"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Відкрити в Telegram
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Показати більше100 957
Підписники
-6524 години
+57 днів
-64430 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
EHTIYOJMAND OILALARGA GAZ VA ELEKTR UCHUN YIL O‘N IKKI OY KOMPENSATSIYA BERILADI
Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Kompensatsiya miqdori:
👨👩👧👦Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
⚡️Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.
Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi👆
Ma’lumot uchun, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan — 100 kub metrdan 500 kub metrga.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Toshkent viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filili xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar muhokama qilindi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" hamda Toshkent hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda filial rahbariyati ishtirokidagi seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishi, olib borilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishi, natijalar yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshligʻiga ma’lumot kiritib borish lozimligi ta’kidlandi.
Shu bilan bir qatorda, maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
SIRDARYO VILOYATIDA XODIMLAR TOMONIDAN QONUNBUZILISHLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O'TKAZILDI
Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart - sharoitlarni bartaraf qilish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlari yuzasidan yuborilgan taqdimnoma bo‘yicha filial xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Muhokama davomida o‘z ish faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, xizmat majburiyatlariga rioya qilmagan va hujjatlarni rasmiylashtirmagan xodimlarga choralar ko‘rilishi hamda bunday holatlar takrorlanmasligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada qonunbuzilish holatlarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, elektr energiyasini iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, kuz-qish mavsumida barqaror elektr ta’minotini ta’minlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiya nafaqat davlat va jamiyatga, balki har bir fuqaroning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi qayd etilib, har bir fuqaroda ushbu illatga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
01:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang!
Endi "UZENERGO" ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz.
– Noqonuniy tabiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling…
– Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang.
– Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi.
– Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi.
"UZENERGO" – Sizning nazoratingiz, adolatli energiya taqsimoti uchun!
Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Inspeksiya+.mp49.07 MB
03:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
– Davlatimiz rahbari ishtirokida “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi
– 42 ta energetika obyekti ishga tushirildi va 21 tasining qurilishiga start berildi
– Gaz quvurlari yangilanib, kompressor stansiyalari ta’mirlandi
– Mo‘ynoq hududida katta bosimli yangi kon ochildi
– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
– To‘lovlar bo‘yicha muhim yangilik: naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi
– Energetika tizimi jadal yangilanmoqda
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-12-15_09-21-53.mp471.32 MB
📌📌📌📌📌📌
DUAL TA’LIMDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: ELEKTR TA’MINOTI SOHASI MISOLIDA
Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta’minoti” kafedrasining 4-bosqich talabalari taʼlimning dual shakli asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ huzuridagi “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi”da sayyor o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari (ASKUE), “aqlli hisoblagichlar”, ma’lumotlarni masofadan yig‘ish va tahlil qilish mexanizmlari bilan tanishtirildi.
Mashg‘ulot davomida markaz mutaxassislari elektr energiyasini hisobga olish tizimlarining ishlash tamoyillari, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda raqamli monitoring platformalari orqali ma’lumotlarni boshqarish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar real uskunalar bilan bevosita ishlash, amaliy tajriba orttirish va mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur mashg‘ulot kelajak muhandis-energetiklarni amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Data Center_mp4_Output_.mp444.72 MB
03:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdor iste’molchilarning qarzdorligini undirish yuzasidan navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Bu haqida Andijon teleradiokompaniyasi "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali xabar beramiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Reyd tadbiri 2025.mp438.99 MB
📌📌📌📌📌📌
ANDIJONLIK “TADBIRKOR” ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KELGANLIGI ANIQLANDI
Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti, “Energosavdo” bo‘limi xodimlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida avtomobillarni yuvish shaxobchasida elektr energiyasi hisoblagichidan tashqari qo‘shimcha tarmoq orqali elektr energiyasidan noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi.
Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 1,2 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda
Xorazm viloyatidagi barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida so‘nggi uch yilda qariyb 2 ming kilometr elektr tarmoqlari va 600 ga yaqin transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari va 2 mingdan ortiq transformator puktlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.
Natijada 200 mingga yaqin xonadon va 4 mingta ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
👉https://uza.uz/posts/793829
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
MILLIYLIK O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI...
"Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ jamoasi ham milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi "Milliy libos – millat ko‘zgusi" chellenjini davom ettirgan holda, bugun ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borishmoqda!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from MINENERGY.UZ
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#rasmiy_xabar
Strategik islohot muvozanat va tahlilni talab etadi
Hozirgi vaqtda cheklangan energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan energiya iste’molini qoplash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Belorussiya, Xitoy va qator Yevropa davlatlarida energiya iste’molini to‘liq dekarbonizatsiya qilish, “Zero carbon – eco home” tamoyillari asosida uy-joylar qurish va iste’molni to‘liq elektrlashtirish amaliyoti muvaffaqiyatli joriy etilgan. Mazkur yondashuv dunyo mamlakatlarida keng ommalashmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham energiya iste’moli madaniyatini oshirish, yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarni to‘liq elektrlashtirish, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan ta’minlash, isitish tizimini elektr energiyasiga o‘tkazish hamda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar, yotoqxonalar va gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur takliflar loyihasiga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:
isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;
isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;
elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Takliflar idoralararo tartibda kelishilgan.
Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklamani qabul qilish imkoniyati bo‘yicha texnik audit davom etmoqda. Shuningdek, Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Mazkur islohotlar O‘zbekiston energetika tizimi uchun muhim transformatsiya jarayoni bo‘lib, xalqaro tajribada kuzatilganidek, bunday o‘zgarishlar chuqur tahlil, vaqt va yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Jarayonning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tizimning strategik ahamiyatidan kelib chiqadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan mazkur jarayonning murakkabligi va mas’uliyat darajasini inobatga olmagan holda noxolis talqin qilinmoqda. Takliflarning ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi amaldagi reglamentlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.
Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan mazkur takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etilgani, audit jarayonlari davom etayotgani va ishlab chiqilgan mexanizmning kelgusi yilda joriy etilishidan umidvorligi bir necha bor ommaga ma’lum qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamoatchilikdan mazkur jarayonlarga xolisona yondashish, faktlarga asoslangan baho berish hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Deputatlar sohada yanada qulay investitsiya muhitini yaratish, elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash, aholi va tarmoqlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz energiya bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda davlat tomonidan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.
Xalq vakillari tomonidan energiya ta’minotidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Majlisda Energetika vaziri J. Mirzamahmudovning axboroti yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
—————
Депутаты дали свои предложения и рекомендации, направленные на создание еще более благоприятного инвестиционного климата в отрасли, улучшение электрических сетей, обеспечение бесперебойного энергоснабжения населения и отраслей экономики в осенне-зимний период, а также развитие механизмов государственной поддержки внедрения возобновляемых источников энергии.
Представители народа также внесли свои рекомендации по устранению существующих проблем в энергоснабжении, модернизации инфраструктуры, внедрению в сферу инноваций и совершенствованию процессов обслуживания населения.
По итогам заседания принято соответствующее решение по информации министра энергетики Ж. Мирзамахмудова.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Qayd etilganidek, respublika bo‘yicha 279 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ular uchun 224 ta avtotransport, 279 ta maxsus texnika biriktirilgan. Shuningdek, 3 591,4 km. quvurlarning ichki sirti tozalandi, 91 ta kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlari ta’mirlandi.
Bundan tashqari, iste’molchilarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 553,1 km. tarmoqlar, 971 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi, 50 195 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan o‘tkazildi.
—————
Отмечалось, по республике сформировано 279 аварийных бригад, которым выделено 224 автотранспорта и 279 единиц специальной техники. Также очищена внутренняя поверхность 3 591,4 км трубопроводов, проведен ремонт газоперекачивающих агрегатов на 91 компрессорной станции.
В целях улучшения газоснабжения потребителей капитально отремонтировано 553,1 км газовых сетей и 971 газораспределительный пункт, проведена техническая проверка 50 195 газораспределительных пунктов.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida yoqilg‘i energetika tarmog‘ida jami 8,8 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar, shundan elektr energetikasi bo‘yicha 6,3 mlrd. dollar, yashil energiya loyihalari bo‘yicha 4,7 mlrd. dollar, neft-gaz sohasi bo‘yicha 2,5 mlrd. dollar o‘zlashtirilgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda umumiy qiymati 40,5 mlrd. dollarlik 58 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Ulardan jami quvvati 1 413 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasi, quvvati 752 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 168 MVt bo‘lgan 6 ta gidroelektr stansiyasi, quvvati 1167,3 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi, quvvati 1245 MVt bo‘lgan 10 ta energiya saqlash qurilmasi ishga tushirildi.Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarda jami 787 km magistral, 29,5 ming km taqsimlovchi tarmoqlar, 9 ta magistral podstansiyadagi transformator, 10 270 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha jami 863,1 km. taqsimlovchi tarmoqlar, 1 ta magistral podstansiyadagi transformator, 670 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 7,5 ming km. elektr tarmoqlari, 1 748 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. ————— За январь–ноябрь текущего года в топливно-энергетической отраслью освоено 8,8 млрд долларов иностранных инвестиций, из них 6,3 млрд долларов — по электроэнергетике, 4,7 млрд долларов — по проектам «зеленой» энергетики, 2,5 млрд долларов — по нефтега зовой отрасли.
Подчеркнуто, что в 2025 году планируется запуск 58 крупных проектов общей стоимостью 40,5 млрд долларов. Среди них — 5 солнечных электростанций общей мощностью 1 413 МВт, 4 ветровые электростанции мощностью 752 МВт, 6 гидроэлектростанций — 168 МВт, 3 тепловые электростанции — 1167,3 МВт, а также 10 объектов по накоплению энергии мощностью 1245 МВт.В рамках подготовки к осенне-зимнему сезону в регионах капитально отремонтировано 787 км магистральных и 29,5 тыс км распределительных сетей, трансформаторы на 9 магистральных подстанциях, а также 10 270 трансформаторных пунктов. В частности, по городу Ташкенту капитально отремонтировано 863,1 км распределительных сетей, трансформатор на одной магистральной подстанции и 670 трансформаторных пунктов. Кроме того, реконструировано и модернизировано 7,5 тыс км электрических сетей и 1 748 трансформаторных пунктов. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔴
🚨 Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi.
🚨 Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalar ishga tushirildi.
—————
🚨 Отмечено, в последние годы, исходя из потребностей стремительно растущей экономики и населения страны, в энергетической системе осуществляются широкомасштабные реформы. В частности, за последние годы в отрасль привлечено 35 млрд долларов иностранных инвестиций и введено в эксплуатацию 9 тыс мегаватт новых мощностей.
🚨 В результате объем производства электроэнергии увеличился с 60 млрд киловатт-часов в 2017 году до 85 млрд киловатт-часов в текущем году. Примечательно, что мощность запущенных солнечных и ветровых электростанций составляет около 5 тыс мегаватт, а гидроэлектростанций — 400 мегаватт.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
