ar
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

إظهار المزيد
100 010
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+337 أيام
+1 60430 أيام
أرشيف المشاركات
00:47
Video unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅ #Milliy_dastur
🔴 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida intensiv kurslar boʻlib oʻtmoqda.
🌐 Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
0V9a08113.mp418.08 MB
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 #Инклюзив_таълим Xalqaro hamkorlik: inklyuziv ta'lim jarayoniga jalb etilgan pedagoglar uchun o'quvlar bo'lib o'tmoqda ✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Finlyandiya milliy taʼlim agentligi oʻrtasida “Oʻzbekistonda Finlyandiya ilhomlantirilgan taʼlim tizimini rivojlantirish” qoʻshma loyihasi imzolandi.
🔴 Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 6–14-oktabr kunlari Finlyandiya milliy taʼlim agentligi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 298-sonli, Jizzax viloyati 36-sonli hamda Samarqand shahridagi 81-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.
🗣Treninglarda Toshkent shahri, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi inklyuziv taʼlim joriy qilingan maktablarda faoliyat yuritayotgan 200 nafar pedagog ishtirok etdi.
📚Finlyandiya milliy taʼlim agentligi mutaxassislari Riia Palmqvist va Elisa Helin quyidagi mavzularda mahorat darslarini olib bordilar: ➡️“Inklyuziv taʻlim sari: Yakuniy yondashuv”; ➡️“Inklyuziv taʼlimda maktabning ishtiroki”; ➡️“Maktablarda taʼlim madaniyatini rivojlantirish”.
📊 Ma’lumot uchun: Bugungi kunda inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktablar soni 1708 taga, o‘quvchilar soni esa 3710 nafarga yetdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
#Shu_kunlarda
✅ Shu kunlarda Surxondaryo viloyatining turli hududlarida yangi o‘quv binolari, talabalar turar joyi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi. Jumladan:
Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida Termiz davlat pedagogika instituti uchun 1 500 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Termiz davlat pedagogika institutida talabalar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi, 5 qavatli va 400 o‘rinli talabalar turar joyi ham o‘z faoliyatini boshladi. Sariosiyo tumanida esa 52-sonli maktab uchun 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib bitkazildi. Shu bilan birga, Sariosiyo tumanidagi 85-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosi qayta ta’mirlanib, 90 o‘rinli 37-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida qayta jihozlandi. Boysun tumanidagi 3-umumta’lim maktabida esa “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan 90 o‘rinli yangi bino barpo etildi. Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
#xalqaro_forum Forum ishtirokchilari Nukus shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi hamda bu yerda tashkil etilgan o‘quv seminar tadbirlarida ham qatnashdi. Shundan so‘ng I. V. Savitskiy nomidagi muzeyga sayohat qilishdi, maskandagi sanʼat namunalari hamda chinakam badiiy asarlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 👉 Shu bilan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy tadbirlari o‘z yakuniga yetdi. ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
#Ochiq_muloqot ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagoi umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahliliga bag’ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablari direktor va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
🌐 Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev so’zga chiqib, yangi o’quv yilisa “Kelajak soati” darslarini yuqori saviyada tashkil etish, ularni metodik materiallar bilan ta’minlash hamda o’quvchilar davomati haqida so‘z yuritdi.
