IT Park Uzbekistan
Open in Telegram
🌐 https://outsource.gov.uz Facebook: @itparkuzb Instagram: @itpark_uz LinkedIn: @itparkuz Youtube: https://clck.ru/NNp9q
Show more15 928
Subscribers
+624 hours
-97 days
+40930 days
Posts Archive
Repost from TgId: 1769294206
Photo unavailableShow in Telegram
‼️ Eslatma: Angel va venchur investitsiyalarini chuqur o‘rganmoqchimisiz?
IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures Silkroad Innovation Hub hamda Silkroad Angels Club mutaxassislari bilan 5 kunlik onlayn intensivni boshlaydi.
🧠 Atigi bir hafta davomida siz quyidagilarni o‘rganasiz:
— startaplarni izlash va tahlil qilish
— due diligence metodlari
— baholash usullari
— bitimlarning huquqiy tuzilishi
— portfel boshqaruvi va chiqish strategiyalari
🎤 Spikerlar qatorida fond asoschilari, venchur hamkorlar va korporativ yuristlar bor.
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 3-dekabrga qadar ochiq.
Ushbu kurs — venchur bitimlar olamiga kirish uchun eng yaxshi imkoniyat.
🛍 Shuningdek, chegirma olish uchun "IT Park" promokodidan foydalanishingiz mumkin.
—
‼️ Quick reminder: Want to understand angel and venture investing?
IT Park Uzbekistan and IT Park Ventures are launching a 5-day online intensive led by experts from Silkroad Innovation Hub and Silkroad Angels Club.
🧠 In just one week, you will learn:
— how to source and analyze startups
— due diligence techniques
— valuation methods
— legal structuring of deals
— portfolio management and exit strategies
🎤 Speakers include fund founders, venture partners, and corporate lawyers.
⏳ Registration is open until December 3, 2025.
Join the program — this is your gateway to the world of venture deals.
🛍 Also, you can use the "IT Park" promo code to get a discount.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida “BLMEDIA BPO” faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya 2023-yilda 12 nafar xodimdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 70 dan ortiq mutaxassisga ega bo‘lib, texnik yordam, aloqa markazi xizmatlari va kontent nazorati kabi masofaviy xizmatlarni eksport qilmoqda. “BLMEDIA”, shuningdek, Paxtakor, Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlaridagi filiallari orqali mintaqaviy faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Bu esa yoshlarni ish bilan ta’minlash va BPO-xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirishga hissa qo‘shmoqda.
Kompaniya rahbariyati 2026-yilgacha mo‘ljallangan rejalarini taqdim etdi. Bu rejalarga qo‘shimcha 50 ta ish o‘rni yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va eksport hajmini kengaytirish kiradi. Ushbu tashabbuslar Jizzax viloyatida BPO sohasini rivojlantirishda kompaniyaning tobora muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi.
📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz
—
Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov reviewed the operations of BLMEDIA BPO during his visit to the Jizzakh region. The company has rapidly expanded from 12 employees in 2023 to more than 70 specialists, exporting remote services such as technical support, contact center operations, and content moderation. BLMEDIA also continues to grow its regional presence through branches in Pakhtakor, Mirzachul, and Dustlik, contributing to youth employment and increased demand for BPO services.
The company’s leadership presented its plans for 2026, which include creating 50 additional positions, improving service quality, and expanding export volumes. These initiatives reflect the company’s growing role in shaping the BPO landscape in the Jizzakh region.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
👍 2
#regions
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Jizzaxga ko‘chib kelgan chet ellik mutaxassis tomonidan tashkil etilgan IT-autsorsing va dasturiy ta’minotni joriy qilishga ixtisoslashgan “TEXNO FORT” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. IT Park rezidentligi imtiyozlari va “Zero Risk” dasturi yordamida kompaniya qisqa vaqt ichida mintaqaviy bozorga chiqishga va xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi. Jumladan, AQShning “Creatio” kompaniyasi bilan loyihalar olib borilmoqda va Qozog‘istonga dasturiy ta’minot xizmatlari eksport qilinmoqda.
