Edu - Taʼlim yangiliklari
Open in Telegram
🔔 Reklama: @Edurekadmin Ta'limda nima yangiliklar? O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 📩 @Edu_murojaatBot
Show more513 353
Subscribers
-2 74824 hours
-8 6477 days
-48 28630 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
🌟 Bayramingiz bilan, aziz ustozlar! 🌟
Sizning mehnatingiz, sabringiz bilan bizning kelajagimiz yorug'! Har bir darsingiz bilan bizning qalbimizga ilm nurini solasiz va hayot yo'limizni yoritasiz. Bugun — sizni nafaqat hurmat qilish, balki sizning fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlash kuni.
O'zingiz xohlagan sharoitda, $1 ming maosh bilan ishlash nasib qilsin. Millat bolalarini ilmli qilishdek mashaqqatdan charchamang.Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👏 37🎉 20🤩 8❤🔥 6👍 5🤣 5🤗 2🔥 1
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy voqea yuz berdi
Dunyoning eng nufuzli Top-50 universitetlari qatoridan joy olgan Yonsei University ilk bor o‘zining ilg‘or ilmiy dasturlarini Koreyadan tashqarida taqdim etmoqda. Ushbu dasturlar uchun Yonsei Universiteti ishonchli hamkor sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Farmatsevtika Texnik Universiteti (PTU)ni tanladi.
24-Sentyabr kuni PTU rektori Dr. Abdumalik Djumanov hamda Yonsei Universiteti prezidenti Dr. Dong-Sup Yoon o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida tarixiy anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi.
Yoshlarimiz Yonsei Universitetining quyidagi yo'nalishlarida tahsil olishlari mumkin bo'ladi:
*BSc Industrial Pharmacy and Chemistry
*BSc Pharmaceutical Chemistry
*BSc Biopharmaceutical Science & Biotechnology
Mazkur kelishuv mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini jahonning yetakchi universitetlari bilan yanada yaqinlashtirish, yoshlarimiz uchun global darajadagi zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👍 26❤🔥 8💯 8👏 6🔥 4🆒 3
Photo unavailableShow in Telegram
❌ Super kontrakt bekor boʻldimi?
Ayrim kanallar Hukumat qarorini tushunib-tushunmay rasmdagi xabarni tarqatyapti, ammo bu xato ma’lumot.
✅ Toʻgrisi quyidagicha:
2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgandi.
Ya’ni imtihonda 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar ham pulini to‘lab o‘qishi mumkin edi. Xalq tilida bu “super-muper” kontrakt, deb ham ataladi.
2025-yil 13-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan ushbu tartib bekor qilindi.
❗️Demak, endi 56,7 balldan kam toʻplab, davlat OTMlariga pul toʻlab oʻqishga kirib boʻlmaydi. Ammo minimal 56,7 balldan yuqori boʻlsa, unda super kontrakt qilib oʻqisa boʻladi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
🤣 83👍 38🔥 8👎 7😡 4
01:57
Video unavailableShow in Telegram
❗️Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda
Ariza berish tartibi quyidagicha:
1️⃣ Avvalo, abituriyent kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
2️⃣ Shundan so‘ng tizimda abituriyent tanlagan 5 tagacha yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt narxlari ro‘yxati shakllanadi.
3️⃣ Abituriyent o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlab, ariza yuboradi.
4️⃣ OTM masʼullari arizani ko‘rib chiqib, tasdiqlaganidan keyin shartnoma va hisob raqami shakllanadi.
5️⃣ Shartnomada ko‘rsatilgan summaning kamida 50 foizi 31-oktyabrga qadar to‘langach, abituriyent rasmiy ravishda talaba maqomiga ega bo‘ladi va o‘qishni boshlash huquqiga ega bo‘ladi (qancha ertachi to‘lasi, shuncha tezlashadi jarayon. Ayrim universitetlar istisno tarzida shartnona shakllangandan keyin darsga qo‘yib turishi ham mumkin).
❓ Kimlar super-kontraktga ariza bera oladi?
Hozircha hech bir OTMga qabul qilinmagan va ballari qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar.
