Sevgi She'rlari
前往频道在 Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
显示更多12 895
订阅者
-2124 小时
-1147 天
-22330 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
....Rashk...
Termulib to‘ymagan ikki ko‘zimdan
Ismingla jo‘r bo‘lga har bir so‘zimdan
Men seni hammadan, hatto o‘zimdan
Bilib qo‘y baridan, qizg‘andim seni..
O‘jarligin yoqar, kulishing yoqar
Yulduzlar uzoqdan yuzingga boqar
Kimlardir pinhona seni kuzatar
Bilib qo‘y baridan, qizg‘ondim сeни.❤️+❤️=❤️(💕)
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 8👍 5😍 5🥰 3🔥 1💔 1
Seni boring bilan sevaman bilsang
Qanday boʻlsang shunday yoqasan menga,
Zumda kechiraman gar xato qilsang.
Ne qilsang hammasi yarashar senga,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Yolgʻiz qoldirma hech ketmagin yiroq.
Qorongʻu kechamda yogʻdusan, chiroq.
Oʻxshashing yoʻq aslo qaysarsan biroq,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Hafa qilsam goho gunohimdan kech.
Dilda gʻashlik bitsin tugunlarni yech.
Maqtasam tarifing tugamaydi hech,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Qaytib kelmas ekan umr har dami.
Qachon tugagan bu dunyoning gʻami.
Mukammal inson yoʻq bor inson kami,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Sevib ardoqlayman jonimdan ortiq.
Sen uchun aylayman borimni tortiq.
Kechagidan koʻproq yanada qattiq,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Yolgʻiz qoldirmayman bir zumga yiroq.
Soya solmas ishon yolgʻizlik, firoq.
Yillar oʻtgan sari bugundan koʻproq,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Aslo koʻrmayin bu koʻzlaringda nam.
Yarashib turibdi anjinlaring ham.
Unutmasang boʻldi har lahza har dam,
Seni boring bilan sevaman bilsang.
Biroz nozikroqda koʻnglimning tabi.
Seni baxtli qilmoq sevgim matlabi.
Meni borim bilan sevganing kabi.
Seni boring bilan sevaman bilsang.
✍ Sobitjon Eshtemirov.16.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 10👍 7😍 6🥰 1
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
17 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.83 MB
👍 8🥰 6❤ 5😍 2
00:09
视频不可用在 Telegram 中显示
🌙
🌟Xayrli tun dilga yaqinim.
Hamma narsa o‘tkinchi. Ularga ahamiyat va qiymat beradigan ўзимиз.❄️
🌙
🌟So‘ng ana shu hayoliy ahamiyat tufayli ozorlanadigan va azoblanadigan ham o‘zimiz бўламиз.❄️
🌙
🌟Allohni bergan har bir kuniga shukr. Tabassum qilishni unutmadingizmi?
🌙
🌟Barchangiz Allohga❄️ omonatsiz.
Yaxshi dam oling...
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
8.02 MB
❤ 5👍 5😍 5🥰 4
01:27
视频不可用在 Telegram 中显示
YOMON KO‘RIB QOLAMAN ...🖤
Kim telba desalar, - ,,men, o‘sha!", derdim,
Hammani yaxshi deb, o‘ylagan menman !
Bir insonni sevib, eh, nima qildim,
Ishonib dilimdan, kuylagan menman !
Sendan hiyonatni kutmadim aslo,
Sevgimni tilimda qildim namoyon.
Hijron kechasida yonsamda tanho
Senga muhabbatim bo‘ldi bardavom !
Oh, seni sevishda davom etaman,
Vafo, sadoqatda men o‘sha xotam.
Eng yomon narsani anglab yetaman,
Magarki, bo‘lmasang...
Men aytgan odam !
Dunyo ko‘zlarimga ko‘rinar yomon,
Yurgan yo‘llarimu, ko‘zimdagi nur.
Bilmadim, qandayin qolaman omon,
Tinglagan qo‘shig‘im berolmas huzur !
Senga ilk bor aytgan o‘sha so‘zimni,
Sevinchim aks etgan ikki ko‘zimni
Barchasin, hammasin bahridan
o‘tib,
Yoqtirmay qolaman, hatto...
