IT specialist
Відкрити в Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Показати більше9 736
Підписники
-1624 години
-307 днів
-12830 день
Архів дописів
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim
✅ Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish
Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.
Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga
WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.
Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).
📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.
📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👍 4
💼 Yangi imkoniyatlar dunyosiga xush kelibsiz!
🔎 IT, ta’lim, marketing yoki boshqa sohalarda ish qidiryapsizmi?
Yoki yangi vakansiyalarni boshqalardan oldin bilishni xohlaysizmi?
📲 @ishmi_ish Telegram kanaliga qo‘shiling va:
✅ IT, dizayn, ta’lim, marketing kabi sohalarda eng so‘nggi vakansiyalarni ko‘ring
✅ Ofis yoki masofaviy ishlardan o‘zingizga mosini tanlang
✅ Bepul e’lon joylashtiring — ish beruvchilar va izlovchilar uchun
✅ Rezyume yozish, intervyu, va o‘sish bo‘yicha foydali maslahatlar oling
🔥 Ish topish endi oson va ishonchli!
📌 Obuna bo‘ling 👉 @ishmi_ish
🔥 5
Repost from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!
#info / #internet
ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.
Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.
🗒 Buning uchun:
1️⃣
Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.
2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.
3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.
4️⃣ "Для программы" ni tanlang.
5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.
6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.
7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.
8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.
9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. @tech_lifehacks
😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!
▶️ Keyingi postda to'liq video qo'llanma berilgan.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar👍 6❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni startap tanloviga chorlab qoladi!🚀Qobiliyatli hamkasblar bilan jamoa tuzing, strategiyalar ishlab chiqing va haqiqiy tadbirkorlik tajribasini orttiring. Agar siz Start-Up qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz – bu musobaqa aynan siz uchun🚀 ✨ Sizni nimalar kutmoqda? 📌 Mentoring & Start-Up kansultatsiyasi 📌 Pul mukofotlari: 🥇 1-o‘rin: 15 mln so‘m 🥈 2-o‘rin: 10 mln so‘m 🥉 3-o‘rin: 5 mln so‘m
➕ Bundan tashqari, 1-2-o‘rin g'olib jamoalarga o‘z Start-Uplarini yo‘lga qo‘yishlari uchun qo'shimcha ''Qo'llab-quvvatlash' taqdim etiladi!👥 2–5 kishilik jamoa tuzing va bugunoq pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 19-oktyabrgacha ❗️ Kimlar layoqatli: Yoshlar & Keng jamoatchilik ____ 📌 Marketing & Influencer seminari – (mb_korea 👉 Mahfuza Baykaraeva) offline/online ⚠️Online seminarda qatnashish uchun Telegram kanalimizga a'zo bo'ling. Ro'yhatdan o'tish kerak emas. 🕑 27-sentyabr (shanba) / 14:⁰⁰~18:⁰⁰ 🔗 To'liq ma'lumot 🔗 Ro'yhatdan o'tish 📲 TelegramㅣInstagram Manzil ㅣWebsite
👍 4
Repost from IT specialist
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔥 4❤ 2
Repost from IT specialist
#word
Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄
Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.
Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— 1-qadam
CTRL + H kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.
— 2-qadam
Найти maydoniga ^=, Заменить maydoniga esa — ^+ belgilarini mos tarzda kiritamiz.
— 3-qadam
Заменить всё tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.
📝 Manba: @hacks_word
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👍 4❤ 3🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔥 Servercore’dan biznes-kechki ovqat Toshkentda
Mavzu: Cloud (bulutli) xotiralar yordamida biznesda ma’lumotlarni samarali boshqarish
🍴 Biznes-uchrashuvda siz bilib olasiz:
▫️ Servercore S3-xotirasi qanday ishlaydi, qaysi vazifalar uchun mos va qanday qilib xarajatlarni 30% gacha kamaytirishi mumkin
▫️ O‘zbekistonda mavjud saqlash sinflari va ulardan foydalanish ssenariylari
▫️ AWS S3 bilan mosligi va allaqachon ishlayotgan integratsiyalar
👨💻 Servercore mijozlari tajribasi ham taqdim etiladi:
▫️ Bosch — Germaniya brendining Markaziy Osiyodagi rasmiy dileri
▫️ M Cosmetic — go‘zallik va uy uchun mahsulotlarga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi chakana tarmoq
▫️ Alif Tech — to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va online xaridlar uchun FinTech yechim
🤝 Networking vaqtida ishtirokchilar professional mavzularni muhokama qiladi, tajriba almashadi va yangi aloqalar o‘rnatadi.📅 Sana: 2-oktabr 💯 Ishtirok etish mutlaqo bepul — ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o'ting.
