fa
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

رفتن به کانال در Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

نمایش بیشتر
100 010
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+337 روز
+1 60430 روز
آرشیو پست ها
#xalqaro_forum #1_kun Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 5-6 oktabr kunlari Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi o‘tkazilmoqda. 📍 Unda Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim vazirliklari, xususan Ozarbayjon va Turkiya davlatlari ta’lim tizimi xodimlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi. 👉 Mehmonlar forum doirasida dastlab Chimboy tumanidagi Amfiteatrda tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Qoraqalpoq milliy taomlari hamda xalq sanʼati namunalaridan bahramand bo‘lishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
نمایش همه...
00:50
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️ #Anons 😜Markaziy Osiyo ta'lim tizimi vakillari Nukusda uchrashadi — Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi tashkil etilmoqda!
Vaqti: 2025-yil 5–6-oktabr, 2025-yil
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu forumda Markaziy Osiyo davlatlari ta'lim tizimi vakillari, pedagoglar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar qatnashadi.
➖ Unda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
FINAL_FORUM_UZ+++.mp495.74 MB
Photo unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 🔔 Joriy yilning oktabr–noyabr oylarida ilk bor “Sen iste’dodlisan” tanlovi bo‘lib o‘tadi. ➖ Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida estrada-vokal (anʼanaviy ijrochilik) hamda tasviriy sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yil oktabr oyining oxirgi o‘n kunligida, hududiy va respublika bosqichi jarayonlari noyabr oyida tashkil etiladi. 🏆 Tanloving Respublika bosqichida hududdan har bir yo‘nalish boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 2 nafardan jami 28 nafar g‘olib ishtirok etadi. 👉 Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar telegramdagi @sen_iste_dodlisan_bot havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari kerak. ✅Tanlov jarayonlariga doir yangiliklarni vazirlik rasmiy sahifalarida kuzatib boring.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
📚“E voh” – Erkin Vohidov nomidagi Respublika O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi start oldi! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, UzReport axborot agentligi va IDC ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan olimpiada o‘zbek tili va adabiyotiga qiziqishni oshirish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 👩‍🏫 Ishtirokchilar: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej va nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda xorijiy o‘zbek tili ixlosmandlari. 🗣Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi: ➡️1-bosqich – onlayn (telegram botlari orqali test sinovlari) ➡️2-bosqich – offlayn, ijodiy bellashuv.
🏅G‘oliblar oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadi, shuningdek, Xalqaro Nordik universitetida o‘qishga imtiyozli sertifikatlar hamda xorijiy stajirovka dasturlari uchun yo‘llanmalar bilan mukofotlanadi.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram botlar:  @tasimo3_bot | @tasimo2_bot @tasimo1_bot | @tasimo_bot. ➡️Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 11-oktyabr, soat 24:00 gacha 📹YO‘RIQNOMA (https://youtu.be/AmorOYXlMr4?si=JRSBchl5sWYgjJm 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Repost from TgId: 1461713521
Photo unavailableShow in Telegram
🎨 Rasm chizish va ijod qilishni yaxshi ko'rasizmi? 📣 Unda FAO 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan plakatlar tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi. 🫕 #WorldFoodDay doirasida foydali va to‘g‘ri ovqatlanish barqaror kelajak qurishga qanday yordam berishini ko‘rsating! ☝️ San’atingiz barchani ilhomlantirsin va tabiat bilan birga ezgu o‘zgarishlarga chorlasin! 🔗 Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali saytimizdan olishingiz mumkin: https://www.fao.org/world-food-day/contest/en ~~~ 🎨 Любите рисовать и заниматься творчеством? 📣 Тогда FAO приглашает детей и подростков в возрасте от 5 до 19 лет принять участие в конкурсе плакатов, проводимом по случаю Всемирного дня продовольствия. 🫕 В рамках #WorldFoodDay покажите, как полезное и правильное питание помогает строить устойчивое будущее! ☝️ Пусть ваше искусство вдохновляет всех и вместе с природой призывает к добрым переменам! 🔗 Подробную информацию можно получить на сайте по ссылке: https://www.fao.org/world-food-day/contest/ru ~~~ 🎨 Do you enjoy drawing and being creative? 📣 Then FAO invites children and adolescents aged 5 to 19 to participate in a poster competition held on the occasion of World Food Day. 🫕 As part of #WorldFoodDay, demonstrate how healthy and proper nutrition contributes to building a sustainable future! ☝️ May your art inspire everyone and, in harmony with nature, call for positive changes! 🔗 Detailed information can be found on the website at the link: https://www.fao.org/world-food-day/contest/en #FAO80 😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
نمایش همه...
✅✅✅✅ ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Qoraqalpog’iston Respublikasida bo‘lib, mas’ullar bilan uchrashdi. Hilola Umarova dastlab yangi 55-umumta’lim maktabida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
📍 So’ngra Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari va texnikumlar direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔰 Unda ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida so‘z yuritildi hamda ishtirokchilarning fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Hilola Umarova shu kuni “Mono” markaziga hamda 2-sonli tibbiyot texnikumida ham bo‘lib, mas’ullar bilan fikr almashdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:12
Video unavailableShow in Telegram
“MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari start oldi  ➡️Trening davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg’ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashadilar. 📆Ushbu trening joriy yilning oktabr-dekabr oylarida Respublika bo’ylab bosqichma-bosqich bo’lib o’tadi 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
نمایش همه...
psixologik 2-1-video-export-2025-10-03T12-13-49.075Z.mp4216.26 MB
#Maktabgacha_taʼlim 🏫Mirobod tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi ✅Bugun Mirobod tumanining “Fayziobod” mahallasida 326-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🟢0,47 gektar maydonda barpo etilgan ikki qavatli, zamonaviy 240 o‘rinli bino tumandagi maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, bolajonlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish va ota-onalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qurildi. 🏠Binoda bolalar uchun keng va yorug‘ guruh xonalari, zamonaviy mebellar, o‘yin maydonchalari, sport va dam olish maskanlari joriy etildi. ◀️ Shuningdek, Xorazm viloyati Urganch tumanida ham zamon talablariga to‘liq javob beradigan va barcha zarur sharoitlarga ega 180 o‘rinli 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
00:50
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️ #Anons 😜Markaziy Osiyo ta'lim tizimi vakillari Nukusda uchrashadi — Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi tashkil etilmoqda!
