ru
Feedback
"El-yurt umidi" Foundation

"El-yurt umidi" Foundation

Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz

Больше
33 652
Подписчики
-1224 часа
-67 дней
+5230 день
Архив постов
00:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Stipendiatlar_hayotidan San-Fransiskoda “El-yurt umidi” stipendiatining konserti boʻlib oʻtdi San-Fransisko musiqa konservatoriyasida taʼlim olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Mumtozbegim Ochilovaning “Soul” nomli yakkaxon konserti boʻlib oʻtdi.
Dasturda Mumtozbegim Faure, Raxmaninov, Donizetti, Gershwin va Kalman tomonidan bastalangan dunyoga mashhur asarlarni mohirona ijro etdi. Konsertda Mumtozbegimni qoʻllab-quvvatlash uchun vatandoshlarimiz tomonidan San-Fransiskoda tashkil etilgan Uzbek Community Center vakillari ham ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik isteʼdodli stipendiatning San-Fransiskoning nufuzli sahnalaridan birida chiqishi hatto musiqiy tanqidchilar tomonidan ham yuqori baholandi.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5683.MOV14.82 MB
26👍 16👏 7🔥 4😍 2😇 2👨‍💻 1
#Stipendiatlar_hayotidan “El-yurt umidi” stipendiati oʻquvchilari — xalqaro fan olimpiadasi gʻoliblari qatorida Moskvada talabalar oʻrtasida “RUDN MATN OLYMP” xalqaro matematika olimpiadasida “El-yurt umidi” stipendiati, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi Islombek Ismailov rahbarligida 4 nafar talabadan iborat jamoa individual tarzda 4 ta medalni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar qatorida — Fizika-matematika fakulteti talabalari: 🥇Anvarbek Masharipov — oltin medal; 🥈Sherzodbek Saidov — kumush medal; 🥉Hojiakbar Sobirov va Muslima Davronbekova — bronza medallari sohibi boʻldi; 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
22👍 13🎉 7🔥 5
01:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Stipendiatlar_hayotidan “El-yurt umidi” stipendiati, UCSI University talabasi (Malayziya) Sevara Fayziyeva taʼlim jarayonlari va oʻqishi haqida universitetning media platformasi uchun intervyu berdi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
From Uzbekistan to Malaysia_ Studying Abroad at UCSI.mp410.94 MB
15👏 7💯 3🤩 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Muhim ❗️Test natijalari boʻyicha apellyatsiya murojaatlari koʻrib chiqildi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlari natijalari yuzasidan belgilangan muddatda — 5-dekabr soat 18:00 ga qadar apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali jami 25 ta apellyatsiya murojaati qabul qilindi. Ushbu murojaatlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari hamda soha ekspertlari jalb qilgan holda oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish natijasida murojaatlar asossiz deb topilib, apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
👍 22🔥 6👏 4👌 4 3 2🥰 2🤓 2👨‍💻 1
00:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
#EYUFMUN_2025 📣📣 REMINDER: Registration for EYUFMUN-2025 Is Still Open! Applications for the EYUFMUN-2025 Conference remain open, and we invite motivated young leaders to submit their forms before the deadline. 🗓 Deadline: 14 December, 23:59 (Tashkent time)
This is your opportunity to join a high-level international platform where the next generation of thinkers will explore how AI, governance, and human potential can shape a more transparent, efficient, and human-oriented state. Applications are welcome from: ✔️ university students in Uzbekistan; ✔️ active young citizens engaged in public policy, technology, or global affairs; ✔️ fellows and scholars of the “El-Yurt Umidi” Foundation; ✔️ emerging professionals in AI, GovTech, and related fields.