❤ 4👍 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security
Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish 🔐
Agar kompyuteringizdan foydalanish uchun parol himoyasidan foydalanib, boshqa foydalanuvchilar tizimga kirish paytida parolingizni chamalab ko‘rishlarini istamasangiz, u holda parolni kiritish uchun urinishlar sonini belgilab keting. Foydalanuvchi o‘rnatilgan urinishlar limitiga borib yetganida, kompyuter muayyan daqiqaga parol kiritishdan bloklanadi.
1️⃣. Buning uchun
WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера - Конфигурация Windows - Параметры безопасности - Политика учетных записей - Политика блокировки учетной записи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. Sozlash uchun sizga uchta parametr taqdim etiladi:
⚡️ Пороговое значение блокировки - parolni kiritish uchun urinishlar soni (limit).
⚡️ Продолжительность блокировки учетной записи - foydalanuvchining parol kiritishga qarshi bloklanishi davomiyligi daqiqalarda ko‘rsatiladi.
⚡️ Время до сброса счета блокировки - parolni kiritishga bo‘lgan omadsiz urinishlar hisoblagichini qayta o‘rnatish uchun talab etiluvchi vaqt daqiqalarda ko‘rsatiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👍 4❤ 3
#word
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔
Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.
Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.
❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.
🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Repost from TgId: 2231065042
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni HACKATHONga taklif qiladi!
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
14-sentabrgacha
❗️Yosh chegarasi pastdagi
havolada.
🏆 Har ikkala toifadagi g‘olib jamoalar umumiy 36 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladilar!
---
🚀 Toifa 1 — Digital Manufacture (o‘quvchilar uchun bepul kursdan so‘ng)
''Bolalar xavfsizligi qurilmasi”ni yasashni bepul o‘rganing.
🕔 Dars vaqtlari:
## 1-guruh: 17:00–19:00
## 2-guruh: 19:00–21:00
(22-sentyabrdan~ 24-oktyabrgacha)
---
🚀 Toifa 2 — Programming (soha mutaxassislari uchun 48 soatlik “Non-sleep” musobaqa)
⁉️ 2–4 kishidan iborat jamoangiz bilan portfoliolaringizni bizga yuboring (Google Form orqali).
Havola orqali ma'lumot oling hamda ro'yhatdan o'ting!
---
📲 Biz bilan bog‘laning:
Telegram | Instagram | Manzil ㅣ Website
⚠️ Joylar soni cheklangan — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting!
👍 3❤ 2🔥 1
Repost from IT specialist
#word
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔
Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.
Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.
❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.
🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍 5❤ 2
Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabul e’lon qildi!
14-17 yoshli o‘quvchilar uchun bepul Dasturlash maktabiga qabul boshlandi. Dasturda Python asoslari va kutubxonalar bilan ishlash o‘rgatiladi. Darslar Toshkent, Samarqand, Urganch shaharlarida hamda onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 18 sentyabrgacha test va suhbatdan o‘tish kerak. Arizalar 30 sentyabrgacha qabul qilinadi.
👉 Ariza topshirish
O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda ish boshlagan. Ikki yil davomida 75 nafar o‘quvchi ushbu dastur bitiruvchisiga aylangan.
👍 4
Repost from IT Masters
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#lifehack
🖥 Ko'pchilik internetda rasmlar ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "saqlash" variantini tanlaydi, ammo kompyuteringizga suratni yuklab olishning ancha oson va tezroq usuli mavjud.
⌨ Siz shunchaki “ALT” tugmasini bosishingiz va keyin sichqonchani chap tugmasini bosishingiz kifoya va u avtomatik ravishda kompyuteringizda “Yuklashlar” papkasiga saqlanadi.