Kompaniya 2026-yilgacha bo‘lgan rejalarini taqdim etdi. Rejalar qatoridan Markaziy Osiyo bo‘ylab eksportni kengaytirish, logistika, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish o‘rin olgan. Vazir “TEXNO FORT” kompaniyasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va eksportga yo‘naltirilgan modelini yuqori baholab, korporativ IT-yechimlarga mintaqaviy talab ortib borayotgan sharoitda mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini alohida ta’kidladi.
📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz
—
During his visit to Jizzakh Region, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov reviewed the activities of TEXNO FORT, an IT outsourcing and software implementation company founded by a foreign specialist who relocated to Jizzakh. Supported by IT Park’s member benefits and the Zero Risk program, the company quickly entered the regional market and established international partnerships, including ongoing projects with the U.S. company Creatio and the export of software services to Kazakhstan.
The company shared its plans for 2026, which include expanding exports across Central Asia and launching new projects in logistics, customer service, and business-process automation. Minister Shermatov praised TEXNO FORT’s rapid development and export-oriented model, emphasizing the importance of supporting local companies as regional demand for corporate IT solutions continues to grow.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 3
#regions
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzaxga tashrif buyurib, IT-ta’lim, dasturlash va robototexnika sohasida faoliyat yurituvchi IT Park’ning yetakchi rezident kompaniyalardan biri — “TEAMIT SERVICES” faoliyati bilan tanishdi.
Markaz 2024-yilda 300 dan ortiq yosh mutaxassisni tayyorladi hamda vazirga o‘z dasturlari, laboratoriyalari va o‘quv sharoitlarini namoyish etdi. Shuningdek, kompaniya 2026-yilgacha texnik infratuzilmasini kengaytirish va sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi kurslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Sherzod Shermatov markazning yoshlar bandligini ta’minlash va viloyatda malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi. U markaz faoliyatini kengaytirish, o‘qitish sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi.
📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz
—
Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov visited Jizzakh to review the activities of TEAMIT SERVICES, one of IT Park’s leading member companies in IT education, programming, and robotics.
The center trained more than 300 young specialists in 2024 and presented its programs, laboratories, and learning conditions to the Minister. The company also plans to expand its technical infrastructure and launch new AI-related courses by 2026.
Sherzod Shermatov highlighted the center’s contribution to youth employment and the preparation of qualified IT professionals in the region. He shared recommendations on expanding the center’s activities and enhancing the quality and scale of training.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 3
1
Repost from TgId: 1769294206
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 IT Park Uzbekistan is now accepting startup applications for MWC Barcelona 2026!
Mobile World Congress is the world’s biggest event for telecom, mobile innovation, AI, IoT, fintech, and next-gen digital technologies. In 2026, IT Park Uzbekistan is forming a national delegation to showcase Uzbekistan’s tech potential globally.
Who can apply?
Startups in:
🟢 Telecom / 5G
🟢 AI / ML
🟢 Fintech & Payments
🟢 IoT / Smart City
🟢 Cloud / Infrastructure
🟢 Cybersecurity
🟢 Digital Health
🟢 Mobility / Transport
🟢 SaaS / B2B
If your product is ready for global exposure — this opportunity is for you.
⭐ What selected startups receive:
— Free space at the IT Park Uzbekistan booth
— Access to global investors & corporates
— B2B meetings via the official MWC platform
— International PR support
— Guidance from IT Park Uzbekistan
Travel & accommodation fully covered by IT Park Uzbekistan
📅 March 3–6, 2026
📍 Barcelona, Spain
Ready to scale globally?
