en
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Open in Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Show more
100 010
Subscribers
No data24 hours
+337 days
+1 60430 days
Posts Archive
Repost from Agrobank
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni — 1-oktabr, Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 💐 Sizlarning fidoyiligingiz va mehnatingiz tufayli yoshlarimiz bilimli, ma’naviyatli va yurtimizga munosib insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda. Sizlar — jamiyat taraqqiyoti va kelajagining asosiy poydevorisiz! 📗 Agrobank jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, farovon hayot, shogirdlaringiz yutuqlaridan quvonish baxti va olijanob mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Agrobank tomonidan jamiyatdagi fidoyi insonlarning hayoti hamda faoliyat yo‘lini yoritishga qaratilgan yangi loyiha "Qahramonlar"! Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda. 📱 To‘liq videoni Agrobank YouTube kanalida tomosha qiling!
Show all...
IMG_0041.MP426.26 MB
02:13
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #No_comment
✅ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi MTT bolajonlari tilidan
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Bayram Shukuxi Boxcha 2.mp442.30 MB
06:54
Video unavailableShow in Telegram
#Oksana_Chusovitina_maktabi 1 YIL — YANGI G‘ALABALARGA BOSQICH! 🤩Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil topganiga 1 yil to‘ldi! 🌀 Shu qisqa muddat ichida maktab: ✔️ iste’dodli sportchilarni tarbiyaladi, ✔️ gimnastika bo‘yicha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi, ✔️ zamonaviy sharoitlarda o‘quv-trenirovka jarayonini yo‘lga qo‘ydi, ✔️ eng muhimi — bolalarga orzu va g‘alaba ruhini singdirdi! 🎬 Ushbu 1 yillik sarhisob videoda siz: ➖ maktab faoliyatining yorqin onlari, ➖ murabbiylar va sportchilarning fikrlari, ➖ erishilgan yutuqlar va yangi maqsadlar bilan tanishasiz. 💫 Oksana Chusovitina nomidagi maktab — bu faqat sport emas, bu iroda, g‘alaba va ilhom maskani!
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
SD.mp4264.23 MB
06:54
Video unavailableShow in Telegram
#Oksana_Chusovitina_maktabi 1 YIL — YANGI G‘ALABALARGA BOSQICH! 🤩Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil topganiga 1 yil to‘ldi! 🌀 Shu qisqa muddat ichida maktab: ✔️ iste’dodli sportchilarni tarbiyaladi, ✔️ gimnastika bo‘yicha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi, ✔️ zamonaviy sharoitlarda o‘quv-trenirovka jarayonini yo‘lga qo‘ydi, ✔️ eng muhimi — bolalarga orzu va g‘alaba ruhini singdirdi! 🎬 Ushbu 1 yillik sarhisob videoda siz: ➖ maktab faoliyatining yorqin onlari, ➖ murabbiylar va sportchilarning fikrlari, ➖ erishilgan yutuqlar va yangi maqsadlar bilan tanishasiz. 💫 Oksana Chusovitina nomidagi maktab — bu faqat sport emas, bu iroda, g‘alaba va ilhom maskani!
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
SD.mp4264.23 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli ustozlar va murabbiylar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda taʼlimni rivojlantirish, pedagoglar maqomini yuksaltirish yoʻlida havasga loyiq islohotlar amalga oshirilyapti. Yaqinda Davlatimiz rahbarining BMT minbaridan turib Yangi Oʻzbekistonda oʻqituvchilik kasbining nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralayotganligini alohida taʼkidlab oʻtganliklari bizga faxr-iftixor bagʻishlaydi. Ayni paytda yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi. Muhtaram ustozlar! Kelajak avlodimizni bilimli, vatanparvar va barkamol shaxslar boʻlib voyaga yetishida sizlarning mehnatlaringiz beqiyosdir. Oʻgʻil-qizlarga taʼlim berish, ota-onalardek gʻamxoʻrlik qilish barobarida yurtimizdagi tarixiy islohotlarda faol ishtirok etayotganingiz barchamizni quvontiradi, albatta. Xalqimiz ertasini, millat kelajagini sizlar sadoqat bilan yaratyapsiz, yuksaltiryapsiz. Aziz pedagoglar! Sizlarga yana bir bor oʻzimning eng ezgu tilaklarimni bildirgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va masʼuliyatli kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli ustozlar! Eʻzoza Karimova, Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri
Show all...
