uk
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Відкрити в Telegram
95 586
Підписники
-124 години
+677 днів
-5730 день
Архів дописів
00:58
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#savol_javob #mol_mulk_soligi #yer_soligi SAVOL: Soliqdan qarzdorligi mavjud fuqarolar elektr energiyasidan cheklanadimi Javob videoda 👆 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
Elektr billing.mp416.03 MB
00:49
Відео недоступнеДивитись в Telegram
10 – dekabr “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan kun Inson shaʼni, uning qadr­­-qimmati eng oliy qadriyatdir. Inson huquqlari masalasi esa demokratik huquqiy mamlakatning muhim belgilaridan biri boʻlib, u davlatning qay darajada rivojlanganligini koʻrsatib beruvchi mezon sifatida namoyon boʻladi. Insoniyat oʻz tarixiy rivojlanish jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimini yaratgan. Inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ­­- bu inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari haqidagi qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi. Xalqaro jamoatchilik, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi asosiy demokratik tamoyil va talablarni oʻzida mujassam etgan ­- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yilning 10-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilingan. Deklaratsiya muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, BMTga aʼzo mamlakatlar, Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli boʻlgan huquqlarni oʻzida mujassam etgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yilda ushbu deklaratsiyaga qoʻshildi. Joriy yil butunjahon inson tamoyiliga asoslangan xalqaro huquq tizimini shakllantirishning siyosiy, huquqiy negiziga aylangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 77 yilligini nishonlaydi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng qoʻshilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri boʻlgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida oʻz ifodasini topgan. Bu hujjat shu kunga qadar dunyoning besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan boʻlib, eng koʻp tarjima qilingan hujjat hisoblanadi. BMT bosh kotibining oʻrinbosari Yan Eliasson oʻzining maʼruzalaridan birida - “Tinchliksiz rivojlanish boʻlmaydi. Rivojlanish boʻlmasa tinchlik boʻlmaydi. Biroq inson boʻlmasa rivojlanish ham tinchlik ham boʻlmaydi”- deya taʼkidlagan. Aslida ham inson, shaxs uning huquqlari jamiyatning eng oliy qadriyati, butun insoniyatning intilishlari, orzu umidlarini oʻzida jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Shu bois inson huquqlari – hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. To‘rabek To‘rayev Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i
Показати все...
10-dekabr - “Xalqaro inson huquqlari kuni” ga.mp452.81 MB
01:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#etirof Halollik – ota-onaning koʻzidagi faxrda namoyon boʻladi Toshkent shahar soliq boshqarmasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bu safar eʼtibor markazida farzandlarini halollik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalagan ota-onalar boʻldi. Tadbirga tashrif buyurgan nuroniylar va onaxonlarning yuzidagi faxr, koʻzlaridagi quvonch yoshlariga aralashgan minnatdorlik – tadbirning eng taʼsirli manzarasiga aylandi. Boshqarma boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov halol va masʼuliyatli mehnati bilan boshqalarga namunaga aylangan xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi. Ular sahnaga chiqqan paytda farzandlarining xizmatdagi yutuqlarini koʻrib, koʻz yoshlarini tiya olmadi. Chunki har bir muvaffaqiyat ortida ota-onaning duosi, mehnati va mehri bor. Halol xizmat – avvalo oiladan boshlanadi. Bugungi tantanaga kelgan ota-onalar buni yana bir bor isbotlab berdi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
Shaxar ota-onalar.mp432.46 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq 15-dekabr – qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga taqdim etishning oxirgi kuni. 👉 Soliq kodeksi 447-modda 2025-yilda qishloq xoʻjaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti soliq to‘lovchilarining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan 10601_19 sonli hisobot shakli orqali taqdim etiladi. Ma’lumot uchun: qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari “Suv hisobi” axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Soliq hisobotida foydalanilgan suv hajmi xato shakllangan taqdirda, Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlimlariga murojaat qilishingiz so‘raladi. Soliq qachon to‘lanadi? Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 🗓 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 %; 🗓 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi. ❗️Qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun 1 kub.metr uchun soliq stavkasi 100 soʻm miqdorda belgilangan. 🔼 Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanmaganda – 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi. 👉 Soliq kodeksi 445-modda __________________ #налог_за_пользование_водными_ресурсами ✅ 15 декабря последний день представления отчетности по налогу за пользование водными ресурсами сельскохозпредприятиями по месту водопользования или водопотребления. 👉 ст. 447 НК В 2025 году сельскохозпредприятия представляют налоговую отчетность по налогу за пользование водными ресурсами в новом пакете 10601_19, размещенном в персональном кабинете налогоплательщика. Для справки: в сельском хозяйстве, в том числе для рыбоводческих хозяйств, налоговая отчетность по налогу за пользование водными ресурсами формируется автоматически на основании данных информационной системы "Suv hisobi" и сведений уполномоченных органов, осуществляющих учет водных ресурсов. В случае некорректного формирования данных об объеме использованной воды в налоговой отчетности просим обращаться в территориальные подразделения Министерства водного хозяйства. В какие сроки уплачивается налог? Уплата налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период: 🗓 до 1 октября – 70 % годовой суммы налога, определенной налоговыми органами; 🗓 до 15 декабря – оставшаяся сумма налога. ❗️ Налоговая ставка за водные ресурсы для сельскохозпредприятий установлена в размере 100 сумов за 1 куб.метр. 🔼 К налоговой ставке применяется повышающий коэффициент 1,1 – в случае отсутствия водосберегающих технологий орошения и если не установлен объем водозабора для полива на основании водоизмерительных приборов. 👉 ст. 445 НК Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
01:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Siz «Tap to Pay» texnologiyasi haqida xabardormisiz? "Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o`zini o`zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to`g`risida" O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2025 yil 12 avgustdagi qaroriga asosan o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun to`lov rеkvizitlari va matrisali shtrix-kodlarni (QR kodlar) gеnеrasiya qilish hamda to`lovlarni kontaktsiz «tap to pay» tеxnologiyasi orqali qabul qilish bеlgilangan. ❗️Tеxnologiyaning afzalliklari videorolikda batafsil👆👆 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
IMG_9521.MOV5.71 MB
01:38
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#soliqlar_yurt_tayanchi Chek talab qilish tartib va madaniyatning muhim belgisi Samarqand viloyati Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chek olishni unutmang!” shiori ostida navbatdagi targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda keng jamoatchilik, yoshlar hamda tadbirkorlar faol ishtirok etdi. Mazkur aksiya aholida soliq madaniyatini yuksaltirish, xarid vaqtida chek talab qilish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bunday tadbirlar muntazam ravishda davom ettiriladi. ❗️ Unutmang: xarid uchun chek so‘rash – bu o‘z huquqingizni himoya qilish bilan birga, jamiyat farovonligiga qo‘shgan kichik, ammo muhim hissangizdir! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
Samarqand_Bulung‘ir.mp424.64 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-dekabr noyabr oyi uchun: - aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi dekabr oyi uchun: - aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi - aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi _____________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️10 декабря 2025 года - последний день за ноябрь: - представления расчета и уплаты акцизного налога 👉ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса за декабрь: - уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога; 👉ч.6 ст.417 Налогового кодекса - уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога. 👉ч.1 ст.432 Налогового кодекса Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
02:31
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#davlatmadhiyasi 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Soliq qo‘mitasi, boshqarma va inspeksiyalarda har bir ish kuni madhiya sadolari bilan boshlanadi. Bu shunchaki anʼana emas, bu – Vatanga sadoqat, fidoyilik va xalq oldidagi masʼuliyat ramzidir. Madhiya yangraganda har bir xodim yuragida yurtga boʻlgan muhabbat, xizmatga boʻlgan daxldorlik va Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish masʼuliyati yanada mustahkamlanadi. 🇺🇿Madhiyamiz – millat shaʼni, Vatan sharafining mangu sadosidir! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
tg 2.mp440.36 MB
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс 10 декабря – последний день корректировки суммы чеков за предыдущие периоды Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) c 20.11.2025 года по 10.12.2025 года предоставлена возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ за 2025 год. ✅ Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках". 🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек. 📝В открывшемся окне скорректируйте сумму. 📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки. ✔️В завершение нажмите "Сохранить". 📧 Чеки с исправленными суммами принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов. ❗️Ответ отслеживайте в персональном кабинете. ♻️ В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить на повторное исправление в разрешенный срок. ⏰ Обращения принимаются с 20 ноября по 10 декабря (рекомендуется не откладывать на последний день срока). 🔗 Подготовка: для корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, рекомендуется принять соответствующие меры по возмещению суммы в бюджет. 📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys 10-dekabr avvalgi davrlardagi cheklar summasi tuzatishning oxirgi kuni Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 2025-yilda chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini 20.11.2025-yildan 10.12.2025-yilgacha tahrirlashga ruxsat berilgan. ✅ Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi. 🔍 Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. 📝 Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi. 📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim. ✔️ “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi. 📧 Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. ❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring. ♻️ Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, ruxsat berilgan davrda qayta tahrirlash uchun chekni yuborish mumkin. ⏰ Murojaatlar 20 noyabrdan – 10-dekabrgacha qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi). 🔗 Tayyorgarlik: keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berish yuzasidan tegishli choralarini koʻrish tavsiya etiladi. 📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
03:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#etirof Fidoyi soliqchilar ota-onalariga chuqur ehtirom Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda halol mehnati, xizmatga sadoqati va soʻnggi yillarda erishgan natijalari bilan ajralib turgan 50 ga yaqin soliq xodimlari hamda ularning ota-onalari qatnashdi. Viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Bobur Ismoilov soliq tizimida halollik eng ustuvor va asosiy mezon ekanini taʼkidladi.
Bu yerda oʻtirgan hamkasblarni baholashdagi birinchi mezon – halollikdir. Hurmatli ota-onalar, bilimli, zukko, Vatanga sadoqatli va eng muhimi, tizimda halol mehnat qiladigan farzandlarni tarbiyalaganingiz uchun sizlarga alohida rahmat, – dedi Bobur Ismoilov.
