#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
الذهاب إلى القناة على Telegram
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
إظهار المزيد14 816
المشتركون
-3124 ساعات
-957 أيام
-63830 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
🎬 Rasman: Netflix Warner Bros. kinokompaniyasini $82,7 mlrdga sotib oldi
📄 Bitim tarkibiga Warner Bros. kinostudiyasi, HBO, HBO Max servisi va, ehtimol, kompaniyaning o‘yin bo‘limi ham kiradi.
ℹ️ Shuningdek, Netflix kompaniya bilan birga o‘nlab mashhur franshizalarga egalik huquqini ham qo‘lga kiritadi — “Garri Potter”, “Taxtlar o‘yini”, “Sopranolar oilasi”, DC koinoti va boshqa ko‘plab loyihalar shular jumlasidan.
🎬 Warner Bros.’ning butun katalogi keyinchalik Netflix kutubxonasiga qo‘shiladi.
🎦 Servis rahbariyati yangi filmlar uchun kino prokatini to‘xtatmaslikka va’da berdi.
📅 Bitim 2026-yilning uchinchi choragida yakunlanishi rejalashtirilgan, biroq bunga qadar uni regulyatorlar tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
➡️ #netflix | Birinchi IT-Blog
👓 Xreal arzonroq AR-ko‘zoynaklari — Xreal 1S’ni taqdim etdi
🔥 Ularning asosiy fishkasi — oddiy 2D tasvirni avtomatik ravishda 3D formatga aylantira olishi.
ℹ️ Ko‘zoynaklarda Sony’ning 1920×1200 microOLED displeylari (120 Hz, 3D’da 30 Hz), 52° ko‘rish burchagi va 700 nit yorqinlik bor. X1 protsessori tasvirni 3 ms kechikish bilan qayta ishlaydi. Ovozni Bose sozlagan, to‘rt mikrofon va avtomatik qorayuvchi linzalar mavjud.
🔋 Shuningdek, Xreal Neo tashqi batareyasi taqdim etildi — 10 000 mA·soat, ikki USB-C, ko‘zoynakka tasvir yuboradi, telefonni quvvatlaydi va Nintendo Switch uchun dok sifatida ishlaydi.
🗓 Sotuv boshlanishi: 2026-yil yanvar oxiri
💸 Narxlar:
• Xreal 1S — $450
• Xreal Neo — $97
• Komplekt (ko‘zoynak + Neo) — $507
➡️ #gadjet | Birinchi IT-Blog
🗿 12❤ 9👾 3❤🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🍏 Apple’da sunʼiy intellekt uchun mas’ul bo‘lgan Jon Jannandrea kompaniyani 2026 yilda tark etadi
ℹ️ Bunga aqlli Siri loyihasining muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lgan. Uning o‘rnini Microsoft va Google’da ishlagan, Gemini loyihasining asoschilaridan biri bo‘lgan Amar Subramanya egallaydi.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
👍 20❤ 8👾 5🔥 4👏 1
📱📱 Samsung rasmiy ravishda o‘zining ilk uch buklanadigan smartfonini — Galaxy Z TriFold’ni taqdim etdi.
🤏 Kompaniya katta taqdimot o‘tkazmadi, qurilma internet orqali kutilmagan tarzda e’lon qilindi.
✋ Huawei Mate XT’dan farqli o‘laroq, Galaxy Z TriFold ichkariga buklanadi, bu esa ichki displeyni yaxshiroq himoya qiladi.
💸 Qurilmaning narxi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q — ehtimol, savdolar boshlanishi yaqinida e’lon qilinadi.
Texnik xususiyatlar:
• Displey: 10" 2160×1584 AMOLED 120 Hz, tashqi — 6,5" 2520×1080 AMOLED 120 Hz
• Chipset: Snapdragon 8 Elite for Galaxy
• Kameralar: 200 MP + 12 MP (keng burchak) + 10 MP (telefoto) + 10 MP (selfi)
• Xotira: 16+512 GB / 16+1024 GB
• Aloqa: 5G, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4
• Himoya: IP48 suvga chidamlilik
• Biometriya: quvvat tugmasidagi barmoq izi skaneri
• Batareya: 5600 mAh, 45 W tezkor, 15 W simsiz quvvatlash
📅 Smartfon 12-dekabrdan Janubiy Koreyada sotuvga chiqadi. 2026-yilning birinchi choragida boshqa mintaqalarda ham savdoga chiqariladi.
➡️ #samsung | Birinchi IT-Blog
👍 21❤ 11❤🔥 1🤮 1👾 1
🧩 LEGO “Juda g‘alati ishlar” (Stranger Things) serialidagi “Kril uyi” to‘plamini taqdim etdi
ℹ️ Yangi LEGO Icons Stranger Things: The Creel House to‘plami sizga Genri Krilning uyini ichidagi barcha mayda detallar va ishoralar bilan birga aniq tarzda qayta yaratish imkonini beradi.
