en
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Open in Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Show more
12 194
Subscribers
-4224 hours
-1967 days
-79430 days
Posts Archive
❓Talabalarni ishga olish qonunga zidmi? JAVOB: Talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yo‘q, hatto ular to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkin. Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar 3-kursdan boshlab umumta’lim maktablarida asosiy ish joyi sifatida dars bera oladi. Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomlariga asosan yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlasa bo‘ladi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
2👍 2🔥 1
KUN TARIXI Bugun 11-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro tog‘lar kuni. 🌏Xalqaro Tango raqs bayrami kuni. 🌏Butunjahon bronxial astmaga qarshi kurash kuni. 🇧🇷Braziliya – Muhandislar kuni. 🇺🇦Ukraina – Xayriya kuni. #muhim_voqealar 🔹1816 – Indiana AQShning 19-shtatiga aylandi. 🔹1946 – BMT huzurida UNICEF tashkil topdi. 🔹1981 – Big Ben soati kuchli sovuq tufayli 12:27da to‘xtab qoldi. 🔹2000 – AQShda yuqori tezlikdagi “Acela Express” poyezdlarining muntazam qatnashi yo‘lga qo‘yildi. #tavalludlar 🔹1810 – Alfred De Myusse – fransuz shoiri, yozuvchi, dramaturg. 🔹1843 – Robert Kox – nemis mikrobiologi, Nobel mukofoti sohibi 🔹1957 – Chori Avaz – o‘zbek shoiri. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Grant 📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda ⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti). ➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda. 🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
4👍 2
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
3👍 1
Qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi? #perevod JAVOB: Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan 20-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. ❓Qishki o‘qishni ko‘chirishda qaysi hollarda o‘qishimni ko‘chira olaman? O‘zbekistondagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga faqat 2 holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi: 1️⃣ talaba oila qurganda va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lganda; 2️⃣ davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chganda va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lganda (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❓Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun qanday ariza topshiraman? Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi yoki Hududiy ishchi guruhlar orqali topshirish mumkin. 👉@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 2 1
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi; 2️⃣ "Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish" xizmati tanlanadi; 3️⃣ kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi. Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi. Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
4👍 2
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🗣 Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlang! ⛔️Tekshirilmagan audio, foto va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot bo‘ling! Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
38.41 MB
3👍 1
Repost from TgId: 2329295246
03:12
Video unavailableShow in Telegram
🗣 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. 👍 Namangan davlat universiteti jamoasi barcha vatandoshlarimizni Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi_encoded.mp458.40 MB
👍 6 2🔥 1👏 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2025-yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar berildi. 📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1-smenada hamda Toshkent shahrida 2-smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. 2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. ✔️ Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
👍 3 1
⚡️ Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi! Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan oʻtkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi. Talabalarga kuzgi semestr yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 7 2🤝 1
⚡️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
244_2_2_илова_Буйрук_квалификация_19062025_ред.pdf7.26 KB
2👍 1
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi 15-mavzu: Millat qo‘shig‘i Ushbu dars talabalarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmuni, ularning shaxsiy hayotdagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini sodda, hayotiy misollar asosida tushuntirish maqsadiga yo’naltirilgan. 1-kontent: Madhiya tarixi haqida bilasizmi? 2-kontent: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan Oʻzbekiston Milliy arxiviga 3-kontent: Davlat madhiyasi qayerlarda ijro etiladi? 4-kontent: Madhiyamiz matniga sharh 5-kontent: 15 yildan beri shaxmat bilan shugʻullanaman – Javohir Sindorov @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
Kelajak soati OTM 15-mavzu (1).pdf2.39 MB
