en
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Open in Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Show more
100 957
Subscribers
-6524 hours
+57 days
-64430 days
Posts Archive
📌📌📌📌📌📌 SAMARQAND VILOYATIDA 7,1 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat  xizmati (bо‘limi) hamda Payariq tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, tumanda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Namuna” MFY hududida joylashgan “O‘.R.Q” korxonasi tekshirilganda elektr ta’minoti korxonasi bilan  shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi. Natijada davlat manfaatlariga 7,1 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 NAQDSIZ HISOB-KITOBLAR OMMALASHTIRILADI Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi: – elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar; – transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
📌📌📌📌📌📌 Turkiy davlatlar tashkiloti Energetika vazirlarining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Joriy yil 10-dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining navbatdagi — V yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon Respublikalari Energetika vazirlari, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Vengriya va Shimoliy Kipr Tashqi ishlar vazirlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Uchrashuvda do‘st va qardosh turkiy davlatlar rahbarlarining tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori yoqilg‘i-energetika tarmog‘i rivoji yo‘lida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqa energetika xavfsizligini ta’minlash va barqaror energiya manbalarini joriy etishdagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, “yashil” energetika loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tarmoqlar integratsiyasi hamda yangi investitsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar Turkiy davlatlar tashkiloti Energetika vazirlarining navbatdagi — VI yig‘ilishini 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib oldilar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
📌📌📌📌📌📌 NAMANGANDA TUNGI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA Elektr energiyasidan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida “HET BILLING” dasturi orqali iste’molchilar faoliyati muntazam ravishda monitoring qilinmoqda. Dastur tahlillari asosida shubhali ko‘rsatkichlarga ega iste’molchilar ro‘yxati shakllantirilib, joylarda tartibga rioya etilishi bo‘yicha kechki tekshiruvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi tungi profilaktik tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Chortoq tumani xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida bir qator noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi va amaldagi tartib bo‘yicha elektron dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, energiyani samarasiz iste’mol qilayotgan yoritish vositalari, katta quvvat sarfi yuqori bo‘lgan obyektlarda tejamkorlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
📌📌📌📌📌📌 ANDIJONDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISHNI OLDINI OLISH BO’YICHA KECHKI REYDLAR KUCHAYTIRILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida elektr energiyasidan yo‘qotishlarni kamaytirish hamda noqonuniy ulanishlarning oldini olish maqsadida rejalashtirilgan va doimiy ravishda kechki reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar aholining va ulgurji iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish tartibini o‘rganish, energiya resurslarining tejalishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishga qaratilgan. Ayni paytda filialning mutaxassis xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab barcha iste’molchilarni qamrab olgan tungi nazorat reydlari amalga oshirilmoqda. Ushbu reydlarda elektr hisoblagichlarning texnik holati, ulanish nuqtalarining qonuniyligi, energiya iste’moli hajmining to‘g‘ri qayd etilayotganligi hamda energiya tejamkorligi talablari bajarilishi chuqur o‘rganilmoqda. Tadbirlar natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali aholidan va iste’molchilardan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etish, energiyani tejash va noqonuniy ulanishlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qoladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
Repost from MINENERGY.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_xabar “...17:00 dan boshlab svet o‘chishni boshlaydi” mazmunidagi xabarlar yolg‘on Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘ZBEKISTON BO‘YLAB KO‘PLAB JOYLARDA SOAT 17:00 dan 21:00 gacha svet o‘chadi” sarlavhali xabarlar tarqatilmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri mazmunda bo‘lib, ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan odamlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida shu tartibda yozilgan. Zaruriyat tug‘ilganda, ayrim hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilishi mumkinligi haqida rasmiy xabar berilishini ma’lum qilganmiz. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq egalaridan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tamiz. ————— #официальное_сообщение Сообщения о том, что “с 17:00 начнутся отключения света”, — ложные В социальных сетях распространяются сообщения под заголовком: «ПО ВСЕМУ УЗБЕКИСТАНУ ВО МНОГИХ МЕСТАХ С 17:00 ДО 21:00 БУДУТ ОТКЛЮЧАТЬ СВЕТ». Эта информация абсолютно недостоверна и распространяется владельцами страниц в социальных сетях исключительно с целью привлечения внимания. Мы ранее сообщали, что при необходимости в отдельных регионах возможны кратковременные перебои в электроснабжении, о которых будет сообщено официально заранее. В этой связи просим администраторов социальных сетей не распространять неподтверждённую и недостоверную информацию. Напоминаем, что за подобные действия предусмотрена ответственность в соответствии с действующим законодательством. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
Show all...