Repost from TgId: 1297184524
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir. Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda. Aziz pedagoglar! Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Hilola Umarova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
Show all...
04:12
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va tumanlar hokimlari ham 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilarni tabriklashdi.
#Bayram_muborak
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
777.mp434.54 MB
#Ustozga_ehtirom
✅ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarning sharafli faoliyati, ularning dil izhorlariga bag‘ishlangan videolavhalar suratga olingan.
🔰 Ularda muallimlarning mas‘uliyatli hamda sharafli faoliyati haqida hikoya qilinadi. __________ 📍 Videolavhalar Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyatlari Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari Axborot xizmatlari tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
ustozlar bayrami.mp4144.05 MB
video_2025-09-30_17-18-37.mp432.56 MB
0929.mp4124.83 MB
IMG_0148.MOV12.40 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрикПоздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
RASMIY BAYONOT Xabaringiz bor, Toshkent viloyatidagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligi bilan bog‘liq noxush holat yuz bergan edi. Eng muhimi, barcha farzandlarimiz sog‘ayib, ularning salomatligiga xavf yo‘qligi to‘liq tasdiqlandi. Davolash jarayonlari shifokorlar nazoratida samarali tashkil etildi va bolalar o‘z oilalari bag‘riga qaytdi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni bartaraf etish ishlarini Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi butun davr mobaynida jamoatchilikka batafsil axborot berib bordi. 2-oktabrdan boshlab barcha maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini odatiy ish rejimida davom ettiradi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ayrim bog‘chalarimizda umumiy ovqatlanish xizmatlari xususiy korxonalar tomonidan autsorsing tizimi orqali yo‘lga qo‘yilgan. Shartnomalarda sanitariya talablari va me’yorlariga qat’iy rioya qilish belgilangan. Shu bilan birga, Vazirlik o‘z mas’uliyatini chuqur his qiladi va nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytiradi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari har tomonlama o‘rganilmoqda. Kamchiliklar aniqlansa, tegishli shartnomalar qayta ko‘rib chiqiladi yoki bekor qilinadi. Vazirlik bolalarimizga ovqatlanish xizmati ko‘rsatayotgan barcha tashkilotlarga murojaat qiladi: farzandlarimiz sog‘ligi – eng katta mas’uliyat. Sanitariya talablariga bepisandlik yoki oziq-ovqat sifati hisobiga xarajatlarni qisqartirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Joylarda ko‘rsatilayotgan autsorsing xizmatlari sifati ustidan nazorat tizimi yanada kuchaytiriladi. Bu jarayonga ota-onalar, ekspertlar va jurnalistlardan iborat jamoatchilik komissiyasi ham jalb etilib, ularning xulosalari jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarning oldini olish uchun tizimli choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi. Bu choralar nafaqat mavjud holatni bartaraf etishga, balki kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanishini oldini olishga ham qaratilgan. Vazirlik Prokuratura idoralari, Iqtisodiyot va moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda barcha zarur choralarni amalga oshiradi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
02:47
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #Олий_таълим
✅ Ustoz — kelajakning bunyodkori, ilm-ma'rifat tarqatuvchisidir. Dunyoda muallimchalik shafarli va ulug' kasb yo'q.
