ch
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram
95 586
订阅者
-124 小时
+677
-5730
帖子存档
02:41
视频不可用在 Telegram 中显示
#mahallabay Gavhar Isaqova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi xodimi. U olis “Yangi hayot” va “Samarqand quduq” mahallalarida samarali ish olib bormoqda.
Unga biriktirilgan mahallalarda 1 300 nafar jismoniy shaxs, 40 ta yuridik shaxs va 80 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritadi. Joriy yil oktabr oyidan boshlab u belgilangan soliq tushumlarini ortigʻi bilan bajarib, qoʻshimcha manbalar topish va yangi ish oʻrinlari yaratishda yuqori natijalarga erishdi.
Bugungi kunda mahallalar bilan hamkorlikda tadbirkorlar sonini oshirish, soliq qarzini qisqartirish va mahalla budjeti daromadlarini koʻpaytirish borasida manzilli ishlar olib borilmoqda. 🎥Batafsil videolavhamizda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
Namunali inspektor Jizzax.mp444.22 MB
01:29
视频不可用在 Telegram 中显示
#multfilm
🧑🏻‍🔧Nodirbek: Soliq degani nima oʻzi?
Soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlar nima ekani haqida maxsus multfilm tayyorlandi. U bolajonlarda soliq haqidagi dastlabki tasavvurni uygʻotish, masʼuliyat hissini kuchaytirish va qonunlarga ongli munosabatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan Yosh tomoshabinlar uchun sodda, qiziqarli va tushunarli tarzda tayyorlangan ushbu multfilm soliqning nima ekani, nega ular muhimligi va mamlakat rivojida qanday oʻrin tutishi haqida birinchi tasavvurni beradi. 👩‍👩‍👦Ushbu qiziqarli multfilmni farzandlaringiz bilan birgalikda tomosha qiling va ular bilan birga soliq madaniyati haqida fikr almashing! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
IMG_2023.MP432.07 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Faxrlanaman sen bilan, farzandim! Bugun bir ona sifatida yuragim faxrga to‘ldi. Chunki mening farzandim davlatga xizmat qilayotgan, halollik va mas’uliyatni kasbiga aylantirgan soliq xodimi. Uning mehnati orqali yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shilayotganini bilish — ona uchun eng katta baxt. Farzandimning halol mehnati, mas’uliyatli xizmatidan quvonaman. Uning har bir yutug‘i, har bir muvaffaqiyati mening duolarim bilan yo‘ldosh. Yurtga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha soliq xodimlariga onalar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
00:55
视频不可用在 Telegram 中显示
#tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasida tashkil etilgan media studiya faoliyati bilan tanishdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Poʻlatov hamrohligida zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan studiyani koʻzdan kechirdi. Uchrashuv doirasida Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan 2026-yilda soliq siyosatini jamoatchilikka keng targʻib etishga qaratilgan yirik media loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Sherzod Asadov aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida soliq madaniyatini yanada yuksaltirish, bu borada targʻibotning zamonaviy va maqbul usullaridan samarali foydalanish yuzasidan oʻzining zarur tavsiya va takliflarini bildirdi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
Rolik_studiya_bez slov.mp416.55 MB
02:25
视频不可用在 Telegram 中显示
#индивидуальный_предприниматель #самозанятость В Узбекистане запускается новый правовой режим для индивидуальных предпринимателей и самозанятых – с единой цифровой экосистемой, автоматическим начислением налогов и прозрачными расчетами. Регистрация бизнеса, налоги, платежи и чеки – все в одном цифровом пространстве. ПП-247 от 12.08.2025г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
infografika ru.mp442.66 MB
02:46
视频不可用在 Telegram 中显示
#YTT #ozini_ozi_band_qilish Oʻzbekistonda yagona raqamli ekotizim, soliqlarni avtomatik hisoblash hamda shaffof hisob-kitoblar asosida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun yangi huquqiy rejim joriy etilmoqda. Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish, soliqlar, toʻlovlar va cheklar – barchasi yagona raqamli makonda amalga oshiriladi. 👉 PQ-247-son, 12.08.2025-yil. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
infografika uz.mp449.09 MB
Bugun Soliq qo‘mitasining yangi media studiyasi faoliyati bilan tanishdim. Tashrif davomida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i - matbuot kotibi To‘ra To‘rayev bilan birgalikda studiyaning texnik imkoniyatlari va 2026-yilga mo‘ljallangan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Soliq siyosatini keng jamoatchilikka samarali va tushunarli yetkazishda media makonida proaktiv ishlash muhimligini ta’kidladim. Aholi va tadbirkorlar bilan yanada ta’sirchan ishlash uchun zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini qayd etdim. Bu borada Soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga muvaffaqiyatlar tilayman. — Сегодня ознакомился с деятельностью новой медиастудии Налогового комитета. В ходе посещения вместе с председателем Налогового комитета Фаррухом Пулатовым и начальником управления по связям с общественностью – пресс-секретарем ведомства Тура Тураевым были подробно представлены технические возможности студии и запланированные на 2026 год проекты. Отметил важность проактивной работы в медиа, направленной на эффективное и понятное донесение налоговой политики до широкой общественности. Подчеркнул, что для наиболее действенной работы с населением и предпринимателями необходимо широко использовать в деятельности современные формы коммуникации, возможности цифровых платформ и социальных сетей. Желаю управлению по связям с общественностью Налогового комитета успехов на этом пути. Facebook|Instagram|X
显示全部...