02:44
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 🇺🇿 10-DEKABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN! Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Barchangizga ushbu qutlug‘ sana muborak bo‘lsin. Madhiyamiz jahon uzra baralla yangrab, yurtimizni dunyoga tarannum etaversin! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
gimn tg.mp441.93 MB
Repost from MINENERGY.UZ
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi Avval xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga topshirilgan. Ushbu elektr stansiyasining 2-sonli gaz turbinasida rotor nosozligi kuzatilgan. Stansiya ishini tezkor tiklash maqsadida, investor hamda ishlab chiqaruvchining kafolatli shartnomaviy majburiyatlariga asosan Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasida yangi rotor qisqa muddatda tayyorlanib, maxsus reys bilan 8 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Og‘irligi 114 tonna bo‘lgan qurilma aeroportdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr stansiyasi maydoniga yetkazildi. Barcha jarayonlar tegishli vazirlik va idoralar, investor, pudratchi va texnologik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirildi. Yangi rotorni o‘rnatish va sinov-sozlash ishlari taxminan bir oy vaqt talab qiladi. Bu quvvatlarni qoplash maqsadida qo‘shimcha zaxiradagi va yangi ishga tushirilyotgan bloklardan foydalanilyapti. Hozirgi kunda havo bulutli (kam quyoshli) bo‘layotganligi va kunlar qisqaligi hisobidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish kamaygan. Shu sababli, ishlab chiqarish va iste’mol balansini tartibga solish, ularning muvozanatini saqlash maqsadida ayrim hududlarning elektr ta’minotida asosan iste’mol ortgan pallalarda (17:00-21:00 lar oralig‘ida) qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Agar bunga zarurat tug‘ilsa, iste’molchilar oldindan xabardor qilinadi. Bunday choralar elektr ta’minoti barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Yangi rotor gaz turbinasiga o‘rnatilgach, stansiyaning ishlab chiqarish quvvati tiklanadi va elektr ta’minotida vaqtincha ko‘rilayotgan choralarlarning oldi olinadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
Show all...
IMG_2990.MP417.56 MB
06:45
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASI BO‘YICHA QARZDORLIKLARNI UNDIRISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA Andijon viloyatida elektr energiyasidan foydalanib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan iste’molchilar bo‘yicha debitor qarzdorliklarni kamaytirish yuzasidan qat’iy nazorat tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Andijon tumanida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir nechta to‘lovni bajarmagan aholi va yuridik iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratilib, yetkazib berish to‘xtatildi. Shuningdek, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, majburiy tartibda undirish choralari ko‘rilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
Qrzdorlik REYD2025.mp474.93 MB
01:35
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavsumni betalofat о‘tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda. Bu borada Ishtixon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida Samarqand telekanalining “Kun xabarlari” axborot dasturining lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
video_2025-12-09_12-06-28.mp49.99 MB
00:42
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 9-DEKABR — XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI Korrupsiyaga qarshi kurash — har birimizning burchimiz! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
100.mp48.30 MB
📌📌📌📌📌📌 O‘ZBEKISTONDAGI QUYOSH VA SHAMOL ELEKTR STANSIYALARI 10 MLRD KVT·SOAT ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARDI 8-dekabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10 mlrd kVt·soatga yetdi. Prezidentimiz 5-dekabr kuni “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” anjumanidagi nutqida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash jarayonini zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari asosida amalga oshirish asosiy vazifalardan biri ekanligini alohida ta’kidlagan edilar. Bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab turibdi. “Yashil” energiya hisobidan: – 2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi; – Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4,4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi. Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 8-dekabr soat 17:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari 16 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 6,6 mln xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
00:15
Video unavailableShow in Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi  barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yillik bayrami bilan samiymiy muborakbod etadi. Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
14.96 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
02:14
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 TUNGI PROFILAKTIK TADBIRLAR CHORTOQ TUMANIDA DAVOM ETMOQDA Hududlarda elektr energiyasi yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida “HET BILLING” dasturi orqali iste’molchilar faoliyati doimiy tahlil qilinmoqda. Tahlillar asosida shubhali iste’molchilar aniqlanib, joylarda elektrdan foydalanish tartibi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tungi reyd tadbirlarining navbatdagisida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy Chortoq tumani xodimlari ish tashkil etdilar. Tadbir davomida noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda elektron qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi. Shuningdek, besamar yoritish chiroqlaridan foydalanish, yirik isteʼmolchilarda ortiqcha sarf va tejamkorlik masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
43.65 MB
02:53
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASI TEKIN EMAS! UNING HAQQINI TO'LASH KERAK “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdor iste’molchilarning qarzdorligini undirish yuzasidan navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
27.92 MB
📌📌📌📌📌📌 YANGI O‘ZBEKISTONNING BARQAROR ENERGETIKASI — KELAJAK SARI QUVVATLI QADAM Kuni kecha Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida O‘zbekiston tumanida barpo etilgan quvvati 300 MVtli yirik elektr energiyasini saqlash tizimi ham ishga tushirildi. Mazkur tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov, xorijiy kompaniya va jamoatchilik vakillari O‘zbekiston tumanidagi ishga tushirilgan korxonadan videokonferensiya orqali ishtirok etdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
02:00
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev: Energetika tarmog‘ida ishga tushirilayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
42.83 MB
01:27
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 #24_soatlik_navbatchilik “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning barcha tuman hamda shahar elektr ta'minot korxonalari xodimlari  iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda. Hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 890 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 185 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...
7.94 MB
📌📌📌📌📌📌 "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali xodimlariga xalqaro sertifikat topshirildi Avval xabar berganimizdek, "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filialining bir guruh xodimlari Rossiya Federatsiyasining ishlab chiqarish korxonasi o‘quv bo‘limida 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy o‘quv kursida ishtirok etishdi. Ayni paytda о‘quv kurslari yakuniga yetib, mutaxassislarga 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro sertifikat topshirildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur yо‘nalishda xodimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi sababli, bu masalada katta mablag‘ evaziga xorijiy mutaxassislarni jalb etib kelinayotgan edi. Mazkur sertifikat asosida endilikda xodimlarimiz 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish sohasida yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda xizmat ko‘rsatishlari mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Show all...