NamDU Registrator Ofis
Open in Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Show more12 194
Subscribers
-4224 hours
-1967 days
-79430 days
Posts Archive
KUN TARIXI
Bugun 8-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro rassomlar kuni.
🇺🇿O‘zbekiston – Konstitutsiya kuni.
🇦🇱Albaniya – Yoshlar kuni.
🇧🇬Bolgariya – Talabalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1991 – Belovej o‘rmonida SSSR tugatilgani va MDH tuzilishi to‘g‘risida bitim imzolandi.
🔹1991 – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
#tavalludlar
🔹1812 – Natalya Goncharova (Pushkina-Lanskaya) – buyuk rus shoiri Pushkinning rafiqasi.
🔹1879 – Pavel Benkov – rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔹1966 – Aleksandr Shmurnov – rossiyalik sport jurnalisti, radioboshlovchi, teleboshlovchi va sharhlovchi.
🔹1993 – Anna Sofiya Robb – amerikalik aktrisa.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 7👍 2
Repost from TgId: 1354875701
Photo unavailableShow in Telegram
Конституция – миллий тараққиёт ва маънавий юксалиш пойдевори
Бугун юртимиз ҳаётида алоҳида қадр-қимматга эга сана Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун. Бу нафақат тарихий воқеа эсланадиган байрам, балки жамиятимизнинг ҳар бир аъзоси ўз ҳаёти, масъулияти ва келажаги ҳақида чуқур мушоҳада қиладиган кун ҳамдир. Зеро, Конституция - бу шунчаки ҳужжат эмас. Бу халқнинг иродаси, давлатнинг истиқболи, миллатнинг маънавий-ахлоқий мезонидир.Батафсил ўқиш ➡️ https://namangantoday.uz/2025/12/08/konstituciya-millij-taraqqiyot-va-manavij-yuksalish-pojdevori/ 📝 Namangantoday ➡️ Обуна бўлинг ➡️https://t.me/namangantoday
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
Namangan davlat universiteti rektorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz talabalar va hurmatli hamkasblar!
Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Asosiy qonunimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini, tinchlik va barqarorlikni, birlik va hamjihatlikni ta’minlaydigan mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yangilangan konstitutsiyamizda belgilangan demokratik tamoyillar, davlat va jamiyat boshqaruvidagi oshkoralik, xalq vakilligining kuchayishi, sud-huquq tizimining mustahkamlanishi hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar bugun yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan bu yilgi bayram tadbirlari ushbu yo‘nalishlarda erishilgan natijalarni yanada chuqur tahlil etish va kelgusi dolzarb vazifalarni belgilashga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda barcha sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar Konstitutsiyamizda belgilangan ijtimoiy majburiyatlarning amaldagi ifodasidir. Aholi farovonligining oshishi, yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, ilm-fan va innovatsiyaga e’tiborning kuchayishi — bu natijalar insonparvar va xalqparvar siyosatning samarasi ekanini ko‘rsatmoqda.
Namangan davlat universiteti jamoasi ham bosh qomusimizda belgilangan maqsad va tamoyillarni amaliyotga izchil tatbiq etib kelmoqda. Universitetimizda ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion yondashuvlar, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muhtaram hamkasblar va aziz talabalar!
Konstitutsiya – bu davlatimizning eng ulug‘ qadriyati, milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz timsolidir. Har birimiz Asosiy qonunimizda belgilangan normalarni chuqur o‘rganish, unga sodiq bo‘lish va uni hayotimizning amaliy mezoniga aylantirish orqali Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifamizni sharaf bilan ado etishimiz lozim.
Ushbu qutlug‘ bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy tabriklar ekanman, Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, xonadonlaringizga farovonlik, faoliyatingizda esa ulkan zafarlar tilayman.
Konstitutsiyamiz va bunyodkor xalqimiz doimo barhayot bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Namangan davlat universiteti rektori
Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjanovich
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 9👍 9🔥 6🥰 2🎉 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh
—
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 2
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#Xush_xabar #PhD
Namangan davlat universiteti doktoranti To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘li muddatidan avval dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bugun, 6-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.30.04.2021.F.76.06 raqamli Ilmiy kengash majlisida To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘lining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g‘liga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Shukurjon Shavkatjon o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👏 30👍 13❤ 8💯 2
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#Xush_xabar #PhD
Karimov Dilmurod Abdullaxafizovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bugun, 6-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Karimov Dilmurod Abdullaxafizovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Axborotlashgan jamiyatda talabalarning vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Karimov Dilmurod Abdullaxafizovichga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Dilmurod Abdullaxafizovichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍 12👏 5❤ 4🔥 2
#mening_konstitutsiyam
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ta’limga oid moddalari
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 3❤ 2
Repost from TgId: 2329295246
04:42
Video unavailableShow in Telegram
#Odamlar_nima_deydi #1son
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati huzuridagi Media markaz a’zolari tomonidan “Odamlar nima deydi?” loyihasi o‘z ishini boshladi.