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Namangan davlat universiteti Registrator ofisidan yangi loyiha: Hurmatli talaba! “Oliy ta’lim svetofori” qoidalariga amal qiling! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 4 1
KUN TARIXI Bugun 9-dekabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro genotsid qurbonlari xotirasi kuni. 🇺🇳Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni. 🌏Kompyuter sichqonchasining tug‘ilgan kuni. 🇹🇯Tojikiston – Geologlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1968 – Duglas Engelbart kompyuter sichqonchasini namoyish qildi. 🔹1989 – “Kommersant” gazetasi nashr etila boshladi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 🔹2003 – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni birinchi marta nishonlandi. #tavalludlar 🔹1608 – Jon Milton – ingliz shoiri, mutafakkir. 🔹1933 – Mubinjon Baratov – faylasuf olim, O‘zbekiston FA akademigi. 🔹1938 – Qamara Kamolova – rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 🔹1953 – Jon Malkovich – amerikalik aktyor, prodyuser va rejissyor. 🔹1978 – Komila Xo‘jayeva – “Setora” guruhi xonandasi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O'qishni ko'chirishda nikoh sanasi muhim! (Batafsil tushuntiramiz) Qanday holda o'qishni ko'chirish mumkin? Talaba (qiz yoki yigit) turmush qurgani sababli turmush o'rtog'i (eri yoki xotini)ning doimiy yashash hududi (viloyat/shahar)ga propiskaga o'tishi sababli o'sha hududdagi OTMga o'qishini ko'chirishga ruxsat etiladi. Bunda ahamiyat beradigan bo'lsak, vaqtinchalik propiska emas doimiy propiskaga ega bo'lish lozim. Masalan: Samarqandlik talaba qiz toshkentlik yigitga turmushga chiqdi. Bunda samarqandlik talaba qiz Toshkentdagi oliygohlardan biriga o'qishini ko'chirishi mumkin. Faqatgina yigit Toshkentda vaqtinchalik emas doimiy ro'yxatda turgan bo'lishi kerak. Agarda yigit Toshkentda vaqtinchalik propiskaga ega bo'lsa, unda talaba qizning o'qishini ko'chirish rad etilishga asos bo'ladi. ❕ Uzrli sabab faqat qizlargagina taalluqli emas! Agarda Toshkent shahrida yashovchi talaba yigit Samarqand viloyatida (propiska bo'yicha) yashovchi qizga uylanishi sababli Samarqandga doimiy yashash joyini o'zgartirsa, uzrli sababga ega hisoblanadi va shu talaba yigit Samarqanddagi oliygohga o'qishni ko'chirishi mumkin.O'z viloyatidagi yigit bilan turmush qursachi? Tasavvur qiling, samarqandlik talaba qiz Toshkentdagi davlat oliygohida o'qiydi va u o'zining viloyatida doimiy yashovchi yigitga turmushga chiqdi. Bu ham uzrli sabab sifatida qabul qilinadi va talabaga o'zining viloyatiga o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi. Bundan asosiy maqsad bor: davlat turmush qurgan talabaning turmush o'rtog'i bilan o'qish joyi sababli boshqa-boshqa hududda yashamasligini xoxlamoqda. Ya'ni oilaning bir butun bo'lib bir joyda yashashiga sharoit yaratib bermoqda. Bu ham qonuniy ham insoniylik nuqtaiy nazardan oqilona qaror. ❗️Diqqat: Nikoh sanasi muhim ahamiyat kasb etadi. Nikoh sababli o'qishini ko'chirish uchun nikoh sanasi o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabaning talabalikka qabul qilingan davrdan keyingi sanaga to'g'ri kelishi kerak. Ya'ni talaba abituriyentlik davrida nikohdan o'tgan va undan keyin o'qishga kirgan bo'lsa bu uzrli sababli hisoblanmaydi. Nikoh sanasi talaba bo'lganidan keyin rasniylashtirilgan bo'lsa, ana shundagina uzrli sabab hisoblanadi va o'qishni ko'chirishga ruxsat beriladi. Shu sababli ham kerakli hujjat ichida nikoh guvohnomasi talab etiladi. 📄 Uzrli sabab ya'ni nikoh bilan o'qishni ko'chirishda kerakli hujjatlar taqdim etiladi: ✅ Ariza (joyida yoziladi) ✅ Pasport nusxasi (er va xotin) ✅ Nikoh guvohnomasi ✅ Transkript ✅ Yashash joyi ma'lumotnomasi Ariza viloyatlardagi OTMlarda tashkil etilgan o'qishni ko'chirish bo'yicha ishchi guruhlar tomonidan offlayn shaklda qabul qilinadi.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
Show all...
👍 6 4

#Final NAMDU VC - BUXDU VC final bahsi boshlanmoqda! Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan professional voleybol klublari o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi – 2025” musobaqasining ayollar oʻrtasidagi final bosqichi boshlanmoqda. “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida oʻtkazilayotgan musobaqada bugun «BUXDU VC» jamoasi bilan final uchrashuvida musobaqaning bosh sovrini uchun bahs olib boradilar! Sportchi qizlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz! Ishonch bizdan, g‘alaba sizdan! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 9 1
Repost from TgId: 1354875701
Photo unavailableShow in Telegram
Конституция – инсон шаъни, ҳуқуқий эркинлик ва ижтимоий адолатни уйғунлаштирувчи олий ҳуқуқий мезон! Батафсил ўқиш 📝 Namangantoday ➡️ Обуна бўлинг ➡️https://t.me/namangantoday
Show all...
👍 11🔥 7 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 O‘ylab aytilgan so‘z – davo, o‘ylanmay aytilgani – balo. 🪶 Alisher Navoiy @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
4👍 4💯 1