Qadringiz ham, qaddingiz ham doimo baland bo‘lsin, aziz ustozlar! Nizomiy nomidagi Ozbekiston Milliy pedagogika universiteti
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
S48a99591.mp452.00 MB
Repost from TgId: 1297184524
Bugun BAA Prezidenti Devonining Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchi Luay Jerudi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Uchrashuvda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, istiqbolli loyihalar va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi. So‘nggi yillarda BAA bilan ta’lim sohasida hamkorliklarimiz samarali tashkil etilmoqda. Misol uchun: xalqaro maktab tashkil etish bo‘yicha hamkorlik, Abu-Dabi ta’lim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari o‘quvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Xalifa universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, “Raqamli avlod qizlari” loyihasida Emirates National School maktabi o‘quvchilarining ishtiroki kabilar shular jumlasidandir. Uchrashuvda kelishilganidek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorliklarni yanada kengaytiramiz. @hilola_umarova
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#davlat_xizmatlari Xabaringiz bor, joriy yilning 1-sentabridan boshlab umumiy oʻrta taʻlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma dublikatini olish uchun arizalar nafaqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ham qabul qilinmoqda. ➖ Oʻtgan bir oy davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali shahodatnoma dublikatini olish boʻyicha 200 nafardan ortiq fuqarolarning arizalari ijobiy hal etildi. 👉 Maʼlumot uchun: ushbu davlat xizmatini amalga oshirish boʻyicha berilgan arizalar 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Xizmatdan foydalanish bepul. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#Tabriklar_burchagi 🔴 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan "Tabriklar burchagi" tashkil etildi. 👉 Unda o‘quvchilar o‘z ustozlarini bayram bilan samimiy tabriklab, mehr va minnatdorchilik so‘zlarini izhor etishmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
qutliqlawlar muyeshi.mp4122.68 MB
00:47
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #No_comment
🔴 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham bayram munosabati bilan ustozlarini "Jonli yo‘lak"da kutib olishdi.
#Ustozlar_kuni #Bayram_muborak 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
PM_HD.mp454.70 MB
01:35
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #No_comment
🔴Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi bolajonlar ham bayram munosabati bilan tarbiyachilarni tabriklashmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin! ______________ 📍 Videolavhada Toshkent shahridagi 53-DMTTdagi jarayonlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Bayram Shukuxi Boxcha 1.mp430.04 MB
01:22
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #No_comment
🔴 O‘quvchilar tomonidan ustozlarni “Jonli yo’laklar”da yuqori kayfiyatda kutib olish davom etmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz muallimlar! ______________ 📍 Videolavhada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidagi jarayonlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
hd_a_qodiriy_.mp497.74 MB
00:45
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom #No_comment
✅ Bugun yurtimiz bo‘ylab ta’lim muassasalarida ustozlarni o’quvchilar “Jonli yo’laklar” tashkil etgan holda kutib olishmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz muallimlar! ______________ 📍 Videolavhada Yunusobod tumanida joylashgan 273-maktabdagi jarayonlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Bayram Shukuxi Maktab 1.mp413.58 MB
01:07
Video unavailableShow in Telegram
1-oktabrda  maktab o‘qituvchilari  qancha mukofot puli oladi? Prezident Farmoniga ko’ra “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xodimlarni mukofotlash miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi. Yangi o‘zgarishdagi -GACHA qo‘shimchasi maksimal chegarani anglatadi, bu hamma xodimlar 75% mukofot oladi, degani emas. Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilishi mumkin. Mukofot miqdori mukofotlash davrida Direktor jamg‘armasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi. 👉 Eng sara videolar vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Show all...
VID_20250929180943092.mp469.17 MB
#Bayram_shukuhi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan nodavlat ta’lim tizimi rahbarlari va xodimlari bilan muloqot qildi. Unda bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, bunda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
🔰 Tadbirda bir guruh nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari "Xalq ta’limi fidoyisi" va "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
_________________ ➖ Shu kuni vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlar xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi hamda sohada mehnat qilayotgan bir qator mas’ullar tarmoq mukofotlari bilan taqdirlandi. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...