtirok etdi (18 nafar nomzod test sinovlarida qatnashmadi). Ulardan 155 nafari (ya’ni 49%i) test uchun belgilangan eng yuqori — 100 balldan kamida 61 ball to‘plab, suhbat bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tdi.
Test sinovi natijalari bilan quyidagi 📎HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 28❤ 16🎉 5🤩 3👍 2💯 1🤓 1
