NamDU Registrator Ofis
Ir al canal en Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Mostrar más12 194
Suscriptores
-4224 horas
-1967 días
-79430 días
Archivo de publicaciones
✅ Namangan davlat universiteti Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limlari tomonidan 2025-yil 5-dekabr kuni «Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar» mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya to'plami.
📖 Jurnalni online o‘qish uchun havola
#NamDU #Ilmiy_amaliy_konferensiya #5dekabr
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Globallashuv_sharoitida_yoshlar_ma’naviyati_Ilmiy_amaliy_konferensiya.pdf6.13 MB
👍 3
📌 Tibbiyot oliygohlarini tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlashi uchun alohida imtihon topshiradimi?
✅JAVOB: Ha, 2024/2025-yil o‘quv yilidan beri imtihon topshirishadi.
Barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
🚩Birinchi bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
🚩Ikkinchi bosqichda esa klinik fanlardan imtihon topshiradi.
Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 10❤ 1
01:22
Video unavailableShow in Telegram
📌GPA qanday hisoblanadi?
GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi. Maʼnosi “o‘rtacha ball ko‘rsatkichi” bo‘lib, 1-4 shkalada diplomdagi baholarning o‘rtachasiga qarab talabaning darslarni qay darajada o‘zlashtirilganini aks ettiradi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
hlEde567dW7qaQ (online-video-cutter.com).mp416.19 MB
❤ 3👍 3
#natija_chet_tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 15-noyabrdan 5-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 2❤ 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
💵 Korrupsiya – faqat shaxsiy emas, balki butun jamiyatga zarar yetkazadi.
Pul va manfaat uchun halol mehnatni sotish, qonuniy huquqlarni poymol qilish va o‘z manfaatini oldinga qo‘yish – bu korrupsiyaning asoratlari. Korrupsiyaga qarshi har birimiz mas’ulmiz! Toza yurak, halol ish, qonuniy harakat – kelajakni barqaror qiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
1209 (1).mp416.82 MB
❤ 2👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 3❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari
✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 2
KUN TARIXI
Bugun 13-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇸AQSh – Skripka kuni.
🇷🇺Rossiya – Ayiqlar kuni.
🇵🇱Polsha – Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni.
#muhim_voqealar
🔹1476 – Uilyam Kekston birinchi bo‘lib tipografda kitob chop etdi.
🔹1888 – Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi.
🔹1903 – Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi.
🔹1920 – Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi.
🔹1971 – Moskvada “Omadli jentelmenlar” komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1895 – To‘xtasin Jalilov – sozanda va bastakor, o‘zbek musiqali drama janri asoschilaridan, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1899 – Mariya Kuznetsova – o‘zbek professional teatrining birinchi aktrisalaridan, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1947 – Rustambek Abdullayev – musiqashunos, O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
🔹1989 – Teylor Elison Svift – amerikalik pop-qo‘shiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 2
Mostrar todo...
👍 5❤ 3
❗️Talabalar uchun aviachiptalar chegirmada sotilmoqda
Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi.
Chegirmada sotib olingan chiptalar 26-dekabrdan 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 2
⚡️Xorijdagi ayrim talabalar O'zbekistondagi OTMlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin
Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra:
“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 1
O‘zbekistonlik talabalar uchun 250 mln dollar kredit ajratiladi
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. Mablag‘lar oliy, texnik va kasb-hunar ta’limi tizimida talabalar uchun EduImkon dasturini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Dastur keyingi 3 yil davomida 600 ming nafar yoshning ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda. Mablag‘larning 80 foizi kam ta’minlangan oilalar farzandlari va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
EduImkon doirasida: - ta’lim kreditlari tizimini modernizatsiya qilish va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish - arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni soddalashtiruvchi yagona onlayn platforma yaratish - kam ta’minlanganlar va xotin-qizlar uchun kredit berish mezonlarini yengillashtirish - ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish - daromadga bog‘liq to‘lov tizimini joriy etish kabi ishlar amalga oshiriladi.2028-yilgacha oliy va o‘rta maxsus ta’limdagi 600 mingga yaqin talaba yangilangan kreditlash tizimidan foydalanishi rejalashtirilgan. Kreditlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlik qilayotgan 12 ta tijorat banki orqali ajratiladi. Shuningdek, dastur 30 mln dollarlik xususiy kapitalni jalb qilishga yordam beradi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 8👍 3
⚡️Xorijiy va nodavlat oliygohlar magistrlari uchun o'qishni ko'chirish ta'qiqlandi
Xorijiy va nodavlat oliygoh magistrantlari uchun boshqa davlat yoki nodavlat oliygohlarga o'qishni ko'chirishlari ta'qiqlandi. 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra:
"Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o'qishining oliy ta'lim tashkilotlariga ko'chirilishiga ruxsat etilmaydi"
📝 Asos: 13.09.2025-yildagi 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori 3-ilova, 3-bob, 32-band
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 6❤ 1
Ilmiy maqolani boshqa shaxs oʻzlashtirmasligi uchun qanday chora koʻrsa boʻladi?