Bunda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan muloqot ham tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutildi. 🔰 Uchrashuv yakunida ustozlarning sharafli faoliyati, ularning mashaqqatli mehnati ulug‘langan “Shamsiqamar” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Repost from Saida Mirziyoyeva
Kecha Nukusda qad rostlagan yangi, zamonaviy 55-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdim. Ushbu maktab 870 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning binosida Raqamli avlod markazi va bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab to‘garaklar ish boshladi. Majmua ta’limga yangicha yondashuv namunasidir — bolalarni shubhasiz jalb qiluvchi bu maskanda zamonaviy texnologiyalar hamda kelajak sari ajoyib start nuqtasi mujassam. To‘rtko‘l tumanida ham yana bir yangi, 77-maktab ochildi — Qoraqalpog‘iston asosiy e’tiborni sifatli ta’limga qaratmoqda va bu tahsinga loyiq! Nukuslik bolalar va ularning yuzidagi tabassumdan atrofga iliqlik, yangi nafas va shodlik taralib turgandek bo‘ldi. Bu dargohdan ko‘plab bilimdon va muvaffaqiyatli, barchamiz faxrlanadigan bitiruvchilar yetishib chiqishini tilayman. — Вчера я приняла участие в  открытии новой современной школы № 55 в Нукусе. Школа рассчитана на 870 учеников. В её стенах открыты Центр цифрового поколения и множество развивающих кружков. Эта школа знаменует собой новый подход к образованию — место притяжения детей с современными технологиями, в котором можно получить отличный старт в будущее. Одновременно  с ней открылась ещё одна новая школа № 77 в Турткульском районе —  Каракалпакстан делает ставку на качественное образование и это невероятно вдохновляет! В Нукусе было тепло, свежо и радостно от улыбок детей. Я желаю школе много умных и успешных выпускников, которыми мы все будем гордиться.
إظهار الكل...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim Uychi tumanida “Ilk rivojlanish markazi” ochildi ✅Namangan viloyatining Uychi tumanida ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida “Ilk rivojlanish markazi” yo‘lga qo‘yildi.
Markaz faoliyati ikki model asosida yo‘lga qo‘yilgan: ➡️“O‘yin guruhi” — 3–6 yoshli bolalar uchun qisqa muddatli (3,5–4 soatlik) mashg‘ulotlar; ➡️“Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati”2–7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun logoped, psixolog va tarbiyachilarning oilalarga tashrifi orqali 40 daqiqa individual mashg‘ulot, 20 daqiqa ota-onalar bilan maslahat ishlari.
Hozirga qadar Namangan viloyatining 4 ta tuman va shaharlarida “Ilk rivojlanish markazi”lar tashkil etilib, 600 nafarga yaqin kam ta’minlangan oilalar farzandlari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Namangan.mp49.82 MB
03:22
Video unavailableShow in Telegram
✨✨✨✨ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida. O’tgan haftada amalga oshirilgan: ➖Bayram tadbirlari hamda taqdirlash marosimi; ➖hududlardagi o’rganish va muloqotlar; ➖Markaziy Osiyo pedagoglari forumi — hafta DAYJESTida.
28-SENTABR—6-OKTABR, 2025-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Dayjest 35 1.mp460.17 MB
Photo unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida DEMO Test ishga tushirildi.
❗️Bu orqali pedagoglar namunaviy test savollari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
🖥 Buning uchun talabgorlar pedagog.uzedu.uz platformasida pedagog shaxsiy kabinetidagi DEMO Test bo'limi orqali yoki sinov.uz saytidagi Demo test oynasi orqali namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Таълим_саёҳати
🔴 Xabaringiz bor, "Xorijiy tillarni o'qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichi ishtirokchilari ayni damda Buyuk Britaniyada ta‘lim sayohatida bo‘lib turishibdi.