⚙️ To‘plam 2593 ta detal va 13 ta minifiguradan iborat.
🎁 Agar siz LEGO’ning rasmiy sayti orqali buyurtma bersangiz, to‘plamga qo‘shimcha ravishda ikki dona avtomobil va Jim Hopper hamda Joyce Byers WSQK radiostansiyasida aks etgan kichik qo‘shimcha set ham kiradi.
📅 Yangi to‘plam 2026-yil 1-yanvardan sotuvga chiqariladi.
💸 Narxi — $299.
➡️ #lego | Birinchi IT-Blog
👍 14❤ 4👎 3🔥 1👾 1
🇫🇷 Fransuz ixtirochisi Frenki Zapata ikki yillik ishlanmadan so‘ng kapsulaga o‘xshash bir kishilik vertolyot-kopterni taqdim etdi
ℹ️ Uning barqaror parvozini namoyish qilindi. Qurilma 120 kg yuk ko‘tara oladi, 100 km/soat tezlikka chiqadi, 2 soat parvoz qiladi va narxi 250 ming dollar.
➡️ #transport | Birinchi IT-Blog
IMG_8515.MP49.05 MB
IMG_8514.MP411.57 MB
👍 22👎 6❤ 3⚡ 2👾 1
🍎 Internetda iPhone 17e’ning kontsepti va ranglari paydo bo‘ldi
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
🤡 50
14🗿 7🍓 4🆒 1
Photo unavailableShow in Telegram
📉 Xitoy brendlari iPhone Air past sotilgani sababli yupqa smartfonlardan voz kechmoqda
🇨🇳 DigiTimes Asia’ning xabar berishicha, Xiaomi, Oppo, Vivo va boshqa yirik kompaniyalar ultra-yupqa smartfon modellarini ishlab chiqishni vaqtincha to‘xtatgan.
📱 Samsung ham shu yo‘ldan borib, shu turdagi qurilmalarda uchraydigan asosiy muammolardan qochish maqsadida Galaxy S26 Edge relizini keyinga qoldirgan.
📱 Bunga asosiy sabab — iPhone Air moliyaviy natijalarining kutilganidan ancha past bo‘lishi. Modelga bo‘lgan talab Apple rejalashtirganidan ancha kam chiqdi.
🍏 Kompaniya allaqachon ushbu smartfon ishlab chiqarilishini qisqartirgan va qurilmaning ikkinchi avlodini ham noma’lum muddatga kechiktirgan.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
😁 26❤ 8👍 3👾 2🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
📱 Samsung brendi muzlatkichlarining ekranlarida chiqadigan reklamalarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat berdi — kompaniya bunga doir dasturiy ta’minot yangilanishini chiqardi.
😅 Bungacha palon pulga sovutkich-muzlatkichni olib yana reklamayam ko'rishga majbur edi odamlar, tasavvur qilyapsizmi?)
🎄 Apple Londondagi Battersea kampusida Yangi yilga bag‘ishlangan maxsus proyeksiyani taqdim etdi
🍏 Kompaniya mashhur rassomlar va madaniyat arboblari — jumladan Devid Shrigli va Stiven Fray — yaratgan turli uslublardagi 12 ta Yangi yil archasi tasvirini namoyish qildi. Ularga qo‘shimcha ravishda butun dunyo bo‘ylab rassomlardan yuborilgan ishlar orasidan tanlab olinadigan iPad’da yaratilgan yana 24 ta asar qo‘shiladi. 4-dekabr kuni Apple tanlov g‘oliblarini e’lon qilib, archalar proyeksiyasini Battersea binosining mo‘rilari orqali namoyish etishni boshlaydi.
🏴 Bu — tarixda birinchi marta, janubiy Londondagi sobiq ko‘mir elektr stansiyasi, hozir esa Apple kampusi va do‘koni bo‘lgan Battersea binosida dunyo rassomlarining ishlari ommaga ko‘rsatilishi.
🖼 Apple, shuningdek, taqdim etilgan archalar tasvirlaridan Mac, iPad va iPhone uchun fon rasmlarini ham ulashdi.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
BatterseaNY_wallpaper_iPhone.png1.44 MB
BatterseaNY_wallpaper_Mac.png6.59 MB
BatterseaNY_wallpaper_iPad.png2.86 MB
😁 19🔥 4🕊 4🗿 4🤣 2
00:54
Video unavailableShow in Telegram
🍌 Kutilmaganda Flux 2, yangi kuchli tasvir generatori chiqdi
— Endi 10 tagacha referens ko‘rsatish mumkin, Flux 2 ularning barchasidagi detallarni hisobga oladi.
