ch
Feedback
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

显示更多
14 816
订阅者
-3124 小时
-957
-63830
帖子存档
02:26
视频不可用在 Telegram 中显示
🦾 Figure BMW zavodida qo‘llanilgan gumanoyid robotlar bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarni ma’lum qildi — ular bor-yo‘g‘i 11 oyda anchagina ish bajargan: ✅ 30 mingta avtomobil yig‘ilish jarayoniga hissa qo‘shgan ✅ 90 mingdan ortiq detallarni yuklagan ✅ Dushanbadan jumagacha 10 soatlik smenalarda ishlagan ✅ Umumiy hisobda 300 km ga yaqin masofa bosib o‘tgan ✅ Figure 02 roboti zavodda 6 oy davomida uzluksiz ishlagan ✅ Detallarni yuklashda aniqlik darajasi — ~99% ➡️ #robot | Birinchi IT-Blog
显示全部...
-mjzsL1yfw0kO-Db.mp420.07 MB
👾 16 4👏 2👨‍💻 1
照片不可用在 Telegram 中显示
💸 Bitcoin yana tushishda davom etmoqda va allaqachon $85 000 darajasigacha pasaydi.
显示全部...
👍 24 5👾 3
照片不可用在 Telegram 中显示
🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish Servercore kompaniyasi IT mutaxassislari, dasturchilar va biznes rahbarlarini o‘zining an’anaviy “IT-Plov” — yopiq biznes kechki ovqatiga taklif qiladi. Tadbirda provayder mutaxassislari hamda O‘zbekistonning yetakchi IT mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, AI/ML infratuzilmasi bilan ishlash bo‘yicha muhim savollarga javob berishadi. ➕ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qiling. Ishtirokchilar o'rtasida quyidagilar mavzularda muhokama olib boriladi: ✅ O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi ✅ AI/ML infratuzilmasini qurishdagi nozik tomonlar ✅ Axborot xavfsizligi masalalari ✅ Bulutli GPU-serverlarning imkoniyat va afzalliklari Dastur haiqda qisqacha:
1️⃣ Bulutdagi GPU: AI/ML loyihalaringiz uchun hisoblash quvvati va xarajatni qanday muvozanatlashtirish mumkin? Spiker: Ismoiljon Iminoxunov, Servercore kompaniyasining Senior Project Manager’i 2️⃣ Panel muhokamasi: AI uchun infratuzilma — o‘z ma’lumot markazingiz (ЦОД)mi yoki bulutli GPU’larmi? O‘zbekiston misolidagi real holatlar muhokamasi. Ishtirokchilar: Sunnat Shamuratov (Servercore, biznesni rivojlantirish direktori) Ismoiljon Iminoxunov (Servercore) Sardor Xashimov (Cybernet AI bosh direktori) Davron Adilxo‘jayev (TBC Bank O‘zbekiston bosh axborot direktori) Otabek Nasirov (Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi) 3️⃣ IT-Plov Networking: Kechki ovqat davomida mutaxassislar bilan norasmiy muloqot va tajriba almashish.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
显示全部...
👍 6 4🔥 2👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
📱 Xiaomi ogohlantirdi: tez orada smartfonlar qimmatlashadi 💾 Buning sababi yana o‘sha — DRAM xotira chiplarining narxi oshgani uchun ishlab chiqaruvchilar majburan smartfon narxlarini ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda.
显示全部...
👍 34👎 17😢 10 7🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
📱 Android telefon egalari Londonda xotirjam yursa bo‘ladi 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Londonlik o‘g‘rilar o‘g‘irlangan qurilma iPhone emasligini bilib qolsa, uni qaytarib berisharkan. Bunday voqealarni Angliya poytaxti aholisi London Centricda bo‘lishgan.
显示全部...
😁 61👍 41👾 7🔥 1🤣 1
照片不可用在 Telegram 中显示
📷 iPhone smartfonlarining 2007-2025-yillardagi kamerasi evolyutsiyasi ➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
显示全部...
😁 61🤮 30🤨 5 3👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🔬 Samsung Electronics 2 nm GAA texnologiyasining ilk rasmiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi ℹ️ +5% unumdorlik, −8% energiya sarfi, −5% chip maydoni — 3 nm bilan solishtirganda. ⚙️ TSMC hozir 70,2% bozor ulushiga ega, biroq 2 nm avlodida ikkala kompaniya ham GAA arxitekturasini joriy qilmoqda. Samsung esa bu bo‘yicha 3 nm tajribasiga tayanadi. 💰 Narxlar: TSMC ishlab chiqarish narxini 10–20% ga oshiradi, Samsung esa yana moslashuvchan va arzonroq bo‘lishni rejalashtirgan. 🚗 Tesla AI5’ni ajratdi, AI6 loyihasini esa 16,5 mlrd dollarga Samsungga topshirdi. 📱 Galaxy S26 seriyasi 2 nm Exynos 2600 chipiga ega bo‘ladi. ➡️ #samsung | Birinchi IT-Blog
显示全部...
