Edu.uz
Открыть в Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Больше132 592
Подписчики
-9524 часа
-7767 дней
-3 47830 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#maqola
Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharifning kitobga soʻz boshi yozgani esa Prezidentimiz gʻoyalariga boʻlgan xalqaro eʼtibor va yuksak hurmatning yaqqol ifodasidir. Buning oʻziyoq Uchinchi Renessans konsepsiyasi nafaqat milliy darajada, balki mintaqaviy va global miqyosda ham dolzarb va ilhom manbai sifatida qabul qilinayotganini koʻrsatadi...O‘zbekiston milliy axborot agentligi saytida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаzirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Yangi Oʻzbekiston – ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ilgʻor kashfiyotlar markazi” sarlavhali maqolasi chop etildi. 👉Maqolani o‘qish
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 11👍 3🎉 2
Cyber4CA loyihasi bo‘yicha xalqaro Kick-off uchrashuvlari Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi
2025–2028-yillar davomida amalga oshiriladigan Erasmus+ CBHE dasturining yirik tashabbusi — “Cyber4CA: Markaziy Osiyoning raqamli mehnat bozori uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish” loyihasining boshlangʻich xalqaro uchrashuvlari Toshkentda tashkil etildi.
Uchrashuvlarning dastlabki ikki kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) bo‘lib o‘tdi. TATU ushbu loyihada Grant Holder sifatida Markaziy Osiyoda zamonaviy kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlash jarayoniga yetakchilik qilmoqda. Tadbirda Ispaniya, Ruminiya, Belgiya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, tegishli vazirlik, shu jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvlarning uchinchi kuni O‘zbekiston Milliy universitetida davom ettirilib, yangi kiberxavfsizlik magistratura dasturlari uchun o‘quv rejalari va akademik yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110865
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 6👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16-dekabr kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi
Test sinovlari testadmin.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.
🕘 Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — soat 09:00
2️⃣-smena — soat 11:30
3️⃣-smena — soat 14:00 boshlanadi.
📋 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur:
- pasport yoki ID-karta;
- pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi).
Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.
Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Test o‘tkaziladigan binolar joylashuvi:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍Andijon viloyati 📍Buxoro viloyati 📍Jizzax viloyati 📍Qashqadaryo viloyati 📍Navoiy viloyati 📍Namangan viloyati 📍Samarqand viloyati 📍Sirdaryo viloyati 📍Surxondaryo viloyati 📍Toshkent shahar va Toshkent viloyati 📍Farg‘ona viloyati 📍Xorazm viloyati
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7🔥 3👍 2
🇺🇿Oʻzbekiston “Dubay–2025” V Para Osiyo oʻyinlarida birinchi oʻrinni egalladi
🏃♀️ Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.Delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi “Humo” Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida sport jamoatchiligi vakillari, sport faxriylari, ommaviy axborot vositalari hamda muxlislar ishtirok etdi.
📑 Ta’kidlash joiz, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari yuksak natija ko‘rsatib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Xususan, Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning 🏃♂️ para yengil atletika, 🥋 para taekvondo, 💪 bochcha, 🏊♀️ para suzish, 💪 para armrestling, 🥏 para pauerlifting sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etib Xususan, Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning 🏃♂️ para yengil atletika, 🥋 para taekvondo, 💪 bochcha, 🏊♀️ para suzish, 💪 para armrestling, 🥏 para pauerlifting sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etib, jami 197 ta medal qo'lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.Ushbu natija mamlakatimizda para sportni rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va murabbiylar mehnatining amaliy samarasidir.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏 64❤ 50👍 35🔥 30
12:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
#ogohlik
Giyohvandlik - tanazzulga eltuvchi illat
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
10.mp4106.22 MB
👍 7❤ 4🤔 1
TDMAUda zamonaviy “Qurilish muhandisligi” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi uchun zamonaviy laboratoriya markazi ochildi.