— Yoritish, teksturalar va umumiy realizm sezilarli darajada yaxshilangan.
— Rasm ichidagi matn ancha aniq render qilinadi.
— Model fizika va optika qonunlarini yaxshiroq tushunadi, shuning uchun vizuallar endi “plastmassa” ko‘rinmaydi.
— Ruxsat etilgan aniqlik 4 megapikselgacha oshirilgan.
👉 Bu yerda sinab ko'rish mumkin yoki Hugging Face'dan yuklab olish.
➡️ #ai #flux | Birinchi IT-Blog
ssstwitter.com_1764089563751.mp46.67 MB
👍 8❤ 3🏆 2👏 1🆒 1
01:17
Video unavailableShow in Telegram
🤖 GigaAI o‘zining birinchi g‘ildirakli gumanoid robotini — Maker H01ni taqdim etdi
ℹ️ Video robotning uy sharoitida ishlash imkoniyatlarini ko‘rsatsa-da, 88 kg vaznga ega ushbu robot sanoat ishlab chiqarishi, omborlarda ishlash va turli tijoriy xizmatlarda undan ham tezroq qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Huawei uskunalari ishlab chiqarish zavodlarida, Huawei avtomobil ekotizimi kompaniyalarida va Huawei iste’mol elektronikasi do‘konlarida.
⚙️ Robotning texnik imkoniyatlari:
• Ishlash balandligi: 0–2 metr
• Akkumulyatorda ishlash vaqti: 4 soat
• Tezligi: 1.5 m/s
• Bir qo‘l bilan ko‘tara oladigan maksimal yuk: 5 kg
➡️ #robot | Birinchi IT-Blog
IMG_2134.MP415.27 MB
❤ 4⚡ 2👍 1👾 1
🆕 Realme P4x 5G’ning xususiyatlari oshkor qilindi
🔹 144 Hz, 1000 nit yorqinlik
🔹 Dimensity 7400 Ultra protsessori
🔹 8 GB RAM + 10 GB virtual RAM
🔹 256 GB UFS 3.1 xotira
🔹 7000 mAh, 45 W tezkor quvvatlash
🔹 5300 mm² bug‘ kamerasi (sovutish tizimi)
🔹 50 MP asosiy kamera
👀 Bo'loradimi? Yo qiziq emasmi...
➡️ #realme | Birinchi IT-Blog
👍 16❤ 8😴 4👾 2🌚 1
🍇 Wildberries O‘zbekistonda taksi xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda — WB Int Export mamlakatda WB Taxi servisini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
🚕 Dastlabki bosqichda taksi faqat xodimlar va hamkorlar uchun ishlaydi, keyin esa hamma uchun ishga tushiriladi.
🎁 Maxsus imkoniyat: safar uchun 50% keshbek beriladi — bu to‘lov marketpleysning ichki valyutasi “arbuzlar” orqali qaytariladi.
😅 Savol: Rossiyada bu taksi xizmati qachon ishga tushadi ekan?
➡️ #wildberries | Birinchi IT-Blog
😁 46👍 10👎 3😱 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
📱 OpenAI so‘nggi bir oy ichida Apple’ning 40 dan ortiq muhandislarini ishga o‘tkazib oldi — kompaniya Kupertino mutaxassislarini ommaviy tarzda jalb qilmoqda.
😁 33
12👍 3🕊 3👾 2
Photo unavailableShow in Telegram
🙃 Qiziqarli fakt — Xiaomi’ning rasmiy X akkaunti iPhone orqali yuritiladi
😁 93🤣 76🎃 5👾 3🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
😱 Mish-mishlarga ko‘ra, Apple 2027-yilda Dynamic Island’dan voz kechishi mumkin
🍏 Biroq bu faqat bitta shart bilan: agar kompaniya old kamera modulini displey ostiga joylashtirib, tasvir sifati kamaymasligini ta’minlay olsa.
➡️ #apple | Birinchi IT-Blog
☃ 31👍 25
17🤣 13❤ 6
Photo unavailableShow in Telegram
🎁 Yangi sovg‘alar muvaffaqiyatli sotib bo‘lindi!
Pasha jami 4,5 million dollar ishlab oldi — 25 soat ichida. Eng past g‘oliblik stavkasi: 5 505⭐️ Eng yuqori g‘oliblik stavkasi: 2 000 520⭐️ O‘rtacha narx: 10 100⭐️ / 102.6❤️🎁 Siz ham oldingizmi? Men yo'q... ➡️ #telegram | Birinchi IT-Blog
