en
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Open in Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Show more
12 205
Subscribers
-4224 hours
-1967 days
-79430 days
Posts Archive
Ijodiy ta’tillar kimlarga va qaysi muddatgacha beriladi? JAVOB: Mehnat faoliyati yoki pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar uchun asosiy ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi: 1️⃣ PhD dissertatsiya yoki darslik/o‘quv qo‘llanma mualliflari — 3 oygacha. 2️⃣ DSc dissertatsiya — 6 oygacha. Mualliflar jamoasi a’zolaridan biri yozma ariza asosida ta’til olishi mumkin. Ta’til jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’iy nazar beriladi. Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
1👍 1
#Iqtibos Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning universitet talaba-yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlaridan iqtiboslar. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
4🎉 1
KUN TARIXI Bugun 17-dekabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Tonggi illyuziya bayrami. 🇮🇱Isroil – O‘qituvchilar kuni. 🇺🇦Ukraina – Davlat ijroiya xizmati xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1237 – Buyuk shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Kuniya shahrida vafot etdi. 🔹1903 – Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi. 🔹1989 – AQShda “Simpsonlar” multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi. 🔹1993 – “Major League Soccer” tashkil topdi. #tavalludlar 🔹1809 – Muhammad Rizo Ogahiy – shoir, tarixchi, tarjimon. 🔹1859 – Nikolay Dubovskiy – rus rassomi, o‘qituvchi. 🔹1925 – Hamza Umarov – aktyor, rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti.  🔹1929 – Iroda Aliyeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1932 – Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek bolalar adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
2👍 2
Repost from TgId: 1569517955
⚡️Qaysi yo'nalishni bitirib qanday kasblarda ishlash mumkin? Quyidagi yo'nalishlardan istalgan birining ustiga bossangiz, o'qish tamomlagandan so'ng ishlash mumkin bo'lgan kasb va sohalar haqida ma'lumotlar berilgan: ➡️ Tarix ➡️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ➡️ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ➡️ Iqtisodiyot ➡️ Psixologiya ➡️ Pedagogika ➡️ Musiqa ta’limi ➡️ Texnologik ta'lim ➡️ Dasturiy injiniring ➡️ Boshlang’ich ta'lim ➡️ Maktabgacha ta'lim ➡️ Maxsus pedagogika ➡️ Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi ➡️ Kimyo ➡️ Bilogiya ➡️ Pedagogika va psixologiya ➡️ Matematika va informatika ➡️ Fizika va astronomiya ➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili) ➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ➡️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ➡️ O‘zbek tili va adabiyoti ➡️ Rus tili va adabiyoti ➡️ Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Show all...
3👍 1
"KELAJAKKA QADAM" dasturi doirasida universitet bitiruvchilari uchun kredit mahsulotlari: 1⃣ "Kelajakka birinchi qadam" Ijtimoiy soliq to'lab, o'zini-o'zi band qilgan bitiruvchilar uchun • Kredit summasi - 10 mln. so'mgacha • Foiz stavkasi - 21% • Kredit muddati - 18 oygacha • Imtiyozli davr - 3 oygacha ❗️Sug'urta polisi uchun to'lov kredit summasidan chegirib qolinadi 2⃣ "Kelajak uchun start" Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun • Kredit summasi - 300 mln. so'mgacha • Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4% • Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha) • Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha) ❗️Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi; ❗️Garov ta'minoti talab etiladi (50 mln. so'mgacha - sug'urta polisi asosida); ❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak; ❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi 3⃣ "Yorqin kelajak sari" Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun • Kredit summasi - 1 mlrd. so'mgacha • Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4% • Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha) • Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha) ❗️ Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi Garov ta'minoti talab etiladi ❗️ Kamida 4 ta ish o'rni yaratilishi zarur ❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak ❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi Biznes g'oyasi borlar💡 va kredit olish istagidagilar 💰"Kelajakka qadam" markaziga yoki oliy ta'lim tashkiloti mas'ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin. @namdu309
Show all...
4👍 2
01:05
Video unavailableShow in Telegram
O‘qishni tamomlayapsiz… daromadga ega bo‘lishni istaysiz? G‘oya bor-u, sarmoya yo‘q. Siz albatta borishingiz kerak bo‘lgan manzil bu Namangan davlat universiteti Registrator ofisi "Kelajakka qadam" markazi. 🎥Negaligini video orqali bilib olishingiz mumkin @namdu309
Show all...