Ushbu markaz Open budjetdan ajratilgan 1,5 milliard so‘mlik mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Yangi laboratoriya orqali universitetdagi ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanadi, talabalar raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlanadi, sanoat bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi. Shu bilan birga, qo‘shimcha xizmatlar orqali universitetning texnik bazasi boyib, moliyaviy manbalar ham shakllantiriladi. Markazdagi jihozlar qurilish sanoatida real qo‘llaniladigan texnika va uskunalardan iborat. Bu yerda talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda sinab, puxta ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, professor-o‘qituvchilar esa ilmiy tadqiqotlarini yuqori darajada olib borishi mumkin.Laboratoriyada beton, armatura, asfalt va bitum kabi qurilish materiallari tekshiriladi. Shuningdek, yo‘l qurilishi uchun maxsus uskunalar hamda energiya samaradorligi va temir-beton konstruksiyalarini sifat tekshiruvi uchun zamonaviy testlar o‘tkaziladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 4🤔 2
00:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
#forum #sunʼiy_intellekt
Rektorlar forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazida
“Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” doirasida tadbir ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110668
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
islom sivilizatsiyasi tg.mp410.25 MB
👍 23❤ 10👏 3🔥 1🎉 1
Chirchiqda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilg‘or muhandislik maktabi ochildi
13-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “O‘zkimyosanoat” AJ hamkorligida “Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim, ilm-fan va sanoat sohasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida mazkur muhandislik maktabining asosiy vazifalari — kimyo sanoati uchun zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro talablarga javob beradigan muhandis kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish ekani qayd etildi.
Tadbir doirasida Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Batafsil 👉 https://tkti.uz/uz/news/detail/toshkimtex-institutining-intellekt/
#press_tur #muhandislik_maktabi #ochilish_marosimi
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_6633.MP4163.02 MB
❤ 16👍 7🎉 4🔥 1🤔 1
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
#forum #sunʼiy_intellekt
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumidan video lavha
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.rolik.mp419.30 MB
❤ 14👍 10👏 3🔥 1
#live #forum #sunʼiy_intellekt
Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedovning maʼruzalari tinglandi.
Maʼruzachilar sunʼiy intellektni oʻquv jarayoniga integratsiya qilish, talabalar ehtiyojiga moslashtirilgan taʼlim modellarini rivojlantirish, taʼlim jarayonini boshqarishda katta maʼlumotlar tahlilidan foydalanish, shuningdek, akademik halollikni taʼminlashda ilgʻor intellektual texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajriba va amaliy yechimlarni taqdim etdilar.
Shundan soʻng, forum oʻz ishini “Oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish”, “Sunʼiy intellekt savodxonligi: etik meʼyorlar va amaliy koʻnikmalar”, “Oliy taʼlimda raqamli transformatsiya”ga bag‘ishlangan panel sessiyalarda davom ettirmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 7😁 1🤔 1
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi
Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” o‘z ishini olib bormoqda.
Ushbu nufuzli anjumanda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
– Bugun dunyoning ilg‘or universitetlari taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilish, dars jarayonini individuallashtirish, akademik halollikni taʼminlash kabi vazifalarda sunʼiy intellektdan amaliy yordamchi sifatida foydalanmoqda, – dedi H. Umarova. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov fikriga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi uchun eng ustuvor vazifalardan biri – universitetlarni sunʼiy intellekt sohasida bilim, tajriba va ilmiy izlanishlar markaziga aylantirishdir. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110553 #live #forum #sunʼiy_intellekt
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13👍 10🤔 4😁 3😱 2
Moskvadagi xalqaro ilm-fan va texnologiya konferensiyasida oʻzbekistonlik yosh olimlar ishtirok etdi
12-dekabr kuni Moskva shahridagi VDNX koʻrgazma majmuasining “Atom” pavilyonida ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va istiqbolli ilmiy ishlanmalarni ilgari surish maqsadida tashkil etildi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham ishtirok etib, mamlakatimiz nomidan rasmiy delegatsiya ishida qatnashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110390
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 24👍 8😁 2🤔 1🎉 1
#dayjest #qalqon_faoliyati
“Qalqon” jamoatchilik guruhlari tashabbusi bilan “Biz giyohvandlikka va korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida bir qator targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida ishtirokchilar uchun profilaktik uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar hamda amaliy chiqishlar tashkil etildi.
➖ Samarqand davlat universiteti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; ➖ Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ➖ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi; ➖ TATU Samarqand filiali; ➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; ➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ➖ Toshkent xalqaro universiteti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
madhiya.mp427.61 MB
IMG_9444.MOV57.50 MB
IMG_3581.MP468.42 MB
IMG_2592.MOV14.31 MB
❤ 9😁 6👍 4🥰 2🎉 2
Yevropa Ittifoqi-Oʻzbekiston: Qoʻshma tadqiqot salohiyatini rivojlantirish — YEI Hamkorlik kuni oʻtkazildi
12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yevropa Ittifoqi-Oʻzbekiston: Qoʻshma tadqiqot salohiyatini rivojlantirish — YEI Hamkorlik kuni” konferensiyasi oʻtkazildi.
