Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
显示更多95 586
订阅者
-124 小时
+677 天
-5730 天
帖子存档
01:37
视频不可用在 Telegram 中显示
Olmaliq shahridagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun joriy etilayotgan yangi soliq imtiyozlari batafsil tushuntirildi.
Mazkur tadbirda Soliq qo‘mitasi mutasaddilari hamda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi vakillari ishtirok etib, amaldagi qonunchilikdagi eng so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
IMG_1257.mp4123.28 MB
02:08
视频不可用在 Telegram 中显示
#ozini_ozi_band_qilish #YTT
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: soliq yangiliklari va raqamli xizmatlar muhokamasi
Bugun Soliq qo‘mitasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo majmuasida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori mazmun-mohiyati, xususan elektron platformalardan samarali foydalanish, tadbirkorlar va iste’molchilar uchun yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar, “Xolis Paynet” ilovasiga a’zo bo‘lish tartiblari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv jarayonida elektron platforma va Soliq mobil ilovasi imkoniyatlari namoyish etildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
tg .mp4161.88 MB
00:40
视频不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS
✅ QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish va QQS guvohnomasini berish tartibi soddalashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqoti doirasida QQS to‘lashga o‘tayotgan subyektlar uchun taklif va tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Asosiy o‘zgarishlar:
▫️ Majburiy tartibda QQS to‘lovchilar deb e'tirof etilgan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilib – soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida shakllanadi. Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan ariza taqdim etish talab etilmaydi.
▫️ Korxona balansida ko‘chmas mulk mavjud bo‘lganda, soliq to‘lovchining manzilda mavjudligini o‘rganish tartibi bekor qilinadi.
▫️ QQS to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– 30 kungacha – soliq organi tomonidan;
– 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga – sud tomonidan.
👉PF-138-son 19.08.2025-yil.
_______
#новое_в_законодательстве #НДС
✅ Упрощается порядок постановки на специальный учет и выдачи свидетельства НДС
В рамках V открытого диалога Президента Республики Узбекистан с предпринимателями обозначены меры по реализации предложений и инициатив для субъектов, переходящих на уплату НДС.
Основные изменения:
▫️Субъектам предпринимательства, признанным плательщиками налога с оборота в обязательном порядке, свидетельство о постановке на специальный учет в качестве плательщика НДС выдается автоматически и формируется в персональном кабинете налогоплательщика. При этом подача заявления не требуется.
▫️При наличии на балансе предприятия недвижимого имущества отменяется порядок проверки нахождения налогоплательщика по адресу.
▫️Приостановление действия свидетельства плательщика НДС осуществляется:
– на срок до 30 дней – по решению налогового органа;
– на срок свыше 30 дней – по решению суда.
👉№УП-138 от 19.08.2025г.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
QQS to‘lovchisi sifatida.mp425.15 MB
00:53
视频不可用在 Telegram 中显示
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yangi imkoniyatlar!
Endi yangi raqamli tizim sizning biznesingizni yanada oson, tez va qulay qiladi.
📌 1 milliard so‘mgacha yillik aylanmaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar — endi atigi 1% soliq to‘laydi!
Qo‘shimcha qog‘ozbozlik yo‘q, ortiqcha vaqt sarfi yo‘q.
📌 Soliq hisobotlari avtomatik yuboriladi.
Hech qanday murakkab jarayonlarsiz — barchasi raqamli platformada.
📌 2026-yildan barcha to‘lovlar maxsus QR-kod orqali amalga oshiriladi.
Tez, xavfsiz va shaffof.
📌 Barcha xizmatlar endi onlayn!
Ro‘yxatdan o‘tish, shartnoma tuzish, hisob-kitoblar — hammasi elektron tarzda.
📌 Elektron hamyon orqali daromad qabul qilish, xodimlar va kontragentlarga to‘lov qilish imkoniyati.
Pul oqimlari tartibli, xavfsiz va bir joyda.
🎯 Asosiy maqsad:
— Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yanada qulay, raqobatbardosh biznes muhitini yaratish.
— Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va halol mehnat qiluvchilarga ko‘proq imkoniyat berish.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
247 +new.mp412.20 MB
02:52
视频不可用在 Telegram 中显示
#ozini_ozi_band_qilish #YTT
2026-yil 1-yanvardan e’tiboran yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1% miqdorida to‘laydi.
Bu haqda Prezidentimizning PQ-247-sonli qarorida belgilangan.
Qaror mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida Termiz shahridagi “Baqtriya” savdo majmuasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
РОЛИК ИШОНЧ УЧУН1255 2.mp434.24 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Konstitutsiya har bir fuqaroga soliq to‘lash majburiyatini yuklaydi
Bu talab davlatning barqaror faoliyat yuritishi, ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanishi va jamiyat farovonligini ta’minlash uchun o‘ta zarurdir.