Vaqti: 2025-yil 5–6-oktabr, 2025-yil
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu forumda Markaziy Osiyo davlatlari ta'lim tizimi vakillari, pedagoglar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar qatnashadi.
➖ Unda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
FINAL_FORUM_UZ+++.mp495.74 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Jadidlar_izidan_2025 #Respublika_tanlovi ✔️ “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumida ishtirok eting! 🌀 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan edi. Mazkur tanlovning yangi mavsumi boshlanmoqda. ☝️ Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning oktabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi! 🥇 Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi ✈️ 📎 Nizom bilan tanishing 📎 Adabiyotlar ro‘yxati 📝 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ jadidlarizidan.uz 📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
#Maktabgacha_taʼlim “Mittivoy” loyihasi doirasida o‘quv kurslari boshlandi ✅Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurs mavzulari: — Maktabgacha yoshdagi bolaning emotsional-shaxsiy salohiyatini rivojlantirish; — Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi; — Sog‘lom rivojlantiruvchi muhit yaratish tamoyillari.
👍 O‘quv mashg‘ulotlarida 300 nafar direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarni A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari olib boradi. ➡️Kurslar yakunida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:32
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim #No_comment
✅”MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglaridan videolavha.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Chirchiq Ped Institut Psixolog.mp412.28 MB
05:01
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Таълим_саёҳати
✅ "Xorijiy tillarni o'qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi ishtirokchilari ayni damda Buyuk Britaniyada ta‘lim sayohatida bo‘lib turishibdi.
🌐 Jarayonlar "O‘zbekiston 24" telekanalining "O‘zbekiston vaqti bilan" ko‘rsatuvida
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
IMG_0439.MOV76.84 MB
#Maktabgacha_taʼlim “MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari start oldi ✅Bugun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treningi o‘z faoliyatini boshladi. 📆Ushbu trening joriy yilning oktabr-dekabr oylarida Respublika bo’ylab bosqichma-bosqich bo’lib o’tadi. 🤥Treningning asosiy maqsadi — tarbiyachilar va pedagoglarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda yordam berishdir.
✔️Dastur vazifalari: • Emotsional salomatlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlash; • Professional charchashning oldini olish; • Bolalar uchun emotsional sog‘lom muhitni shakllantirish; • Jamoada do‘stona va ekologik muhit yaratish; • Amaliy psixologik texnikalar va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish; • Emotsional intellekt va motivatsiyani oshirish; • Zo‘ravonlik holatlarining oldini olish.
➡️Trening davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg’ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashadilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#диққат_эълон #malaka_sinovi 📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ✅ Xabaringiz bor, 2025-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish joriy yil 1-oktabrda to‘xtatilgan. ❗️Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
02:11
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #OAV_biz_haqimizda ✅ Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan 100 nafar ustoz imtiyozli shartlar asosida xonadon sohibi bo‘lishdi
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
1.mp418.98 MB
11:35
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom 25 MILLION MAOSH OLAYOTGAN O‘QITUVCHI ✅ Dilbar Gʻulomova Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 44-IDUMda biologiya fanidan dars beradi. Hozirda 25 million oylik maosh olib ishlamoqda. Dilbar opaning shogirdlari Angliya, Yaponiya va yana bir nechta chet el oliygohlarida ham tahsil olishmoqda. Bu yil 44-IDUMni 149 nafar bitiruvchi tamomladi. Shulardan 120 nafari talabalik baxtiga erishdi. Qolganlari esa turli hunarlarni egallashgan. 🌐 O‘qituvchining faoliyati “Mushtum” nigohida
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
25 МИЛЛИОН МАОШ ОЛАЁТГАН ЎҚИТУВЧИ.mp451.56 MB
00:50
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #Xorijdan_tabrik
🔴 Ayni damda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi qatnashchilari ta’lim sayohati bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turishibdi.
✈️ Ular bugungi bayram munosabati bilan Londondan tabrik yo‘llashdi. ________ Umarova Saida, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg’on tumani 10-maktab o‘qituvchisi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
IMG_0175.MOV18.26 MB
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #Qahramonlar ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agrobankdan yangi loyiha — “Qahramonlar”
➖ Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda.
🔰 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda. 🌐 BATAFSIL Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
IMG_0041.MP426.26 MB
Repost from TgId: 1265578619
00:50
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozimga_ehtirom 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni Bugun bizni tarbiyalagan, ilm o‘rgatgan, hayot yo‘limizga nur sochgan aziz ustoz va murabbiylarga eng chuqur minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etamiz. Sizlarning fidoyiligingiz, mehr-muhabbatingiz, sabr-toqatingiz tufayli har bir avlod yuksak marralarga erishmoqda. Ustozlik kasbi – eng ulug‘, eng sharafli kasb. Sizlarga sog‘liq, bardavom baxt, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringizdan cheksiz faxr tuyishingizni tilaymiz! Mazkur rolik Xonqa tumanidagi 37-son maktab o‘quvchilari ishtirokida tayyorlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
نمایش همه...
ролик.mp432.81 MB