O‘zimni !
...YOMON KO‘RIB QOLAMAN ! 🖤
✍️ MURODULLA
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
19.69 MB
❤ 10👍 6😍 4🥰 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Hurmatli she'riyat ixlosmandlari!
Go‘zal va betakror she'rlar sohibi, shoir JO‘RABEK RO‘ZIYEVICH ning sheʼrlari jamlangan rasmiy kanaliga taklif etamiz!👇
https://t.me/sabrim_05
❤ 8👍 4🥰 4😍 4
Obuna bo‘lish
Sheʼrlarni ko‘rish
照片不可用在 Telegram 中显示
🥀 BIR SЕNGA YOQMADIM… 🥀
Kimlar vujudida qon bo‘lib oqdim,
Kimlarning tushida jilmayib boqdim,
Shamollarga yoqdim, gullarga yoqdim —
Bir senga yoqmadim, faqat bir senga.
Kimlar yuragimdan izladi makon,
Kimlar bir ko‘rishga fido qildi jon,
Nohaq ranjishinga uchradim har on —
Bir senga yoqmadim, faqat bir senga.
Bahorlar talpindi yuragim tomon,
Kimlarga xayolman, kimlarga armon,
Lekin sening uchun men o‘sha yomon —
Bir senga yoqmadim, faqat bir senga.
Qancha mehr bersam, bo‘laverdi kam,
Yuraging ichida yorishmadi sham,
G‘ururim qaddini ming bor egsam ham —
Bir senga yoqmadim, faqat bir senga.
Yuraging borimcha qabul etmadi,
Qovoq solishlaring nari ketmadi,
Ko‘nglingni olishga kuchim yetmadi —
Bir senga yoqmadim, faqat bir senga.
Bir senga yoqmadim, afsus bir senga.
Maktuba Shaydo
16.12.2025 y
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 10👍 5😍 5🥰 4
00:17
视频不可用在 Telegram 中显示
Olislik bizlarni qiynab qo‘ysa ham ...
Qalbimiz masofa tanlamas hech ham
Sog'inchning yoqimli ifori bizda ...
Sizni sog'inganman bilsangiz men ham ...
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2.10 MB
👍 9🥰 7😍 5❤ 2
Nega.
Gunohingiz orttirib chunon,
Gʻiybat qilib tuymaysiz nega.
Oʻz holimga quyasiz qachon,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Oʻzingizdan yasab bechora.
Yuraklarni qilasiz pora.
Nega buncha ichingiz qora,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Oʻxshatasiz meni zolimga.
Koʻz tikkansiz topgan molimga.
Meni quying oʻzim holimga,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Gapga quloq solmaysiz sira.
Nasihatni olmaysiz sira.
Burun suqib tolmaysiz sira,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Bormi yaqin biror kishingiz.
Kelmaydimi sizning qishingiz.
Qiladigan yoʻqmi ishingiz,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Qiziq emas borasiz qayon.
Kimligimni qilasiz bayon.
Oʻzim holim oʻzimga ayon,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Jonga tegdi gʻiybat soʻzingiz.
Niqobdasiz yopiq yuzingiz.
Kamingiz yoʻq aslo oʻzingiz,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
Toʻgʻri gapni suymaysiz nega.
Gʻiybat qilib tuymaysiz nega.
Meni quying oʻzim holimga,
Yashagani qoʻymaysiz nega.
✍ Sobitjon Eshtemirov.15.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 9😍 9👍 5👏 1
00:24
视频不可用在 Telegram 中显示
𝑶𝑫𝑫𝑰𝒀 𝑺𝑶‘𝒁𝑳𝑨𝑹 𝑯𝑨𝑴 𝒀𝑼𝑹𝑨𝑲𝑨 𝒀𝑬𝑻𝑨𝑫𝑰
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑚𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑞𝑢𝑣𝑜𝑛𝑐ℎ 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑖𝑧❣️
🇹🇦🇧🇷🇮🇰🇱🇦🇷
✨🌙✨🌙✨
❗𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘 🎶
❗𝑽𝒊𝒅𝒆𝒐 𝑴𝒂𝒏𝒕𝒂𝒋 🎥
❗𝒀𝒂𝒏𝒈𝒊 𝒚𝒊𝒍 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊🎄
❗𝑹𝒂𝒔𝒎𝒍𝒂𝒓 🖼
❗𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊 ❤𝒎𝒂𝒌𝒕𝒖𝒃𝒊💌
𝑺𝒐‘𝒛 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒍𝒎𝒂𝒚 𝒒𝒐𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒂, 𝒃𝒊𝒛 𝒚𝒐𝒓𝒅𝒂𝒎 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒎𝒊𝒛.