🆒 18premium star reaction 15👍 8🙉 4premium star reaction 4
照片不可用在 Telegram 中显示
⚠️ Internet yana uxladi - Cloudflare'da muammolar yuzaga kelmoqda. 👀 Sizda shikoyatlar yo'qmi? ➡️ #internet | Birinchi IT-Blog
显示全部...
😡 19 5🔥 3👾 2👎 1
🧝‍♀️ Bolaligimizning mashhur o'yini “The Legend of Zelda” asosida kino suratga olish jarayonidan ilk kadrlar paydo bo‘ldi 🎮 Nintendo’ning uzoq kutilgan kinoadaptatsiyasi suratga olinayotgan maydondan birinchi fotosuratlar internetga sizib chiqdi. Rejissyor Ues Boll ishlayotgan bu loyihada nihoyat asosiy qahramonlarning ko‘rinishi namoyon bo‘ldi. 🎦 Kadrlerde Link rolini ijro etayotgan Benjamin Evan Ainsworth, shuningdek, malika Zelda obrazida Bo Bragasonni ko‘rish mumkin. 📅 Filmni “Labirintda yuguruvchi” (“Maze Runner”) trilogiyasi bilan tanilgan Ues Boll suratga olmoqda. Fantastik blokbasterning premyerasi 2027-yil 7-mayga belgilangan. ➡️ #game #kino #zelda | Birinchi IT-Blog
显示全部...
star reaction 1👍 15 6🔥 5👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
😅 Xuddi 1 bitkoincha bo'lsa ham bordek xavotirlanamiz-ey... 💸 Ha, kurs qulayapti. 📉 92K dan ham tushdi.
显示全部...
premium star reaction 25😁 21👍 3🗿 3premium star reaction 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🎮 Ertaga Half-life 3 daqtim etilarmish ✅ Ishonchli insayderlar shunday dedi.
显示全部...
23premium star reaction 13🔥 10premium star reaction 6👾 3
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 An’anaviy iPhone 17 Pro va 17 Pro Max ichki tuzilmasi aks etgan oboylar seriyasi yana chiqdi — dizayner Basic Apple Guy tomonidan tayyorlangan 9 xil variantda. ✍️ Muallif maksimal “shaffoflik effekti” uchun ushbu oboylarni shaffof (transparent) uslubdagi ikonalar bilan birga ishlatishni ham tavsiya qilmoqda. 👇 Yuklab olish Aubergine: iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Chief: iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Cosmos Orange: iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Blue (V.1): iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Blue (V.2): iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Silver: iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Space Black (V.1): iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Space Black (V.2): iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max Terracotta: iPhone 17 Pro | iPhone 17 Pro Max ➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
显示全部...
👍 10 6🔥 3🗿 2👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Huawei Mate 80 Pro Max ikki dona periskop teleobyektivga ega to‘rt kamerali tizim bilan chiqadi. ℹ️ Insayder Ice Universe ma’lumotiga ko‘ra, har ikki periskop modulida 1/3,94 dyuymli sensor, 1,0 μm piksel va 10 MP dan ancha yuqori aniqlik bo‘ladi. 📅 Mate 80 seriyasi 25-noyabr kuni taqdim etiladi. Shu tadbirda yangilangan Mate X7 bukiladigan modeli ham namoyish etiladi. 📣 Ice Universe bundan avval ham iPhone va Samsung sensorlari bo‘yicha juda aniq ma’lumotlar bergani bilan tanilgan. ➡️ #huawei | Birinchi IT-Blog
显示全部...
🔥 13 4 3❤‍🔥 1👾 1
🇦🇶 Antarktida hududida Yer yuzida topilgan eng qadimgi muz qazib olindi — uning yoshi taxminan 6 million yil deb baholanmoqda. 🌍 Xalqaro olimlar guruhi Allan-Hillz hududida burg‘u orqali muz namunasini oldi. Bu muz avvalgi rekorddan ikki baravar qadimgi bo‘lib, ichida o‘ta mayda havo pufakchalari mavjud. Ushbu pufakchalar uzoq o‘tmish atmosferasining go‘yo “izlari” hisoblanadi. 🌡 Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘sha davrda mintaqa harorati hozirgidan 10–14°C yuqori bo‘lgan. 🧊 Shuningdek, yana bir muz namunasi topilgan — u deyarli gazsiz bo‘lib, olimlarga ko‘ra, uning yoshi yanada qadimgiroq bo‘lishi ehtimoli katta. ➡️ #antarktida #muz | Birinchi IT-Blog
显示全部...