1.qwer.mp44.29 MB
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
📚 Kitob o'qishning 10 foydasi ❓ Nima uchun har kuni kitob o'qish kerak? 🟢1. Qimmatli bilim olish; 🟢2. Miyangizni mashq qildirish; 🟢3. Sizning dunyo qarashingizni kengaytirish; 🟢4. Xotirangizni yaxshilash; 🟢5. O'yin-kulgudan rohatlanish; 🟢6. Aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish; 🟢7. Aloqa ko'nikmalarini shakllantirish; 🟢8. Stressni kamaytirish; 🟢9. Ruhiy salomatlikni yaxshilash; 🟢10. Uzoq va mazmunli yashash. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 3 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🔊 DIQQAT TANLOV!!! Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimoiy himoya mavzusidami? Tadqiqotingiz amaliyotda qo‘llanib, eʼtirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun! Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarining 2025–2026-o‘quv yili bitruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:  1-bosqich ➖ taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab olinadi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich ➖ tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi. Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi👉 mavzularni qamrab olishi zarur. Quyidagi hujjatlar 1-iyulgacha info@socialpolicylab.uz elektron manziliga yuborilishi lozim: 1. Talabalik guvohnomasi yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 2. Toʻliq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qoʻlyozmasi; 3. Tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi. 🧮 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. 🎖 Batafsil maʼlumot 👉 bu yerda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
👍 3 1
#NamDU_ilmiy_axborotnomasi Namangan davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi tomonidan "Namangan davlat universiteti Ilmiy Axborotnomasi" jurnalining 2025-yil 11-sonini (noyabr) e'tiboringizga havola etamiz. #ilmiy_axborotnoma #oak_jurnali #11_son @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
NamDU Ilmiy Axborotnoma 2025-11-son.pdf37.13 MB
👍 4 1
KUN TARIXI Bugun 16-dekabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Cho‘qqilarni zabt etish kuni. 🇹🇭Tailand – Sport kuni. 🇦🇿Ozarbayjon – Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1899 – “Milan” futbol klubi tashkil etildi. 🔹1946 – Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi. 🔹1991 – Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. 🔹1992 – O‘zbekiston Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA)ga a’zo bo‘ldi. 🔹2008 – BMT binosida joylashgan Millatlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilliga bag‘ishlangan “Toshkent: bugun va ertaga” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. #tavalludlar 🔹1770 – Lyudvig Van Betxoven – nemis bastakori, pianinochi, dirijyor. 🔹1775 – Jeyn Osten – ingliz yozuvchisi. 🔹 1866 – Vasiliy Kandinskiy – rus rassomi, mavhum san'atning asoschilaridan biri. 🔹1956 – Abdujabbor Abduvohidov – o‘zbek davlat arbobi, olim va diplomat. 🔹1964 – Salim Ashur – shoir. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi. Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ‼️ Eslatma: Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Grant 📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda ⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti). ➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda. 🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534 👉 На русском 👉 In English @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
2👍 1
#Doktorantura_byulleten_2025_3_son #PhD || #DSc ✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2025-yil 3-soni e’lon qilindi ✅ Asos: https://oak.uz/pages/28 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
2025-3-son.pdf5.94 MB
👍 5
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish jarayonida talabalar uchun qulaylik! #perevod Yangi tartibga ko'ra, qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali ham onlayn qabul qilinadi. Hozirga qadar arizalar Hududiy ishchi guruhlar orqali oflayn shaklda qabul qilib kelingan. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 4 1
KUN TARIXI Bugun 15-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Zamengof kuni (esperantochilar bayrami). 🌏Xalqaro choy kuni. 🇷🇺Rossiya – xizmat burchini ado etish davomida halok bo‘lgan jurnalistlarni xotirlash kuni. 🇺🇦Ukraina – Sud xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1875 – Jyul Vernning “Sirli” romani nashr etildi. 🔹1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi. 🔹1939 – “Shamollarda qolgan hislarim” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. 🔹1966 – Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi. 🔹1972 – BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun. #tavalludlar 🔹1859 – Lyudovik Lazar Zamengof – polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi. 🔹1907 – Nikolay Nikitin – arxitektor, Ostankino minorasi loyihasi muallifi. 🔹1936 – Qahramon Dadayev – sozanda, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1949 – Don Jonson – amerikalik aktyor va qo‘shiqchi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
3👍 1
05:17
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Axborot 24 | Prezidentimizning Ashxoboddagi xalqaro forumda ilgari surgan tashabbuslariga Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nodirbek Kodirov munosabati @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
axborot24.mp473.42 MB
👍 8🔥 2 1👏 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan munosabatTa'lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir✍️ Shavkatbek Jo‘raboyev Yuridik fakultet dekaniIlm-fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — huquqiy taraqqiyot mezoni”. ✍️ Ibroxim Atamirzayev “Jinoyat huquqi va protsessi” kafedrasi mudiri. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.Yuridik ta’limda amaliy tajriba — adolatli jamiyat poydevori.” ✍️ Mansur Ibragimov Huquq magistri. Yuridik fakultet katta o‘qituvchisi. Yuridik klinika rahbari. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 9 6
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:
✅“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas”.
🔹Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi. 🔹Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi. 🔹Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi. 🔹Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi. 🔹Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi. 🔹Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi. 💬Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning inqirozga uchrashidir! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
👍 12🔥 7 1
⚡️ Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati Milliy test tizimi doirasida ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati qayta shakllantirildi. 📚 Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga: - 2026-yil 1-aprelga qadar AMALDAGI (40 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida; - 2026-yil 1-apreldan so'ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi. ✍️ AMALDAGI (40 ta) hamda YANGI (36 ta) mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin. 👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_badiiy_asarlar_ro‘yxati_12_12_2025.pdf1.81 KB
👍 4
Namangan davlat universiteti Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limlari tomonidan 2025-yil 5-dekabr kuni «Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar» mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya to'plami. 📖 Jurnalni online o‘qish uchun havola #NamDU #Ilmiy_amaliy_konferensiya #5dekabr @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Show all...
Globallashuv_sharoitida_yoshlar_ma’naviyati_Ilmiy_amaliy_konferensiya.pdf6.13 MB
👍 3