𝒀𝒖𝒓𝒂𝒌𝒅𝒂𝒏 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝒔𝒐‘𝒛 𝒂𝒍𝒃𝒂𝒕𝒕𝒂 𝒚𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒂𝒅𝒊.
𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎 𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎𝑠𝑖𝑛𝑖𝑏𝑖𝑧 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑎𝑚𝑎𝑙𝑔𝑎 𝑜𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛𝑔🫴
+998996226995
+998996226995
@Elshod6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
5.83 MB
😍 6❤ 5🥰 4👍 3
00:29
视频不可用在 Telegram 中显示
🌤 XAYRLI TONG!
Assalomu alaykum!
Seshanba tongi muborak bo‘lsin
Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!
Yaqinlarga ulashing ❤️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.15 MB
❤ 9👍 7🥰 4😍 3
00:17
视频不可用在 Telegram 中显示
💥Бугун 16 декабр – Халқаро Ҳолажонлар куни
Онамдайин энг меҳрибоним - ҳолажоним!
Байрамингиз муборак азиз ҳолажонлар!
https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy
☝️Обуна бўлишни унутманг!
2.23 MB
👍 7🥰 6😍 6❤ 1
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
16 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.85 MB
❤ 5🥰 4👍 3😍 2
00:17
视频不可用在 Telegram 中显示
✨X A Y R L I T U N
M E X R I B O N L A R I M✨
Falakka hukm etar tangriday boʻlsam,
Falakni qilardim oʻrtadan barham.
Yangidan shunday bir falak tuzardim,
Yaxshilar tilakka yetardi ul dam.
✨XAYRLI TUN
✨AZIZLARIM YAXSHI DAM OLING!!!
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
6.49 MB
❤ 8😍 7👍 4🥰 2
Uxlamadingizmi??
Yuring sizni qalbingizni tubiga yetib boradigan maskanga olib boraman🍃
@Rumiynoma 🕊
@Rumiynoma 🫀
Shunchaki kiring va qalbingiz bilan o‘qing.
👍 9🥰 5❤ 4😍 2
Musofirdan qaytmaganlar!
Onasini quchib sekin
So'ngi so'zin aytmaganlar
Shirin joni ketdi tekin
Musofirdan qaytmaganlar
Yaxshi niyat o'y qilay deb
O'g'il qizga to'y qilay deb
El qatori uy qilay deb
Musofirdan qaytmaganlar
Qahratonning qishi demay
Og'ir yengil ishi demay
Umrini boy berdi bilmay
Musofirdan qaytmaganlar
Shu ekanda zayli zamon
Ona sho'rlik adoy tamom
Bu ko'rgilik qanday yomon
Musofirdan qaytmaganlar
Taqdir boshga balo solgan
O'zga yurtda jonin olgan
Farzandlari yetim qolgan
Musofirdan qaytmaganlar
Otasining qaddi sinib
Yiqilganda ko'zi tinib
Uyga qaytdi tobut minib
Musofirdan qaytmaganlar
O'ttizga kirmagan ayoli
Bo'ldi parishon hayoli
Kimni bo'ynida uvoli
Musofirdan qaytmaganlar
Qancha darddan o'tmagandi
Qancha alam yutmagandi
Shu niyatda ketmagandi
Musofirdan qaytmaganlar
Bir joniga ming bir xatar
Chidab keldi har bir safar
Diydor qiyomatga qadar
Musofirdan qaytmaganlar
Jon omonat ekan tanda
Ojiz ekan ojiz banda
Olloh rahmat aylasinda
Musofirdan qaytmaganlar.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 13.12.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14🥰 7😢 6👍 5😍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
⭐️ЯНГИ ЙИЛНИ ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ДАСТУРЛАР БИЛАН КУТИБ ОЛИНГ!!!