Bu holatda huquq siz maqolani chop etishingiz bilan ishga tushadi. Yaʼni siz alohida qoʻshimcha harakat qilishingiz kerak emas.
Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga muvofiq, maqola intellektual faoliyat natijasi sanaladi. Unga nisbatan vujudga keladigan mualliflik huquqi asar yaratilishi bilan vujudga keladi.
Shuningdek, ushbu kodeks 1032-moddasiga binoan, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
Shu qoidaga koʻra, fan, sanʼat va adabiyot asarlari (umuman olganda asarlar, shu jumladan maqolalar) yaratilishi bilanoq huquqiy muhofazaga olinadi.
Yuqoridagi qoidalar maqolangiz nashr qilinishi bilan boshqa shaxslarning undan foydalanishini taqiqlaydi.
Agar kimdir maqolangizni sizning ruxsatingizsiz koʻchirib foydalansa, unda himoya choralari ishga tushadi.
Yaʼni, Fuqarolik kodeksining 1040-moddasiga muvofiq, mutlaq huquqlarni himoya qilish, shuningdek:
– mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish orqali;
– yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali.
Demak, kimdir maqolangizni koʻchirsa yoki sizning mualliflik huquqlaringizni buzsa, siz yuqoridagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun hududiy adliya organlariga murojaat qilish kifoya.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 3
02:16
Video unavailableShow in Telegram
Giyohvandlik – kelajakka tahdid
Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin?
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
IT++.mp412.11 MB
👍 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
Bugun 12-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro betaraflik kuni.
🇺🇳 BMT – Butunjahon sog‘liqni saqlash ishlari bilan qamrab olish kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Bojxona xodimlari kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Ierogliflar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Konstitutsiya kuni.
#muhim_voqealar
🔹1913 – Florensiyada “Mona Liza” kartinasi topildi.
🔹1961 – AQShda dunyoda birinchi radio havaskor sun’iy yo‘ldosh – OSCAR-1
orbitaga chiqarildi.
🔹1990 – YUNESKO tomonidan Xiva shahridagi Ichan qal’a Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrini “O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
🔹2002 – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonunlari qabul qilindi.
#tavalludlar
🔹1821 – Gyustav Flober – fransuz realist yozuvchisi.
🔹1863 – Edvard Munk – norveg rassomi, ekspressionizm asoschilaridan biri.
🔹1909 – Hamid Olimjon – shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi.
🔹1928 – Chingiz Aytmatov – qirg‘iz yozuvchisi, davlat arbobi.
🔹1932 – Naim Karimov – adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.
🔹1963 – Yulduz Usmonova – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 4👍 1🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#eslab_qoling
🟡Namangan davlat universiteti Registrator ofisining fakultetlarga biriktirilgan menejerlari
🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar va ularning shaxsiy telefon raqamlari keltirilgan.
⚠️Eslatma: Ish vaqtidan boshqa vaqt menejerlarning shaxsiy telefon raqamlariga aloqaga chiqmang!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4⚡ 1❤ 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi?
Namangan davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Registrator ofis” faoliyat yuritmoqda.
Bu markazda 70ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
📚 Talabalar uchun imkoniyatlar:
➖O‘qish jarayoniga oid hujjatlarni tez va qulay olish
➖Akademik maʼlumotnomalar rasmiylashtirish
➖Talabalik guvohnomasi, kontrakt shartnomalari, ariza va so‘rovnomalar bilan ishlash
➖Bitiruvchilar uchun diplom ilovalarini olishda ko‘mak
➖O‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar va boshqa xizmatlar koʼrsatiladi.
✅ Ofis registrator talabalarning vaqtini tejash va barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni maqsad qiladi.
✈️Telegram: @Namdu_murojaat
☎️ Call-markaz: +998692395006
@namdu309
❤ 5👍 2🔥 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#soʻragan_edingiz
❓Savol: Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz.
✅ Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas.
Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos.
Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz.
Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 2
⚡️Xushxabar: Stipendiya oshishi mumkin!
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat byudjetiga doir qonun loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda qator iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrin olgan.
Xususan, qonun loyihasida kelasi yili davlat xodimlari ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga byudjetdan 6 trln soʻm ajratilishi belgilangan. Bunga ayrim xizmat turlari narxi koʻtarilishi va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishi xarajatlari ham kiradi.
👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 10👍 9🎉 3⚡ 1
