es
Feedback
Hubbuna

Hubbuna

Ir al canal en Telegram

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna

Mostrar más
18 802
Suscriptores
+2624 horas
+1547 días
+67330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Jarohati bitmagan kishi har narsadan xafa bo‘lishi mumkin. O‘zini davolayotgan odam esa shuni anglaydi: boshqalarning xatti-harakatlari ularning ichki dunyosini aks ettiradi, o‘zining qadr-qimmatini emas. Biz voqealarga qanday rakursdan qarashimizga ko'ra kunlarimiz qanday o'tishini tanlagan bo'lamiz. #tarjima ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
🔥 56👍 23 16💔 9
01:02
Video unavailableShow in Telegram
— Meni yaxshi ko'rasizmi? - desa... #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
AQPj34qcn20W5OlzyPXc4OIzIEKMtpQ_tSkJrYBVKQWZGCPL6T_tVsA2aELZWCpTuq6xX6t.mp42.93 MB
69😁 41👍 22🔥 5
“Sendan birov nima xohlayotganingni so‘radimi? Sening nima xohlashingni men hal qilaman!” Bu gapni hozir faqat 40–50 yoshdagi ota-onalar emas, 30 yosh atrofidagi yoshlar ham aytmoqda. Chunki ular hali ham o‘z ichki qo‘rquvlari, taqiqlari bilan ishlashni o‘rganmagan. Shuning uchun o‘zlaridagi bu muammolarni bolalar orqali chiqarishda davom etishadi. Bir kuni bir ona boshidan kechirgan holatni aytib berdi. Bayramda uyi odamlarga to‘la ekan. Sovg‘alar, tabriklar, mehmonlar… Bir payt 9 yoshli qizi charchadi va ochiqchasiga: “Uyingizga ketinglar, kech bo‘ldi", dedi. Mehmonlar xijolat bo‘ldi va ketishga tayyorlana boshlashdi. Ona esa qattiq uyaldi. “Endi bu mehmonlar boshqa kelmay qo‘yishadi" degan xavotirga tushdi. Yana biri esa “bu fe’l-atvori bilan qizim do‘st orttira olmaydi” degan xavotir edi. Ammo bu gaplari quruq taxmin va shoshilinch xulosa edi. Birgina holatga qarab katta-katta xulosalar chiqarish juda sodda fikrlashdir. Har bir vaziyatda nozik jihatlarni hisobga olish kerak. Masalan, qizning mehmonlardan charchashga haqqi bor. Ammo hozircha u bu holatni yumshoqroq aytishni bilmaydi. Ona bu holatda qizidan o‘rnak olsa bo‘lardi. Chunki bolalar ichidagini yashirmaydi. Qizi charchaganini his qilib, ochiq aytdi, xolos. Onaning o‘zi esa bunday charchoqni tan olishga ham jur’at qilolmaydi. Chunki uning ichida “yaxshi qiz bo‘lish”, “boshqalarga yoqish” istagi juda kuchli. Hatto bu yo‘ldagi xatti-harakatlari o‘zining shaxsiy huquqlarini buzayotgan bo‘lsa ham. Keyin u qiziga shunday deydi: — Nega bunday deding? — Men ular bilan muloqot qilishni istamayapman. Charchadim. — Qanday qilib xohlamaysan?! Axir ular mehmon-ku! Bu yerda ona farzandining ichki chegarasini buzmoqda. Ya’ni “xohlamayman” degan so‘z orqali bildirgan shaxsiy huquqini inkor qilmoqda. Nega? Chunki “boshqalarga yoqmaslik”dan qo‘rqadi. Bu holatda bolaga o‘rgatish kerak bo‘lgan narsa shuki: o‘z istak va chegaralarini qanday qilib muloyimlik bilan ifoda etish mumkin. Masalan, bunday vaziyatda uyqu vaqti bo'lganda qizni uxlatish yoki mehmondorchilik vaqtini uyqu vaqtiga qadar tugaydigan qilib oldinroq tashkil qilish kerak edi. #tarjima #tarbiya ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
72💯 30👍 10🔥 9👏 1🌚 1
Photo unavailableShow in Telegram
Duoda unutgan oshiq emas! #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
88❤‍🔥 35🔥 10👍 9💯 8💔 6🥰 3
Azizlar, ushbu bemorimiz tushgan pullarni muolajalariga sarfladi. Hozirgi kunda davolanishda davom etish hamda tekshiruvlar uchun pul kerak ekan. Yana bir himmat qilaylik, iltimos. Karta raqam: HUMO: 9860170105241146 VIZA: 4195 2500 5069 5590
Mostrar todo...
