55 690
Подписчики
+9224 часа
+1087 дней
+1 51230 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi
✅O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 21-noyabrdagi buyrug‘i bilan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.
🔹 Reyestr — jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bo‘yicha yagona ochiq ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
🔹 Har bir xizmat bo‘yicha pasport shakllantiriladi: unda xizmat nomi, tartibi, talab qilinadigan hujjatlar, to‘lov miqdori, ko‘rsatish muddati va natijasi kabi ma’lumotlar jamlanadi.
🔹 Yagona reyestr “Davlat xizmatlari” onlayn axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
🔹 Yangi xizmatlarni kiritish, eskirganlarini chiqarish yoki ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
🔹 Adliya vazirligi reyestrning to‘liq va yangilangan yuritilishini ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar esa o‘z ma’lumotlarini o‘z vaqtida yangilashga mas’ul bo‘ladi.
📌 Ushbu tartib davlat xizmatlarining shaffofligi, qulayligi va fuqarolar uchun ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 22
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔵Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga faqat bitta biometrik pasport bilan murojaat qilib, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
✅Ushbu tartib fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish hamda ortiqcha hujjatlar talabini kamaytirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Doimiy_va_vaqtinchalik_proiska_Reels.mp449.57 MB
🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Diqqat_so'rovnoma
📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting!
📝 Maqsad: Aholining fikrini o'rganish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishini baholash.
✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 37👍 13
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Diqqat_so'rovnoma
📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting!
📝 Maqsad: Aholining fikrini o'rganish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishini baholash.
✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi📝 Farmonga ko'ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida: 🔸 tadbirkor har bir xizmatdan o'z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi; 🔸 tanlangan xizmatlar bo'yicha yagona QR kod orqali to'lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. ✳️ 2026-yil 1-yanvardan: ▪️ YATTlarga firma nomiga ega bo'lishga ruxsat beriladi; ▪️ tadbirkorlarning birlamchi ma'lumotlari o'zgarganda ushbu ma'lumotlar bo'yicha o'zgartirishlar YATT guvohnomasiga, lisenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi. ✔️ 2026-yil 1-martdan: 🔹 lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo'llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma'muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi; 🔹 “Litsenziya” axborot tizimida lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo'lga qo'yiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 5🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi
“Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–214-son, 14.11.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 mlrd so‘mgacha qisqartirish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.
✅ Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: 🔹 elektron raqamli imzo kalitini berish; 🔹 bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish; 🔹 ayrim faoliyat turlari bo‘yicha lisenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish; 🔹 ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish; 🔹 QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish; 🔹 onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish; 🔹 yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 4🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
💻 Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya berilishidan xabardormisiz?
💠 Ariza beruvchilar: Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan IT-park rezidenti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari.
🏛 Vakolatli organ: Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🔹Subsidiya bitiruvchining 6 oy mobaynidagi oʻrtacha ish haqi miqdoriga ko'ra ajratiladi:
💸 bir nafar bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 25-75 baravari;
💸 bir nafar nogironligi boʻlgan bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 50-105 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 3
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Фото недоступноПоказать в Telegram
#BU_MUHIM
Endi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yanada qulay!
🔎Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayonini tez, qulay va shaffof amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrida ushbu xizmatni ko‘rsatish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
📝Endilikda buyurtmachilar my.gov.uz orqali loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza yuborayotganda quyidagi ma'lumotlarni ham kiritishi lozim:
▪️Qavatlar soni.
▪️Qurilish maydoni;
▪️Umumiy maydon;
💬Kiritilgan ma'lumotlar inson omilisiz “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali hududning bosh rejasidagi shaharsozlik me’yorlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
Agar ko‘rsatkichlar bosh reja talablariga mos kelsa ariza keyingi bosqichga o‘tadi, aksincha bo‘lsa ariza yuborilmaydi va bu haqda foydalanuvchiga xabar beriladi.
🔗Endi ushbu havola orqali Toshkent shahri bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza yuborish mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
❤ 28👍 4🔥 2
Repost from TgId: 1447170635
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Adliya_tabrigi
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.
Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 24👍 11🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#E’lon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Davlat xizmatlari markazlarida ijtimoiy himoya sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ayrim uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17🔥 4👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to'g'risidagi xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
⏳Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni.
💰Ruxsat berish to'g'risidagi xulosa berganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: BHMning 69,5 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 3🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yangi_tartib
O'zbekistonda viza muddatini uzaytirish xizmatidan elektron tarzda foydalaning!
✅ Endilikda arizalar nafaqat vakolatli organga bevosita kelib, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham berilishi mumkin.
🏛 Vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti va hududiy ichki ishlar organlari.
🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar: Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan miqdorlarda boj to'lanadi.
❗️Ariza viza muddati tugashiga kamida 10 kun qolganda berilishi lozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyulidagi 417-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 38👍 6🔥 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
🚘 Avtotransport vositalarini nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab berilishidan xabardormisiz?
👫 Xizmatdan foydalanuvchilar: shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo'lovchi tashish xizmatini ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda I guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.
🏛 Vakolatli organlar: Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Yagona” milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan qabul qilinadi.
💰Avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo'lgan qismi qoplab beriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 377-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 30👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibidan xabardormisiz?
👫 Ariza beruvchilar toifasi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
🏛 Vakolatli organlar: Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
💰 Xizmat ko'rsatilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdori: BHMning 5 foizi.
🧾 Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha taklifnoma taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18🔥 6👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣E’LON
“Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.
📅 Sana va vaqt: 2025-yil 30-oktabr, soat 15:00
📍 Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)
Anjumanda:
🔹 Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
🔹 Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
🔹 Jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.
Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.
📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik a’zolarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 26👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berilishidan xabardormisiz?
🏛 Vakolatli organlar: Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
💠 Subsidiya uchun ariza shaxs ishga qabul qilgandan soʻng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin berilishi mumkin.
💸 Subsidiyaning har bir shaxs uchun BHMning 3 baravari miqdorida ajratiladi.
❗️Subsidiya budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ajratilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 29👍 3🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌐 Yoshlarning o'quv markazlarida xorijiy tillarni o'qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratiladi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
✅ Arizalar “yonda.uz” elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali qabul qilinadi.
💠 Subsidiya "2+6" dasturi doirasida ajratiladi. Bunda, ariza beruvchi dastlabki 2 oy uchun kurs to‘lovini qilgach, keyingi 6 oy uchun subsidiya ajratiladi.
💸 Subsidiya BHMning 1-3 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
❗️Subsidiya ajratilishi uchun taqdim etiladigan sertifikatlar ro'yxati Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 635-son qarorida belgilangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 20👍 4🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yangi_xizmat
❗️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: ijara huquqi asosida berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari.
🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi.
💰Arizani ko'rib chiqqanlik uchun yer uchastkasining maydoniga qarab BHMning 1-6 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 10🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
📄 Quyidagi hollarda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish lozim:
🔹yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda:
🔸jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganda;
🔹litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilganda.
Asos: "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonun.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 9🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi
🚘 Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
🏛 Vakolatli organ: Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Ruxsatnoma olish talab etilmaydigan oʻzgartirishlar quyidagilar:
🔸avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish:
🔹old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 42👍 8🔥 1
