#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
显示更多14 816
订阅者
-3124 小时
-957 天
-63830 天
帖子存档
01:02
视频不可用在 Telegram 中显示
🤠 Red Dead Redemption 2-dekabr kuni zamonaviy konsollar va smartfonlarda chiqadi.
🤘 Rockstar studiyasi o‘yinining yangi versiyalarini PS5, Xbox Series X|S, Switch 2, iOS va Android uchun rasman e’lon qildi.
🎮 Yangi avlod konsollarida o‘yin 60 FPS, yaxshilangan teksturalar, HDR qo‘llab-quvvatlashi va 4K gacha aniqlik bilan ishlaydi.
📺 iOS va Android talqinlari haqida texnik ma’lumotlar hozircha berilmagan, ammo o‘yin faqat Netflix obunachilari uchun mavjud bo‘lishi ma’lum qilingan.
🎮🎮🎮 PS4, Switch va Xbox 360 egalari uchun yangilanish bepul bo‘ladi.
➡️ #rockstar #rdr #game | Birinchi IT-Blog
IMG_7658.MP421.04 MB
🔥 22❤ 5🕊 2🤝 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🎮 Fakt: GTA VI’ning kechiktirilishi Rockstar’ga 60 million dollarga tushgan
📣 Insayder Tom Hendersonning aytishicha, o‘yin chiqishining ortga surilishi Rockstar va Take-Two Interactive’ga taxminan 60 million dollar zarar keltirishi mumkin.
ℹ️ Kompaniya relizni kechiktirayapti, chunki ular o‘yinni mukammal darajada sayqallab, tanqidiy xatolarni butunlay oldini olishni istashadi. Xom, tayyor bo‘lmagan versiyani chiqarish esa pul qaytarishlar, savdo pasayishi va obro‘ to‘kilishiga olib kelishi mumkin.
➡️ #game | Birinchi IT-Blog
👍 37🔥 3🆒 1
🤯 Kanalga yangi kelgan odamlarning ko'pi faqat tanlov uchungina kirgan ekan, afsuski.
☺️ Yaxshi xabar: sovg'alar o'zimizni "rodnoy" va sodiq kuzatuvchilarga qoladi.
👀 Nima dedingiz?
照片不可用在 Telegram 中显示
💬 OpenAI GPT-5.1ni taqdim etdi — ChatGPT’ning yangilangan va yanada “insoniy” versiyasi.
🤖 GPT-5 chiqarilganidan uch oy o‘tib, kompaniya uning yangilangan talqini — GPT-5.1ni taqdim qildi. OpenAI’ning aytishicha, yangi model “iliqroq, aqlliroq va foydalanuvchi ko‘rsatmalarini yanada yaxshi tushunadi”.
✅ Asosiy yangilanishlar
• GPT-5.1 Instant — asosiy rejim. Javoblar tabiiyroq, shablonsiz va ko‘rsatmalarga aniqroq amal qiladi. Standart ohang — do‘stona.
• GPT-5.1 Thinking — kengaytirilgan mantiqiy fikrlash rejimi. Oddiy vazifalarda tezroq, murakkab vazifalarda barqarorroq, ohangi esa iliq qoladi.
• Shaxsiylashtirish imkoniyatlari kengaydi: ohangni professional, do‘stona yoki norasmiy uslubga moslab tanlash mumkin.
• Aniq ko‘rsatmalarni bajarish yaxshilangan: model “olti so‘zda javob ber” kabi chegaralarga aniq amal qiladi.
✅ Ishlash tartibi
Avvalgidek, ChatGPT avtomatik ravishda Instant yoki Thinking rejimidan qaysi biri mos ekanini tanlaydi.
✅ Mavjudlik
GPT-5.1 bosqichma-bosqich Pro, Plus, Go va Business tariflari uchun yoqilmoqda. Bepul foydalanuvchilar esa keyingi bosqichdan so‘ng foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
📅 GPT-5 esa kamida yana uch oy davomida faol bo‘lib turadi.
➡️ #openai #chatgpt | Birinchi IT-Blog
👾 11❤ 6👍 5🤔 2🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 iPhone Air’dan tortib “tarixdagi eng og‘ir iPhone”gacha
ℹ️ Tarmoqlarda tarqalgan insayder ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 18 Pro Max Apple tarixidagi eng og‘ir iPhone bo‘ladi. Uning vazni taxminan 240 grammdan ham og‘irroq bo‘lishi aytilmoqda.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
🗿 31👍 11🤡 3👀 2👾 2
⚠️ Xullas, kanalni tark etish yo'q!