Ota-onalarning tarbiyasi va qoʻllab-quvvatlashi orqali soliq xizmatida yanada fidoyi va masʼuliyatli kadrlar yetishib chiqmoqda. Shuningdek, tadbir davomida soliqchilarning mehnati va ota-onalarning tarbiyasiga boʻlgan hurmat va eʼtirof sifatida tashakkurnomalar topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
9-dekabr korrupsiyaga qarshi kurashish kuni_1.mp453.22 MB
#etirof Farzandning yutug‘i – ota-ona uchun eng katta baxt Samarqand viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir boshida boshqarma boshlig‘i Farrux Babayev so‘zga chiqib, jamoani bayram bilan tabrikladi. U Konstitutsiyaning davlatimiz taraqqiyoti, bugungi yutuqlarimiz va erishayotgan marralarimiz uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida halol mehnati, fidoyiligi va mas’uliyatli xizmat faoliyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator xodimlarning ota-onalari ham tadbirga taklif etildi. Ular farzandlari mehnati qadrlanayotgani, jamoat orasida hurmat topayotgani – ota-ona uchun eng katta baxt ekanini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida xizmat faoliyati va jamoat ishlarida faol qatnashgan xodimlarning ota-onalari, shuningdek yil davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
02:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir. ❗️Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi. 🎥 Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
Soliq_korrupsiya_mob_V2.mp458.04 MB
00:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
SAVOL: Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga duch kelsam, qayerga murojaat qilishim mumkin❓ Javob videoda 👆 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
antikorrupsiya-final 3.mp43.75 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Korrupsiyaga Yo‘q De! Korrupsiya jamiyatning barcha sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U avvalo iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi: sarmoyalar kamayadi, biznes muhitiga ishonch pasayadi va adolatsiz raqobat vujudga keladi. Bu esa mamlakatda ish o‘rinlari kamayishi, byudjetga tushumlar qisqarishi va aholining turmush darajasi pasayishiga olib keladi. Eng og‘iri — korrupsiya odamlarning adolat va qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Ishonch yo‘qolgan joyda esa fuqarolar faolligi susayadi, jamiyatda befarqlik kuchayadi. Shu bois, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlatning vazifasi emas — har bir fuqaroning qat’iy pozitsiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
#etirof Izlanish va fidoyilikning munosib rag‘bati Andijon viloyati soliq boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi bosh inspektori Saidbek Eshonovning “Davlat soliq organlarida inson resurslarini samarali boshqarish va xodimlar malakasini oshirishning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy maqolasi “El-yurt fidokori” xalqaro festivalida e’tirof etildi. U mazkur festival doirasida “El-yurt fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq S. Eshonovning nafaqat o‘z vazifasiga bo‘lgan mas’uliyati, balki soliq tizimi xodimlariga berilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi. U taqdim etgan ilmiy-amaliy maqola soha ekspertlari tomonidan yuqori baholanib, amaldagi islohotlarga mosligi, yangicha yondashuvlar hamda zamonaviy boshqaruv tamoyillariga chuqur ilmiy asoslangani bilan alohida ajralib turdi. Mazkur maqola orqali Saidbek Eshonov soliq tizimida kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xizmat intizomi va korporativ madaniyatni mustahkamlash borasida bir qator dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Andijon viloyati soliq boshqarmasi jamoasi mazkur yutuqni katta quvonch bilan qabul qilar ekan, kelgusida ham xodimlarning ilmiy izlanishlari, tashabbuslari va mehnatlari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
00:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Ochiq eshiklar kuni” shaffoflik garovi ❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlab, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. ✅ Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari ishtirok etdi.
✅Tadbirda boshqarma mas’ul xodimlari talabalarga soliq tizimi, sohada xizmat o‘tash shartlari xususida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, soliq turlari va soliq to‘lovchilar bilan ishlash tartibi xususida ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, talabalar boshqarmada soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar soliq xizmati organlarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, sohada korrupsiyaning oldini olish, bilimli va istiqbolli kadrlar zaxirasini tayyorlashga xizmat qiladi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...
video_2025-12-05_17-14-14.mp423.13 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tabrik Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi muborak boʻlsin! Bosh qomusimiz mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan barcha yutuq va marralarning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini barchamiz yaxshi anglaymiz. Oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi tubdan oʻzgardi. Erkinlik, ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik, yaqin qoʻshnichilik aloqalari davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi. Avvalo, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqib, xalq bilan doimiy muloqot qilish davlat xizmatchilarining bosh mezoni etib belgilandi: davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi. Bir soʻz bilan aytganda, ilgari amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili aksiga, yaʼni “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga oʻzgardi. Albatta, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida ularning muammolarini hal etish tizimining yoʻlga qoʻyilgani ham bugungi ochiqlik, oshkoralik siyosatining uzviy boʻgʻini sifatida soliq organlarining tekshiruvchi emas, xizmat koʻrsatish organiga aylanganining yaqqol namunasidir. Hurmatli yurtdoshlar, mukammal hamda insoniylik, milliylik, inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini oʻzida mujassam etgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan yana bir bor tabriklayman! Farrux Pulatov, Soliq qoʻmitasi Raisi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Показати все...