🔰 Jarayonlar davomida ishtirokchilar Buyuk Britaniyaning diqqatga sazovor joylarida, xususan National History Museum'da ham bolishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
video_2025-10-06_15-31-14.mp461.93 MB
Repost from TgId: 1461713521
👋😊 Hammaga salom! 🍒 Bizning harakatimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlandi: umummilliy salomatlik marafoniga start berildi! 🏫 Ushbu keng ko‘lamli tashabbus doirasida maktablarda to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi, suv ta’minoti va gigiyenani yaxshilashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uch yil davomida (2025–2028) 10,5 milliondan ortiq maktab o‘quvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan, tadbir miqyosini tasavvur qilyapsizmi? 🫕 Unda o‘quvchilar, o‘qituvchilar, maktab hamshiralari va shifokorlari, ovqat tayyorlash va sifatini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan maktab oshxonalari mutaxassislari ishtirok etishadi. Mazkur jarayonda ma’ruzalar, mahorat darslari, mazali foydali taomlar va sog‘lom taom retseptlari tanlovlaridan iborat ko‘plab qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tadi. 🧪 Eco-schools Uzbekistan tashabbusni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaydi: har bir bola sifatli ovqatlanish va qulay ta’lim sharoitlariga munosib! To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lig‘imizni asrashni boshlaymiz. 👩‍⚕️ Tez orada estafeta O‘zbekistonning keyingi hududiga o‘tadi. 🔭 Voqealarni kuzatib boramiz! 👨‍👩‍👧‍👦 STT jabhasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanamiz, suratlar yuboring, fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing! ~~~ 👋😊 Всем привет! 🍒 У нас тут движ начался с Каракалпакстана: стартовал общенациональный марафон здоровья! 🏫 В рамках этой масштабной инициативы проводятся мероприятия, направленные на правильное питание, здоровый образ жизни, улучшение водоснабжения и гигиены в школах. За три года (2025–2028) планируется охватить больше 10,5 миллиона школьников, представляете масштаб? 🫕 Участвуют ученики, учителя, медсёстры и врачи школ, специалисты школьных столовых, ответственные за приготовление и контроль качества питания. Будет много интересного: лекции, мастер-классы, вкусные полезные блюда и конкурсы рецептов здоровой пищи. 🧪 Eco-schools Uzbekistan с радостью поддерживает инициативу: каждый ребёнок заслуживает качественного питания и комфортных условий учебы! Начнём правильно питаться и бережно относиться к своему здоровью. 👩‍⚕️ Уже скоро эстафета перейдёт к следующему региону Узбекистана. 🔭 Следим за событиями! 👨‍👩‍👧‍👦 Готовимся поддерживать волну ЗОЖ, присылайте фотографии, делитесь отзывами! 😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
إظهار الكل...
#xalqaro_forum Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi yakunlandi ✅ Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova forumdagi ishtiroki uchun mehmon davlatlar vakillariga katta minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekistondagi asosiy ta’lim islohotlari, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikdagi mustahkam aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Forumda so‘z olgan Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim sohasi vakillari tadbirda ko‘zda tutilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. ➖ Yalpi majlisda hamkor vazirlik va tashkilotlar rahbarlari forumning ahamiyati hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekistonda ta’lim transformatsiyasi va unda xalqaro aloqalarning o‘rnini yuqori baholadi. 👉 Ma’lumot uchun: forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori Sabina Maxl, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi inson taraqqiyoti bo‘yicha dastur menejeri Tazin Fasih, Osiyo Taraqqiyot Banki Mintaqaviy ofis direktori Kanokpan Lao-Araya, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Xolgeyt, “Cambridge University Press & Assessment” Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha loyiha koordinatori Stiv King, Marshall Cavendish Education tashkilotining bosh direktori o‘rinbosari Hayri Abdulla Sallehuddin hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. ✍️ Bugun kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv seminar tadbirlarida qatnashadi. Jarayonlar Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etiladi. ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan boshlang'ich ta'lim yo'nalishida uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari tashkil etildi. Unda Respublikamiz bo'ylab tuman (shahar)lardagi 293 ta tayanch maktablarda tashkil etilgan 406 ta guruhlarda boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar qatnashdi.
