en
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Open in Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Show more
26 517
Subscribers
-3624 hours
-1487 days
-67630 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Parlamenti Spikerini qabul qildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-koreya-respublikasi-parlamenti-spikerini-qabul-qildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston sayyohlar oqimining eng tez o‘sishi bo‘yicha dunyoning yetakchi 7 mamlakati qatoriga kirdi World Tourism Barometer hisobotida eʼlon qilingan so‘nggi tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy sayyohlarni jalb qilishning eng yuqori o‘sish surʼatlari bo‘yicha dunyoning TOP-7 mamlakatlari qatoriga kirdi va reytingda oltinchi o‘rinni egalladi. Batafsil 👉https://uzreport.news/society/o-zbekiston-sayyohlar-oqimining-eng-tez-o-sishi-bo-yicha-dunyoning-yetakchi-7-mamlakati-qa Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tramp Venesuelaga yo'l olgan tankerlarni blokirovka qilishni e'lon qildi AQSh kemalari Venesuelaga yoki Venesueladan ketayotgan sanksiyalangan tankerlarni blokirovka qila boshladi. AQSh harbiylari tomonidan tanker musodara qilinganidan so'ng, Venesuela neftini sotib oluvchilar yuqori chegirmalarni talab qilmoqdalar. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-venesuelaga-yol-olgan-tankerlarni-blokirovka-qilishni-elon-qildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
“Chorvoq Darvozasi” TJM dagi aksiya davom etmoqda NBU ipotekasi orqali “Chorvoq Darvozasi” TJM dan xonadon xarid qiling va bosh sovrin — BYD Song Plus DM-i UzPride avtomobili yutug‘ining navbatdagi bosqichida ishtirok eting. Har bir xaridorni bonuslar kutmoqda: ◻️ Xonadon qiymatining 30% to‘lovda — o‘rnatilgan zamonaviy oshxona mebeli; ◻️ Xonadon qiymatining 50% to‘lovda — Mediapark maishiy texnikasi uchun 10 mln so‘mlik vaucher. Shoshiling! Taklif muddati cheklangan. 📌 Batafsil ma’lumot: saytda yoki telefon orqali +998 (71) 202-22-22.
Show all...
02:03
Video unavailableShow in Telegram
Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
video_2025-12-17_13-46-44.mp450.91 MB
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Parkent tumanidagi issiqxonalarda filtr uskunalardagi nosozliklar aniqlandi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Parkent tumanidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida Parkent tumani Qayilma MFY hududida joylashgan issiqxonadagi to‘rt qozonxona filtr uskunasi nosoz holatda ishlayotganligi ma‘lum bo‘ldi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Parkent_tumanidagi_issiqxonalarda_filtr_uskunalardagi_nosozliklar.mp42.89 MB
1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati aholi tomonidan baholanadi Hukumat qarori bilan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini aholi tomonidan baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-xizmatlarini-ko-rsatish-sifati-aholi-tomonidan-baholanadi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi Fransiya milliy jamoasi va “PSJ” klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembele FIFA tomonidan 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/usmon-dembele-fifa-talqiniga-ko-ra-yilning-eng-yaxshi-futbolchisi-bo-ldi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1👍 1👎 1
02:21
Video unavailableShow in Telegram
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Markaziy Osiyo xalqaro institutida ma‘ruza qildi 2025-yil 16-dekabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaarning ma‘ruzasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Tadbir institutning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dasturi doirasida tashkil etildi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Yevropa_Ittifoqining_O‘zbekistondagi_elchisi_Markaziy_Osiyo_xalqaro.mp44.87 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Tramp Suriya va boshqa mamlakatlar fuqarolarining Qo'shma Shtatlarga kirishini taqiqladi Donald Tramp Suriya kabi bir qancha mamlakatlar fuqarolari, shuningdek, Falastin ma'muriyati hujjatlari egalari uchun Qo'shma Shtatlarga kirishni to'liq taqiqladi. Turkmanistonga cheklovlar yumshatildi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-suriya-va-boshqa-mamlakatlar-fuqarolarining-qoshma-shtatlarga-kirishini-taqiqladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Bayram kunlari respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan 2025 yil 20 