Soliqlar orqali davlat maktablar, shifoxonalar, yo‘llar, xavfsizlik tizimlari, ijtimoiy yordam dasturlari kabi muhim sohalarni moliyalashtiradi.
Soliqlarni o‘z muddatida to‘lashni unutmang!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_bilimlari
Soliq bilimlari – yosh avlodga
Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan yoshlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, soliq madaniyatini yuksaltirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Soliq bilimlari – yosh avlodga" koʻrik-tanlovini oʻtkazish belgilangan.
Bugungi kunda ushbu tanlovni oʻtkazishga oid barcha huquqiy-me’yoriy asoslar toʻliq tayyorlandi.
Tanlovning sinov-namuna tariqasida ilk bosqichi Uchtepa tumanidagi 228-umumtaʼlim maktabida oʻtkazildi. Hududdagi 32 ta umumtaʼlim maktablaridan 3 nafardan oʻquvchi-yoshlar bellashuvda ishtirok etib, 5–7-sinf oʻquvchilari rasm chizish, 8–9-sinf oʻquvchilari insho yozish va 10–11-sinf oʻquvchilari videokontent tayyorlash yoʻnalishlarida oʻz ijodiy ishlarini namoyish etdilar.
Tez kunda bellashuv natijalari eʼlon qilinadi.
Shuningdek, 2026-yil fevral oyida koʻrik-tanlovning tuman hamda viloyat bosqichlariga start berilib, unda bir vaqtning oʻzida respublikamizning barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirok etadi. Hududlardan saralangan eng yaxshi ijodiy ishlar mamlakat bosqichida malakali ekspertlar tomonidan baholanadi.
Tanlov gʻoliblari Soliq qoʻmitasi Raisining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
02:14
视频不可用在 Telegram 中显示
#ozini_ozi_band_qilish #YTT
Tadbirkorlar bilan uchrashuv: soliqqa oid yangiliklar va raqamli xizmatlar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar
Toshkent shahridagi “Aviasozlar” va “Farhod dehqon bozori" tadbirkorlari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish va onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida raqamli platformalar, jumladan, Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlari va mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berilib, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish tadbirkorlar faoliyatini sezilarli darajada yengillashtirishi alohida ta’kidlandi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
33].mp436.93 MB
Repost from TgId: 1973142515
02:37
视频不可用在 Telegram 中显示
#Zo‘ravonlikkaQarshimiz
#16KunFaollik
🫰 Tazyiq va zo‘ravonlikka “YO‘Q” deng
✅ Zo‘ravonlik hech qachon muammo yechimi emas. Jamiyatning har bir a’zosi ayolmi, erkakmi, bola yoki keksami hurmat va xavfsizlikka loyiq.
16 kunlik faollik doirasida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashda barchani hushyorlikka, befarq bo‘lmaslikka va jabrlanganlarga ko‘mak berishga chaqiramiz.
✅ Agar siz yoki atrofingizdagi inson tazyiqdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, mahalladagi ijtimoiy xodimga, reabilitatsiya markazlari va mas’ul tashkilotlarga murojaat qiling — yordam bor, yolg‘iz emassiz!
❗️ Bizning maqsad — sukutni buzish; har bir ovoz, har bir aralashuv jabrlanuvchining hayotini o‘zgartirishi mumkin.
🎬 Batafsil videoda...
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
tgm tayyor.mp448.01 MB
01:20
视频不可用在 Telegram 中显示
#новое_в_законодательстве
Процесс популяризации безналичных расчётов
С 1 апреля 2026 года платежи осуществляются исключительно посредством банковских карт или электронных платежных систем за:
▫️услуги, оказываемые госорганами;
▫️пользование электроэнергией, природным газом, питьевой водой;
▫️алкогольную и табачную продукцию;
▫️услуги по реализации населению нефтегазовой продукции посредством автомобильных заправочных станций и зарядке электромобилей;
▫️товары и услуги стоимостью более 25 млн сумов;
▫️реализацию и приобретение объектов недвижимого имущества, автотранспортных средств, с даты производства которых не прошло 10 лет, отнесенных к категориям M, N, O и G, а также специальных автотранспортных средств.
👉№ УП-246 от 10.12.2025 г.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
УП-246.mp423.71 MB
01:15
视频不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish jarayoni
2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
▫️ barcha davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;
▫️ elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
▫️ alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish;
▫️ avtotransport uchun yoqilg‘i xaridi;
▫️ qiymati 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
▫️koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
👉 PF-246-son 10.12.2025-y.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
246-farmon.mp421.29 MB
02:05
视频不可用在 Telegram 中显示
#ozini_ozi_band_qilish #YTT
Bugungi kunda soliq tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari soliq to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini kengaytirmoqda.
Prezidentimizning “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu toifa vakillariga bir qator soliq imtiyozlari va yengilliklar taqdim etilmoqda.