Working language: English. Registration is conducted online via the official 🖥 application form. 💡Join us to become part of a new generation shaping the future of public governance through innovation, talent, and technology. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
AI for Public Good.mp48.69 MB
11🔥 6👍 3😍 3 1
#Yoshlar_uchun_imkoniyatlar ⚡️16:00 da University of Warwick vakillari ishtirokida vebinar boshlanadi Onlayn sessiyada ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? University of Warwick vakillari taʼlim va til sohasidagi eng talab yuqori boʻlgan magistratura dasturlari haqida maʼlumot berishadi: MA TESOL; MA Education; MA Educational Leadership & Management; Intercultural Communication for Business & Professions (MSc). Shuningdek, amaliy tilshunoslik va ingliz tili o'qitish yo'nalisharida bakalavr ba PhD dasturlari haqida ma'lumot beriladi. Ishtirokchilar kirish talablari, arizalarni toʻldirish xususiyatlari va oʻquv dasturlarini tanlash boʻyicha savollariga bevosita universitet vakillaridan javob olish imkoniyatiga ega boʻladilar. 📎ULANISH UCHUN HAVOLA Meeting ID: 514 919 3330 Passcode: 2025ab2026 ⚠️ Eksklyuziv maʼlumot olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang, onlayn sessiyaga qoʻshiling. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
15🔥 4👍 3
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Jarayon ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi — nomzodlarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy taraqqiyotiga erishgan jamiyat gʻoyalarini anglab yetish darajasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarga doir nazariy tayyorgarligi, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini baholashdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, tanlovdagi suhbat jarayonlari yozib olinib, onlayn translyatsiya qilinmoqda. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, shaxsga doir maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish subyektining roziligi bilan amalga oshiriladi. Yaʼni nomzodlarda “ovozsiz” yoki “ovozli” translyatsiyani tanlash imkoniyati mavjud. ❗️Eslatib oʻtamiz, tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar 17-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5604.MOV8.22 MB
21 3👍 3🔥 2🥰 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yoshlar_uchun_imkoniyatlar 📣 Ertaga, 11-dekabr kuni University of Warwick vakillari ishtirokida vebinar boʻlib oʻtadi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Buyuk Britaniyadagi hamkor OTMlardan biri boʻlgan University of Warwick xorijda taʼlim olish imkoniyatlari haqida vebinar oʻtkazadi. Onlayn sessiyada ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? University of Warwick vakillari taʼlim va til sohasidagi eng talab yuqori boʻlgan magistratura dasturlari haqida maʼlumot berishadi: MA TESOL; MA Education; MA Educational Leadership & Management; Intercultural Communication for Business & Professions (MSc). Shuningdek, amaliy tilshunoslik va ingliz tili o'qitish yo'nalisharida bakalavr ba PhD dasturlari haqida ma'lumot beriladi. Ishtirokchilar kirish talablari, arizalarni toʻldirish xususiyatlari va oʻquv dasturlarini tanlash boʻyicha savollariga bevosita universitet vakillaridan javob olish imkoniyatiga ega boʻladilar. 🗓 Sanasi: 11-dekabr ⌛ Vaqti: 11:00-12:30 (Buyuk Britaniya vaqti bilan) / 16:00-17:30 (Oʻzbekiston vaqti bilan) 📎ULANISH UCHUN HAVOLA Meeting ID: 514 919 3330 Passcode: 2025ab2026 ⚠️ Eksklyuziv maʼlumot olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang, onlayn sessiyaga qoʻshiling. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
12👍 4🔥 4 2🎉 1
00:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Jarayon ⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichining navbatdagi kuni oʻz nihoyasiga yetdi. Har bir nomzod davlat boshqaruvi tizimi mutaxassislari, akademik va ekspert hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan tashkil topgan komissiya bilan individual suhbatdan oʻtdi. ✔️Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar 17-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5555.MOV13.11 MB
🔥 12 10👏 5 2👍 2😍 1
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Tokio universiteti rahbariyati bilan uchrashdi Yaponiyaga xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismoilova professor Terada Toraxiko boshchiligidagi Tokio universiteti delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari koʻrib chiqildi, Xongo kampusining moddiy-texnik bazasi va taʼlim infratuzilmasi, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar batafsil oʻrganildi. Professor Terada Toraxiko Yaponiya va Oʻzbekiston universitetlari oʻrtasidagi hamkorlikni, xususan, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv dasturlari doirasida rivojlantirishning ikki mamlakat ilmiy salohiyatini mustahkamlashda strategik ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi. Muzokaralar yakunida tomonlar aniq fanlar va iqtisodiyot boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, akademik va ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdilar. Maʼlumot uchun: Tokio universiteti dunyoning yetakchi davlat ilmiy-tadqiqot oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, QS World University Rankings 2026 reytingida 36-oʻrinni egallagan. Universitet muhandislik, tibbiyot, aniq, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda universitetda 30 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
19🔥 11👍 6👏 2🤩 1
02:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi uchun suhbat jarayonlari boshlandi. Mazkur suhbatlar tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 9-dekabridan 17-dekabriga qadar oʻtkaziladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
SHIRINBOYEVA.mp413.60 MB
14🔥 8🤩 3 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Yaponiyaga xizmat safari davomida Sofiya universiteti xalqaro akademik aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Mariko Ijima bilan uchrashdi.
Tomonlar maqsadli stajirovkalar, professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari va boshqa akademik yoʻnalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, universitetda bakalavr va magistratura bosqichlarida ingliz tilida oʻrgatiladigan modullar doirasida talabalar almashinuvi boʻyicha qoʻshma diplom dasturlarini joriy etish taklifi bildirildi. Universitetda faoliyat yuritayotgan Xirsh indeksi yuqori boʻlgan professorlarni Oʻzbekiston OTMlariga taklif etish hamda professor-oʻqituvchi va ilmiy-tadqiqotchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.
🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
15👍 4🤩 4👏 2👌 1
00:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Jarayon ⚡️Nomzodlar bilan suhbatlar davom etmoqda. Har biri bilan individual tarzda muloqot oʻtkazilib, ularning motivatsiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu bosqichda yoshlar xorijda taʼlim olishidan kasbiy maqsadlari, oʻqishni yakunlab mamlakatimizga qaytgandan soʻng, chet elda olgan ilgʻor bilim va tajribalarini amaliyotga tatbiq etish va Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishiga qoʻshishi mumkin boʻlgan hissasi haqida oʻz fikr va mulohazalar bildirish imkoniyatiga ega. Onlayn translyatsiya (nomzodlarning murojaatlarini inobatga olgan holda translyatsiya ovozsiz amalga oshirilmoqda): ➖A-guruhB-guruh ❗️Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar 17-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5409.MOV11.23 MB
14👍 7 4🔥 3👌 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ElYurtUmidiSuccessStory “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Yoshlar ishlari agentligi direktorining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Durham University (Buyuk Britaniya) bitiruvchisi Hasanxon Alisher oʻgʻli Yusupxoʻjayev Yoshlar ishlari agentligi direktorining raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar H. Yusupxoʻjayev Raqamli texnologiyalar vazirligida sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamentida faoliyat olib borgan. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasi Hasanxon Yusupxoʻjayevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi! 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
43👏 24🔥 11👍 7😍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bitiruvchi stipendiatlari forumi boʻlib oʻtadi. 📍 Oʻtkazish joyi: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti 🗓 Sanasi: 2025-yil 13-dekabr 👉Roʻyxatdan oʻtish Forumda taʼlim olayotgan stipendiatlar ham ishtirok etishi mumkin. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
13🤩 9🔥 5👏 4
00:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Jarayon ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida suhbatlar davom etmoqda. Suhbatni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun situatsion markaz tashkil etilgan. Jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan (nomzodlarning murojaatlarini inobatga olgan holda translyatsiya ovozsiz amalga oshirilmoqda): ➖A-guruhB-guruh ❗️Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar 17-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5343.MOV10.07 MB
18👍 9 2🔥 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Infografika “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish uchun qanday choralar koʻrilgan? 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
🔥 13 9 3💯 3
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Jarayon ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi boshlandi. Suhbatni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun situatsion markaz tashkil etilgan. Jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi taʼminlash maqsadida onlayn translyatsiya qilinmoqda. Onlayn translyatsiya: ➖A-guruh ➖B-guruh Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar 17-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5198.MOV6.06 MB
21🎉 5👍 4🔥 2💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Islohotlarga_daxldorman ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi bitiruvchi stipendiatlari forumi oʻtkaziladi Toʻrtinchi sanoat inqilobi, sunʼiy intellektning jadal rivojlanishi va mehnat bozorlarining global oʻzgarishi sharoitida Oʻzbekiston asosiy eʼtiborni yangi avlodning isteʼdodi, bilimi va masʼuliyatiga — inson kapitalini rivojlantirishga qaratmoqda. 2025-yil 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati ishtirokida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bitiruvchi stipendiatlari forumi boʻlib oʻtadi. Bu oddiy uchrashuv emas. Bu — kelajak haqidagi suhbat.
💬 Muhokama markazida quyidagi masalalar: ➖“El-yurt umidi” jamgʻarmasini transformatsiyasi va kadrlar siyosatining yangi ustuvor yoʻnalishlari; ➖Bitiruvchilarning karyera yoʻnalishlari va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi oʻrni; ➖Dunyoning yetakchi universitetlarida olingan bilimlarni amalda qoʻllash uchun yangi imkoniyatlar; ➖Sunʼiy intellekt, GovTech va raqamli davlat davrida inson kapitalini rivojlantirish; ➖Yosh mutaxassislarning mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qoʻshayotgan hissasi. Ochiq muloqot formatida Jamgʻarma bitiruvchilari, davlat organlari yetakchilari va ekspertlar “Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyot strategiyasi doirasidagi oʻzgarishlarning amaliy mexanizmlarini muhokama qiladilar.
📍 Oʻtkazish joyi: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti 🗓 Sanasi: 2025-yil 13-dekabr Kelajakni texnologiyalar emas, insonlar yaratadi. Agar siz bu oʻzgarishlarning bir qismi boʻlishga tayyor boʻlsangiz, ushbu tadbir aynan siz uchundir. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
21🔥 9 3👍 3
01:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Islohotlarga_daxldorman Jasmina Tursunaliyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori, AQSHning Pensilvaniya davlat universitetiga “xalqaro siyosat” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirgan: — Chet elda oʻqish bizning oilaviy orzuyimiz boʻlgan. Rahmatli dadajonim meni Amerikada oʻqib kelishimni doim istaganlar. Hozir yonimda boʻlmasalar ham, orzuyimga erishganimdan ruhlari shod boʻlsa kerak. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Показать все...
IMG_5167.MP421.85 MB
52👏 16😍 8🔥 4👍 2👌 2🤓 2