👉 Bizning barcha loyihalar
🔥 12👏 3❤ 2
Repost from IT specialist
01:03
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#excel
Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz 🔢🔤
Kichik hiyla va tryuklarni bilish, ba’zida Excel'dagi ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin. Masalan, yacheykaga sonli qiymatni matn formatida kiritish uchun shunchaki kiritishni apostrof (
') belgisidan boshlash yetarlidir.
Apostrofni, va uning ortidan – kerakli sonni kiritamiz. Natijada Excel uni matn sifatida qabul qiladi.
❗️Excel'da sonli qiymatlar qoida bo‘yicha yacheykaning o‘ng tomoni bo‘ylab, matnli ma’lumotlar esa chap tomoni bo‘ylab tekislanadi.
Qiziq tomoni shundaki, apostrof belgisi formulalar satrida ko‘rinadi, yacheykada esa ko‘rinmaydi. Bu nafaqat sonlarga nisbatan, balki sana va vaqt qiymatlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin (chunki ular ham aslida sonli qiymatlardir).
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarijaapostrofdan foydalanish hiylasi.mp42.62 MB
👍 8❤ 1
Ucell raqamli kelajak tarafdori
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi.
Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar.
Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi.
Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
👍 4
Repost from TgId: 1317441017
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bog’langan loyihalar
Ilon Mask qator loyihalarni parallel olib bormoqda: Tesla, Starlink, Space X, Boring Company, X.com, Grok, Neuralink, Optimus va hokazolar.
Ilon Maskning katta orzusi bor: Mars sayyorasida inson koloniyalarini yaratish. Barcha qilinayotgan loyihalari (X dan tashqari) shu maqsadga qaratilgan.
SpaceX kosmosga chiqish uchun, Starlink - kosmik va planetar masshtabda aloqani ta’minlash uchun, Tesla - Marsda yuradigan transport uchun, Optimus - Marsda ishlaydigan robotlar uchun, The Boring company - Marsda yer osti tunnellar yo’llari va yer osti shaharlari uchun, Neuralink - inson miyasini Optimus robotlariga ulab, boshqarish uchun.
Hozirda Sun’iy Idrok alohida, Robotlar alohida, Neuralink - alohida loyiha sifatida ishlamoqda. Shu uchalasini ulasa nima bo’lishini tasavvur qilyapsizlarmi?
Sun’iy Idrok va Robotlar haqida ko’pchilik yangiliklardan xabardor. Lekin Neuralink haqida xabaringiz bo’lmasligi mumkin. Yaqinda Ilon Mask va komandasi Neuralink erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi: https://youtu.be/FASMejN_5gs
Albatta ko’rishni tavsiya qilaman.
Neuralink orqali hozircha odamlar endi kompyuter sichqonchasini miya bilan boshqarishni o’rgandi xolos. Lekin texnologiya rivojlanishi orqali siz miyangizni Sun’iy Idrok orqali boshqariladigan minglab robotlarga ulashingiz va ularni bir o’zingiz fikringiz bilan boshqarishingiz mumkin.
Hozirda alohida rivojlanayotgan loyihalarni bir-biri bilan, yoki klassik biznes bilan bog’lab, juda katta o’zgarishlar yaratish mumkin.
@fikrofon
👍 6❤ 1
Repost from TgId: 1317441017
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Robotaxi - Ilon Mask dan kutilmagan yechim
Oldingi postimda Ilon Maskning bizneslarini sanaganda Robotaxi yodimdan ko’tarilibdi. To’g’ri, u Mars bilan bevosita bog’liq emas, lekin u katta daromad ko’rish uchun qilingan biznes.
Bilmaganlar uchun Robotaxi - bu haydovchisiz taksi xizmati. Siz ilovadan taksi chaqirasiz, va mashina o’zi yurib keladi. Bunday loyihalarda hozirda eng ilg’or kompaniya Googlega qarashli Waymo bo’lib, u 10 yildan oshiq tajriba va AQShning qator shtatlarida ruxsatga ega. Robotaxi Waymo ni quvib yetishni maqsad qilgan.