15👍 8premium star reaction 8 4premium star reaction 4
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 Tim Kuk 2026-yilda Apple rahbarligidan ketishi mumkin. 📰 Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Apple ichida rahbar almashinuvi bo‘yicha tayyorgarlik jarayoni keskin tezlashtirilgan. Hozircha asosiy nomzod sifatida kompaniyaning apparat ta’minoti bo‘yicha katta vitse-prezidenti Jon Ternus tilga olinmoqda. Biroq yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q. 📅 Bu shoshilishning biznesdagi muammolar bilan aloqasi yo‘q — aksincha, Apple yil oxirigacha juda yaxshi savdolar kutmoqda. ✅ Yangi bosh direktor haqida rasmiy e’lon yanvardagi moliyaviy hisobotgacha berilmaydi. Unda bayram mavsumining natijalari taqdim etiladi. Hisobotdan keyin ham muddatlar istalgan vaqtda o‘zgarishi mumkin. 💡 Qizig‘i shundaki, bu xabarlar sobiq operatsion direktor Jeff Uilyamsning iste’fosidan so‘ng paydo bo‘ldi. Uning vazifalari allaqachon boshqa rahbarlarga, jumladan Ternusga topshirilgan.
显示全部...
😁 13premium star reaction 5 2👍 2👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
👀 Aytishlariga auksionda Telegramning mana shu yangi sovg'asi salkam $100,000 ga olinibdi. Shu rostmikan?)
显示全部...
🤷 27premium star reaction 18 5🔥 4👍 3
00:07
视频不可用在 Telegram 中显示
📱 Endi Telegramda story ichida jonli efir (stream) o‘tkazish va tomoshabinlardan “yulduzlar” orqali donat olish mumkin. 💸 Foydalanuvchilar donat evaziga xabarlarni storyda biriktirishlari, shuningdek, maxfiylik sozlamalarida kim sizning treklaringizni ko‘rishi mumkinligini tanlashlari ham mumkin. Endi yana xabarlarni taymer orqali avtomatik takrorlash funksiyasi ham mavjud. 📱 iOS tizimida endi kontaktni faqat Telegram’da saqlash, ya’ni uni telefon kitobiga qo‘shmaslik mumkin. 🤖 Android va Desktop versiyalarining dizayni esa iOS’ga o‘xshash holga keltirilgan. 🎁 Yangi sovg‘alar auksion orqali sotilmoqda — kim ko‘proq “yulduz” taklif qilsa, o‘sha foydalanuvchi eksklyuziv sovg‘alarni yutib oladi. n. ➡️ #telegram | Birinchi IT-Blog
显示全部...
video_2025-11-14_22-02-54.mp41.84 MB
star reaction 2 15👍 8👾 6🔥 4premium star reaction 2
Misr bilan Oston Urunovning o'yinini ko'ryapsizlarmi?)
显示全部...
star reaction 1😁 74🔥 11 6 4👾 1
01:25
视频不可用在 Telegram 中显示
🎮 Call of Duty: Black Ops 7 relizi bo‘lib o‘tdi ℹ️ Yangi shooterning syujet kampaniyasi qattiq tanqid qilindi — aytishlaricha u BF6 dan ham yomonroq chiqgan. Kampaniya faqat kooperatsiyada ishlaydi, agar do‘stlaringiz bo‘lmasa, sizga sust ishlaydigan botlar beriladi. Missiyalar esa juda oddiy: “mana bu narsalardan 20 tasini o‘ldir” degan uslubda. 🔫 “Call of Duty” himoyachilari aytishicha, odamlar o‘yinlarni syujet uchun emas, balki multiplayer uchun olishadi. Aftidan, ishlab chiquvchilar ham asosiy e’tiborni shunga qaratgan: 18 ta xarita, 30 ta qurol va klassik zombi rejimi. Ular uzoq davom etadigan kontent qo‘llab-quvvatlashni va’da qilishgan. 🖥🎮🎮🎮 Call of Duty: Black Ops 7 PC, PS4, PS5, Xbox One va Series X|S’da mavjud. Xbox egalari uni Game Pass Ultimate orqali o‘ynashi mumkin. ➡️ #cod #rdr #game | Birinchi IT-Blog
显示全部...
COD BO 7 PC Trailer 720p Wylsacom Red.mp434.73 MB
12👎 4🤩 3👏 2🤬 1
01:02
视频不可用在 Telegram 中显示
🤠 Red Dead Redemption 2-dekabr kuni zamonaviy konsollar va smartfonlarda chiqadi. 🤘 Rockstar studiyasi o‘yinining yangi versiyalarini PS5, Xbox Series X|S, Switch 2, iOS va Android uchun rasman e’lon qildi. 🎮 Yangi avlod konsollarida o‘yin 60 FPS, yaxshilangan teksturalar, HDR qo‘llab-quvvatlashi va 4K gacha aniqlik bilan ishlaydi. 📺 iOS va Android talqinlari haqida texnik ma’lumotlar hozircha berilmagan, ammo o‘yin faqat Netflix obunachilari uchun mavjud bo‘lishi ma’lum qilingan. 🎮🎮🎮 PS4, Switch va Xbox 360 egalari uchun yangilanish bepul bo‘ladi. ➡️ #rockstar #rdr #game | Birinchi IT-Blog
显示全部...
IMG_7658.MP421.04 MB
🔥 22 5🕊 2🤝 1