ch
Feedback
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

前往频道在 Telegram

Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004

显示更多
107 599
订阅者
-15924 小时
-8127
-3 18830
帖子存档
01:45
视频不可用在 Telegram 中显示
#Sõragan_edingiz O'quvchidan olib o'qyilgan telefon kimga qaytariladi? Mazkur savolga ushbu videoda batafsil javob berilgan. Mavzuga oid qo'shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring.
Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
AQO47_h0Egtxku2Hi8vhaFxLRERJWCcT9FvJmVe16N2Y7LXI2WuTqomq_0Tc2IT.mp412.82 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
#Sõragan_edingiz Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Savol
Maktabda sentabr oyida 45 soat dars bor edi. Maktabda 4 nafar o‘qituvchi bor edi, shundan 1 nafar xodimning ikkinchi malaka toifasi, qolgan 3 nafarida toifa yo‘q edi. Sentabr oyidagi pedagogik kengash qaroriga binoan toifasi bor o‘qituvchi 19 soat, 2 nafar o‘qituvchi 9 soat va 1 nafar o‘qituvchi 8 soat dars bilan ta’minlandi. Joriy yilda, avgust-dekabr oyida yana bir nafar xodim attestatsiyaga qatnashib, ikkinchi malaka toifasini oldi. Yanvar oyidagi dars taqsimotida yangi toifa olgan xodim sertifikatiga binoan ko‘proq dars talab qila oladimi? Agar talab qilsa, qancha dars so‘rashga haqli? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1441
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda Hozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida bir qancha tashkilot hamda oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarida deyarli bir yildan buyon bo'sh turgan rahbarlik lavozimi ham mavjud. Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga ham 4 oydan buyon rahbar tayinlanmadi. Shuningdek, vazirlikning markaziy apparatida ham bir qancha vakant lavozimlar mavjud. Batafsil tafsilotlar bilan saytimizda tanishing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1440
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
01:32
视频不可用在 Telegram 中显示
#Sõragan_edingiz Menejerlik sertifikati uchun o'qituvchilarga ham ustama beriladimi? Menejerlik sertifikati uchun ustamalar kimlarga, qachon va qanday tartibda to'lab beriladi, buning tartibi qanday? Mazkur savollarga ushbu videoda batafsil javob berilgan. Mavzuga oid qo'shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring. Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
AQMaOkHJvpkoo738wXFizsjVmeVQv_MSXnsTValujmoyKZ4J2s81Tb3u_u5gVY8QC.mp49.32 MB
Izoh yozish
01:12
视频不可用在 Telegram 中显示
Kimlar maktab maslahatchisi lavozimiga ishga olinadi? “Ta’lim tahlili” ko‘rsatuvimizda maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilgan. Ko‘rsatuv davomida maslahatchi lavozimiga nomzodlar uchun test va suhbat jarayoni qay tartibda o‘tkazilishi haqida misollar orqali tushuntirish berganmiz. Agar “Ta’lim tahlili” ko‘rsatuvining 2-sonini hali ham ko‘rmagan bo‘lsangiz, unda hoziroq tomosha qiling va kerakli ma’lumotlarni bilib oling. ▶️ To'liq video — https://youtu.be/UPdDN9sUAXY Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
IMG_8429.MP413.64 MB
Ko'rsatuvni ko'rish
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi 2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 2026-yil uchun Davlat budjetidan arratilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1439
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
O'tgan haftada ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi? Endi ayrim psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi ➡️ BATAFSIL Ta’lim muassasalarida qo‘riqlash-qorovullik faoliyati tartibga solinadi ➡️ BATAFSIL Ta’limning uchta ustuni ham buzuq ➡️ BATAFSIL “Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov ➡️ BATAFSIL Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda ➡️ BATAFSIL "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligi va tarbiya masalalari: Profi University konferensiya materiallari e’lon qilindi ➡️ BATAFSIL Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi ➡️ BATAFSIL Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi? ➡️ BATAFSIL Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi ➡️ BATAFSIL Endi o'qituvchilarga dars soatlari qanday taqsimlanadi? ➡️ BATAFSIL “O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri ➡️ BATAFSIL Vakant maktab maslahatchisi lavozimi uchun qaysi platformadan ariza topshiriladi? ➡️ BATAFSIL 2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti? ➡️ BATAFSIL Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi ➡️ BATAFSIL Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi? ➡️ BATAFSIL Eng yaxshi suhbatlar endi bitta platformada ➡️ BATAFSIL Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas ➡️ BATAFSIL Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoatchilikni yana aldadimi? ➡️ BATAFSIL O'qituvchilar yo'l qo'yayotgan xatolar haqida ➡️ BATAFSIL Ba’zi talabalar maktabda dars berishi mumkin emasmi? ➡️ BATAFSIL Xalq ta'limi Info iqtibosi ➡️ BATAFSIL Yangi yildan maktab maslahatchisi lavozimi uchun yana maktabdagi shtatlar qisqaradimi? ➡️ BATAFSIL
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
00:25
视频不可用在 Telegram 中显示
🏆 IRN Respublika matematika va ingliz tili olimpiadasi 2025-2026  IRN Respublika matematika va ingliz tili olimpiadasida davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi. Olimpiada bilimli, izlanuvchan, intiluvchan o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda va shu bilan birgalikda o‘quvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. 1-11-sinf o‘quvchilari: 🟡 Olimpiadada matematika, ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinash; 🟡 Bepul tayyorgarlik materiallari orqali olimpiadaga tayyorlanish; 🟡 Saralash va final bosqichlariga tayyorgarlik davomida matematika va ingliz tili fanlaridan o‘z bilimlarini oshirish; 🟡 Oltin, kumush, bronza medallari va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish; 🟡 Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro Universitet darslari va sayohat ekskursiyasiga 100% bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritish; 🟡 Xalqaro miqyosda professorlardan matematika va ingliz tili fanlaridan master-klass darslarini olish; 🟡 Kompyuter, telefon, qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘lish; 🟡 OLIY SOVRIN 2 ta "COBALT" avtomobillarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. IRN Respublika matematika va ingliz tili olimpiadasining saralash bosqichi 20-25-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston hududlarida bo‘lib o‘tadi. Final bosqichi barcha Respublika finalistlari uchun Toshkent shahrida Yanvar oyida tashkil etiladi. Saralash bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 15-dekabr soat 22:00 gacha davom etadi. 📚 Tayyorgarlik uchun materiallar: @IRN_Olympiads_Materials Ro‘yxatdan o‘tish: @IRN_Coordinator_Main +998900995722 +998901170702 +998909806555 @IRN_Olympiads | Reklama
显示全部...
IMG_5389.MOV8.96 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi
"O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi"
© O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 52-modda 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan barcha pedagog xodimlarni muborakbod etamiz. Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
00:29
视频不可用在 Telegram 中显示
Yangi yildan maktab maslahatchisi lavozimi uchun yana maktabdagi shtatlar qisqaradimi? Ayni vaqtda 3 400 ta maktab uchun maktab maslahatchisi lavozimiga tanlov jarayonlari ketmoqda. 2026-yil 1-yanvardan boshqa maktablar uchun ham vakansiyalar ochiladi. Ko‘pchilik, maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagani uchun "Ta’lim tahlili" ko‘rsatuvimizning 2-sonida ushbu mavzuni batafsil yoritib berishga harakat qildik. Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
Maslahatchi_encoded.mp41.32 MB
Ko'rsatuvni hoziroq ko'rish
照片不可用在 Telegram 中显示
Xalq ta'limi Info iqtibosi
"Bizning ta'lim tizimimiz kasal, uning qayeri og'riyotganini esa o'qituvchidan-da ko'ra yaxshiroq biladigan shaxs yo'q."
Ulug'bek Po'latov, xalqtaliminfo.uz loyihasi asoschisi Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#Sõragan_edingiz Ba’zi talabalar maktabda dars berishi mumkin emasmi?