📊 Ushbu seminar-treninglar malakali mutaxassislar tomonidan:
➖“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida “Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari”, ➖“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash xalqaro dasturi hamda PIRLS tadqiqoti natijalari tahlili”, ➖“O‘zbekistonning PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotida ishtiroki, o‘qish savodxonligi bo‘yicha baholash mezonlari” ➖Kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun faollashtiruvchi mashqlar (Energizers/Warm-ups) va tinchlantiruvchi mashqlar (Calm-down activities)dan foydalanish kabi mavzularda so'z bordi. ______ 🔰 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan. 📍Xorazm viloyati 📍Toshkent shahri 📍Sirdaryo viloyati 📍Buxoro viloyati 📍Jizzax viloyati 📍Navoiy viloyati 📍Toshkent viloyati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
02:58
Video unavailableShow in Telegram
#xalqaro_forum #1_kun 👉 Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining birinchi kunida turli madaniy-maʼrifiy va sayohat tadbirlari tashkil etildi . ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
IMG_8832.MP415.61 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#live #xalqaro_forum 🔴 Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining ochilish marosimi hamda yalpi yig‘ilish tadbiri boshlandi. 👉 Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston ta’lim vazirliklari, xususan Ozarbayjon va Turkiya davlatlari ta’lim tizimi xodimlari, pedagoglar, qator xalqaro tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirlar Nukus shahrida joylashgan “Oq qush” majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
إظهار الكل...
02:17
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim “Bir vaqtning o‘zida talaba va tarbiyachi” ✅Ra’no Arziqulova hozirda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘cha tarbiyachisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, u Xalqaro Nordik Universitetining 3-kurs talabasi hamdir. 🟢Boyovut tumanidan chiqqan bu fidoyi tarbiyachi yoshlar uchun ibrat bo‘lib kelmoqda. U bilim olishni mehnat bilan uyg‘unlashtirib, bir tomondan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga mehr va tarbiya berayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘z kelajagi uchun zamonaviy bilimlarni egallab bormoqda. 📚Bir vaqtning o‘zida o‘qish va mehnatni olib borish – sabr-toqat va fidoyilik talab etadi. Ra’no Arziqulovaning bu sa’y-harakatlari yoshlarimiz uchun chinakam namuna, mehnatsevarlik va ma’naviy yuksalish ramzidir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
2025-09-24 11.21.57.mp447.04 MB
✅✅✅✅ #xalqaro_forum 🔴 “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi davom etmoqda. 👉 Bugun kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari turli guruhlarga bo‘lingan holda seminar tadbirlarida qatnashdi. 🔰 Ishtirokchi davlatlarning o‘zaro tanishtiruv bo‘yicha badiiy chiqishlari, milly taomlarni tayyorlash jarayonlari, turistik manzillarga qilingan sayohatlar barchada birdek manzur bo‘ldi. ➖ Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 👉 Ertaga Forumning asosiy tadbirlari Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
إظهار الكل...
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#Xorijiy_ekspertlar_fikri #Xalqaro_forum Steve King, Cambridge Assessment tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari: ➖ Mazkur forum Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun bir joyga to‘planishga zamin yaratdi. Bu yerda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston vakillari bilan birga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan ham ishtirokchilar bor. Ta’kidlash joiz, ushbu tadbir jamoalarning birlashib, ta’lim sohasidagi muammolar, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bilan bog‘liq masalalar haqida muloqot qilishlari uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. O‘z navbatida xalqaro hamkorlik, o‘zaro anglashuv va fikr almashish orqali masalalarni hal qilish va yaxshi natijalarga erishish mumkin, deb hisoblayman. #Nukus #Markaziy_Osiyo_pedagoglari 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
STIFF_SD___NEW_.mp426.71 MB
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#xalqaro_forum #ishtirokchilar_fikri 👉 Gulnara Mukusheva, Qozog‘iston: - Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi menda katta taassurot uyg‘otdi. O‘ylaymanki, bu kabi do‘stona tadbirlar hamda birdamlik va ahil qo‘shnichiligimiz bardavom bo‘ladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
KZ_INTERVYU_.mp446.20 MB
✅✅✅✅ #xalqaro_forum 🔴 Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi qizg‘in davom etmoqda.
👉 Forum ishtirokchilari ayni vaqtda Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Qora teran” turistlik markaziga kelishdi hamda bu yerdagi qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashmoqda.
🔰 Xususan, etno turistik hududda yaratilgan sharoitlar, o‘tov qurilishi jarayonlari, chinakam cho‘l muhiti barchada birdek qiziqish uyg‘otdi. ➖ Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 👉 Kunning ikkinchi yarmida pedagoglar uchun o‘quv seminar tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. ❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...