👉 PQ-247-son, 12.08.2025-yil.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi hamda Termiz shahar soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida markaziy dehqon bozorida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qarorning mazmun-mohiyati soliq to‘lovchilarga batafsil tushuntirib berildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Солиқ қўмитаси учун қайта 1.mp423.98 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
«Mening bolam soliqchi…»
Mening bolam soliqchi — demak, u faqat daromad va xarajatni emas, insoniyatning adolatga bo‘lgan intilishini hisoblaydi.
Chunki soliq to‘lash — «men jamiyatning bir bo‘lagiman» degan so‘zsiz iqrordir. Demak, mening bolam odamlarning «menga tegishli» degan tuyg‘usini «bizniki» degan tushunchaga aylantiruvchi ko‘prikdir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
01:46
视频不可用在 Telegram 中显示
E’tibor va e’tirof yangi marralar sari chorlaydi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasida namunali xodimlarning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Samimiy ruhda tashkil etilgan tadbirda boshqarma rahbariyati ota-onalarga minnatdorlik izhor etar ekan, fidoyi soliq xizmatchilarining erishgan yutuqlari ortida avvalo, ularning mehri, tarbiyasi, halol mehnatlari va qo‘llab-quvvatlashi mujassam ekani ta’kidlandi.
Qalbi faxr va g‘ururga to‘lgan ota-onalar ham o‘z navbatida farzandlarining shunday nufuzli idorada mas’uliyat bilan xizmat qilayotganidan mamnunligini izhor etishdi.
Tadbir yakunida ota-onalarga alohida ehtirom sifatida esdalik sovg‘alari ulashildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
3.mp482.63 MB
01:03
视频不可用在 Telegram 中显示
#YTT #ozini_ozi_band_qilish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha bo‘lgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi «Tap to Pay» texnologiyasi asosida integratsiyalashgan raqamli platforma juda ko‘p xizmatlar ko‘rsatadi.
Ushbu platforma:
▫️O‘zini o‘zi band qilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish;
▫️Mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishda yaqindan yordam beradi.
Bunda naqd pulni oson qabul qilib – barcha operatsiyalar biznes-hamyoningizda qayd etiladi va QR-kodli fiskal chek avtomatik ravishda shakllanadi.
👉 PQ-247-son, 12.08.2025-yil.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
холис пайнет.mp477.05 MB
01:47
视频不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Andijon shahridagi "O'zbegim" savdo majmuasi hamda Eski shahar dehqon bozori tadbirkorlari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.Mazkur tadbir davomida tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish, onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda raqamli platformalar, jumladan, Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlari, mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berilib, ulardan samarali foydalanish tadbirkorlar faoliyatini yengillashtirishi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
PQ-247-targ'iboti_rolik++.mp429.17 MB
00:49
视频不可用在 Telegram 中显示
10 – dekabr “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan kun
Inson shaʼni, uning qadr-qimmati eng oliy qadriyatdir. Inson huquqlari masalasi esa demokratik huquqiy mamlakatning muhim belgilaridan biri boʻlib, u davlatning qay darajada rivojlanganligini koʻrsatib beruvchi mezon sifatida namoyon boʻladi.
Insoniyat oʻz tarixiy rivojlanish jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimini yaratgan. Inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik - bu inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari haqidagi qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi.
Xalqaro jamoatchilik, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi asosiy demokratik tamoyil va talablarni oʻzida mujassam etgan - Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yilning 10-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilingan. Deklaratsiya muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, BMTga aʼzo mamlakatlar, Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli boʻlgan huquqlarni oʻzida mujassam etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yilda ushbu deklaratsiyaga qoʻshildi. Joriy yil butunjahon inson tamoyiliga asoslangan xalqaro huquq tizimini shakllantirishning siyosiy, huquqiy negiziga aylangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 77 yilligini nishonlaydi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng qoʻshilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri boʻlgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida oʻz ifodasini topgan.
Bu hujjat shu kunga qadar dunyoning besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan boʻlib, eng koʻp tarjima qilingan hujjat hisoblanadi.
BMT bosh kotibining oʻrinbosari Yan Eliasson oʻzining maʼruzalaridan birida - “Tinchliksiz rivojlanish boʻlmaydi. Rivojlanish boʻlmasa tinchlik boʻlmaydi. Biroq inson boʻlmasa rivojlanish ham tinchlik ham boʻlmaydi”- deya taʼkidlagan.
Aslida ham inson, shaxs uning huquqlari jamiyatning eng oliy qadriyati, butun insoniyatning intilishlari, orzu umidlarini oʻzida jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Shu bois inson huquqlari – hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir.
To‘rabek To‘rayev
Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i
10-dekabr - “Xalqaro inson huquqlari kuni” ga.mp452.81 MB