🔗 Register for MWC Barcelona 2026
Deadline: December 4
❤ 4🔥 2👏 2👍 1
1
#event
Xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktor Mahliyo Muksinova rahbarligidagi IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurib, “Uzbekistan Outsourcing Conference” qatnashdi hamda Rossiyaning IT va kreativ sanoat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir 40 ta kompaniyadan kelgan ishtirokchilarni jamladi va O‘zbekistonning IT-ekotizimi, eksport imkoniyatlari hamda iste’dodlar salohiyatini namoyish etdi.
Konferensiyadan so‘ng delegatsiya “Dr.Web”, “Teleperformance,” WATT, AKI va boshqa hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular O‘zbekistonning texnologiya sohasida hamkorlik o‘rnatish va faoliyatlarini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdilar.
IT Park Uzbekistan a’zolari, shuningdek, Moskva xalqaro videoo’yinlar haftaligida ham ishtirok etishdi. Bu yerda o‘zbek o’yin studiyalari o‘yinchilar va soha mutaxassislarining e’tiborini tortib, o‘z loyihalari bo‘yicha ijobiy fikr-mulohazalar olishdi.
📖 To‘liq maqolani o‘qish uchun: it-park.uz
—
The IT Park Uzbekistan delegation, led by Makhliyo Muksinova, Services Export Development Director, completed a working visit to Moscow that included the Uzbekistan Outsourcing Conference and meetings with representatives of Russia’s IT and creative industries. The event brought together participants from 40 companies and showcased Uzbekistan’s IT ecosystem, export opportunities, and talent capacity.
Following the conference, the delegation held meetings with Dr.Web, Teleperformance, WATT, AKI, and other partners, who expressed interest in exploring cooperation and potential expansion in Uzbekistan’s tech sector.
IT Park members also participated in the Moscow International Video Game Week, where Uzbek game studios attracted strong interest from players and industry experts and received positive feedback on their projects.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 6
6
#meeting
IT Park Uzbekistan til ta’limi va sertifikatlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida “Telc gGmbH” bilan uchrashdi.
IT Park Uzbekistan nomidan biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jahongir Radjabov va Germaniya ofisi rahbari Vsevolod Li, “Telc” kompaniyasidan esa Bruno Karlesso va Vinfrid Elvanger ishtirok etdilar. Tomonlar IT Park’ning sertifikatlashni rivojlantirish borasidagi yutuqlarini ko‘rib chiqdilar hamda jahon bozorlariga chiqayotgan mutaxassislar uchun til o‘rgatishni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar.
“Telc” o‘zining sertifikatlash formatlari va bozor talablariga mos keladigan yangi ish imtihonlarini taqdim etdi. Shuningdek, nemis tilida so‘zlashuvchi mutaxassislarga bo‘lgan talabning oshib borayotgani va O‘zbekistonda C1 darajasini egallagan bitiruvchilar uchun o‘qish xarajatlarini qoplash dasturi haqida so‘z yuritildi. Tomonlar malakali kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro ta’lim tashabbuslari ustida ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz
—
IT Park Uzbekistan met with Telc gGmbH to discuss cooperation in language education and certification.
Business Development Director Jakhongir Radjabov and Germany Office Head Vsevolod Lee represented IT Park, while Bruno Carlesso and Winfrid Elwanger attended from Telc. The sides reviewed IT Park’s progress in certification development and explored joint initiatives to strengthen language training for specialists entering global markets.
Telc presented its certification formats and new job-test exams aligned with market needs. The discussion also addressed the growing demand for German-speaking professionals and Uzbekistan’s tuition-reimbursement program for C1 graduates. Both sides agreed to continue working on international educational initiatives to support the training of qualified talent.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
#interview
“NX3 Games” kompaniyasining global biznes jamoasi rahbari Jeong Jae Woo O‘zbekistonning IT-autsorsing va raqamli xizmatlar sohasida kuchli yo‘nalishga aylanayotgani sabablarini tushuntirdi. U mamlakatdagi yuqori darajadagi til bilimi, onlayn ta’limga bo‘lgan katta qiziqish va IT Park ekotizimining jadal rivojlanishini texnologik taraqqiyotning asosiy omillari sifatida ko‘rsatib o‘tdi.