29:08
视频不可用在 Telegram 中显示
#naqdsiz_tolov kun.uz maydonida ochiq muloqot kun.uz internet nashrida Soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi Toʻrabek Toʻrayev hamda Soliq solish boʻyicha maslahat boʻlimi boshligʻi Ismatullo Sevinchov ishtirokida Prezidentimizning 246-sonli farmoni mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan suhbat boʻlib oʻtdi. ❓Qaysi toʻlovlar faqat bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi? ❓Savdo va xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadimi? Suhbat davomida farmon doirasida joriy etilayotgan shu va boshqa yangiliklar, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar fuqarolarni qiziqtirgan savollarga sodda, tushunarli va xalqchil javoblar berishdi. 🎥 Farmon mazmunini toʻliq tushunish va dolzarb savollarga javob olish uchun suhbatni koʻrishni tavsiya qilamiz! 👉https://kun.uz/kr/75697756 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
Kun uz.mp479.33 MB
01:53
视频不可用在 Telegram 中显示
Surxondaryo viloyatining  Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Ziyoboy Fattoyev raqamli platformalar orqali tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
СОЛИҚ_ҚЎМИТАСИ_МАТБУОТ_ХИЗМАТИ_УЧУН_ТАЙЁР_телеграм.mp416.71 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Soliq xodimi — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi Soliq xodimi halollikni hayotiy qoidasiga aylantirgan, qonun ustuvorligini doimo hurmat qilgan, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, bilimga chanqoq va talabchan mutaxassis bo‘lishi kerak. Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tuman soliq inspeksiyasida faoliyat olib borayotgan soliqchi Abbos G‘aniyev aynan ana shunday xodimlar safida. U “Paxtazor” va “Toshkentlik” mahallalariga biriktirilgan bo‘lib, joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 321 822,8 so‘m tushumni amalga oshirdi. Reja bajarilishi 125,5 foizni tashkil etmoqda. Bugungi kun fotosida esa — mehr va duo manzarasi. Ona duosi bilan o‘g‘il ishga kuzatilmoqda. Chunki halol xizmat ortida — ota-ona duosi, mas’uliyat va fidoyilik turadi. Halol xizmat — eng ulug‘ ibodat. Ona duosi esa — eng katta kuch. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
01:33
视频不可用在 Telegram 中显示
#soliqlar_yurt_tayanchi Soliqchi - qonunga tayanadi, xalqqa xizmat qiladi! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
Soliqchi xalqqa xizmat qiladi.mp434.46 MB
02:11
视频不可用在 Telegram 中显示
#ozini_ozi_band_qilish #YTT Buxoro viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun berilgan soliq yengilliklari hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida ishga tushirilgan raqamli platformaning afzalliklariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 👉 PQ-247-son, 12.08.2025-yil. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
1215 (2).mp440.60 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-dekabr 2025-yil uchun: - qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni; 👉Soliq kodeksining 448-moddasi 7-qismi - suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etishning oxirgi kuni; 👉Soliq kodeksining 447-moddasi 7-qismi noyabr oyi uchun: - hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni; 👉Soliq kodeksi 389-moddasi 1-qismi 👉Soliq kodeksi 407-moddasi 4- va 5-qismlari - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni; 👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi ___________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️15 декабря 2025 года последний день за 2025 год: - уплаты оставшейся суммы налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период; 👉ч.7 ст.448 Налогового кодекса - представления отчетности по налогу за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления; 👉ч.3 ст.447 Налогового кодекса за ноябрь: - представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога; 👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса 👉ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса - представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота; 👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
KUN FOTOSI Yoshlarning soliqlar borasidagi bilimlarini oshirish zarur. Zero soliq — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyotining poydevoridir. Soliqni anglagan yosh o‘z mas’uliyatini anglaydi, mas’uliyatni his etgan inson esa kelajakka ongli qadam qo‘yadi. Bugun shakllangan soliq madaniyati ertangi adolatli jamiyatning ma’naviy kafolatidir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
