55 690
Suscriptores
+9224 horas
+1087 días
+1 51230 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⏰10 turdagi davlat xizmatlari ariza beruvchilarnining xohishiga asosan qo'shimcha haq evaziga tezlashtirilgan tartibda ko'rsatiladi. Xususan,
⚡️Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish;
⚡️Advokatlik tuzilmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish;
⚡️Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya berish;
⚡️Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma'lumotnomalarini berish;
⚡️Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma'lumotnomasini berish.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓2025-yil 1-noyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) fuqarolarga 30 turdagi shaxsga doir ma'lumotlar real vaqt rejimida taqdim etiladi. Shu jumladan:
✅sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to'g'risida ma'lumot;
✅narkalogiya dispaneri hisobida turishi yoki turmasligi to'g'risida ma'lumot;
✅ruhiy kasalliklar bo'yicha dispaner hisobida turishi yoki turmasligi to'g'risida ma'lumot;
✅talaba o'qish joyidan ma'lumot;
✅nomiga rasmiylashtirilgan litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar;
✅yakka tartibdagi tadbirkorligi to'g'risida ma'lumot;
✅to'langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to'g'risida ma'lumot;
✅ijro hujjati bo'yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumot.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 30👍 4🔥 4
❗️E’LON
🔹Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Shu bois, Davlat xizmatlari markazida xizmatlar vaqtincha ko‘rsatilmaydi.
🔸Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada ushbu uzilishlar bartaraf etilib, bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Qanday qilib davlat xizmatlaridan arzonroq foydalanish mumkin?
Agar Siz davlat xizmatidan, shu jumladan lisenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali murojaat etsangiz belgilangan davlat boji, yig‘imlar va boshqato‘lovlarni amalga oshirishda tegishli (10 foizlik) chegirmalarga ega bo‘lasiz.
Batafsil 👉 O'qish
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 14👍 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓2026-yil 1-yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 30 turdagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi. Xususan,
❌fuqaro doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi to'g'risida qayd varag'i;
❌vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi;
❌tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo'llanmalar;
❌083 shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
❌xo'jalik jamiyatining bankrotligi to'g'risida ma'lumot;
❌ chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikat;
❌davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo'llanma;
❌barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikatni taqdim etish bekor qilinadi.
✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 9🔥 6
Repost from TgId: 1447170635
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Diqqat, so’rovnoma!
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi yuzasidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok eting.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqiy savodxonligi oshirish va buzilgan huquqlari tiklanishi maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
👉So‘rovnomada ishtirok etish uchun havоlаgа kiring.
So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
✔️Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
❤ 24👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Davlat xizmatlari ko'rsatish tizimi takomillashtiriladi.📝 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga asosan: 🔹 2028-yilga qadar YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlar soni 900 taga yetkaziladi; 🔸 proaktiv davlat xizmatlari 53 taga, kompozit davlat xizmatlari 74 taga yetkaziladi; 🔹 fuqarolarning o'zini -o'zi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarga 1100 ta interaktiv kiosklar o'rnatiladi; 🔸 jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro'yxatdan o'tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tartibi yo'lga qo'yiladi; 🔹 Davlat xizmatlari markazlariga YIDXP orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlarini ko'rsatish huquqi beriladi; 🔸 YIDXP, Davlat xizmatlari markazi, "Litsenziya" AT orqali berilgan arizalar asossiz rad etilganda, davlat xizmati uchun undirilgan to'lovlarning vakolatli organlarga yo'naltirilgan qismi qaytariladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 20👍 9🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
📚Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratilishidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.
💸 Subsidiyaning ajratiladigan miqdori: 25-50 mln so'm.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
❗️Subsidiya yakka tartibdagi tadbirkorlarga, respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharlardagi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va shaharchalarda joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 513-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 33🔥 4👍 3
32:47
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Adliya tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdi
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2.mp4318.29 MB
❤ 22👍 14🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
🚌 Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar mahalliy budjetdan qoplab berilishidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan komissiyalar.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⌛️Xizmat ko'rsatish muddati: 8 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 718-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 23🔥 6👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#bu_muhim
🚫Ortiqcha hujjat talab qilish taqiqlanadi
📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.
Misol uchun, ▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; ▪️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati; ▪️kadastr hujjatlari va ularning nusxalari ▪️ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma; ▪️narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma; ▪️sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma; ▪️manzil-ma’lumot axboroti kabi va boshqa ma’lumot va hujjatlarni davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilish bekor qilingan.‼️Hurmatli fuqarolar! Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. ❌Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 36👍 15🔥 3
02:22
Video unavailableShow in Telegram
#bilarmidingiz
✅Yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin
📱 my.gov.uz orqali bu jarayon yana-da oson va qulay!
🔸Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.
🪪 Tayyor guvohnomani, istasangiz, o‘zingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!
🔹Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.
❗️Adliya vazirligi fuqarolarga qulaylik yaratishda va davlat xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishda davom etadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
IMG_5235.MP427.75 MB
❤ 33👍 8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
💧Yerosti suv olish inshootlarida o'rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro'yxatga olish va muhrlash davlat xizmatidan foydalanish yanada oson!
✅ Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar.
🏛 Vakolatli organlar: "O'zbekgidrogeologiya" davlat muassasasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.
💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: BHMning 50 foizi.
⌛️Xizmat ko'rsatish muddati: 10 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 547-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 26🔥 6👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
💻 Endi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) masofadan turib olishlari mumkin bo'ladi.
✅ O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun identifikatsiyadan onlayn o'tish va JShShIR olish imkonini beradigan —"e-Residency" platformasi ishga tushiriladi.
🏛 Vakolatli organ: Ichki ishlar vazirligi.
⏰ Platforma orqali JShShIR 3 ish kunida beriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 34👍 9🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
✈️Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini olish tartibidan xabardormisiz?
💠 Ekspluatant — havo kemasiga egalik huquqi, ijara yoki boshqa qonuniy asosda ega bo‘lgan, ushbu havo kemasidan foydalanish huquqi va qobiliyati hujjatlashtirilgan fuqaro yoki yuridik shaxs.
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: jismoniy yoki yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
⏳Sertifikatning amal qilish muddati: 3 yil.
💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 4🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_xizmat
📚Oliy ta'lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o'quv adabiyotlarini ekspertizadan o'tkazish bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: oliy ta'lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchi va (yoki) ilmiy tadqiqotchilar.
⌛️Ekspertizadan o'tkazish muddati: 25 ish kuni.
📄 Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha ekspertiza ma'lumotnomasi taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 5🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Jismoniy shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi belgilandi.
✅ Unga ko'ra, arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki bevosita kredit byurolari orqali qabul qilinadi.
💰Xizmatni ko'rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.
📄 Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 522-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 5🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
📚 Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshirmoqchimisiz?
🔶 Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini ushbu faoliyatni boshlash to‘g‘risida xabardor qilishingiz lozim.
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💰To‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18🔥 4👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
📚 Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini amalga oshirmoqchimisiz?
💠 Buning uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini ushbu faoliyatni boshlash to‘g‘risida xabardor qilishingiz lozim.
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💰To‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 7🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
✈️ Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: jismoniy va yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
⏳Sertifikatning amal qilish muddati: cheklanmagan.
💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19🔥 3👍 2