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari eʼlon qilindi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bayram-kunlari-respublika-bo-ylab-dolzarb-20-kunlik-tozalik-tadbirlari-o-tkaziladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilinadi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori bilan qonunchilikdagi tadbirkorlikka oid 1600 ta majburiy talablar bekor qilindi. Ta’kidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlik-sohasidagi-1-600-dan-ortiq-ma-muriy-talablar-bekor-qilinadi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan to‘qqiz yilda poytaxtda xizmatlar hajmi yiliga 20 foizdan o‘sib, 30 milliard dollarga yaqinlashdi. Kelgusi yilda buni 38 milliard dollarga, 2027-yilda esa 45 milliard dollarga olib chiqish muhim ekani ta’kidlandi. Joriy yilda shahardagi 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan ko‘chalarga aylantirildi. Bu ko‘chalarda 1 ming 200 ta savdo-servis obyektini joylashtirish hisobiga 5 ming aholi daromadli bo‘ldi. Kelgusi yilda yana 18 ta shunday ko‘cha tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. Banklarning 100 ta yangi yuqori qiymatli ijtimoiy, “yashil”, texnologik va turistik xizmatlarni jozibador shartlarda moliyalashtirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Chilonzorda yiliga 15 ming aholini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘qitadigan markaz ishga tushirildi. Shunday markazlarni umumiy ovqatlanish va boshqa servis sohalarida yo‘lga qo‘yib, yiliga 5 ming aholini bepul o‘qitish, 100 ta mahallada kovorking markazi, dars xonasi va o‘quv kurslarini ochish hamda 10 ming nafar yoshlarni qamrab olish topshirildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 132🔥 10
Photo unavailableShow in Telegram
Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Shayxontohur va Olmazorda xizmatlar, kreativ iqtisodiyot, dizayn va turizm asosiy investitsiya yo‘nalishlariga aylanadi. Xususan, 37 gektarda 1 milliard dollarlik “Uchtepa siti” loyihasi boshlanadi. Uning doirasida zamonaviy mehmonxona, biznes markazlar, savdo-ko‘ngilochar majmua va apartamentlar barpo etiladi. Chilonzor, Yakkasaroy, Olmazorda ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshiriladi. Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Mirobod va Yashnobodda esa sun’iy intellekt, startap, fintex, moliya, tibbiyot va ta’lim sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 60🔥 13
Photo unavailableShow in Telegram
Sergeli, Yangihayot, Bektemirda yuqori texnologik sanoat va logistika sohalari “o‘sish nuqtasi” bo‘ladi. Jumladan, kelasi yili Sergelida maydoni 120 ming kvadrat metr bo‘lgan 70 million dollarlik zamonaviy agrologistika va omborxona ishga tushiriladi. Yangihayotdagi “Yangi avlod” sanoat zonasida elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va oziq-ovqat sohasida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yerda Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi zamonaviy logistika tizimini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu sanoat zonasi Yangihayot va Bektemirdagi 640 gektar hisobidan kengaytiriladi. Buning hisobiga umumiy qiymati 3 milliard dollarlik ekologiya talablariga mos va yuqori texnologik yangi loyihalarni boshlash topshirildi. “Yangi avlod” sanoat zonasi boshqaruviga ilg‘or xorijiy kompaniyani jalb qilish zarurligi ta’kidlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 79🔥 11
Photo unavailableShow in Telegram
Shota Rustaveli ko‘chasida BRT yo‘lagi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hududida avtomobil tunneli ishga tushirildi. Lekin Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Shahrisabz, Maxtumquli, Ohangaron ko‘chalaridagi tirbandlikdan aholi norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi. Toshkent shahri aholisi yildan-yilga oshib borayotgani hisobiga 100 mingdan ziyod maktab va bog‘cha o‘rinlariga ehtiyoj bor.
Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi. 2026-yil Toshkent shahri uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi. Bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Kelgusi yilda jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani 3 ming, 2027-yilda esa 3,5 ming dollarga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard dollar, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 92 13🔥 11
Photo unavailableShow in Telegram
Shu bilan birga, poytaxtimizda hali yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligi qayd etildi.
