Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Show more156 915
Subscribers
+2 30324 hours
+5 1017 days
-3 22630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '25
December '25
+6 185
in 0 channels
November '250
in 0 channels
Get PRO
October '250
in 0 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '25
+12 434
in 12 channels
Get PRO
July '25
+45 460
in 5 channels
Get PRO
June '25
+20 488
in 2 channels
Get PRO
May '25
+92 806
in 10 channels
Get PRO
April '25
+11 366
in 0 channels
Get PRO
March '25
+10 170
in 0 channels
Get PRO
February '25
+21 465
in 6 channels
Get PRO
January '25
+44 958
in 5 channels
Get PRO
December '24
+138 958
in 9 channels
Get PRO
November '24
+3 393
in 0 channels
Get PRO
October '24
+2 720
in 0 channels
Get PRO
September '24
+6 050
in 1 channels
Get PRO
August '24
+25 233
in 3 channels
Get PRO
July '24
+112 874
in 4 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 7 channels
Get PRO
April '24
+7 447
in 1 channels
Get PRO
March '24
+389 749
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 16 December | +2 303 | |||
| 15 December | +2 879 | |||
| 14 December | +685 | |||
| 13 December | +279 | |||
| 12 December | 0 | |||
| 11 December | 0 | |||
| 10 December | 0 | |||
| 09 December | 0 | |||
| 08 December | 0 | |||
| 07 December | 0 | |||
| 06 December | 0 | |||
| 05 December | +39 | |||
| 04 December | 0 | |||
| 03 December | 0 | |||
| 02 December | 0 | |||
| 01 December | 0 |
Channel Posts
📈 Qaysi ta'lim muassasalari oldinda?
🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanlovi davom etmoqda!
Kategoriyalardagi TOP-10 yetakchilar:
(16-dekabr 15:25 holatiga)
Davlat oliygohlari
1⃣ Huquqni muhofaza qilish davlat akademiyasi
2⃣ Cyber university
3⃣ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
4⃣ Chirchiq davlat pedagogika universiteti
5⃣ JIDU
6⃣ Termiz davlat universiteti
7⃣ TDIU
8⃣ Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishlarini o'rganish instituti
9⃣ SamDU
🔟 Andijon davlat universiteti
Nodavlat oliygohlar
1⃣ ISFT
2⃣ Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
3⃣ Sarbon universiteti
4⃣ Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti
5⃣ UBS
6⃣ EMU university
7⃣ Tashkent international university
8⃣ Abu Rayhon Beruniy universiteti
9⃣ Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
🔟 Oriental universiteti
Akademik litseylar
1⃣ IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" HAL
2⃣ IIV Andijon akademik litseyi
3⃣ IIV 2-son Toshkent akademik litseyi
4⃣ IIV Sirdaryo akademik litseyi
5⃣ IIV 1-son Toshkent akademik litseyi
6⃣ O'zDJTU akademik litseyi
7⃣ IIV Xorazm AL
8⃣ TDIU "International
9⃣ IIV Navoiy akademik litseyi
🔟 IIV Qoraqalpoq akademik litseyi
Kasb-hunar maktablari
1⃣ Angor 1-son kasb-hunar maktabi
2⃣ Amudaryo 1-son kasb-hunar maktabi
3⃣ Amudaryo 2-son kasb-hunar maktabi
4⃣ Dehqonobod 1-son kasb-hunar maktabi
5⃣ Qamashi 3-son kasb-hunar maktabi
6⃣ Sayxunobod 2-son kasb-hunar maktabi
7⃣ Uchqo'rg'on 1-son kasb-hunar maktabi
Kollejlar
1⃣ Angor pedagogika kolleji
2⃣ Baxmal 2-son pedagogika kolleji
3⃣ Kattaqo'rg'on pedagogika kolleji
4⃣ Marg'ilon pedagogika kolleji
Texnikumlar
1⃣ 2-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi
2⃣ 2-son Namangan jamoat salomatligi texnikumi
3⃣ Jizzax pedagogika texnikumi
4⃣ Yangiyo'l agrotexnologiyalar texnikumi
5⃣ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumi
6⃣ Angor 1-son politexnikumi
7⃣ Qamashi 3-son politexnikumi
8⃣ Toshkent pedagogika texnikumi
9⃣ Bo'stonliq 3-son politexnikumi
🔟 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi
Xususiy maktablar
1⃣ Al-Beruniy international school
2⃣ Wisdom school
3⃣ Yuksalish maktablari
4⃣ Academia international school
5⃣ Al-Xorazmiy international school
6⃣ Al-Jabr xususiy maktabi
7⃣ Alf xususiy maktabi (Buxoro)
8⃣ Anor School
9⃣ As-Sodiq school
🔟 Diplomat international school
Eslatib o'tamiz, tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijalar kategoriyalar bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetkalar va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi.
1️⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi
2️⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
3️⃣. Eng yaxshi akademik litsey
4️⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
5️⃣. Eng yaxshi kollej
6️⃣. Eng yaxshi texnikum
7⃣. Eng yaxshi xususiy maktab
✅ @talimuz
10 8261140
| 2 | ❗️Yanvar, Fevral, Mart, Aprel oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari sanalari chiqdi!