Robotaksining Waymodan asosiy farqi - mashinada rulning yo’qligi hisoblanadi. Waymo klassik mashinani olib, qo’shimcha qurilmalar, radar va lidarlar bilan jihozlab, avtonomlashtirgan. Lekin Waymo avtomobillarini haydovchi haydashi mumkin. Robotaxi umuman odam boshqarish imkoni bo’lmagan to’la avtonom mashinalar bilan bozorga kirdi.
Postdagi suratda San Fransisko shtatida 1.36 mil, yoki 2,2 km masofaga borish uchun 4 ta kompaniya tariflari taqqoslangan. Robotaxi Waymodan ancha arzon bo’lib qolmay, u Uber va Lyft dagi klassik taksilardan ham ancha arzonligini ko’rish mumkin. Shu ketishda bo’lsa, AQShda taksistlarga qiyin bo’lishi tayin.
Narxlar 1 km uchun:
Robotaxi: $1,75
Waymo: $5,25 (3 barobar qimmat)
Uber: $4,51 (2,58 barobar qimmat)
Lyft: $4,93 (2,81 barobar qimmat)
Endi sarlavhadagi ajoyib fikrga kelsak: Robotaxi platformasi Tesla avtomobillari bilan bir xil. Bu degani Robotaxi qiladigan ishni Tesla avtomobili ham qila oladi degani.
Ya’ni siz Tesla avtomobilingizda ishga kelib, keyin mashinangizga “bor taxi qilib, pul top” deb ishga jo’natvorsangiz bo’ladi.
Bu bilan birinchidan, Tesla egalari qo’shimcha daromad olishlari mumkin. Ilkinchidan, mashinalarning ishxonalar oldida bekor turishi oldi olinib, yo’llarda mashinalar soni kamayishiga olib keladi.
Ajoyib, to’g’rimi? Siz shu haqida o’ylab ko’rganmidingiz?
@fikrofon
👏 9👍 3🔥 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #game
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz 🕹
Sizning ShK qo‘llab-quvvatlaydigan o‘yinlar ro‘yxatini tuzish uchun, ularning har biri uchun tizim talablarini izlashga to‘g‘ri keladi.
🌐 technical.city/ru/what-games-can-i-run — ShK'da qaysi o‘yinlarni ishga tushira olishingizni ko‘rsatib beradi. Buning uchun saytga o‘ting va kompyuterning texnik parametrlarini ko‘rsating.
Shundan keying o‘yinlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ulardan birining ustiga bosgan taqdiringizda, ushbu o‘yinning muvofiqligi haqidagi ma’lumot keltirilgan sahifaga o‘tasiz.
Masalan, sizdagi ShK o‘yinning minimal va tavsiya etiluvchi talablariga qanchalik mos kelishi, qancha FPS va boshqalar.
Sayt ma’lumotlarining aniqligini oshirish maqsadida, o‘z FPS qiymatingizni ham yuborishingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish haqida
• Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli
• Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• “Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin?
• Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
• Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
• Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• O‘yin haqida IT-hazil
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍 5❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Muhimi qancha pul topayotganing emas, balki uni qanday sarflayotganing”
Marat Toshkentdagi IT kompaniyada backend dasturchi bo‘lib ishlaydi. Oyiga qariyb 2500 dollar topadi. Daromadining yarmi uy-ro‘zg‘or, avtokredit va kundalik ehtiyojlariga ketadi, qolganini esa tomorqasi bor hovli sotib olish uchun yig‘adi.
U qulay yashash va tejash o‘rtasida muvozanatni topa olgan. Qahva, tushlik yoki pul o‘tkazmalarida ortiqcha xarajat qilmaslik bo‘yicha o‘zining oddiy, lekin foydali maslahatlari bilan maqolada bo‘lishdi.
To‘liq hikoyani havola orqali o‘qing.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍 7❤ 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim
Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝
•
* — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;
• + — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);
• - — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);
• ALT + D — manzil satrini tanlash;
• ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;
• ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;
• ALT + ↑ — asosiy papkaga qaytish;
• ALT + → (ALT + ←) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;
• BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;
• CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;
• CTRL + N — yangi oynani ochish;
• CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;
• CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;
• CTRL + W — faol oynani yopish;
• F4 — manzil satriga o‘tish;
• F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;
• F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;
• F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);
• HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;
• END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 6
