ru
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Открыть в Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Больше
132 573
Подписчики
-9524 часа
-7767 дней
-3 47830 день
Архив постов
Bokuda O‘zbekiston bilan ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahriga tashrif buyurib, ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etdi. Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Hasan Hasanli bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy grant dasturlarini davom ettirish, 2026-yilda Bokuda rektorlar forumini tashkil etish, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ozarbayjonlik yoshlarning ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110172 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
13👍 7😁 1🤔 1😱 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ilm_fan #Olima_ayollar Ilm-fanda xotin-qizlar So‘nggi yillarda yurtimizda ilm-fan va taʼlim, xususan, oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida xotin-qizlar uchun imkoniyatlar tobora kengaymoqda. 🗣Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak:
🔤Bugungi kunda respublikada jami 15 926 nafar (umumiy izlanuvchilarning 47,8 foizi) xotin-qizlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olmoqda; 🔤Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvota bo‘yicha doktoranturada (DSc) – 379 nafar, tayanch doktoranturada (PhD) – 6 551 nafar hamda stajyor-tadqiqotchi sifatida 165 nafar xotin-qizlar tahsil olmoqda; 🔤Shuningdek, joriy yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvota bo‘yicha doktoranturaga (DSc) – 183 nafar, tayanch doktoranturada (PhD) – 2 833 nafar hamda stajyor-tadqiqotchi sifatida 165 nafar xotin-qizlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilingan; 🔤Mustaqil izlanuvchi sifatida tahsil olayotgan xotin-qizlar soni 8 831 nafarni (DSc-1 341, PhD-7 490) tashkil etmoqda; 🔤2022-yildan buyon o‘tkazilayotgan “Olima ayollar” tanloviga 2022-2025-yillar davomida 1612 ta loyiha talabnomasi taqdim etilgan. Shulardan umumiy qiymati 127,3 mlrd. so‘m miqdoridagi 156 ta loyiha saralab olingan va moliyalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
8👍 2
Millat genofondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: JIDU’da giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish va ularning mas’uliyatlilik madaniyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109964
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
11🔥 3👏 2
#dayjest #mening_madhiyam 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va maxsus so‘rovnomalar tashkil etildi
➖ Namangan davlat universiteti; ➖ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; ➖ Andijon davlat pedagogika instituti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti; ➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖ Urganch davlat universiteti; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; ➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➖ Alfraganus universiteti; ➖ Termiz davlat pedagogika instituti; ➖ TATU Samarqand filiali; ➖ Andijon davlat tibbiyot instituti; ➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; ➖ Qarshi davlat universiteti; ➖ Buxoro davlat universiteti; ➖ Buxoro davlat texnika universiteti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Guliston davlat pedagogika instituti; ➖ Andijon davlat chet tillari instituti; ➖ Namangan davlat pedagogika instituti; ➖ Namangan davlat chet tillari instituti; ➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Qo‘qon davlat universiteti; ➖ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi; ➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; ➖ Urganch davlat pedagogika instituti; ➖ Qarshi davlat texnika universiteti; ➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; ➖ Milliy estrada san’ati instituti; ➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
10-DEKABR.mp420.30 MB
1210.mp46.04 MB
asdasd.mp442.50 MB
IMG_2908.MOV59.04 MB
MADHIYA(Android).mp418.11 MB
madhiya.mp427.61 MB
Sequence 01_1.mp427.98 MB
13🔥 2🎉 1
00:34
Видео недоступноПоказать в Telegram
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiridan #OchiqEshiklarKuni
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
ooooo_tel.mp48.86 MB
9👍 8🔥 1👏 1
02:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojiasi! Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. ©️Soliq qo‘mitasi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
Soliq_korrupsiya_mob_V2.mp458.04 MB
7🔥 5👍 3
Repost from Yoshlar.edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-dekabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Показать все...
7
👉 Tanlovda ishtirok etish 👈
02:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Giyohvandlik – kelajakka tahdid Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin?
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
IT++.mp412.11 MB
6
#oliygohlar #taqdimot Oliy taʼlim tashkilotlarining hisobot va reja taqdimotlari davom etmoqda 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun moʻljallangan strategik rejalarini koʻrib chiqdi. Taʼlim jarayonini global iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalariga moslashtirish, raqamli boshqaruv tizimlarini kompleks joriy etish, taʼlim sifatini baholashning ilgʻor mexanizmlarini shakllantirish hamda professor-oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyasini barqaror oshirish masalalari uchrashuvda atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish va innovatsion loyihalar portfelini kengaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Texnik va muhandislik yoʻnalishlarining dolzarbligini inobatga olgan holda, yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish, talabalar amaliyotini real sektor bilan tizimli integratsiya qilish, xalqaro ilmiy-taʼlim loyihalari investitsion resurslarini jalb etish boʻyicha ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
20👍 4😱 3🔥 1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni”
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, talabalar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, vazirlikning 2025-yilga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy tizim va mexanizmlar, shuningdek, ochiqlik indeksi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar tinglandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110031 #OchiqEshiklarKuni
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
9👍 3
Repost from TgId: 3264231726
Ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi Germaniya standartlari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda Germaniya tashqi savdo-sanoat palatasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Kasbiy ta’lim” ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, dual ta’lim modeli imkoniyatlari, shuningdek Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) bazasidagi pilot loyiha bo‘yicha taqdimotlar qilindi. Jumladan O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari mavzusida ma’ruza qilindi. Yig‘ilish doirasida “Skills Experts” dasturi, OKMK bilan hamkorlikdagi tajriba loyihasi, Olmaliq kon-metallurgiya texnikumining roli va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzolash marosimi ham o‘tkazildi. #xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
Bizni kuzating
📱 Telegram | 📱 Instagram
Показать все...
