en
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

Open in Telegram

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

Show more
8 239
Subscribers
-624 hours
-197 days
-3230 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '25
December '25
+140
in 2 channels
November '25
+173
in 2 channels
Get PRO
October '25
+603
in 1 channels
Get PRO
September '25
+2 423
in 6 channels
Get PRO
August '25
+245
in 2 channels
Get PRO
July '25
+163
in 3 channels
Get PRO
June '25
+186
in 3 channels
Get PRO
May '25
+870
in 3 channels
Get PRO
April '25
+179
in 3 channels
Get PRO
March '25
+156
in 1 channels
Get PRO
February '25
+185
in 3 channels
Get PRO
January '25
+205
in 2 channels
Get PRO
December '24
+120
in 2 channels
Get PRO
November '24
+187
in 2 channels
Get PRO
October '24
+170
in 2 channels
Get PRO
September '24
+615
in 3 channels
Get PRO
August '24
+246
in 1 channels
Get PRO
July '24
+125
in 2 channels
Get PRO
June '24
+171
in 1 channels
Get PRO
May '24
+128
in 0 channels
Get PRO
April '24
+126
in 2 channels
Get PRO
March '24
+65
in 1 channels
Get PRO
February '24
+69
in 0 channels
Get PRO
January '24
+93
in 1 channels
Get PRO
December '23
+1 355
in 1 channels
Get PRO
November '23
+138
in 1 channels
Get PRO
October '23
+113
in 0 channels
Get PRO
September '23
+656
in 2 channels
Get PRO
August '23
+214
in 2 channels
Get PRO
July '23
+57
in 1 channels
Get PRO
June '23
+102
in 2 channels
Get PRO
May '23
+191
in 0 channels
Get PRO
April '23
+116
in 0 channels
Get PRO
March '23
+90
in 0 channels
Get PRO
February '23
+1 682
in 0 channels
Get PRO
January '230
in 0 channels
Get PRO
December '220
in 0 channels
Get PRO
November '220
in 0 channels
Get PRO
October '22
+30
in 0 channels
Get PRO
September '22
+728
in 0 channels
Get PRO
August '22
+319
in 0 channels
Get PRO
July '22
+70
in 0 channels
Get PRO
June '22
+162
in 0 channels
Get PRO
May '22
+309
in 0 channels
Get PRO
April '22
+185
in 0 channels
Get PRO
March '22
+160
in 0 channels
Get PRO
February '22
+115
in 0 channels
Get PRO
January '22
+10 572
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
16 December+3
15 December+4
14 December+1
13 December+3
12 December+6
11 December+7
10 December+12
09 December+2
08 December+4
07 December+2
06 December+9
05 December+12
04 December+18
03 December+17
02 December+36
01 December+4
Channel Posts
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida uchrashuv tashkil etildi Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida O‘zbekiston R
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida uchrashuv tashkil etildi
Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15–21-dekabr kunlari uchun belgilangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, “Kitob o‘qish marafoni” doirasida milliy merosga oid kitoblarni o‘qish va muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, mustaqil va erkin fikrlaydigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Kitob o‘qish marafoni” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tanlov haqida ma’lumotlar berilib, talabalarga amaliy tavsiyalar taqdim etildi va savol-javoblar o‘tkazildi.