Shuningdek, u davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan IT-universitetlar, subsidiyalangan sertifikatlar va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiruvchi yosh aholining ahamiyatini ta’kidlaydi. Jeongning aytishicha, har oy 30 dan ortiq xorijiy kompaniya Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika bo‘ylab global hamkorlik yordamida IT Park Uzbekistan rezidentiga aylanmoqda.
🎥 To‘liq intervyuni YouTube’da tomosha qiling
—
Jeong Jae Woo, Global Business Team Lead at NX3 Games, explains why Uzbekistan is becoming a strong destination for IT outsourcing and digital services. He highlights the country’s strong language skills, high engagement in online education, and the rapid growth of the IT Park ecosystem as key drivers of its tech development.
He also notes the role of government-backed IT universities, subsidized certifications, and a young population that quickly adopts new technologies. According to Jeong, over 30 foreign companies become residents of IT Park Uzbekistan each month, supported by global partnerships across Asia, Europe, and North America.
🎥 Watch the full interview on YouTube
❤ 4👏 4🔥 1
Repost from TgId: 1769294206
Photo unavailableShow in Telegram
🇨🇳 China is opening new opportunities for startups from Central Asia
Through the partnership between Khan Tengri Innovation Hub and the Hong Kong–Shenzhen Innovation & Technology Park (HSITP), startups from Uzbekistan, Kazakhstan and the wider region can now join the SPIN, IGNITE, and GAS incubation programs — designed for teams at different stages of growth.
On December 5, HSITP and Khan Tengri Hub will host an open online info session, where they will present the programs, explain the application process, and outline the support available for teams entering the Chinese market.
The program are completely free for startups and do not require any equity, making them one of the most accessible gateways to the Chinese market.
🗓 Date: December 5
🌐 Format: Online
🔗 Registration
If you're considering China as your next market — this is your chance to explore it.
❤ 4👍 2
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va kosmos sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проводимой работе по внедрению технологий искусственного интеллекта в сферах здравоохранения, образования, транспорта и космической отрасли.
#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #loyihalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 3👍 1
Repost from TgId: 1769294206
Photo unavailableShow in Telegram
❓ Having trouble starting sales in the U.S.?
If you're an IT outsourcing company looking to enter or scale in the U.S. market, this online workshop is exactly what you need. We’ll break down the essentials of sales and go-to-market strategy designed specifically for IT outsourcing firms.
🎙 Speakers:
— Ruslan Markevich, VP, Regional Head, AndersenLab (ex-EPAM Systems)
— Daniyar Yerden, Sales & GTM expert (ex-Rippling, ex-Oyster)
— Asset Abdualiyev, Founder & CEO, Silkroad Innovation Hub
What you’ll learn:
🟢 How to start selling in the U.S.
🟢 How to build an effective go-to-market strategy
🟢 Practical insights from top industry leaders
📅 December 2, 2025, 10:00–13:00
🎯 Online (Zoom link will be emailed after registration)
👉 Register now: startupbase.uz
#event
🇺🇿Toshkentda “Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Meta”, “Google”, “OpenAI” va “Dubai Future Foundation” kabi yirik texnologik kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etdi.
“Google Cloud” vakili Marina Junich muhim e’lon qilib, “Google Gemini” endi rasman o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT-ta’limni kengaytirish, infratuzilma va data-markazlarni rivojlantirish, davlat xizmatlarida sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirish jarayonining kuchaygani hamda O‘zbekistonning axloqiy va xalqaro standartlarga mos sun’iy intellekt boshqaruviga sodiqligini alohida ta’kidladi.
📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz
—
🇺🇿Tashkent hosted the international panel session “Leading in the Age of AI: Strategy and Innovation,” bringing together experts from major technology companies including Meta, Google, OpenAI, and the Dubai Future Foundation.
A key announcement came from Google Cloud’s Marina Zhunich, who stated that Google Gemini now officially supports the Uzbek language.
Sherzod Shermatov, Minister of Digital Technologies, highlighted the expansion of IT education, development of infrastructure and data centers, growing AI-driven automation in public services, and Uzbekistan’s commitment to ethical and internationally aligned AI governance.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
👍 4❤ 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha forumda ishtirok etib, mamlakatimizda "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start berdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в форуме по искусственному интеллекту и дал старт проекту "Пять миллионов лидеров ИИ" в нашей стране.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
51.77 MB
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi hamda startap loyihalariga asos solgan yoshlar bilan uchrashdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия международного форума по искусственному интеллекту и провел встречу с молодыми основателями стартапов.
#Mirziyoyev #marosim #suniyintellekt #yoshlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
– "Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;
– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;
– Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi.
– 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Erishilgan natijalar:
– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;
– IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;
– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;
– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;
– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;
– startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.
Facebook|Instagram|X
#training
👍 IT Park Uzbekistan xodimlarning raqamli savodxonligi va kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan ichki o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Kiber xavf-xatarlar ko‘payib borayotganiga qaramay, jamoa a’zolarining faol ishtiroki orqali mustahkam xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. IT Park Uzbekistan kiberhimoyaning asosiy usullari haqida video yo‘riqnoma tayyorladi va ishonchli hamda xavfsiz ish muhitini ta’minlash maqsadida raqamli himoyani takomillashtirishni davom ettiradi.
🎥 To‘liq video qo‘llanmani YouTube’da tomosha qiling
—
👍IT Park Uzbekistan held an internal training session focused on enhancing digital literacy and cybersecurity awareness among employees.
Despite growing cyber threats, fostering a resilient security culture with active team participation remains crucial. IT Park Uzbekistan has prepared a video instruction on essential cybersecurity practices and will continue improving digital protection to ensure a reliable and safe workspace.
🎥 Watch the full video tutorial on YouTube
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 3
1
#event
IT Park Uzbekistan “100 GRANT” loyihasining ochilish marosimini o‘tkazdi. Unda ko‘p bosqichli tanlovdan o‘tgan 100 nafar ishtirokchi noutbuklar bilan taqdirlandi va “MAAB Innovation” tomonidan taqdim etilayotgan sakkiz oylik Business Intelligence (BI) o‘quv dasturini rasman boshladi.
“4 mingdan ortiq nomzoddan faqat 100 nafari tanlovdan o‘tdi — bu sizning salohiyatingiz va oldinda turgan muhim yo‘lning yaqqol isbotidir”,deya ta’kidladi IT Park Uzbekistan biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Jahongir Radjabov. BI-mutaxassislarga dunyoda va mahalliy miqyosda talab yuqori bo‘lgani sababli, dastur kuchli kadrlar zaxirasini yaratish, eksportga yo‘naltirilgan IT-xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning asosiy tarmoqlarida raqamli transformatsiya borasidagi sa’y-harakatlarini kuchaytirishga qaratilgan. 📖 To‘liq maqolani o‘qing: it-park.uz — IT Park Uzbekistan hosted the opening ceremony of the “100 GRANT” project, where 100 participants who passed a multi-stage selection received laptops and officially began an eight-month Business Intelligence (BI) training program delivered by MAAB Innovation.
“Only 100 of over 4,000 applicants made it — a clear sign of your potential and the important journey ahead”noted Jakhongir Radjabov, Business Development Director of IT Park Uzbekistan. With BI specialists in high demand globally and locally, the program aims to build a strong talent pool, support the development of export-oriented IT services, and enhance Uzbekistan’s digital transformation efforts across key sectors. 📖 Read the full article: outsource.gov.uz Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
👍 5
3
#interview
“Fluggi” asoschisi Nodirbek Abdulhayev kengaytirilgan reallik orqali fotografiyaning kelajagini yaratmoqda. Innovatsiya va hissiyotni uyg‘unlashtirgan holda, “Fluggi” fotograflarga bosma albomlarni jonli tajribaga aylantirish imkonini bermoqda — bunda har bir surat video bilan jonlanadi.
