ch
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

前往频道在 Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

显示更多
132 573
订阅者
-9524 小时
-7767
-3 47830
帖子存档
Oliy taʼlim tashkilotlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi 2025-yil 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti rektorlari va prorektorlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalari boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi. Muhokama davomida oliy taʼlim muassasalarida 2026-yilda oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, raqamlashtirishni jadallashtirish, taʼlim sifati ва oʻqituvchilar salohiyatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini koʻtarish, fan–taʼlim–ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ва tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish ва investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
19🔥 9😁 7🤔 3😱 3
00:56
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Narkotik birinchi iste’molda insonga "do‘st" bo‘ladi. "Voy mani tushunadigan "inson" bor ekan", deb o‘ylashadi. Narkotik insonni boshqaradi. Biz kurashgan sayin, lekin narkotik maktabgacha kirib kelishni boshladi. ⚠️ Hozirgi kunda narkotiklarni aniqlaydigan testlar bor. 20 soniyada 15 xilgacha narkotik turini aniqlab beradi. Shu ekspress testni maktablarga olib kirish kerak. Qachonki, bolani to‘xtatib qolsak, narkotik oladigan inson qolmasa, narkotib bizga kirib kelmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
narkomaniya_testlar_.mp42.63 MB
11👍 6😁 4👏 1
Yaponiya bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalar va ilmiy-texnologik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 2025-yil 9-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Xirata Kendzini qabul qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi oliy taʼlim hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati, mavjud qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, oliy taʼlim muassasalarida yapon tilini o‘qitishni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109557 👉 На русском 👉 In English #xalqaro_hamkorlik #Yaponiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 9 2👏 2😁 2
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi Uchrashuv davomida agrar sohada malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalinib, Toshkent davlat agrar universitetida dual ta’limni kengaytirish va amaliyot samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalish doirasida universitetning 180 nafar talabasini ilg‘or klasterlar va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tkazish jarayonini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Amaliyot davomida agronomlik sirlarini o‘rgatgan klaster va fermer xo‘jaliklariga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya ajratiladi. Tegishli ko‘nikmalarni egallagan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanga kafolatli ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, sifatli urug‘ va navlar bilan ishlash, hosildorlikni oshirish hamda xarajatlarni kamaytirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, yosh agronomlarga yaratayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida ularga oyiga 2 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi belgilanishi ta’kidlandi. Ushbu tashabbus agronomlik kasbining yoshlar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
11👍 5👏 1
Yana bir guruh o‘zbek mutaxassislari kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida Xitoyda malaka oshirmoqda Xitoyning Chongqing shahridagi “Three Gorges” tibbiyot kolleji taklifiga binoan 2025-yil 8–22-dekabr kunlari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro chuqurlashtirilgan malaka oshirish dasturi doirasida maxsus seminar-kurslar tashkil etilmoqda. Mazkur malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot va texnika yo‘nalishidagi texnikumlardan 10 nafar malakali mutaxassis saralandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109543 #kasbiy_taʼlim #malaka_oshirish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
6👍 3🤔 2
02:39
视频不可用在 Telegram 中显示
“Kelajak soati”da navbatdagi chorlov: Madhiya – millat qoʻshigʻi! Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi davlat madhiyasini oʻziga xos tarzda ijro etishdi. Siz ham chellenjda ishtirok eting! Davlat madhiyasini kreativ holda ijro eting, “Kelajak soati” loyihasining instagram va facebook tarmoqlarini belgilagan holda oʻz sahifangizga joylang va #madhiya33K hamda #kelajaksoati heshteglaridan foydalaning. Madhiyani jamoaviy, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda va jonli kuylash lozim. Videolar va ularning tarmoqdagi linki, muallif ism-sharifi, telefon raqamlarini esa @KelajakSoati_murojaat_bot botiga yuboring. Faol oʻquvchilar, MTT xodimlari, sinflar, maktab, professional ta’lim muassasalari va OTM jamoalarini sovgʻalar kutmoqda. Ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
madhiya.mp4183.66 MB
6👍 1
Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglari
Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. Shunga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatga ega 35 nafar oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda. Ro‘yxat yuqorida👆
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
9👍 4👏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,
– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
12🔥 6👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”! Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona xizmat qilayotgan barcha dehqon va fermerlarimizni, agrar yoʻnalishlardagi mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va olimlarimizni ushbu qutlugʻ bayram bilan chin dildan tabriklaydi. Qishloq xoʻjaligi – mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholining farovon turmushi hamda eksport salohiyatini mustahkamlovchi eng muhim tarmoqlardan biridir. Sizlarning tinimsiz mehnatingiz, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, agroinnovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlaringiz sohaning jadal taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. “Hosil bayrami” – yurtimizda serhosillik, mehnatkashlik va barakani ulug‘laydigan ezgu anʼanadir. Mehnatingizning sharofati bilan xalqimiz dasturxoni to‘kin, yurti­miz obod bo‘lib bormoqda. Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, yangi muvaffaqiyatlar, ilm-fan va amaliyotda yanada yuksak marralarni zabt etishda ulkan zafarlar tilaymiz. Mehnatingizning samari doimo barakali, hosilingiz moʻl bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
16👍 9
07:24
视频不可用在 Telegram 中显示
#madhiya33 Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan Oʻzbekiston milliy arxiviga Konservatoriyadagi xor jamoasi ijrosida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini tinglaymiz, u haqida qimmatli ma’lumotlar bilan tanishamiz va Milliy arxivdagi ilk qonunchilik hujjatlarini oʻz koʻzimiz bilan koʻramiz. Videoning sifatli varianti 👉 bu yerda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
56.90 MB
16👍 5
照片不可用在 Telegram 中显示
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2025-yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar berildi. 📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1 smenada hamda Toshkent shahrida 2 smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. 2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. ✔️ Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
19🔥 2👍 1
Repost from TgId: 1596807181
#infografika #faoliyat_noyabr Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil noyabr oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari Facebook | Instagram | Telegram
显示全部...