21
Photo unavailableShow in Telegram
O'zingizni isloh qilmas ekansiz, kim bilandir hayotingiz yaxshi bo'lib qolmaydi. Muhit, yaxshi insonlar biz ijobiy ta'sir qiladi, albatta. Lekin bizni butkul o'zgartirib yubora olmaydi. Shunchaki biz moyil bo'lgan narsaga yetishimizni osonlashtiradi. #Eslatma ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
71👍 15🔥 15
Photo unavailableShow in Telegram
Ba'zilar ayollarning ko'p gapirishidan noliydi. Aslida, ayol — turmush o'rtoqning gapirmagani yomon. Er-xotin oilada ochiq suhbatlasha olishi kerak. #Ayollar ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
👍 78 53🔥 15💯 13💔 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ayriliqning muhabbatga ta'siri shamolning olovga ta'siri kabidir. Kichik muhabbatni o'chiradi, kattasini yanada alangalatadi. #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
❤‍🔥 107 25💔 11🌚 8💯 7🔥 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Taqqoslash baxtning dushmanidir. Yana baxt ovoza qilishni ham yoqtirmaydi. #baxt ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
97👍 23🔥 11💯 11😁 1
01:11
Video unavailableShow in Telegram
Nega er-xotin orasida zerikish yuzaga keladi? Yechim nima? #Muammo Yanada ko‘proq videolar
Mostrar todo...
IMG_4909.MP43.68 MB
49🤔 9👍 6😁 3😱 3🌚 3💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sevganingizga yangiliklar aytishga oshiqasiz, hatto kimdir sizga minnatdorchilik bildirganini ham aytasiz. Lekin uning hissiz va quruq qarshi olishi sizni undan uzoqlashtiradi. Oxir-oqibat yangi telefon yoki mashina xarid qilsangiz ham indamaydigan bo'lasiz. Xulosa shuki, juftingizga e'tiborli bo'ling. U bilan bog'liq katta va kichik amallarni farqlamay, birdek qiziqing. #tavsiya ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
🔥 66 24💯 22👍 10💔 6
Photo unavailableShow in Telegram
Ochiq va samimiy suhbatlasha oladigan er-xotin uchun psixologning keragi yo'q. Agar siz juftingiz bilan ochiq gaplasha olsangiz, munosabatlarga oydinlik kiritib, muammolarning yechimini birga topa olsangiz, oilaviy baxt, halovatni topibsiz! Ba'zida ochiq gapirish uchun bir tomonda jur'at bo'ladi, lekin ikkinchi tomon buni qabul qilmaydi. Natijada u ham ochiq gapirmaydigan bo'lib qoladi. Demak, gapirishni ham, tinglash — qabul qilishni ham bilishimiz kerak. "Sen nima xohlaysan?", "Mendan nimani kutasan?", "Hayotiy maqsadlaring nima?" kabi so'rovlar barcha muammolarning yarmini supurib tashlaydigan savollardir. Faqat bu haqida gapirishga sizga jur'at kerak! #Erkaklar #ayollar ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
💯 46 30🔥 10👍 4😱 1💔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Doʻst tanlash 🍃Bola tarbiyasida yaxshi doʻst va hamsuhbat tanlashni oʻrgatish ham muhim sanaladi. Chunki uning voyaga etishida va hayot yoʻllarida oʻrtogʻining, doʻstining ta’siri katta boʻladi. «Doʻstingni ayt, sening kimligingni aytib beraman» degan gap bejiz aytilmagan. 🌴Meva-mevadan rang olganidek, bola-boladan odob yoki boʻlmagʻur qiliqlarni oʻrganadi. Yana xalqimiz: «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi», – deydi. Bolaning oʻrtoq va doʻst tanlashiga ota-onalar shunchaki bir holat deb qaramasliklari kerak. Bu ham tarbiyaning muhim jihatlariga kiradi. Shayx Usmonxon Alimov 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
Mostrar todo...