Келаётган янги 2026-йилда
✔️Қўйган барча мақсадларига эришадиган;
✔️Катта пулларга очиладиган;
✔️Орзу қилган ҳаётига етишадиган инсонга айланиш учун
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
16-17-декабрь кунлари соат 19:00да бўлиб ўтадиган жонли эфирларимда АЛБАТТА ҚАТНАШИНГ!
‼️Жонли эфирда иштирок мутлақо👉 БЕПУЛ👉🔥.
Жонли эфирда қатнашиш учун пастдаги ссылкага босинг⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
❤ 6👍 5🥰 5😍 1
🔥Nachora...
So‘nmoqda orzular chalajon,
G‘amginman hattoki tushda ham...
Omadim kelmadi Onajon,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Tikan ko‘p ushlagan gulimda,
Armonlar izi bor dilimda,
Tuzoqlar serobdir yo‘limda,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Taqdirga nolishdan foyda yo‘q,
Qismatim kambag‘al, boyda yo‘q,
Men kabi baxtsizi oyda yo‘q,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Kimga qo‘l uzatsam yiroqda,
Vujudim yuragim firoqda,
Ohiri ne bo‘lar so‘roqda,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Sarsonman halovat topolmay,
Yupinman ko‘nglimni yopolmay,
Imillab turibman chopolmay,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Peshonam shundayin sho‘r chog‘i,
Ko‘rinmas hijronlar adog‘i,
Qo‘limda qalamning qadog‘i,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
So‘nmoqda orzular chalajon,
G‘amginman hattoki tushda ham...
Omadim kelmadi Onajon,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
📝Muallif: Zohid Ziyo...
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 11😍 9👍 7🥰 5
Nigohlari go‘zal zarra g‘ubori yo‘q,
Robbim husn ato yetgan hurlardayin,
Jayron ko‘zi toblanadi bunchalar sho‘h,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q
Dilbardayin...
Kulgu sira arimaydi gul labidan,
Kokillari belga tushar yeng kamida,
So‘zlari ham shiralida bol tamidan,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Dudoqlari rang beradi turfa gulga,
Oshiq bo‘lsang baxtiyorsan bir umrga,
Ko‘zlariday go‘zal qalbi to‘la nurga...
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Ishva qilsa xayolingni olar tamom,
O‘z qo‘lida tayorlasa o‘ynar taom,
Tarifginam yetmaydida hullas kalom,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Oy to‘lishar oqshomlari oyga boqsa,
Gado qilar agar biron boyga boqsa,
Suvi tiniq bo‘lib ketar soyga boqsa,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
📃Shahzod • Ali
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 17👍 4🥰 4😍 2
Yomgʻir.
Ayriliqqa yuragim kunmay,
Sogʻinmoq bu naqadar ogʻir.
Koʻzyoshimga qoʻshilib tinmay,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Tuyilmoqda nimadir kamga.
Qaytgim kelar oʻtmish u damga.
Toʻlib ketdi yuragim gʻamga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Yolgʻizlikdan ezilar dilim.
Sen yoʻqliging sezilar gulim.
Eslatar bu yurgan har yoʻlim,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Kelishingni kutaman hamon.
Ishq azobin yutaman har on.
Sogʻinganman ishonsang yomon,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Alamlarni yuvsin mayliga.
Gʻam lashkarin quvsin mayliga.
Qayta chorlab ishqning sayliga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Eng yoqimli navosan bilsang.
Bitta oʻzing davosan bilsang.
Oshiqlarni baxtiyor qilsang,
Yogʻavergin toʻxtamay yomgʻir.
Tomchi-tomchi, chak- chak bu yomgʻir.
Dardlarimga davo-ku yomgʻir.
Oshiqlarning dardiga malham,
Eng yoqimli navo-ku yomgʻir.
✍ Sobitjon Eshtemirov.13.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 17👍 6🥰 5😍 4