➡️ YANVAR
Ro‘yxatga olish: 26-dekabr 2025-yilgacha
To‘lov qilish: 27-dekabr 2025-yilgacha
Test sinovlari: 17–18-yanvar
Fanlar: biologiya, fizika va tarix
➡️ YANVAR – FEVRAL
Ro‘yxatga olish: 9-yanvargacha
To‘lov qilish: 10-yanvargacha
Test sinovlari: 31-yanvar va 1-fevral
Fanlar: ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot
➡️ FEVRAL
Ro‘yxatga olish: 30-yanvargacha
To‘lov qilish: 31-yanvargacha
Test sinovlari: 21–22-fevral
Fanlar: matematika, kimyo va geografiya
➡️ MART
Ro‘yxatga olish: 6-martgacha
To‘lov qilish: 7-martgacha
Test sinovlari: 28–29-mart
Fanlar: biologiya, fizika va tarix
➡️ APREL
Ro‘yxatga olish: 3-aprelgacha
To‘lov qilish: 4-aprelgacha
Test sinovlari: 25–26-aprel
Fanlar: ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot
✔️ DIQQAT!
Grafikda belgilangan sanalarga davlat tadbirlarining to‘g‘ri kelishi, talabgorlar sonining oshishi munosabati bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
💳 556 200 so‘m
BIR YARIM BAZAVIY HISOBLASH MIQDORINING 90 FOIZI
✅ Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi | 18 803 |
| 3 | ❗️Xorijdagi ayrim talabalar imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin
Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra:
“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”
✅ @talimuz | 17 977 |
| 4 | ⚡️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanloviga start berildi
Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablarning keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi.
Quyidagi kategoriyalar mavjud:
1️⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi
2️⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
3️⃣. Eng yaxshi akademik litsey
4️⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
5️⃣. Eng yaxshi kollej
6️⃣. Eng yaxshi texnikum
7⃣. Eng yaxshi xususiy maktab
So'rovnoma 5-yanvarga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @talimuz telegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi.
5-yanvar 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi.
Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi muassasalar aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Tanlovda ishtirok etish:
👉 @EDUStatbot
👉 @EDUStatbot
👉 @EDUStatbot
Loyiha homiysi: @talimuz ✅ | 21 180 |
| 5 | Eng yaxshi xususiy maktab qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 12 746 |
| 6 | Eng yaxshi davlat oliygohi qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 10 746 |
| 7 | Eng yaxshi texnikum qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 11 382 |
| 8 | Eng yaxshi akademik litsey qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 12 932 |
| 9 | Eng yaxshi kasb-hunar maktabi qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 8 744 |
| 10 | Eng yaxshi kollej qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 9 135 |
| 11 | Eng yaxshi nodavlat oliygoh qaysi?
🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering: | 18 364 |
| 12 | ⚡️ O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi
2020–2025-yillar davomida IELTS imtihonidan 5,5 ball va undan yuqori natija olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarga yetibdi.
Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) toifasidagi eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetgan.
Bu statistika Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi va AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.
Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.
👉 @xushnudbek 👈 | 16 243 |
| 13 | ❗️Qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
✅ @talimuz | 37 577 |
| 14 | ⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga!
🗓 1-dekabr sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi.
Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz.
Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/1310
✅ @talimuz | 27 431 |
| 15 | ❗️“Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar ro'yxati qisqartirildi
Prezident Farmoniga asosan yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab:
➖abituriyentlarni “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar organlari xodimlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi to‘xtatiladi;
➖Universitetda “Yurisprudentsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.
Ma'lumki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilingan edi.
♦️Yangi Farmon bilan ushbu tartibga ham o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari "yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega. (Avval faqat TDYU edi endi barcha yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliygohlarga kirish mumkin. Avval super ham bor edi, endi faqat oddiy kontrakt bilan)
📌 Bunda mazkur tartib 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. (Ya'ni 2026/2027 o'quv yilidan boshlab ushbu litseylarga qabul qilinadiganlar mazkur imtiyozdan foydalana olmaydi)
✅ @talimuz | 35 022 |
| 16 | 📈 O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!
18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.
Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.
O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin
🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin
🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.
✅ @talimuz | 34 953 |
| 17 | ⚡️2026-yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.
Oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkaziladi.
Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.
Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.
✅ @talimuz | 36 671 |
| 18 | ❗️Tibbiyot xodimlari farzandlarining 30% kontrakt to'lovi to'lab beriladi!
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.
Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.
✅ @talimuz | 32 504 |
| 19 | ⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga!
my.gov.uz portalida talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun ariza topshirish imkoniyati yaratildi
Bu imkoniyatdan noyabr oyida foydalanib bo‘lmaydi, biroq keyingi oylar va yillar uchun bu — juda qulay va foydali yangilik.
Eslatma: Ijara pulining bir qismi faqat nodavlat OTM talabalari uchun qoplab berilmaydi.
✅ @talimuz | 30 273 |
| 20 | ПҚ-316.pdf | 41 657 |