Konferensiya ishini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari doktor Sardor Rajabov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi Toivo Klaar va Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova qutlov nutqlari bilan ochib berdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi ilmiy jamoalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma tadqiqotlarni kengaytirish, akademik almashuv va ilmiy mobillikni rivojlantirishdan iboratdir.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110366
#YEI_Hamkorlik_kuni
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 12👍 2🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#forum2025
Ertaga, 13-dekabr kuni soat 10:30 da “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yirik anjumanda respublikamizning 200 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
Forum doirasida taʼlim jarayonlariga sunʼiy intellektni jadal joriy etish, ilg‘or raqamli va intellektual texnologiyalar asosida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, oliy taʼlim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, oliy taʼlim tashkilotlari o‘rtasida sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish va sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kompleks foydalanish, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish va taʼlim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13👍 4😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
TA’ZIYA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdulla Muharramovich Ubaydullayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga chin dildan hamdardlik bildiradi.
A.Ubaydullayev umrining salmoqli qismini tibbiyot sohasini rivojlantirishga, aholi salomatligini mustahkamlashga, zamonaviy tibbiyot maktabini shakllantirishga bag‘ishlagan ulkan shaxs edi. U zehni o‘tkir, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, yuksak ilmiy-pedagogik tafakkur egasi sifatida mamlakatimiz tibbiyoti taraqqiyotida beqiyos iz qoldirdi.
Qariyb 70 yillik fidokorona mehnat faoliyati davomida professor Ubaydullayev shifokorlar malakasini oshirish, ftiziatriya, pulmonologiya va allergologiya kabi yo‘nalishlarda ilmiy maktab yaratish, respublikamizda yuksak malakali kadrlar tayyorlash va ularni tarbiyalash borasida mislsiz mehnat qildi. Uning qalamiga mansub monografiya, darslik va ilmiy ishlanmalar bugungi kunda ham tibbiyot sohasida asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ustozning O‘zbekiston va jahon ilmiy jamoatchiligidagi nufuzi katta bo‘lgan. Yevropa respiratorlar jamiyati, Sil va nafas yo‘llari kasalliklari xalqaro ittifoqi, shuningdek, O‘rta Osiyo pulmonologlari assotsiatsiyasidagi faoliyati tufayli mamlakatimiz meditsinasi xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘ringa ko‘tarildi.
Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun ustoz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani uning yuksak xizmatlariga berilgan huquqli bahodir.
Jonkuyar olimning samimiy insoniy fazilatlari, ustozlik mehri, shogirdlariga bo‘lgan e’tibori uni o‘qitgan va tanigan har bir inson qalbida muhrlanib qolgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi akademik Abdulla Ubaydullayevning porloq xotirasini hurmat va ehtirom bilan yod etadi, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur qayg‘u bilan ta’ziya bildiradi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 49😱 1
02:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
Aziz yoshlar, vaqtingizni eng qadrli boylik sifatida qadrlang
Keling, raqamli makonda vaqtni behuda sarflash emas, balki bilim olish, yangi ko‘nikmalar egallash, isteʼdod va salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lida foydalanishni odatga aylantiraylik.
©️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
01 tel.mp417.50 MB
❤ 4👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#OAK_Byulleteni
📰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2025-yil 3-soni e’tiboringizga havola etilmoqda
📖Unda OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va professor ilmiy unvoniga tasdiqlanganlar, shuningdek, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya mavzularining ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
👉 PDF shaklida yuklab olish
___
Представляем вашему вниманию 3-й выпуск Бюллетеня Высшей аттестационной комиссии при Министерстве высшего образования, науки и инноваций за 2025 год.
В нем вы можете ознакомиться с соответствующими решениями Президиума ВАК, списком утвержденных к ученой степени докторов наук (DSc), докторов философии (PhD) и ученому званию профессоров, а также темами диссертаций научных сотрудников, проводящих научные исследования, докторантов и независимых исследователей.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 5👍 1
Bokuda O‘zbekiston bilan ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahriga tashrif buyurib, ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etdi.
Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Hasan Hasanli bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy grant dasturlarini davom ettirish, 2026-yilda Bokuda rektorlar forumini tashkil etish, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ozarbayjonlik yoshlarning ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110172
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13👍 7😁 1🤔 1😱 1