01:15
视频不可用在 Telegram 中显示
#soliq_hisoboti ✅ Yuridik shaxslar uchun mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlari proaktiv tartibga oʻzgaradi Bu nima degani? 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga oʻtkaziladi va mazkur majburiyat soliq toʻlovchilar uchun bekor qilinadi. Yangi tartib boʻyicha: 🗓 soliq toʻlovchilarga soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotlar yuborilgan kundan boshlab 5 ish kun ichida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi. Soliq hisobotlarining toʻgʻri va ishonchli shakllantirilishini taʼminlash maqsadida, soliq solish obyektiga ega boʻlgan yuridik shaxslardan joriy holatga maʼlumotlarni koʻzdan kechirib chiqishlari soʻraladi. ❗️Agar hisobotdagi maʼlumotlar bilan korxonalarga tegishli koʻchmas mulk va yer uchastkasi maydonlari yoki yer toifalari oʻrtasida tafovutlar aniqlansa, ularni kadastr organlari maʼlumotlari bilan taqqoslash tavsiya etiladi. 👉 PF-138-son, 19.08.2025-y. ___________ #налоговая_отчетность Внедряется проактивный порядок представления налоговой отчетности по налогу на имущество и земельному налогу с юридических лиц Что он означает? С 1 января 2026 года формирование налоговой отчетности по налогу на имущество и земельному налогу с юридических лиц передается налоговым органам и данное обязательство для налогоплательщиков отменяется. Согласно новому порядку: 🗓 юрлицам предоставляется право на внесение в течение 5 рабочих дней необходимых поправок в налоговую отчетность, формируемую налоговыми органами, и на представление исправленной налоговой отчетности. Для корректного и достоверного формирования налоговой отчетности юрлицам, имеющим объекты налогообложения, рекомендуется предварительно проверить все актуальные на текущий момент сведения. ❗️В случае выявления расхождений между сведениями в отчетности и площадями объектов или категориями земельных участков, принадлежащих организации, рекомендуется сопоставить их с данными кадастровых органов. 👉 УП-138 от 19.08.2025 г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
Yuridik_shaxslar_uchun_mol_mulk_va_yer_soligʻi_boʻyicha_soliq_hisobotlari.mp422.77 MB
00:51
视频不可用在 Telegram 中显示
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliq rejimiga o'tish uchun nimalarga e‘tibor berishlari lozim? Joriy yilning 20-dekabr kuniga qadar QQS to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliq rejimiga o'tish uchun quyidagi xavola orqali ariza taqdim etishlari lozim ➡️https://my3.soliq.uz/vat-payer-registration/vat-unregistration QQS toʻlovchilar bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarni bajarganda, navbatdagi soliq davridan aylanmadan olinadigan soliq toʻlash rejimiga oʻtadi: - QQS toʻlash tartibiga kamida 12 oy oldin oʻtgan boʻlsa; - QQS toʻlashning majburiy mezonlari mavjud boʻlmasa. 👉 Soliq kodeksi 461-moddasi 2-qismi 📌 Taqdim etilgan ariza yuqoridagi tartib va muddatlarga mos bo‘lsa, soliq to‘lovchi 01.01.2026-yildan AOS to‘lashga o‘tkaziladi - aks holda ariza rad etiladi. Har ikki holatda ham soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga qaror yuboriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
Qo'shilgan_qiymat_solig'i_to'lovchilar_aylanmadan_olinadigan_soliq.mp432.59 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
KUN FOTOSI Soliq xodimlari tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tadbirkorlarga batafsil tushuntirish berilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
00:50
视频不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 12-avgust sanasida "Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratish choralari to‘g‘risida"gi PQ-247-sonli qarori qabul qilindi. Nilufar Maxsetbayeva, tadbirkor
2026-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1% miqdorida bo‘lishi katta imkoniyat. Biz tadbirkorlar bu qarorning qabul qilinganidan juda xursandmiz, chunki o‘z biznesimizni yanada rivojlantirishga va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yaxshi imkoniyatlardan biri bo‘ldi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
video_2025-12-13_10-23-55.mp419.63 MB