30 nafardan ortiq dasturchi va 200 dan ziyod frilanser bilan hamkorlik qilishdan tortib, LinkedIn orqali global iste’dodlarni jalb qilishgacha, “Fluggi” tez sur’atlar bilan rivojlanib, xalqaro miqyosda kengaymoqda hamda raqamli xotiralarni saqlashning yangi avlodini yaratmoqda.
🎥 To‘liq intervyuni YouTube’da tomosha qiling
—
Nodirbek Abdulhayev, founder of Fluggi, is building the future of photography through augmented reality. By merging innovation with emotion, Fluggi empowers photographers to turn printed albums into dynamic experiences — where each photo comes to life with a video.
From working with over 30 developers and 200 freelancers to hiring global talent via LinkedIn, Fluggi is scaling fast, expanding internationally, and building the next generation of digital memory-keeping.
🎥 Watch the full interview on YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston xorijiy IT-mutaxassislar, olimlar, xalqaro startap asoschilari va investorlar uchun yanada jozibador sharoitlarni joriy qildi.
🌐 Yangilangan tartibga ko‘ra, “IT-VISA” endilikda IT yo‘nalishidagi PhD va DSc olimlari, xalqaro startap loyihalarining asoschilari va a’zolari, IT Park rezident kompaniyalari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari, shuningdek xorijiy investorlarga berilib, ularga ko‘p martalik kirish huquqi va raqamli tashabbuslarda erkin ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Islohot, shuningdek, kadrlar salohiyatini tezroq rivojlantirish va IT-eksportchilarni imtiyozli kreditlash vositalari orqali qo‘llab-quvvatlashning maqsadli mexanizmlarini joriy etadi:
🔹 nufuzli xalqaro o‘quv markazlarida tahsil olayotgan IT-mutaxassislar uchun imtiyozli kreditlar;
🔹 IT-xizmatlari eksportini ikki yil ichida kamida 30 foizga oshirayotgan IT Park rezidentlari uchun imtiyozli kreditlar;
🔹 til o‘rgatish markazlari hamda xalqaro yo‘naltirilgan professional tayyorgarlik va sertifikat olishni maqsad qilgan mutaxassislar uchun maqsadli kreditlar;
🔹 xalqaro ekspertlarni jalb qilish tartibini soddalashtirish — hamkorlik va global bilim almashuvini kuchaytirish.
Ushbu o‘zgarishlar malakali kadrlar bazasini tezda shakllantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning global IT va autsorsing bozorlaridagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
—
🇺🇿Uzbekistan has introduced new measures that make the country even more attractive for foreign IT professionals, scholars, international startup founders, and investors.
🌐 Under the updated regulations, the IT-visa can now be issued to PhD and DSc scholars specializing in IT, founders and members of international startup projects, directors and deputy directors of IT Park member companies, as well as foreign investors — offering multiple-entry access and seamless participation in digital initiatives.
The reform also introduces targeted mechanisms to accelerate talent development and support IT exporters through preferential lending instruments:
🔹 Concessional loans for IT specialists studying at top international training centers;
🔹 Preferential loans for IT Park member companies expanding their IT service exports by at least 30% within two years;
🔹 Targeted loans for language training centers and for specialists aiming to receive internationally oriented professional training and certification.
🔹 Simplified engagement of international experts, boosting collaboration and global knowledge transfer.
These changes will help rapidly build a skilled talent pool, enhance international cooperation, and strengthen Uzbekistan’s competitiveness in global IT and outsourcing markets.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