@jizpiuz | @jizpi_online

60830

2
#Yil_sarhisobi Xotin-qizlarga oid milliy tanlovlarning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi Bugun Jizzax viloyat Oila va xotin-qi+8
#Yil_sarhisobi Xotin-qizlarga oid milliy tanlovlarning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi Bugun Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan "Yil ayoli", "Gender tenglik faoli", "Eng namunali mahalla xotin-qizlar faollari" tanlovlarining taqdirlash marosimi hamda madaniy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasiga munosib hissa qo'shib, xotin-qizlarni daromad topishiga ko'maklashayotgan 13 nafar otryad rahbarlari hamda pillachilikni rivojlantirishda eng samarali mehnat qilgan 13 nafar pillakorlar ham e'tirof etildi. Jami 54 nafar faol, tashabbuskor va fidoiy xotin-qizlar taqdirlanishdi. Mazkur tadbirda Jizzax politexnika institutining ham bir qator ayol professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari ham taqdirlandilar. Barcha taqdirlanganlarni samimiy tabriklaymiz, kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan yutuqlar va yangi zafarlarga erishishlarini tilaymiz. @jizpiuz | @jizpi_online
613
3
Ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi Jizzax politexnika instituti Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti v.b F.A.Ergasheva+9
Ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi Jizzax politexnika instituti Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti v.b F.A.Ergasheva tomonidan Xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi 1-bosqich MM-1-25 Mexanika muhandisligi JizPI & SZUT guruhida "Megacities. Prepositions. Directions" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Darsda Xitoyning Sujou universiteti oʻqituvchilari Cong Jinliang, Hou Hai Nong hamda Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari X.Mustafaqulova, N.Sharipova va A.Ortiqovlar ishtirok etishdi. Ochiq dars mashgʻuloti qiziqarli tarzda oʻtkazildi. @jizpiuz | @jizpi_online
693
4
Transport fakulteti talaba-yoshlari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha profilaktik tadbirda ishtirok etdi Jizzax politexnika inst+9
Transport fakulteti talaba-yoshlari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha profilaktik tadbirda ishtirok etdi Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti talaba-yoshlarining Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif doirasida “Yong‘inlar, is gazidan zararlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari Sharifjon Aliboyev va Shohjahon Razzoqovlar ishtirok etib, is gazining xavfi, zaharlanish alomatlari, yong‘in va portlashlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish va favqulodda vaziyatlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirishga xizmat qildi. @jizpiuz | @jizpi_online
907
5
“Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Jizzax politexnika+4
“Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xaydarova Feruza, Abduvaxobova Dildora hamda Ziyayeva Maxbuba so‘zga chiqib, jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosi, istiqlol qadriyatlarini anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi beqiyos o‘rni, shuningdek, jadidlar g‘oyalarining bugungi davlatchilik taraqqiyotidagi ahamiyatini ta’kidladilar. Shundan so‘ng talabalar jadidlarimizning durdona asarlari va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan insholarini taqdim etdilar. Tadbir yakunida jadidlar merosining kelajak avlod tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Tanlov g‘oliblari: 🥇 1-o‘rin — Shukurov Sardorbek G‘ulom o‘g‘li (201-25 QM); 🥈 2-o‘rin — Buriboyev Shoxruzi Suxrob o‘g‘li (201-25 QM); 🥉 3-o‘rin — To‘g‘onova Maftuna Jamolitdin qizi (201-25 QM). @jizpiuz | @jizpi_online
859
6
Talabalar ligasi: Kurash boʻyicha bahslar davom etmoqda Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy+3
Talabalar ligasi: Kurash boʻyicha bahslar davom etmoqda Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 16-dekabr kuni kurash boʻyicha navbatdagi bahslar boʻlib oʻtdi. Musobaqa yakunlangach, yakuniy natijalar boʻyicha maʼlumot beriladi. #sport #Talabalar_ligasi #jarayon @jizpiuz | @jizpi_online
908
7
Axborot-resurs markazi yana bir kitob bilan boyidi Jizzax politexnika instituti «Fizika» kafedrasi professori Ro‘ziboyev Safa
Axborot-resurs markazi yana bir kitob bilan boyidi Jizzax politexnika instituti «Fizika» kafedrasi professori Ro‘ziboyev Safarboy tomonidan 1 nomda 5 nusxada “Nomlari muhrlangan Saroyliklar” kitobi Axborot-resurs markaziga sovg‘a qilindi hamda talabalar va xodimlar ishtirokida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida muallif o‘z umr yo‘li va mehnat faoliyati haqida so‘z yuritib, ishtirokchilar bilan fikr va taklif-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, muallif tomonidan shu vaqtga qadar fizika faniga oid 8 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar ham ARM fondiga taqdim etilgani ta’kidlandi. @jizpiuz | @jizpi_online
946
8