Loyihaning 1-sonida universitetda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir haqida odamlarning fikrlarini o‘rgandik.
Batafsil videorolikda tomosha qilishingiz mumkin!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
48.83 MB
❤ 6👍 2🔥 1🥰 1
⚡️ Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumanidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan noyabr oyidagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumot
@namdu309
DEKABR oyi VAKANSIYA 05.12.2025.xlsx0.52 KB
👍 5
#NamDU_ilmiy_axborotnomasi
Namangan davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi tomonidan "Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi" jurnalining 2025-yil 10-sonini (oktabr) e'tiboringizga havola etamiz.
#ilmiy_axborotnoma #oak_jurnali #10_son
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
NamDU Ilmiy Axborotnoma 2025-10-son.pdf38.70 MB
❤ 3👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 2
Repost from TgId: 2155736584
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi joriy yilning 9–17-dekabr kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari ro‘yxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlardan suhbat jarayoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.
Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular F.I.Sh. va xorijda ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, @eyufadmissionbot Telegram botiga 7-dekabr soat 18:00 ga qadar murojaat yuborishlari lozim.
O‘zbekiston hududida bo‘lgan nomzodlar suhbatda faqat OFLAYN shaklda ishtirok etishlari shart.
Suhbat “El-yurt umidi” jamg‘armasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq o'tkaziladi.
Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.
📍Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.
⚠️ Suhbat vaqti o‘zgarishi ehtimolini inobatga olgan holda, belgilangan kunning to‘liq qismini suhbat jarayoniga ajratishingiz tavsiya etiladi.
👉Batafsil
@u_generalissimus
❤ 3👍 2
Repost from TgId: 2329295246
02:09
Video unavailableShow in Telegram
#BoshQomus #Konstitutsiya33
Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
KONSTITUTSIYA BAYRAMI NAMDU—2025.mp454.22 MB
👍 6❤ 2🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_tarixi
Bugun 5-dekabr kunida ro‘y bergan muhim voqealar:
#bayramlar
🇺🇳BMT – iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro ko‘ngillilar kuni
🇺🇳Butunjahon tuproq kuni
🌏Butunjahon trick shot kuni
🇸🇷Surinam – Bolalar kuni.
🇨🇺Kuba – Quruvchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1830 – Gektor Berliozning “Fantastik simfoniyasi” birinchi marotaba ijro etildi.
🔹1894 – Reyxstag binosi qurib bitkazildi.
🔹1957 – Leningradda dunyoda birinchi “Lenin” atom muzyorari suvga tushirildi.
🔹2020 – Yaponiyaning “Hayabusa-2” zondi Ryugu asteroididan tuproq namunalarini Yerga yetkazdi.
#tavalludlar
🔹1901 – Uolt Disney – amerikalik animatsion film rejissyori, prodyuser, rassom.
🔹1910 – Soyib Xo‘jayev – teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1916 – Bashorat Mirboboyeva – birinchi o‘zbek ayol parashyutchisi va birinchi o‘zbek ayol parovoz mashinisti.
🔹1962 – Nig‘matilla Yo‘ldoshev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
🔹1979 – Rustam Qosimjonov – shaxmatchi, xalqaro grossmeyster.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
❗️Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.
Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.
➖ Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️Ijarada turuvchi talabalar diqqatiga!
Kecha, 1-dekabr sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi.
Ma’lum, endi talabalar my.gov.uz platformasi orqali ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat oktyabr oyidan boshlab kuchga kirgan, ammo oyning 7-sanasidan o‘tganligi sabab talabalar ushbu usul orqali ariza yuborishga ulgurmay qolishgan edi. Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz.Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/1310 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 6👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
🎤 O‘rganishga vaqt topgan inson, kelajakda vaqtni boshqaradi.
🪶 Deyl Karnegi
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 10❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
#eslab_qoling
🟡Registrator ofisining ma'lumotlar bazasi (Back office) va xizmat ko'rsatish (Front office) bo'limi menejerlari.
🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar keltirilgan.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 3