11👍 2
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi. “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
13👍 2😱 1
Qarshi davlat texnika universiteti va “TAT-COLA” xorijiy korxonasi oʻrtasida dual taʼlim yoʻlga qoʻyildi. 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova, Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov va “TAT COLA” MChJ xorijiy kompaniyasi rahbari Ahmadshoh Mohammadi ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumda oʻquv-ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayonini integratsiyalash, hamkorlikda dual taʼlim va haq toʻlanadigan amaliyot ishlarini bajarish, buning uchun universitet kafedralarining filialini “TAT COLA” xorijiy korxonasida ochish uchun sharoitlar yaratish kabi maqsadlar oʻz ifodasini topgan. Tadbir ishtirokchilari hamda talabalar xorijiy korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. #hamkorlik #dual_taʼlim #memorandum
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
14👍 11🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#soʻragan_edingiz ❓Savol: Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz. ✅ Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas. Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos. Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz. Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
22👍 14🔥 3😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
EʼLON! 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bugun soat 11:00da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi. Tadbir davomida vazirlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. 🗺 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7-uy. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati. #KorrupsiyasizSoha #OchiqEshiklarKuni
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
13👍 7🔥 3
Narkojinoyatlarga aloqador o‘quvchi va talabalar haqida anonim xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha maktab va oliy ta’lim tashkilotlarida ichki ishlar organlari tomonidan muhrlangan maxsus qutilar o‘rnatiladi va tushayotgan xabarlarni tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. ——— В целях создания возможности для анонимного сообщения о учащихся и студентах, причастных к наркопреступлениям, во всех школах и высших учебных заведениях будут установлены специальные опечатанные ящики, размещаемые органами внутренних дел, и будет налажена система проверки поступающих обращений.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
Maktab va oliygohlarga maxsus qutilar oʻrnatiladi tel.mp414.97 MB
Maktab va oliygohlarga maxsus qutilar oʻrnatiladi6 tel.mp411.79 MB
👍 13 12🤔 1
O‘zbekiston va Koreya ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda “Koreya-O‘zbekiston universitet rektorlarining II forumi” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov Koreya Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Pak Son Min hamda Koreya universitetlar kengashi raisi, Chonbuk milliy universiteti rektori Yan O Bon bilan muzokaralar o‘tkazdi. ➖Koreya Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Pak Son Min bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha O‘zbek-Koreya markazi”ni tashkil etish masalasi yuzasidan fikr almashildi. ➖Koreya universitetlar kengashi raisi, Chonbuk milliy universiteti rektori Yan O Bon bilan o‘tgan suhbat davomida sohaga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari bilan aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. #xalqaro_hamkorlik #koreya #muzokara
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
14👍 7😁 1
Repost from TgId: 3264231726
Xalqaro donor tashkilotlar bilan 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi Kasbiy ta’lim agentligi tashabbusi bilan xalqaro hamkor tashkilotlar bilan tizimga oid islohotlarning yil yakuni bo’yicha hisobot yig‘ilishi o’tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov va xalqaro donor tashkilotlarning 30dan ortiq vakillari qatnashdi. Anjumanda: 👉tizimni modernizatsiya qilish; 👉ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; 👉 dual taʼlim qamrovini oshirish; 👉 o’quvchilarga stipendiya to‘lashni joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro donor tashkilotlar o‘tgan davr mobaynida tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar bo’yicha taqdimot o’tkazdi. Bizni kuzating 📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Показать все...
👍 11 3👏 1🤔 1
O‘zbekiston-Janubiy Koreya: startap ekotizimini rivojlantirish hamda venchur moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda 2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Koreya Respublikasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norov, Suncheon Milliy universiteti faxriy professori Seungju Baek, shuningdek, “Korea Development Institute” (KDI) vakillari qatnashdilar. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109737 👉 На русском 👉 In English #xalqaro_hamkorlik #Koreya #bitim
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
13👍 5👏 1🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Grant 📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda ⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti). ➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda. 🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
👍 9 7🤔 1