😌 Bu test tariqasida o'tkazgan tanlovimiz edi. Nasib qilsa endi har haftadan shunga o'xshashlaridan o'tkazib turamiz.
💭 Tanlov adolatli o'tishi, botlar yutmasligi uchun izohlarda fikrlaringizni yozing. Takomillashtiramiz...
🔥 21👾 10👍 5🌚 2🙈 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🇦🇺 Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi.
🚫 Endilikda Facebook, Instagram, TikTok, Snapchat, X (Twitter), YouTube, Reddit, Discord, Kick va boshqa platformalar 16 yoshgacha bo‘lganlarga akkaunt ochish yoki undan foydalanishga ruxsat bermasligi shart bo‘ladi.
👍 105👌 14👏 8❤ 4👾 3
🍎 Apple yana iPod Socks’ni qaytardi: kompaniya iPhone uchun trikotaj g‘iloflar — iPhone Pocket kolleksiyasini taqdim etdi.
🇯🇵 Bu Apple va yapon modasi brendi ISSEY MIYAKE o‘rtasidagi rasmiy hamkorlik natijasidir. G‘iloflar 3D to‘qish texnologiyasi orqali tayyorlangan bo‘lib, har qanday iPhone modeli uchun mos keladi.
🌈 Kolleksiyada limon, mandarin, siyohrang, pushti, pavlin (firuza), safir, jigarrang va qora ranglardagi variantlar mavjud. Ular qisqa va uzun tutqichli turlarda taqdim etiladi.
💸 Apple’ning ma’lum qilishicha, kolleksiya cheklangan miqdorda bo‘ladi. Narxlar: $150 (qisqa tutqichli) va $230 (uzun tutqichli).
📅 Sotuvlar 14-noyabrdan boshlab AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Xitoy, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi tanlangan Apple Storelarda hamda onlayn tarzda boshlanadi.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
🤮 73❤ 6👍 2👾 2👏 1
💬 ChatGPT’ga guruh chatlari funksiyasi qo‘shilishi mumkin — bu haqda insayderlar ma’lumot tarqatdi
ℹ️ Ularning aytishicha, foydalanuvchilar guruhga qo‘shilish, xabarlar tarixini ko‘rish, reaksiyalar qo‘yish va fayl yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chiqarilish sanasi hozircha noma’lum. Rasmiy e’londan kutyapmiz.
➡️ #chatgpt #openai | Birinchi IT-Blog
👍 22❤ 3👾 3
照片不可用在 Telegram 中显示
📱 Google Play Market’da batareyani haddan tashqari tez tugatadigan ilovalarni alohida belgilab qo‘yadi
ℹ️ Yangi tartibga ko‘ra, agar ilova asosli sabab bo‘lmasdan qurilmani orqa fonda 24 soat ichida kamida 2 soat faol holatda ushlab tursa (masalan, musiqani tinglash yoki kontent yuklash bundan mustasno), u batareyani ko‘p sarflovchi sifatida ko‘rsatib qo‘yiladi.
📉 Bundan tashqari, bunday ilovalar Play Market tavsiyalaridan olib tashlanadi.
👍 44❤ 9👾 7⚡ 2🤬 2
照片不可用在 Telegram 中显示
🍄 Qo‘ziqorinlar SSD disklarni o'rnini egallashi mumkin
🇺🇸 Ogayo olimlari shiitake qo‘ziqorinlari asosida “tirik chiplar”ni yaratishdi. Ular ma’lumotni saqlash va qayta ishlash qobiliyatiga ega.
💾 Tadqiqotchilarning fikricha, kelajakda bunday biomikrosxemalar SSD-larga ekologik alternativ bo‘lishi mumkin — ular tabiiy parchalanadi va kamyob metallarni talab qilmaydi.
➡️ #texnologiya | Birinchi IT-Blog
🤯 46👍 9❤ 3🤬 1
📱 Galaxy S26+ haqida sifatli renderlar va yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
📦 Internetda CAD-fayllar asosida tayyorlangan Galaxy S26+ renderlari e’lon qilindi.