7👍 4🔥 2💯 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
Oʻgʻlim qaysar, jizzaki boʻlib qoldi… Qizim esa meni tushunmaydi, gapim taʼsir qilmayapti. Farzandlarim tarbiyasida qiynalayapman…
Bu ko‘p ota-onalarimizda uchrab kelayotgan jiddiy muammolardan biri! Mana shu muammo boʻyicha; 📌 7-dekabr, 14:00 da 🔝 “Oʻgʻil bola va qiz bola tarbiyasi orasidagi farqlar" mavzusida bepul ochiq dars oʻtkazamiz. Ogʻriq bormi?)) 📊 Roʻyxatdan oʻting! https://forms.gle/nhFoJAj44MWncXUw8 📊 Batafsil maʼlumot uchun https://t.me/+4fNM9TtxO5YyNTli
Mostrar todo...
8.39 MB
5👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qabul qilganingiz uchun rahmat. Meni turli holatlarda: charchagan, jahldor, jim, kulgili, ishonchsiz ko‘ringanimga qaramay, yonimda qolganingiz uchun minnatdorman! Siz mendan mukammal bo‘lishni talab qilmaysiz. Mening zaif tomonlarimdan cho‘chimaysiz. Siz bilan o‘zimni erkin his qilaman. Yuzimni yashirmasdan, tushuntirishga urinmasdan, o‘zimni boshqacha ko‘rsatmasdan siz bilan yashay olaman. Siz bilan yig‘lashim va bundan uyalmasligim mumkin. Baland ovozda kulishim mumkin. O‘jarlik qilishim mumkin. Jim turishim mumkin. O‘zimday bo‘lishim mumkin. Bu shunday kamyob, haqiqiy his-tuyg‘uki, sizni o‘zgartirishga urinishmaydi, balki shunchaki sevadi. Buning uchun rahmat. Bu siz o‘ylagandan-da ko‘proq narsa. #tarjima ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
93🔥 18💔 14👍 8
01:10
Video unavailableShow in Telegram
Muhabbat nima? Hasanxon ustozdan javob #Muhabbat ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
AQP1b0yI_oGCtoHfcmTw7hqw5ziPDIRPvaRk_HZF9jvvNuNMIh1xs_Fnt1EjDnaOc3uXaVyvl.mp44.64 MB
40🔥 11👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🧔‍♂️ — Men yugurishga qaror qildim. 🧕 — Zo'r-ku, qachon chiqasiz. 🧔‍♂️ — Qachon chiqaman bilmadim, men qaror qildim, xolos. #Tabassum ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
😁 150 5🎉 5🌚 4
Photo unavailableShow in Telegram
"Men seni yaxshi ko'raman" deyish bir necha soniya vaqt oladi... qanchalik sevishingizni ko'rsatish uchun esa bir umr kerak bo'ladi... #Muhabbat ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
72👍 26🔥 7💔 7
Bolalar baxtli bo'ladi — qachonki oilada er ayolini sevsa va ayol turmush o'rtog'ini farzandlaridan muqaddam qo'ysa. #baxt ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
❤‍🔥 62🔥 17💯 17👍 8 2
BOLALAR — KO‘ZGU ↓ • O‘zingiz oxirgi marta qachon kitob o‘qiganingizni eslay olmasangiz, bolalarga kitobga muhabbat uyg‘ota olmaysiz; • Yaqinlaringiz bilan muammolarni baland ovozda muhokama qilsangiz, bolalarni vazmin munosabatda bo‘lishga o‘rgata olmaysiz; • Sevimli taomingiz qovurilgan kartoshka bo‘lsa, brokkolini bolalarning sevimli mahsulotiga aylantira olmaysiz; • Agar o‘zingiz do‘stona munosabatlarni saqlamasangiz, farzandingizning do‘stlashishi qiyin bo‘layotganiga hayron bo‘lmang; • O‘zingizdan qo‘rqsangiz, boladan jasorat kutmang. 📌 Bolalar — ota-onalarning ko‘zgusi! Boladan biror narsani talab qilishdan oldin o‘zingiz bu talabga qarshi emasligingizga ishonch hosil qiling. Aks holda, "shunday qil, bu to‘g‘ri, lekin men boshqacha yashayapman" degan ikkiyoqlama murojaat kelib chiqadi. Farzandingiz uchun asosiy narsa siz aytayotgan narsalar emas, balki sizning hayotingiz va tafakkuringiz bo‘ladi! #tarbiya ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mostrar todo...
19🔥 8👍 6💯 6