Ular uchun super-kontrakt miqdori oddiy kontraktning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha belgilanadi.
❓4,05 balldan ortiq yetmaganlar-chi?
Bunday abituriyentlarning ma’lumotlari bosqichma-bosqich bazaga kiritilmoqda. Narxlar bugun chiqmasa, 1–2 kun ichida ko‘rina boshlaydi.
📹 kontrakt.edu.uz dan ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma videoda 👆
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
To'lov_shartnomasini_olish_uchun_onlayn_ariza_yuborish_|_kontrakt.mp44.21 MB
👍 12❤🔥 5👎 2🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Super-kontrakt miqdori e’lon qildi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilandi (rasm).
Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan.
IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👍 28🤣 7👏 4❤🔥 3😎 3
00:08
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Abu Rayhon Beruniy Universiteti da 2025-2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda!
🎓Yo‘nalishlar:
• Yurisprudensiya
• Iqtisodiyot
• Psixologiya
• Tarix
• O‘simliklar himoyasi va karantini
💸Kontrakt: narxlari 10 mlndan boshlanadi...
📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portal ( arbu-edu.uz ) va telegram bot : @qabul_arbu_bot
orqali qabul qilinadi. Video qoʻllanma
📞Murojaat uchun:
+998559037007 | @arbu_admins
📌Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Kensoy MFY, Kensoy ko‘chasi 15-uy
🖊Litsenziya (№ 363695, 21.08.2024-y.)
IMG_0698.MP45.58 MB
👏 5👍 4👎 1
02:21
Video unavailableShow in Telegram
Vakant o‘rinlari (6-yo‘nalish) uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha video yo‘riqnoma
❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?✅ JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar: 1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar. 2-toifa — Roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham). Platforma: my.uzbmb.uz Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
666qabul 2025.mp413.80 MB
👍 19❤🔥 7👎 3
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi!
🎓 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📌 Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
📊 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabr – 3-oktabr
📆 Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar
ℹ️ Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
VAKANT KUNDUZGI.pdf7.71 KB
VAKANT-KECHKI.pdf3.35 KB
VAKANT-MASOFAVIY.pdf2.07 KB
👍 3🔥 3
❗️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.
1️⃣ 1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul (1-3-rasmlar) parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi (ya’ni o‘zi kirgan oliygoh) boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
2️⃣2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul (4-rasm) parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
➖roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
➖oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
❗️Eslatma: ro'yxatdan o'tgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to'lov (206 ming soʻm) undiriladi.
‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.
3️⃣3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 ming 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. Ya’ni uchinchi imkoniyat uchun ariza berish shart emas, kimlar o‘qishga kirgani ballar ketma-ketligiga qarab avtomat ravishda aniqlanadi va oliygohlarga ro‘yxati yuboriladi. Oliygohlar talabalar bilan bog‘lanib, o‘zi chaqiradi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👏 18👎 9🔥 6🤣 6👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyada 1-yanvardan boshlab biometriya (barmoq izi, yuz rasmi, ko'z skaneri kabi shaxsiy ma'lumotlar olish) barcha xorijliklar uchun majburiy boʻldi.
Biometriyani mustaqil ravishda rasmiylashtirish uchun uzoq navbatlarda ko‘p vaqt sarflanadi.
T-Mobile – bozorda sayyor biometriyani taqdim etadigan asosiy operator bo‘lib, barcha zarur ishlarni bitta uchrashuvda hal qilish mumkin.
Bizning vakillarimiz:
- Biometriya;
- SNILSni rasmiylashtiradi;
- Gosuslugida hisob ochib berib, uni tasdiqlaydi;
- Qulay tariflar, spamdan himoya va ilova orqali boshqarish imkoniyatiga ega T-Mobile SIM kartasini ulab beradi.
Nima uchun bu qulay:
- Bexato rasmiylashtiriladi: barchasini bizning mutaxassislarimiz bajaradi;
- Darhol tarmoqqa ulanasiz – tayyor SIM kartani olasiz;
- Rasmiy va xavfsiz;
- Ortiqcha qatnovlar va uzun navbatlarsiz.