📚 Energetika muhandisligi fakultetida insholar tanlovi o‘tkazildi Jizzax politexnika institutining “Energetika muhandisligi”+4
📚 Energetika muhandisligi fakultetida insholar tanlovi o‘tkazildi Jizzax politexnika institutining “Energetika muhandisligi” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda fakultet rahbariyati, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi vakillari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Tanlov natijalari: 🥇 I o‘rin — 421-25 M va S guruhi talabasi Muxammatova Sayyora; 🥈 II o‘rin — 403-25 EnM guruhi talabasi Ravshanov Sarvar; 🥉 III o‘rin — 441-23 E guruhi talabasi Abdukarimov Islom. Mazkur tanlov jadidlar merosini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlar va istiqlol g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etdi. @jizpiuz | @jizpi_online
1 005
9
⚡️ “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyru
⚡️ “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻiga asosan 2025-yil 19-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti tyutorlari oʻrtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi. ✅Tanlov quyidagi uch nominatsiyada o‘tkaziladi: ➡️ a) “Eng faol targ‘ibotchi tyutor” – ushbu nominatsiyada tyutorning oliy ta’lim tashkilotida talaba-yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yuqori ma’naviyat va madaniyat, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallashga intilishni shakllantirish borasidagi targ‘ibotchilik faoliyati hamda bu yo‘nalishda erishgan natijalari kompleks tarzda baholanadi. Baholash jarayonida tyutorning tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishi, targ‘ibot faoliyatidagi namunaviy ishlari, tashabbuskorligi, tashkilotchilik qobiliyati, shuningdek uning tashabbusi bilan amalga oshirilgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va erishilgan yutuqlari inobatga olinadi. ➡️ b) “Eng faol kitobxon tyutor” – ushbu nominatsiyada Ishchi komissiya tomonidan vazifa sifatida berilgan asarlar bo‘yicha tyutorning kitobxonlik madaniyati va savodxonligi, mutolaa bo‘yicha shakllangan ko‘nikmalari, o‘zbek adabiyoti hamda jadidchilik harakati namoyandalari haqidagi bilim va mulohazalari savol-javob va test orqali baholanadi. ➡️ c) “Eng faol tashabbuskor tyutor” – bu nominatsiyada tyutorning ishga bo‘lgan mas’uliyati, tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari, tyutorning shaxsiy tashabbusi bilan ilgari surilgan takliflarning amaliyotga tatbiq etilganligi, hamkasblaridan ajralib turuvchi o‘ziga xos jihatlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar ham baholanadi. Murojaat uchun: ➡️ Fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari; ➡️ Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova. 📘 Tanlov haqida to‘liqroq ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga kiring va nizom bilan tanishing: https://t.me/jizpionline/231900 @jizpiuz | @jizpi_online
1 115
10
🔊 DIQQAT TANLOV!!! Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimo
🔊 DIQQAT TANLOV!!! Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimoiy himoya mavzusidami? Tadqiqotingiz amaliyotda qo‘llanib, eʼtirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun! Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarining 2025–2026-o‘quv yili bitruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:  1-bosqich ➖ taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab olinadi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich ➖ tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi. Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi👉 mavzularni qamrab olishi zarur. Quyidagi hujjatlar 1-iyulgacha info@socialpolicylab.uz elektron manziliga yuborilishi lozim: 1. Talabalik guvohnomasi yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 2. Toʻliq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qoʻlyozmasi; 3. Tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi. 🧮 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. 🎖 Batafsil maʼlumot 👉 bu yerda Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 075
11
📣 E’LON! “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ekologik startaplar tanlovi! “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida o‘tkazilayotgan st
📣 E’LON! “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ekologik startaplar tanlovi! “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida o‘tkazilayotgan startap loyihalar tanlovida ishtirok eting! 🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 9-dekabr – 25-dekabr, 2025-yil (soat 23:59 gacha) 🎯 Tanlovning maqsadi: Yoshlarning ekologiya sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish. 📌 Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar: Faqat ekologiya yo‘nalishida bo‘lishi; Ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga ega bo‘lishi; Amalga oshirish mexanizmi, muddati va natijalari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi; So‘ralgan mablag‘ BHMning 3000 barobarigacha bo‘lishi mumkin; Loyihalar 12 oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim; Hujjatlar haqqoniy, plagiatsiz va to‘liq bo‘lishi shart. 📥 Arizalar qabul qilish manzili: 🌐 startup.ilmiy.uz Batafsil ma’lumot uchun: https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/108976 Telegram: t.me/djizakinnovation