star reaction 1 11👍 4🔥 2😁 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#Eʼtirof Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari qatorida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari ham mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, malakali mutaxassislar tayyorlashdagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor. Jumladan:
🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Yormatova Dilarom — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri; Xolmirzayev Dustmuxammad — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori.
🏅“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘liToshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti.
🏅“Shuhrat” medali bilan
Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna — Toshkent davlat agrar universitetining umumiy zootexniya va zootexnologiyalar kafedrasi professori. Ushbu yuksak e’tirof mehnatsevar va fidoyi mutaxassislarga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning ifodasidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
12👍 2
#Olimlar_minbari #01-07.12.2025 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda O‘zaro ishonchga asoslangan yangilanish jarayonlariG‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi; Innovatsion faoliyatni raqamlashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yechimi Asror NOROV, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi; Xalqchil tibbiyot tizimini yaratish yo‘lidagi dadil qadamJasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor; Raqamli transformatsiya yo‘lida qat’iy qadamBaxtiyor MAXKAMOV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Uchinchi renessansga poydevor ilm-ma’rifat ustiga quriladiQahramon SHONAZAROV, Toshkent amaliy fanlar universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori; Kelajak sarmoyasi yoki isrof va dabdabaning yashirin iqtisodiy kishanlariAbdug‘affor JO‘RAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; «Обновление образования: создавая возможности для трудоустройства молодежи»Ширин РАХИМОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета; Ilm erkinligidan mosuvo jamiyat taraqqiyotdan ortda qoladiDilshod RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori; Idrok va shuur baxsi sun’iy intellekt ustoz o‘rnini to‘la bosa oladimi?Qamariddin KOMILOV, texnika fanlari nomzodi, dotsent; Atrof-muhit muhofazasi: davlat siyosatining huquqiy kafolatiAsliddin NURIDULLAYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent; «Узбекистан формирует новую систему экологического управления»Азамат БЕРДИМУРАТОВ, преподаватель кафедры международного права и прав человека ТГЮУ.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
4🤔 3
ERASMUS+ “LESLIE” loyihasining 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlari belgilab olindi Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida ERASMUS+ “LESLIE” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari hamda O‘zbekiston nomidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda loyiha bo‘yicha oraliq natijalar muhokama qilinib, 2026-yil amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109162
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
12👍 5🔥 1
00:50
视频不可用在 Telegram 中显示
Xonanda Konsta yoshlarni giyohvandlikka qarshi kurashga chorlamoqda #Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
IMG_0873.MP49.63 MB
18👍 10🤔 4😱 3🔥 2
01:30
视频不可用在 Telegram 中显示
Biz zoʻravonlikka qarshimiz! Jamiyatimizda uchrab turadigan zoʻravonlik holatlariga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etuvchi mazkur video-rolik Osiyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan. Rolik orqali yoshlarda har qanday zoʻravonlikka “yoʻq” deyish madaniyatini shakllantirish koʻzda tutilgan. #Zoʻravonlikka_qarshi #16_kunlik_faollik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
1206 (3)(2).mp444.65 MB
15👍 4🔥 2👏 1🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni! Halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelajagimiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan avlodni tarbiyalaylik! Keling, ilm-fan qudratini yuksaltirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda birgalikda faol hissa qo‘shaylik.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 17 11😁 5🎉 2
#talabaga_qulaylik TerDUda 800 oʻrinli zamonaviy TTJ foydalanishga topshirildi 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan barpo etilgan 9 qavatli, 800 oʻrinli zamonaviy talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimi, masʼullar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda oliy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, yoshlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, farovonlik sari tashlanayotgan dadil qadamlar alohida eʼtirof etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
30👍 16🎉 5👏 3
“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi 2025-yil 5–6-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Universitet tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazish va ularni munosib taqdirlashga, balki xalqaro do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lmoqda. Olimpiadada yurtimiz hamda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya kabi davlatlarning 60 dan ziyod tibbiyot oliygohlaridan 500 dan ortiq talabalar, shuningdek, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2577471 Video: https://youtu.be/JTaipKB5xjs #xalqaro_olimpiada #tibbiyot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
star reaction 2 18👍 15