Savol
Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabasiman. Maktabda 10 soat dars olgandim. Lekin meni ishga olish to‘g‘risidagi buyruqqa adliya boshqarmasi rad javobi beribdi. Aytishlaricha, bu yo‘nalishda o‘qiydiganlar dars berolmas ekan. Shu qanchalik to‘g‘ri? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1349
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
01:34
视频不可用在 Telegram 中显示
O'qituvchilar yo'l qo'yayotgan xatolar haqida Pedagog, ta'lim bo'yicha ekspert Otabek Rahmonberganov "Tanaffus" podkastining 26-sonida o'qituvchilar yo'l qo'yadigan xatolar haqida aytib, o'zining tajribasi bilan bo'lishdi. Xo'sh, uning bu fikrlarga qo'shilasizmi? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/JepEnMY-nh4 Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
AQNrzIEmB8pGuTmhZ_fdtBCU7KH6iD4YMthy1brkJdABEHsv08dWNXUJ2irek7q.mp417.13 MB
Izoh yozish
照片不可用在 Telegram 中显示
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoatchilikni yana aldadimi? Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar masalasi kun tartibiga ko‘tarilgandan so‘ng, vazirlik rasmiy bayonot berib, OAV bilan hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligi, yaqin orada esa matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilayotganligini ma’lum qilgandi. Matbuot anjumani tashkil etilishi haqida rasmiy bayonot berilganiga bir oydan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, haligacha jamoatchilik, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmadi. E’tiborlisi, bahorgi attestatsiya paytida ham vazirlik matbuot anjumani tashkil etmay, atigi 4 daqiqalik brifing bilan cheklangandi. Bu safar esa oddiy brifing ham o‘tkazilmadi. Xo'sh, o'zi vazirlik 2025-yilda matbuot anjumani tashkil etdimi? Batafsil tafsilotlar bilan saytimizda tanishing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1438
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#Bilasizmi Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarida maktab hududida taqiqlangan bir qancha qoidalar mavjud. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1015
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Eng yaxshi suhbatlar endi bitta platformada Profi University tomonidan yangi — Profi podkast loyihasi yo'lga qo'yildi. Endi siz tibbiyotdan tortib turizmgacha, marketingdan toritib pedagogika-psixologiyaga hamda filologiyadan karyeragacha bo‘lgan eng qiziqarli suhbatlarni bir joydan topasiz! Har bir epizodda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, real tajribalar va hayotiy maslahatlar, muvaffaqiyat hikoyalari va chuqur tahlillar berib boriladi. Hoziroq o‘zingizga qiziq bo'lgan yo‘nalishni tanlang va ko'rishni boshlang: ▶️ Kasb tanlashdagi eng katta xatolar va to‘g‘ri yo‘l; ▶️ Diniy psixologiya: Inson ruhiyati, nafs va ma’naviyat uyg‘unligi; ▶️ IELTS kasallikmi? ▶️ Shifokor xatolari va burun muammolari. Profi podkastini kuzatib boring, eng qiziq suhbatlar hali oldinda. Barcha podkastlarhttps://www.youtube.com/@profipodcast Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi. Majlisda deputat Saydullo Azimov ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi, ammo bu bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan taqdirda rahbarlarga jarimalar qo‘llanilayotgani masalasini ko'tardi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1437
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. ➖ Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi. © MMTV
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti? Kelayotgan 2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Umuman olganda, 2026-yilda maktab darsliklari va xorijdan jalb qilinayotgan o‘qituvchilar — "til egalari"ga budjet xarajatlari karrasiga oshirilib, maktab qurilishi uchun xarajatlar esa keskin kamaymoqda. Shuningdek, yangi yil uchun prognoz qilinayotgan Davlat budjetida “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash uchun 137,2 mlrd mablag‘ ajratish ham reja qilinmoqda. Agar sizni ta'lim sohasi uchun ajratilayotgan pullar nimalarga sariflanishi qiziqtirsa, batafsil maqolani saytimizda o'qing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1436
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Vakant maktab maslahatchisi lavozimi uchun qaysi platformadan ariza topshiriladi? Ayni vaqtda yangi joriy qilingan maktab maslahatchisi lavozimi uchun vakansiyalar e'lon qilingan. Ushbu lavozimda ishlashni istagan talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali ariza qoldirishlari mumkin. Agar nomzod test va suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli o’tsa, maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilinadi. Maktab maslahatchisi lavozimiga ishga kirish uchun test spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. ➡️ Ariza topshirishhttps://tanlov.uzedu.uz
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
显示全部...