Eng avvalo, shahar aholisini tashvishga solayotgan ekologiya, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish va sifatli boshqaruv masalasida shahar mas’ullari yondashuvini o‘zgartirishi zarur”,
– dedi Prezidentimiz. Misol uchun, Yunusobodda besh yilda 500 ming kvadrat metr yirik savdo komplekslari barpo etilib, savdo va xizmat ko‘rsatish hajmi joriy yilning o‘zida 76 trillion so‘mga yetdi. Shayxontohur, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham katta o‘zgarishlar bor. Lekin Yashnoboddagi “Texnopark”da yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish uchun hali katta salohiyat borligi ta’kidlandi. Yangihayotdagi “Toshkent indeks” loyihasida esa qurilgan 6,5 mingta savdo obyektining yarmidan ko‘pi bo‘sh turgani qayd etildi. Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlariga tadbirkorlarga sharoit yaratib bersa, birgina shu loyihalarni to‘liq ishga tushirish orqali yana kamida 10 mingta ish o‘rni tashkil qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Toshkent shahrida yashirin iqtisodiyot ulushi 9,5 foizni tashkil qilayotgani, mutasaddilar uni qisqartirish bilan tizimli shug‘ullanishi shartligi ta’kidlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 85🔥 16 15
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrining doimiy aholisi har yili o‘rtacha 100 mingdan ko‘payib, 2030-yilda 3,5 milliondan oshishi kutilmoqda. Shuningdek, yalpi hududiy mahsulotni 52 milliard dollarga yetkazish, jon boshiga daromadni qariyb 2 karra oshirib, 15 ming dollarga yetkazish reja qilingan. Ushbu marralarga erishish uchun shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, 12 ta tuman hokimi tinimsiz izlanishi, shahar uy-joy fondi, transport, energetika, ta’lim va tibbiyot, servis infratuzilmalarini dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, shunday megapolislarda rahbar bo‘lgan mutaxassislarni hokimga maslahatchi qilib olib kelish bo‘yicha taklif ma’qullandi. Ularning ko‘p yillik tajribasidan foydalanib, Toshkent shahrini moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizm markaziga aylantirish kerakligi qayd etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 68 15🔥 10
Photo unavailableShow in Telegram
Uy-joylar qurish ko‘lami ham keskin oshdi. Avvallari Toshkentda yiliga ko‘pi bilan 2-2,5 ming xonadon qurilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 15,5 mingdan oshdi. So‘nggi uch yilda 3,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, poytaxt aholisi va tadbirkorlarning elektr ta’minotini yaxshilash boshlandi. Kelasi yili ham bu maqsadlarga yana 1,5 trillion so‘m beriladi. Umuman, poytaxt iqtisodiyoti oxirgi to‘qqiz yilda 2,5 barobar o‘sib, joriy yil 27 milliard dollarga yetadi. Aholi jon boshiga daromad esa 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollarga ko‘paydi. Natijada kambag‘allik darajasi yil boshidagi 7,3 foizdan 1 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizdan 3,5 foizga pasayadi. Ya’ni Toshkent shahrida kambag‘allik va ishsizlik tabiiy darajaga tushadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 54🔥 23 17
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. So‘nggi yillarda poytaxtimizda ulkan o‘zgarishlar yuz bergani ta’kidlandi. O‘tgan to‘qqiz yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritildi, 5 mingga yaqin yirik loyiha ishga tushdi. Jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya 2017-yildagi 71 dollardan 2,2 ming dollarga oshdi. Shaharda tijorat maydonlari 14 karra ko‘payib, 67 million kvadrat metrga yetdi, tadbirkorlar soni 140 mingga yaqinlashdi. Bunyodkorlik ishlari, yangi qurilgan savdo-servis va ko‘ngilochar obyektlar “tungi iqtisodiyot”ni rivojlantirdi. Tun-u kun ishlaydigan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari soni 3 mingdan oshdi. “Shahar piyodalar uchun” tamoyili asosida mahalla va ko‘chalarda ijobiy o‘zgarishlarni odamlar kundalik hayotida sezayotganini o‘zlari aytmoqda. Toshkentga 1 mingta zamonaviy elektrobus va avtobus olib kelinib, 168 ta yangi yo‘nalish ochildi. Qo‘shimcha 33 kilometr metro liniyasi va 21 ta yangi stansiya qurildi. Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusoboddagi 1 millionga yaqin aholiga metro xizmatlari yaqinlashdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 45🔥 12 11