T-Mobile SIM kartasini buyurtma qilish uchun havola orqali o‘ting, vakilimiz uni taqdim etish barobarida biometriya tekshiruvini ham o‘tkazib beradi.
https://l.tbank.ru/Abituriyent_mandat
👍 4👏 3❤🔥 2🎉 2🔥 1
❗️6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi
‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni o’qishdan yiqilganlar;
2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar.
Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
➖davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
➖ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
➖ tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
❓Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi?
Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas. Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi bironta vakant joy yo’q bo’ladi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👍 19😡 9👎 3🔥 3🤯 2🤩 2
02:07
Video unavailableShow in Telegram
❗️Qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun ham qo'shimcha kvota o'rinlari tasdiqlandi
Bunda ikkita toifa bor.
Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida o'qishdan yiqilgan qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to'lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan.
Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qarorida davlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant.
Batafsil videoda;
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
IMG_5701.MP425.23 MB
🔥 19👍 13❤🔥 5👏 3
00:08
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Abu Rayhon Beruniy Universiteti da 2025-2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda!
🎓Yo‘nalishlar:
• Yurisprudensiya
• Iqtisodiyot
• Psixologiya
• Tarix
• O‘simliklar himoyasi va karantini
💸Kontrakt: narxlari 10 mlndan boshlanadi...
📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portal ( arbu-edu.uz ) va telegram bot : @qabul_arbu_bot
orqali qabul qilinadi. Video qoʻllanma
📞Murojaat uchun:
+998559037007 | @arbu_admins
📌Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Kensoy MFY, Kensoy ko‘chasi 15-uy
🖊Litsenziya (№ 363695, 21.08.2024-y.)
IMG_0698.MP45.58 MB
🔥 7👍 2
02:36
Video unavailableShow in Telegram
❗️Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlanibdi, ertaga 22-sentyabr e’lon qilishar ekan.
6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan naq 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi.
Super-kontraktda jiddiy o’zgarishlar yo’q.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
IMG_5696.MP431.00 MB
🤝 50👍 27👏 7🔥 5🤩 4🎉 2❤🔥 1
Super-kontrakt qachon e’lon qilinadi?
Hozircha aniq sanani hech kim ayta olmaydi. Chunki qonunchilikda super-kontraktni e’lon qilish muddati belgilanmagan. “Bugun”, “erta”, “hafta yakuni” kabi taxminlarning barchasi rasmiy emas. Davlat qabul komissiyasi bayoni tasdiqlanmasdan turib, hech kim aniq sanani aytolmaydi. Ishonch bilan aytish mumkinki, vazirlikdagilar ham jarayonni cho‘zib o‘tirishdan manfaatdor emas, ular topshiriqni imkon qadar tez bajarishga intilishmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, hech bir yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlarga vakant o‘rinlardan tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘pchilik “6-yo‘nalish” deb atagan ushbu jarayon ham ochilishi kutilmoqda. Shu bois bu yana qo‘shimcha vaqt olishi tabiiy.
Qonunchilikda tartib qanday?
Super-kontrakt miqdori, qo‘llanishi va boshqa tartiblari alohida qonun yoki kodeksda emas, balki ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinadi. Ammo qaysi muddatda e’lon qilinishi aniq ko‘rsatilmagan.
Abituriyent nima qilishi kerak?
➖ Rasmiy manbalarni kuzatish –Oliy ta’lim vazirligining @eduuz va Bilimni baholash agentligining @BahoIashUz rasmiy sahifalaridan ma’lumot olish.
➖ Asossiz gaplarga ishonmaslik – ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlar emas, faqat rasmiy xabar asosli hisoblanadi.
➖ Hujjat va mablag‘ni tayyorlab qo‘yish – muddat qisqa bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldindan tayyorgarlik muhim.
Manba: @z_amirqulov
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
😡 63👎 17🤯 8👍 7🙉 6❤🔥 2🔥 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Abu Rayhon Beruniy Universiteti da 2025-2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda!
🎓Yo‘nalishlar:
• Yurisprudensiya
• Iqtisodiyot
• Psixologiya
• Tarix
• O‘simliklar himoyasi va karantini
💸Kontrakt: narxlari 10 mlndan boshlanadi...
📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portal ( arbu-edu.uz ) va telegram bot : @qabul_arbu_bot
orqali qabul qilinadi. Video qoʻllanma
📞Murojaat uchun:
+998559037007 | @arbu_admins
📌Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Kensoy MFY, Kensoy ko‘chasi 15-uy
🖊Litsenziya (№ 363695, 21.08.2024-y.)
IMG_0698.MP45.58 MB
👍 10🔥 2😱 1
❓ Super-kontrakt chiqmagan bo‘lsa ham universitetga borib, darslarga qatnashish mumkinmi?
✅ Javob: rasman yo‘q.
Qonunchilikka ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqmaguncha abituriyent talaba hisoblanmaydi. Shuning uchun darslarga qatnashish huquqi ham faqat buyruq chiqqandan keyin beriladi.
Ammo ayrim oliy ta’lim muassasalari “kutilayotgan talaba” sifatida abituriyentlarga dars jarayonlarini kuzatishga sharoit yaratib berayotgani haqida ma’lumotlar kelmoqda.
❗️ Bunda muhim nozik jihat mavjud: agar keyinchalik “kutilayotgan talaba”ga super-kontrakt uchun ruxsat berilmasa, abituriyent va OTM o‘rtasida nizoli vaziyat paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Chunki talaba darslarda qatnashgan davrida vaqt va moddiy xarajat qilgan bo‘ladi.
Shu sababli oliy ta’lim muassasalari “kutilayotgan talaba” bilan bunday masalalarni oldindan aniqlashtirib, barcha shartlarni kelishib olishlari zarur.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
🤣 50😡 28👍 14👎 6🔥 2💯 2❤🔥 1👏 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
ChatGPT kanalimiz haqida
Hatto sun'iy intellekt ham "Edu - ta'lim yangiliklari" haqida biladi. Bunda sizning ham hissangiz bor.
✊ Bizni kuzatishda va ta'limga oid yangiliklarni eng birinchi bo'lib bilishda davom eting.
Edu - ta'lim yangiliklari✅👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
🔥 7❤🔥 4👎 3👍 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
BAKALAVR UCHUN E-VIZA!
❓O‘zbekistondagi universitetlarga kira olmadingizmi?
Hech tushkunlikka tushmang! Chunki siz uchun katta imkoniyat eshiklari hali ham ochiq!🎉
🇰🇷 Kangwon National University Foundation (KNUF) dasturi orqali Koreyada talaba bo‘lish orzuyingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.
Bakalavr bosqichi uchun:
✅ Viza to‘lovi yo‘q
✅ IELTS sectionlari muxim emas, faqat overall 5.5 kifoya
✅ 1 kunlik $6500 bank schot yetarli
✅ Ota-ona daromadi haqida hujjatlar talab qilinmaydi
✅ O'qigan 9kredit KNU tomonidan tan olinadi
✅ 7ta fakultetlardan birini tanlash imkoniyati
O'zbekistonda birinchilardan bo'lib "hokimiyat visasi (TEX-X)" ni qo'lga kiritgan KNUF sizga yuqoridagi imkoniyatlarni taklif qiladi!
📍1-semester — Samarqandda,
📍Bahorgi semestr — Koreyada
Talablarchi deysizmi? Juda oddiy!
— Topik 2+ yoki IELTS 5.0 +
Hoziroq ro'yxatdan o'ting! Bog'lanish uchun:
📩@KnuF_3
📩@KnuF_1
☎️+998 95 263 07 00
(Samarqand filal)
☎️ +998 90 269 88 18
@Ar1rang_and
(Andijon filal)
✅️KANGWON NATIONAL UNIVERSITY FOUNDATION
Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐Instagram 🌐Telegram
🌐Facebook 🌐 Web-sayt
🔥 4👍 3👎 2❤🔥 1
Texnikumdagi o‘qituvchi va ustalar diqqatiga!
➖ Maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi;
➖ Texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi;
➖ Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
👍 24👏 5🔥 4👎 1🤩 1