786
12
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 16-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar h
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 16-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: MUSTAFAKULOVA XULKAR AXMEDOVNA (O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi) NAZAROV FURKAT DAMINOVICH (Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi) TUROPOVA DURDONA SOBIR QIZI (Rektorat bo‘limi xodimasi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
1 146
13
#sport ⚽️ O‘zbekiston birinchiligining musobaqa jadvali 🏆 Birinchi tur uchrashuvlaridan so'ng musobaqa jadvalida Jizzax poli+2
#sport ⚽️ O‘zbekiston birinchiligining musobaqa jadvali 🏆 Birinchi tur uchrashuvlaridan so'ng musobaqa jadvalida Jizzax politexnika institutining "Politexnik" jamoasi 2-o'rinni banq qilib turibdi. ⚽️ To‘purarlar poygasida “Politexnik” jamoasi hujumchisi Ismandiyor Sherqulov 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. 🧤 Shuningdek, bir yo‘la besh nafar futbolchi hisobida to‘rttadan gol mavjud. Muhammad Yusuf Turg‘unov (“Bobur”), Javohir Xayrullayev (“Politexnik”), Botirbek Rizaev (“Guliston”), Javohir Xushvaqtov (TerDU) hamda Zayniddin Bozorov (TerDU). 📕 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Abdulboriy Ilyosov, “Politexnik” jamoasi futbolchisi Sohib Yoqubov hamda “Guliston” hujumchisi Zeyn Nuritdinov hisobida esa 3 tadan gol bor. @jizpiuz | @jizpi_online
1 344
14
Kurash boʻyicha bahslarga start berildi Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkam+3
Kurash boʻyicha bahslarga start berildi Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 15-dekabr kuni kurash boʻyicha musobaqalarga start berildi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! #sport #Talabalar_ligasi #jarayon @jizpiuz | @jizpi_online
1 363
15
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida navbatdagi tadbir o'tkazildi Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti+6
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida navbatdagi tadbir o'tkazildi Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti hamda institut Axborot resurs markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 01/15–4077-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitob o‘qish marafoni” doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy merosga oid asarlarni o‘qish va ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashib, milliy adabiyotimizning tarixiy, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida bahs-munozaralar olib bordilar. Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan esa milliy merosga oid asarlarning bosma va elektron manbalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarining kitobxonlik bo‘yicha shaxsiy tajribalari, o‘qigan asarlaridan olgan taassurotlari va xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. @jizpiuz | @jizpi_online
1 333
16
🏸 Talabalar ligasi: badminton bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi Jizzax politexnika institutida Talabalar ligasi sport mu+2
🏸 Talabalar ligasi: badminton bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi Jizzax politexnika institutida Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida sportning badminton turi bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi. Musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fakultetlar o‘rtasida do‘stona raqobatni kuchaytirishga xizmat qildi. Yigitlar o‘rtasida: 🥇 I o‘rin — Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥈 II o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥉 III o‘rin — Kibersport fakulteti jamoasi. Qizlar o‘rtasida: 🥇 I o‘rin — Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥈 II o‘rin — Kibersport fakulteti jamoasi; 🥉 III o‘rin — Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi. 🏆 G‘olib va sovrindor fakultetlarni tabriklaymiz, barcha ishtirokchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz. #sport #Talabalar_ligasi @jizpiuz | @jizpi_online
1 239
17
Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini
Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. @jizpiuz | @jizpi_online
1 289
18
#forum #sunʼiy_intellekt Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektor
#forum #sunʼiy_intellekt Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumidan video lavha Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 082
19
Bir kungina bola bo‘lsam-u, to kechgacha o‘ynasaydim qor... @jizpiuz | @jizpi_online
Bir kungina bola bo‘lsam-u, to kechgacha o‘ynasaydim qor... @jizpiuz | @jizpi_online
1 445
20
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshiris
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-dekabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
1 110