ℹ️ Suratlarga ko‘ra, smartfon dizayni avvalgidek qoladi: ingichka va simmetrik romlarga ega tekis ekran, uch kamerali toza modul (endi u biroz ko‘tarilgan maydonda joylashgan). O‘lchamlari: 158,4x75,7x7,35 mm.
📱 Galaxy S26+ 6,7 dyuymli LTPO AMOLED displey bilan chiqadi. Ekran 3120×1440 pikselli bo‘ladi va 1–120 Hz adaptiv yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.
⚙️ Hududga qarab smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 yoki Exynos 2600 protsessorida bo'ladi.
💾 Operativ xotira 16 GB gacha, ichki xotira esa 512 GB gacha bo‘lishi kutilmoqda.
📷 Kameralar avvalgiga yaqin bo‘lishi aytilmoqda:
- asosiy — 50 MP
- ultra-keng — 12 MP
- telefoto — 10–12 MP
🔋 Batareya sig‘imi taxminan 4900 mA·soat, 45 W tezkor zaryadlash va 15–25 W gacha simsiz zaryadlash bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Qi2 magnit simsiz zaryadlash ham paydo bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
🤖 Smartfon Android 16 va One UI 8.5 bilan chiqadi.
📶 Shuningdek: Bluetooth 6.0, Wi-Fi 7, IP68 himoya standarti qo‘llab-quvvatlanadi.
🆕 Avval Samsung Plus versiyasini to‘xtatishi haqida gaplar chiqqan edi, ammo kompaniya odatdagi lineykani saqlashga qaror qilganga o‘xshaydi.
📅 Galaxy S26 seriyasining rasmiy taqdimoti 2026-yil yanvarida bo‘lishi kutilmoqda.
➡️ #samsung | Birinchi IT-Blog
❤ 21😁 14🆒 7🔥 5👏 2
抽奖奖品500 星星将分配给 3 名获奖者。
完成日期
所有频道订阅者 (3):
照片不可用在 Telegram 中显示
🖥 Asus Tandem OLED matritsali va 720 Hz chastotagacha qo‘llab-quvvatlaydigan monitorni taqdim etdi
💸 Narxi — $1,099.
➡️ #asus | Birinchi IT-Blog
照片不可用在 Telegram 中显示
🦾 Xitoy kompaniyasi Kimi K2-Thinking nomli sun’iy intellekt modelini taqdim etdi — u GPT-5 va Sonnet 4.5'dan ustun natijalar ko‘rsatgan
ℹ️ Bundan tashqari, ushbu LLM (katta til modeli) bilan ishlash narxi amerikalik analoglariga qaraganda ancha arzon. Hatto internetda Moonshot AI (model yaratuvchisi) o‘zini zarariga ishlayotgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan.
👉 Yangi modelni sinab ko‘rish uchun kimi.com saytiga kirib mutlaqo bepul foydalanish mumkin.
➡️ #ai #kimi | Birinchi IT-Blog
❤ 13👎 6🔥 3🤩 2👾 2
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 Ishonchli ma’lumotga ko‘ra: iPhone 18 Pro Samsung texnologiyasi yordamida kichraytirilgan “dinamik orolchaga” ega bo‘ladi
📷 HIAA — bu Samsung va boshqa displey ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan texnologiya bo‘lib, u old kameralarni OLED-panel ichiga joylashtirish imkonini beradi, shu bilan birga ekranning faol qismini deyarli egallamaydi.
ℹ️ Texnologiya lazer yordamida pikselning faol sohasida juda aniq, kichik teshik ochish orqali ishlaydi — natijada bitta juda ixcham teshik hosil bo‘ladi. Digital Chat Station insayderining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu texnologiya iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellari uchun qo‘llaniladi.
🍏 HIAA texnologiyasi “dinamik orolcha”ning o‘lchamini kamaytiradi, bu esa foydali ekran maydonini kengaytiradi. Kelajakda esa old kamerani boshqa joyga (masalan, burchakka) ko‘chirish va uni ekran osti Face ID tizimi bilan birgalikda ishlatish imkonini beradi.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
照片不可用在 Telegram 中显示
🔥 Insayder Ice Universe Galaxy S26’ning render tasvirini ulashdi
ℹ️ Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonning qalinligi 6,9 millimetrni tashkil etadi.
➡️ #samsung | Birinchi IT-Blog
👍 19❤ 1👾 1
